Rivojlantirish instituti



Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/244
Sana21.05.2021
Hajmi0.98 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   244
Periodont. Periodont periodont bo‘shlig‘ida joylashgan. Bu oraliqning
qalinligi normal holatda 0,1-0,2 mm bo‘lib, ichki qismi sement bilan,
tashqi qismi jag‘ suyagi o‘sig‘i bilan, yuqorida fiziologik tish-milk
cho‘ntagi, tagi esa tishga kiruvchi nerv-qon tomirlar yig‘indisi bilan
chegaralangan. Periodont yoki perisement — "tish yoni", "atrofi" yoki
"sement yoni" ma’nosini anglatuvchi lotincha so‘z bo‘lib, asosan qattiq
qo‘shuvchi to‘qima tolalaridan tashkil topgan. Bu tolalar temirdek
mustaxkam bo‘lib, qalinligi 4-10 mkm bo‘ladi. Sharipeev tolalari deb
nomlangan: tish ildizining bo‘yin qismi gorizontal yo‘nalishda bo‘lib,
tishning aylanma bog‘lovchi qismini hosil qiladi va fiziologik tish-milk


1 3
cho‘ntagining asosi hisoblanadi. Tish ildizining o‘rta qismida bu tolalar
qiyshiq joylashib, yuqori qismi jag‘ suyagining alveolyar o‘sig‘iga va
pastki qismi sementga kiradi. Tish ildizining uch qismida bu tolalar
vertikal yo‘nalishda bo‘ladi. Sharipeev tolalari orasida oz miqdorda
yumshoq qo‘shuvchi to‘qima bo‘lib, amortizasiya funksiyasini bajaradi.
Tishga tushgan bosim butun periodont bo‘yniga tarqaladi. Bu yumshoq
to‘qimada fibroblastlar, fibrositlar, plazmatik, limfatik va boshqa hujayra-
lar bor. Bundan tashqari, unda qoldiq epitelial Malyasse hujayralari
bo‘lib, ular shishlar hosil bo‘lganda ko‘payadi. Sement yaqinida semento-
blastlar, sementositlar, jag‘ suyagi alveolyar o‘sig‘i yaqinida esa osteob-
lastlar, osteositlar bo‘ladi va periodontda plastik xususiyat bo‘lishini
ta’minlaydi. Periodontda qo‘shuvchi to‘qima tolalari milk, jag‘ suyagi,
sement orqali dentindagi tolalar bilan qo‘shilib, bog‘langan bo‘lganligi
tufayli, periodont trofik funksiyani bajaradi. Ya’ni tishni oz bo‘lsada
osmos yo‘li, tolalar orqali tish to‘qimalarini, asosan sement, dentinni
oziqlantiradi. Tishni davolashda pulpani olib, tish tojlari plombalan-
gandan so‘ng, bu tishlar o‘n yillab xizmat qilishi periodont tufaylidir.
Periodontga nerv, limfa, qon tomirlar, jag‘ suyagi alveolyar o‘sig‘i va
tishga kirayotgan nerv, limfa, qon tomirlari bilan uzviy bog‘langan
bo‘ladi.
Periodont funksiyasi turlichadir: A) tishni jag‘ suyagi o‘sig‘i orasida
bog‘lab, ushlab turadi va tishga tushgan bosimni har tomonga barobar
tarqatadi. B) Periodont sezish-sensor xususiyati bor, u reflekslarga boydir.
D) Barerlik — mudofaa qilish vazifasini bajarib, plastik va trofik
xususiyatlarga ega.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat