Roman haqida



Download 37,5 Kb.
Sana18.07.2021
Hajmi37,5 Kb.
#122838
Bog'liq
Choliqushi


Bu kitob haqida juda ko‘p eshitganman, bolaligimizda esa serialini ko‘rganman. Baribir uni hech qachon o‘qimasam kerak deb o‘ylardim. Chunki menda nimagadir yigit va qiz o‘rtasidagi sevgi-muhabbat mavzusiga nisbatan ulkan immunitet shakllangan va o‘zim realist bo‘lganim uchun sevgi haqida romanlarni o‘qimas edim yoki, o‘qigan bo‘lsam-da, ularda asosiy mavzu sevgi deb o‘ylamas edim. Ammo bu kitobni bir do‘stimning tavsiyasi bilan o‘qib chiqqach, unda nafaqat sevgi, balki o‘sha davr Turkiyasining ijtimoiy hayoti, tarixi haqida ham lokal bilimlar olishga erishish mumkinligini anglab yetganman.

Roman haqida

“Choliqushi” romani 1922-yilda mashhur turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekin tomonidan yozilgan. Yozuvchining eng mashhur asari hisoblangan ushbu roman 1922-yilda “Vaqt” gazetasida bo‘lim-bo‘lim e’lon qilina boshlangan. Asar birinchi marta 1923-yilda kitob holida chop etilgan. Yozuvchining o‘zgartirishlaridan keyin 1937-yilda “Choliqushi” romani mukammal holga keltirilgan.

“Choliqushi” ishqiy mavzuda yozilgan asar bo‘lishi bilan birgalikda o‘sha davrning ijtimoiy muammolariga mohirona tanqidiy yondasha olgan roman sifatida ham muhimdir. “Choliqushi” Turkiyada yangi va modern davrning boshlanishini ifodalagan asar hisoblanadi. Romanning oxirgi bo‘limidan tashqari to‘rt qismi bosh qahramon Feridening xotira daftari sifatida uning tilidan hikoya qilinadi va ikki yarim yoshidan boshlab yigirma besh yoshiga yetguncha, muhabbati Kamronga erishguncha bo‘lgan voqelarni o‘z ichiga oladi. Beshinchi qismda esa Feride va Kamronning topishishi hikoya qilinadi.

Syujet

Feride romanning bosh qahramoni, bundan tashqari, asarning dastlabki to‘rt bobi ham uning tilidan hikoya qilinadi. Olti yoshida Mo‘sulda kasal onasidan ayrilib qolgan Feride Istanbulda buvisi bilan yashashni boshlaydi. To‘qqiz yoshida buvisi ham vafot yetadi. Otasi uni qolib o‘qishi mumkin bo‘lgan Dam do’Sion nomli fransuz qizlar maktabiga beradi. Ta’til kunlarida esa Feride xolalarining uyida qoladi. Feride maktabda ham qarindoshlarinikida ham bir yerda turmaydigan, juda shaddod, yaramas, ko‘zi tushgan daraxtga chiqvoladigan, xullas, har qanday bezorilikdan tab tortmaydigan qiz edi. Maktabda tanaffus paytlari Faridening shoxdan shoxga tirmashaverganini ko‘rgan o‘qituvchisi unga “Choliqushi” deb laqab qo‘yadi. O‘zi sezmagan holda xolavachchasi Kamronni sevadi va doimo uni Narimon ismli yosh, go‘zal beva bir ayoldan qizg‘onib yuradi.



Kamron yosh, kelishgan va juda nozikta’b yigit. Ayni paytda u ham go‘zallikda tengsiz, sho‘xligi olamni mahf yetadigan Feridega befarq emas. Feridening noodatiy qizg‘onishlari hislarini oshkor qilib qo‘yadi. Kamron va Feride unashtiriladi. Unashtiruvdan keyin Feride, sevsa-da, Kamronga nisbatan sovuq va befarq munosabatda bo‘ladi. Feride ketishini xohlamasligi haqidagi xayollari puchga chiqqan Kamron to‘rt yilga Yevropaga, amakisining yoniga ketadi. Feride bilan unashtirilganiga qaramasdan, Kamron Yevropada Munavvar ismli bir ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘ladi. Oradan to‘rt yil o‘tgach, Istanbulga qaytadi va to‘y tayyorgarliklari boshlanib ketadi.To‘yga uch kun qolganda Feride o‘zlari yashaydigan ko‘shkka kelgan qop-qora yopinchiqli ayoldan Kamronning Yevropadagi ishqiy munosabatlari haqida xabar topadi. Kamronga kichik bir maktub qoldirib, ko‘shkni tark etadi.

Feride qalbida muhabbati va Kamron yetkazgan yaralar bilan Onado‘luga muallima sifatida yo‘l oladi. Ish qidirib Onado‘luning juda ko‘p shahar va qishloqlarini kezadi (Bursa, Zaynilar, Chanoqqal’a, Izmir, Qushadasi). Zaynilar nomli qishloqda onasi noqis yo‘lga kirib ketgan Munisa ismli mushtipar bir qizchani asrab oladi va u bilan yashay boshlaydi. Kamrondan kelgan maktublarning barchasini o‘qimasdan yoqib yuboradi.

Feride go‘zal, yosh va maftunkor qiz edi. Ammo bu go‘zallik borgan joylarida unga faqat muammo keltiradi. Erkaklar Feridening ismini bilmasalarda uni “Ipak qurti”, “Gul ba shakar” kabi nomlar bilan ataydi. Juda ko‘pchilik unga turmushga chiqish taklifi bilan yuzlanadi. Bu kabi takliflar va har xil g‘iybatlar sabab Onado‘luda o‘tkazgan besh yili mobaynida ishdan bo‘shash haqida ko‘plab arizalar yozishiga, tinimsiz yashash joyini o‘zgartirib yurishga majbur bo‘ladi.

Asrab olgan qizi Munisa 14 yoshida difteriya bilan og‘rib vafot yetadi. Bu mash’um ayriliqdan keyin Feride uni otasiday yaxshi ko‘rib ardoqlaydigan katta yoshli doctor – Xayrullohbeyning uyida yashay boshlaydi. Atrofdagilarning ko‘zidan qochmagan bu holat yana g‘iybatlarga sabab bo‘ladi va Xayrullohbey bilan hujjat uchun nikohdan o‘tishga majbur bo‘ladi. Doktorning o‘limidan keyin Feride erining vasiyatini bajarish va qoldirgan omonatini Kamronga topshirish maqsadida Tekirdog‘ga, xolasining uyiga keladi. Xayrullohbey Kamronga bir maktub yozgan edi, omonati esa Feridening xotira daftari edi. Kamron xotira daftarini o‘qir ekan Feride haqidagi barcha haqiqatni bilib oladi va uni umrbod qo‘yib yubormaydi.

Tahlil

Romanning asosiy mavzusi muhabbatdir. Feride uzoq vaqt mobaynida sevgisini tan olmasdan, Kamrondan nafratlanishini aytsa-da, maktabda o‘qib yurgan paytlarida ham, Onado‘luda ish izlab sargardon kezgan paytlarida ham Kamronni qattiq sevishda davom etadi. Feridening uzoq vaqt muhabbatidan ayro qolishiga sabab sevish va sevdirishni yetarlicha bilmasligidir. Yanada aniqroq qilib aytsam, g‘ururi va sevgisi orasida muntazam kurashni to‘xtatolmagan Feride uzoq yil g‘ururining sevgisi ustidan qozongan g‘alabasidan azoblanib yashaydi. Onado‘luda kechgan yillari uni batamom o‘zgartiradi.



Xotira daftarining oxirgi sahifalarida Feride yillar davomida hatto o‘zidan ham yashirishga urinib kelgan sevgisini nihoyat tan oladi. “Ha, nega endi aldashim kerak? Butun nafratimdan, isyonlarimdan, butun o‘sha bo‘lib o‘tgan noxushliklardan qat’i nazar, men sening bir parchang edim”.

Asarda mehr-muruvvat mavzusiga ham keng o‘rin berilgan. Feride xolalarini juda yaxshi ko‘rgan. Xolalari ham Feride bezori va juda shaddod qiz bo‘lishiga qaramay, unga hamisha mehr bilan yondashgan. Feridening Zaynilar qishlog‘ida og‘ir sharoitda qolgan Munisani asrab olib, uni o‘z qiziday suyib ardoqlashi yoki harbiy doktor Xayrullohbey ilk ko‘rishishdayoq Feridega otalarcha mehr ko‘zi bilan boqib, chorasiz qolganda uni o‘z panohiga olishi asardagi mehr-muruvvat mavzusining kulminatsion nuqtalaridir. Yozuvchi Feride tilidan shunday yozadi: “Naqadar orsiz ko‘nglim bor mening, atrofimdagi insonlarni bunchalar tez yoqtirib qolaveraman”.

Romanning mahzun va romantik tarzda o‘ziga xos hikoya qilinishiga o‘lim va ayriliq tushunchalarining ta’siri kuchlidir. Kichik yoshda ota-onasini yo‘qotgan Feride to‘yi arafasida qattiq sevgan insoni Kamrondan ayriladi. Sal o‘tib Munisa bilan yangi hayot boshlagan Feride og‘ir xastalik sabab uni ham yo‘qotadi. Asar so‘ngida esa otasiday ko‘rgan insoni Xayrullohbey vafot yetadi. “Hali yigirma uch yoshimga kirmadim; yuzimni, vujudimni bolalikning izlari hali tark etmadi, ammo ko‘nglim yaxshi ko‘tgan insonlarimning o‘liklari bilan liq to‘la”.

Asarda diqqat qaratishimiz lozim bo‘lgan yana bir jihat g‘ururdir. “Choliqushi” romanining asosiy qahramoni Turkiya Jumhuriyati uchun o‘rnak bo‘la oladigan obrazdir. Feride bolalikdan o‘zini hech kimga xafa qildirmagan, o‘z haqqini himoya qila olgan, kirishimli, zamonaviy bir qiz bo‘lgan. Kamronning xiyonatidan oh-voh qilib o‘tirmaydi, taqdirga tan bermaydi. Feridening Kamronni tark etib Onado‘luning chekka qishloqlariga ketishiga va yillar mobaynida butun kuchi bilan harakat qilishiga sabab kuchli g‘urur edi.

Feridening ko‘shkni tark etib ketgandan keyingi hayotiga nazar tashlaganimizda go‘zallik va maftunkorlik kabi xislatlarga urg‘u berilganini ko‘rishimiz mumkin. Feride tug‘ma juda go‘zal qiz bo‘lgan. Yuzi tabiiy holatda ham pardoz qilganday chiroyli edi. Shuning uchun ham uni tanigan va tanimaganlar “Gul ba shakar”,”Ipak qurti”degan nomlar bilan atagan.

Feride ko‘shkdan ayrilgach, salkam besh yil yaqinlaridan ayri yashaydi. Bu holatdan tez-tez shikoyat qilgan Feride musofirlik va yolg‘izlikdan ancha zoblanadi: “Ufqda oqshomning xiralashgan moviyligi uzra sekingina tutayotgan tutunga o‘xshash tog‘larni tomosha qila boshladim. Choliqushiga bu tog‘lardan yana musofirlik hidi kela boshladi. Musofirlik hidi! Bu hidni haqiqiy ma’noda hidlamaganlar uchun naqadar mantiqsiz jumla”.

“Choliqushi”ni shunchaki bir ishqiy roman bo‘lib qolishidan qutqargan, an’anaviy sevgi-muhabbat mavzusida yozilgan boshqa asarlardan farqi ayni paytda romanning o‘sha davr ijtimoiy holatidan ham hikoya qilishidir. Romanning sotsial jihatini yoritib bergan keng ma’noli so‘z bu Onado‘ludir. Bu so‘zning mantiqiy dunyosi ichida ham shu hudud hamda shu hududda yashagan insonlar va ularga tegishli muammolar joy olgan. Asarda Onado‘lu va u yerda yashagan insonlar hayotiga nazar tashlaganimizda yo‘qsillik, jaholat, yashash zavqidan mahrumlik kabi holatlarga duch kelamiz. Feride bir muddat yashagan Zaynilar qishlog‘i tasvirlari nafaqat Onado‘lu, balki o‘sha davrda hukumat tepasida bo‘lgan Usmonli iqtidorining haqiqatlarini ham ko‘z oldimizda qip-yalang‘och namoyon qiladi. Zaynilar qishlog‘i tasvirida asosan “yakkam-dukkam kulbalar”, “taxta uylar”,”cho‘ka boshlagan qop-qora vayronalar”, “u yer bu yerda tutab yotgan yong‘in xarobalari” kabi ifodalar qo‘llanilgan. U yerdagi o‘quvchilar ahvoli ham juda achinarli edi.

O‘zi ham muallim bo‘lgan yozuvchi roman qahramoni Ferideni ham o‘qituvchi tarzida gavdalantirib, asarda ta’lim-tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Romanda an’anaviy ta’lim-tarbiya tushunchasi va yangi ta’lim berish shakli orasida kurash yuzaga keladi. Zaynilar qishlog‘idagi Hadicha xonim o‘qituvchilik qila oladigan darajada yetarli bilimga ega emas, o‘quvchilarni uradi, o‘lim tahlikasini targ‘ib qiladi, dars paytida o‘quvchilarni yerga o‘tqizib, baland ovozda o‘qishga majbur qiladi, bo‘yi yetgan qizlarning o‘qishiga qarshi chiqadi. Yangi ta’lim tizimida yetishib chiqqan Feride esa Hadicha xonimning amallariga butunlay qarshi bo‘lib, o‘quvchilarni o‘zi bilgan metodda o‘qita boshlaydi. Bolalarni ketma-ket o‘tqizadi, shovqin qilishlariga yo‘l qo‘ymaydi, katta yoshli qizlarga ham ta’lim beradi, o‘lim tahlikasini yo‘qqa chiqarishga urinib, yashash zavqini targ‘ib qiladi.

O‘sha davrda ta’lim sohasidagi tanqid qilingan yana bir jihat o‘qituvchi maoshining juda kamligi edi. Feride Onado‘luda ishlab yurgan paytlarida onasidan qolgan qimmatli buyumlarini sotib kun ko‘radi, puli tugaganda esa hatto och qolgan vaqtlari ham bo‘ladi: “Men muallimlikni ochlikdan o‘lmaslik uchun qabul qilgan edim. Hisobim to‘g‘ri chiqmadi. Bu kasb bir kun ochlikdan o‘ldirishi hech gap emas”.

Rashod Nuri Guntekin romanda byurokratiya va qog‘ozbozlikka ham alohida ahamiyat qaratadi. Feride byurokratiya nima ekani va uning qanday ishlashini bilmas, rahbarlarning mas’uliyatsizligi va mensimasdan muomala qilishlaridan xabarsiz edi.

“Choliqushi” romanida bo‘lib o‘tgan voqealar XX asrning ilk choragiga tegishlidir. Feridening Qushadasida yashagan paytda Birinchi jahon urushi dahshatlari asarda ham ko‘rinish bermasdan qolmagan. Yozuvchi XX asr boshlaridagi turk xalqi hayotini ko‘p jihatdan mohirona yoritib bera olgan.

Xulosa


Ham sevgi-muhabbat, hamda bir mojaro romani sifatida e’tirof etishimiz mumkin bo‘lgan “Choliqushi” romani o‘quvchiga yaqin so‘zlashuv tilida yozilgan va aynan shu sababga ko‘ra ham sevib o‘qiladi. Tasvirlarning rang-barangligi va ko‘pligi o‘quvchining o‘zini ham voqealar orasida his qilishga yordamlashadi. Ayniqsa ruhiy holatlarni mukammal o‘xshatishlar bilan ifodalagan yozuvchi tabiat hodisalari tasvirlaridan ko‘p va o‘rinli foydalangan.

Iqtiboslar

Inson o‘zi yashagan joylarda ko‘ngliga yaqin olgan insonlarga ko‘rinmas simlar bilan bog‘langan. Ayriliq vaqtida bu simlar tortila boshlaydi va uzilib ketgan cholg‘u simlariday xazin ovoz chiqaradi;

Inson kimnidir sevib qolsa, falokatga uchraganida asirga olinganday bo‘ladi;

Odamzot eng ko‘p sevgan kishisi bilan sinaladi;

Haqiqiy muhabbat orada qanchalik to‘siqlar bo‘lishidan qat’i nazar aslo yo‘qolib ketmaydi;

G‘amda qandaydir yashirin shafqat borday. Shikoyat qilmaganlarga nisbatan, ularni kulib qarshilaganlarga nisbatan qamroq zulmkor bo‘ladi.

Qiziqarli ma’lumotlar

- Roman hayotiy hikoyalarga tayanib yozilgan bo‘lib, asarda tilga oligan qahramonning hayotiy ismi Feride Po‘latdir. Qushadasidagi uyi restavratsiya qilingan va bugungacha saqlanib qolgan;

- Rashod Nuri Guntekin “Choliqushi” romanini dastlab “Istanbul qizi” nomli to‘rt pardali sahna asari sifatida yozgan;



- Barchamiz sevib tomosha qilgan “Choliqushi” seralida Feride rolini latofatli turk aktrisasi Ayden Shener ijro etgan. Aynan shu roli unga kutilmagan mashhurlik taqdim etdi. Ayden Shener O‘zbekistonga ham tashrif buyurgan.
Download 37,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish