S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, ica. Tashev



Download 1.64 Mb.
bet6/267
Sana28.09.2021
Hajmi1.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   267
Foydalanishni ncizoratlash kompleks tushuncha hisoblanadi va resurslardan foydalanishni cheklashga mo‘ljallangan usullar va vositalarni anglatadi.

Mulklik hnquqi foydalanuvchiga qandaydir resurslardan foyda- lanishga qonuniy huquqni va u istasa, ushbu resursni boshqa foydalanuvchiga o‘tkazish imkoniyatini taqdim etishga mo‘ljal- langan. Mulklik huquqi odatda foydalanishni nazoratlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Sertifikatsiya - foydalanuvchi ishonadigan taraf tomonidan qandaydir faktni tasdiqlash jarayoni. Ko‘pincha sertifikatsiya ochiq kalitning muayyan foydalanuvchiga yoki shirkatga tegishli ekan- ligini tasdiqlashda ishlatiladi, chunki ochiq kalitlar infrastruk- turasidan faqat sertifikatsiya tizimining mavjudligida samarali foydalanish mumkin. Sertifikatlar foydalanuvchilar so‘rovi bo‘yicha maxsus vakolatli tashkilot - sertifikatsiya markazi tomonidan, ma’lum shartlar bajarilganida beriladi.

Imzo hujjat qabul qiluvchiga ushbu hujjatning ay nan uzatuvchi tomonidan lmzolanganligini isbotlashga imkon beradi. Bunda imzoni boshqa hujjatga o‘tkazish va uzatuvchi o‘zining imzosidan voz kechishi mumkin emas. Hujjatning har qanday o‘zgarishi imzo- ning buzilishiga sabab bo‘ladi va har qanday foydalanuvchi mustaqil tarzda imzoning haqiqiyligini tekshirishi mumkin.

Voz kechmaslik axborot almashish sxemasining xususiyati hisoblanadi. Unga binoan xabar qabul qiluvchining uchinchi tarafning xabar uzatuvchining kimligini tekshirishga jalb qilishi qobiliyatiga ega ekanligining isboti mavjud. Boshqacha aytganda, ' xabarni uzatuvchi mualliflikdan voz kechish imkoniyatiga ega emas.

Sanasini yozish ko pmcha imzo bilan birgalikda ishlatiladi va hujjat imzolangan onni qaydlavdi. Bu bitta hujjat bir necha foydalanuvchilar tomonidan imzolanganda, birinchilikni isbot qilishda foydali hisoblanadi, chunki liar bir foydalanuvchi hujjat muallifligiga da’vo qiladi. Undan tashqari, sanasini yozish muddatli sertifikatlarda keng qo‘llaniladi.

Olganligiga tilxat berish qabul qiluvchidan uzatuvchiga uzatiladi va uzatuvchi tomonidan uzatilgan axborot qabul qiluvchiga tilxatda ko‘rsatilgan ondan kechikmasdan yetkazganligini isbotlashda ishlatilishi mumkin.

Bekor qilish - sertifikatlar, vakolatlar va imzolar ta’sir kuchini bekor qilish. Agar axborot almashishda ishtirok etuvchi yoki unga tegishli kalitlar va sertifikatlar obro‘sizlansa, ushbu foydalanuvchini resurslardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik va mos sertifikatlarga ishonmaslik zarur, chunki bu sertifikatlardan niyati buzuq foydalanishi mumkin. Bekor qilish muolajasi sertifikatsiya markaziga nisbatan ham qoMlamshi mumkin.

Anonimlik kamdar-kam uchraydi. Hukumatlar va shirkatlar uchun foydalanuvchining axborot muhitida qandaydir harakatla- rining anonim bo‘lib qolishligi foyda bermaydi. Shu sababli anonimlikni ta’minlovchi loyihalar kamdan-kam uchraydi va odatda uzoq yashamaydi. Zero kommunikatsiya vositalari ko‘pincha u yoki bu xabaming uzatilishi marshrutini va demak, uzatuvchini aniqlashga imkon beradi

Yuqorida keltirilgan vazifalar mavjud axborot dunyosi ehti- yojiga asosan tavsiflangan. Vaqt o‘tishi bilan ba’zi vazifalar o‘z dol- zarbligini yo‘qotishi va aksincha, yechimini kutuvchi yangi vazi­falar paydo bo‘lishi mumkin.

Sivil izatsiya rivojining zamonaviy bosqichida axborot nafaqat jamiyat va davlat institutlari faoliyatida, balki har bir shaxs hayotida hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.

Shaxssning axborot muhitidagi manfaatlari inson va fuqaroning axborotdan foydalanishdagi konstitutsiyaviy huquqlarining amalga oshirilishiru, qonun taqiqlamagan faoliyatni, fizik, ma’naviy va intellektual rivojini hamda shaxsiy xavfsizligini ta’minlaslini ko'zda tutadi.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat