Rim respublikasining ijtimoiy-siyosiy hayoti


Gay Grakx islohotlari. Plutarx . Gay Grakx



Download 119 Kb.
bet7/14
Sana17.05.2021
Hajmi119 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Gay Grakx islohotlari. Plutarx . Gay Grakx

V. Gay kiritgan qonunlardan xalqning foydasiga va senatni hokimiyatini zaiflashtirish uchun yer to`g`risidagi bir qonun, eng kambag`al fuqarolarni yer bilan taminlashga qaratilgan edi, boshqasi harbiy: buyurdiki birinchidan askarlarni, ularni ish haqini kamaytirmasdan davlat hisobidan kiyim bilan taminlash, ikkinchidan o`n yetti yoshga yetmagan fuqarolarni askarlikga kiritmaslik, uchinchi qonun ittifoqchilarga tegishli edi va barcha italyaliklarga rim fuqarolari bilan bir qatorda ovoz huquqini berdi. To`rtinchi, non (qonuni) kambag`al fuqarolar uchun non narxini pasaytirdi va nihoyat beshinchi qonun sud ishlariga tegishli bo`lib senatorlarni kuchini katta qismidan mahrum qildi. Senatorlar barcha sud ishlarini olib borib xalq va suvoriylarni qo`rquvda tutgan edilar. Gay esa senator- sudyalarga, ular uch yuzta edi, yana shuncha suvoriylarni qo`shdi va shu tarzda olti yuz sudyadan iborat umumiy sudni ta`sis qildi. Aytishlaricha qonunni o`tkazishga Gay alohida ahamiyat berdi; ungacha barcha notiqlar yuzlarini senatga va komisiya deb ataladiganga qaratib gapirar edilar, Gay esa o`shanda birinchi bo`lib senatga orqasini qilib, yuzini maydonga qaratib gapira boshladi, shu vaqtdan, hamma shunday qildi. Gay faqat oddiy bir burilish bilan muhim ishni amalga oshirdi: u shu bilan aristokratik tuzumga demokratik tus berdi, notiqlarni senatga qarab emas, xalqqa qarab murojaat qilishga majbur qildi.

VI. Keyin u tomonidan koloniyalar chiqarish, yo`llar qurilishi va g`alla uchun jamoa omborlari qurish to`g`risidagi qarorlar ishlab chiqildi. Bu ishlarni barchasiga rahbarlik qilish va boshqarishga u o`zi kirishdi,shuningdek qancha muhim tashvishlar ichida tetiklikni yo`qotmadi, qanday tezlik va mehnatga qobillik bilan har qanday ishni epladi, bu uni yagona tashvishiday eplaganidayn har kim hayratga tushar edi. Unga nafrat va yoki qo`rquv bilan qaragan odamlar ham uni uddaburonligi va aqliga qoyil qolar edilar. Xalq esa uni pudratchilar, hunarmandlar elchilar, magistratlar, askar va olimlar olomoni qurshovida ko`rib, qachon u har biri bilan do`stona gaplashib o`zini bor tavozesi shu bilan birga o`z shaxsiy g`ururini saqlab qolishidan hayratga tushar edi ; u har kim bilan gaplashishni bilar edi va bu bilan u kim unga xavfli , doimo qurol, zo`ravonlikga qobil kishi deb u to`g`risida gapirganlar qanday tuxmat qilganlarini ko`rsatdi. Tribunadan so`zlanadigan nutqlardan ko`ra odamlar bilan muloqotda va amaliy ishlarda u yana kuchliroq xalq yo`lboshchisi edi.

XIV. Shunda senatorlar kuriyaga qaytdilar va qaror qilib konsulga shaharni har qanday choralar bilan qutqarish va turanlarni qirib tashlashga topshiriq berdilar. Topshiriqni qabul qilib, Opimiy senatorlarga qurollanishni buyurdi va suvoriylarga, keyingi kuni kun chiqishi bilan ularni har biri o`zi bilan ikki qurolli qullarni olib kelishni xabar qildi. Fulviy o`z navbatida himoyaga tayyorlandi va o`z atrofida ko`p sonli olomonni to`pladi , Gay maydondan ketayotib o`z otasini haykali oldida to`xtadi, uzoq va jim unga qaradi va achchiq ko`z yoshi to`kib uf tortib ketdi. Uni ko`rgan ko`plar uning g`ami bilan chuqur ta`sirlandilar va shunday odamni tashlab ketganlari va unga xiyonat qilganlari uchun o`zlarini koyiy boshladilar, keyin Gayni ortidan uni uyigacha borib, uning eshigi oldida tunda qo`riqchilikda turdilar …

XV. Gay qurollanishni istamadi va odatda qilganidek forumga bora turib belida kichik xanjar bilan togani kiydi. U chiqayotgan vaqtda xotini eshikda uning oldida tiz cho`kdi, bir qo`li bilan uni, boshqasi bilan kichkina o`g`lini quchoqlab. “Avvalgidek men seni Gay tribunaga kuzatayotganim yo`q – dedi u – sharafli yurishga emas, qayerda sen boshqalar bilan bir qatorda halok bo`lishing mumkin edi va menga yupanch uchun faxrli ta`ziya qoldirishing mumkin edi;

Tiberiyni qotillari qo`liga o`zingni topshirayapsan, o`zingni haqligingni his qilib birovga qo`l ko`tarishdan ko`ra hammasiga chidashga tayyorsan. Lekin seni o`liming seni vataningga hech qanday foyda keltirmaydi. Yovuzlik baland keldi va temir va zo`ravonlik bilan sud qilyapti. Agar sening akang Numansiya dalalarida halok bo`lganida edi, dushmanlar tinchlik shartnomasini tuzib, bizga uni jasadini berar edilar. Menga esa qaysidir daryo yoki dengizga ular yashirgan seni jasadingni berish uchun toat- ibodat qilish bitilgan bo`lsa kerak. Tiberiyni o`limidan keyin qonunlar va xudolarni o`zlariga tayanib bo`ladimi?” Lisiniya ko`z yoslari bilan shunday gapirdi, Gay uni qo`lini chetga olib do`stlari hamrohligida jimgina chiqdi. Uni kiyimini chetidan ushlab qolishga urinib Lisiniya yerga yiqildi, uzoq vaqt yig`isini yutib jim yotdi, xushsiz yotgan uni qullar ko`tardilar va akasi Krassga olib bordilar.

XVI. Hech kim Gay jang qilganini ko`rmadi. U chuqur ta`sirlanib Dianaii[119] ibodatxonasiga ketdi. U o`zini o`ldirmoqchi bo`lganda, uning sodiq do`stlari Pomponiy va Lisiniy bunga xalaqit berdilar, qaysiki uni qo`lidan qilichni tortib olib qochishga ko`ndirdilar. Shunda aytishlaricha Gay tiz cho`kib ma`budaga qo`lini cho`zib rim xalqi yaxshilikni bilmagani va xoinlgi uchun abadiy qullik bilan jazolashini undan yolvorib so`radi, chunki xalq jazolanishdan ozod bo`lgani bilan ochiqdan – ochiq unga xiyonat qildi.

XVII. Dushmanlar qochib ketayotgan Gayni taqib qildilar, unga yog`och ko`prikda yetib oldilar, o`sha ikki do`st uni qochishga majbur qilib, o`zlari dushmanga yuz o`girib ular bilan jangga kirishdilar, ularni ko`prik oldida ikkalasi ham halok bo`lib qulaganlaricha tutib turdilar. Gayning Filokrat ismli quli u bilan birga qochdi, yo`lda ularga uchragan odamlar qochoqlarni qandaydir musobaqada bo`lgani kabi faqat dalda berdilar, lekin unga hech nima bilan yordam berishga urinmadilar va hatto dushmanlar unga yetib olayotganini ko`rib Gay juda iltimos qilib so`rasada ulardan hech kim Gayga ot bermadi. Nihoyat Gay Furiyaiii[120]ga bag`ishlangan uncha katta bo`lmagan daraxtzorga qochib kirdi va u yerda sodiq quli Fulokrat qo`lidan ko`ngilli ravishda o`limni qabul qildi, u xo`jayinini o`ldirgach o`zini hayotdan mahrum qildi. Lekin boshqalarni hikoya qilishicha go`yoki ular hali hayotliklarida dushman qo`liga tushadilar, shunda Filokrat xo`jayinini shunday mahkam quchoqlaydiki, hujum qilganlardan hech kim uni qulini o`ldirmasdan Gayni o`ldira olmaydi. Yana hikoya qilishlaricha qandaydir odam Gayni boshini nayzaga ildirib ko`tarib borayotganda, Opimiyni og`aynisi qandaydir Septimuley hali jang boshlanguncha e`lon qilingan kim agarda Gay va Ful`viyning boshini olib kelsa, ularni o`girligiga teng oltin olishi to`g`risidagi konsulning va`dasini eslab, uni tortib oldi. Gayning boshi nayza uchida Opimiyga olib kelindi.Taroziga qo`yilib u 17 1/2 funtga yetdi, Septimuley bu yerda ham yolg`onchilik qildi, boshdan miyani chiqarib unga qo`rg`oshinni qo`ydi. Lekin

Ful`viyni boshini olib kelgan odamlar (ular oddiy xalqdan edilar) hech nima olmadilar.

Gay va Ful`viyning jasadlari boshqa murdalar bilan – o`ldirilganlar uch mingtagacha yetdi- daryoga tashlab yuborildi; ularning mulklari davlat xazinasi foydasiga musodara qilindi; ularning xotinlariga motam rasm- rusumning o`tkazish taqiqlandi, buning istiga Lisiniyadan sepini tortib oldilar….

XVIII. Xalq esa bu voqealar yuz bergan vaqtida tahqirlanib bostirilgan edi, Grakxlar o`limi to`g`risida u qanday chuqur motam tutdi va ular to`g`risidagi xotira qanday qimmatli ekanini tezda vaqt ko`rsatdi. Shaharning eng yaxshi qismlaridan birida aka – ukalarga haykallar qo`yildi, ular halok bo`lgan joy ziyratgohga aylandi, u yerda xalq yil vaqtlariga qarab birinchi mevalarni olib kelib, ularni xotirasini esga oldi, ko`plar ularga qurbonlik keltirdilar, xudo ibodatxonasiga kelgandek yuz tuban yiqildilar.

Хрестоматия по истории древнего мира. М., 1991. 238 стр



Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat