S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, ica. Tashev


BOB. XAVFSIZLIK MODELLARI



Download 1.64 Mb.
bet27/267
Sana28.09.2021
Hajmi1.64 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   267
BOB. XAVFSIZLIK MODELLARI

  1. Xarrison-Ruzzo-Ulmanning diskretsion modeli

Xavfsizlik siyosati deganda axborotni ishlash jarayonini qat’iy belgilovchi umumiy tartib va qoidalar majmui tushuniladiki, ular- ning bajarilishi malum tahdidlar to‘plamidan himoyalanishni ta’- minlaydi va tizim xavfsizligining zaruriy (ba’zida yetarli) shartini tashkil etadi. Xavfsizlik siyosatining formal ifodasi xavfsizlik siyosatining modeli deb ataladi.

Himoyalangan axborot tizimlarini ishlab chiqaruvchilar xavf­sizlik modelidan quyidagi hollarda foydalanishadi:



  • ishlab chiqariladigan tizim xavfsizligi siyosatining formal spetsifikatsiyasini (tafsilotli ro‘yxatim) tuzishda;

  • himoya vositalarini amalga oshirish mexanizmlarini belgi­lovchi himoyalangan tizim arxitekturasining bazaviy prinsiplarini tanlash va asoslashda;

-tizim xavfsizligini etalon model sifatida tahlillashjarayonida;

-xavfsizlik siyosatiga rioya qilishning formal isboti yo‘li bilan ishlab chiqariladigan tizim xususiyatlarini tasdiqlashda.

Iste’molchilar xavfsizlikning formal modellarini tuzish yo‘li bilan ishlab chiqaruvchilarga o‘zlarining talablarini aniq va ziddi- yatli bolmagan shaklda yetkazish hamda himoyalangan tizimlar- ning o‘zlarining ehtiyojlariga mosligini baholash lmkoniyatiga ega boladilar.

Kvalifikatsiya (malaka) bo‘yicha ekspertlar himoyalangan ti- zimlarda xavfsizlik siyosatining amalga oshirilish adekvatligini tah­lillash mobaynida xavfsizlik modelidan etalon sifatida foyda- lanadilar.

Xavfsizlik modeli quyidagi bazaviy tasavvurlarga asoslangan.

1. Tizim o‘zaro harakatdagi “subyektlar” va “obyektlar” maj- muasidan iborat. Obyektlarni intuitiv ravishda axborotli konteyner- lar ko‘rinishida tasavvur etish mumkin, subyektlami esa obyektlarga turli usullar bilan ta’sir etuvchi bajariluvchi dasturlar deb hisoblash mumkin. Tizimni bunday tasawur etishda axborotni ishlash xavf- sizligi, xavfsizlik siyosatini shakllantiruvchi qoidalar va cheklashlar to‘plamiga mos holda subyektlarning obyektlardan foydalanishni boshqarish masalasini yechish orqali ta’minlanadi. Agar subyektlar xavfsizlik siyosati qoidalarini buzish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, tizim xavfsiz hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, “obyekt” va “sub- yekt” tushunchalarining tavsifi tiirli modellarda jiddiy farqlanishi mumkin.



  1. Tizimdagi barcha o‘ zaro harakatlar subyektlar va obvektlar orasida ma’lum xildagi munosabatlami o‘matish orqali model- lashtiriladi.

  1. Barcha amallar o‘zaro harakat monitori yordamida nazo- ratlanadi va xavfsizlik siyosati qoidalariga muvofiq man etiladi yoki ruxsat beriladi.

  2. Xavfsizlik siyosati qoidalar ko‘rinishida beriladi, bu qoida- larga mos holda subyektlar va obyektlar orasida barcha o‘zaro hara­katlar amalga oshirilishi shart. Ushbu qoidalami buzilishiga olib ke- luvchi o‘zaro harakatlar foydalanishni nazoratlovchi vositalar yor­damida to'sib qo‘yiladi va amalga oshirilishi mumkin emas.

  3. Subyektlar, obyektlar va ular orasidagi munosabatlar (o‘rna- tilgan o‘zaro harakat) to‘plami tizim “holatini” belgilaydi. Tizim- ning har bir holati modelda taklif etilgan xavfsizlik mezoniga mu­vofiq, xavfsiz yoki tahlikali bo‘ladi.

  4. Xavfsizlik modelining asosiy elementi - xavfsiz holatidagi tizim barcha o‘matilgan qoida va cheklashlarga rioya qilinganida tahlikali holatga o‘tish mumkin emasligi tasdig‘ining (teorema- sining) isboti

Xarrison-Ruzzo-Ulmanning diskretsion modeli klassik (mum- toz) diskretsion model hisoblanib, subyektlarning obyektlardan foy­dalanishni ixtiyoriy boshqarishni va foydalanish huquqlarining tarqalishi nazoratini amalga oshiradi.

Ushbu model doirasida axborotni ishlash sistemasi axborotdan foydalanuvchi subyektlar to‘plam), himoyalanuvchi axborotga ega bo‘lgan obyektlar ((R), yozish (W), dastumi bajarish (£)) vakolatini anglatuvchi

foydalanish huquqlarining chekli to‘plami R = tn-’a majmui

ko‘rinishida ifodalanadi.

Shu bilan birga model ta’siri doirasiga subyektlar orasidagi munosabatlami kiritish uchun barcha subyektlar bir vaqtning o‘zida obyektlar hisoblanadi - Tizim ahvoli holat tushunchasi yor-

damida modellashtiriladi. Tizim holati makoni uni tashkil etuvchi obyektlar, subyektlar va huquqlar to‘plamlarining dekart ko‘- paytmasi sifatida shakllantiriladi - OxSxR . Bu makonda tizimning joriy holati uchlik orqali aniqlanadi. Bu uchlikka subyektlar to‘p- lami, obyektlar to‘plami va subyektlaming obyektlardan foydalanish huquqlarini tavsiflovchi foydalanish matritsasi kiradi - o = (s.o.m. Matritsa qatorlari subyektlarga, ustunlari esa obyektlarga mos keladi. Obyektlar to‘plami o‘z ichiga subyektlar to‘plamini olganligi sababli matritsa to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida boiadi. Matritsa- ning ixtiyoriy yacheykasi Ж.о] subyekt “-s”ning obyekt “o ”dan, foydalanish huquqlari to‘plami R ga tegishli foydalanish huquqlari naboriga (to'plamiga) ega. Tizimning vaqt bo‘y>dia ahvoli turli ho- latlar orasidagi o‘tishlar yordamida modellashtiriladi. 0‘tish mat­ritsa ga quyidagi ko'rinishlardagi komandalar yordamida o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi:




Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat