Rim respublikasining ijtimoiy-siyosiy hayoti


Tiberiy Grakx islohotlari



Download 167.18 Kb.
bet6/14
Sana17.05.2021
Hajmi167.18 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Tiberiy Grakx islohotlari

VII… Tiberiy mana bu sabablarga ko`ra o`z islohotlarini taklif qildi.

VIII. Qo`shni xalqlardan bosib olingan yerlarni rimliklar bir qismini sotdilar, bir qismini davlat mulkiga aylantirdilar va kam mulkli fuqarolarga uncha katta bo`lmagan haq evaziga foydalanishga tarqatdilar. Boylar ijara haqini oshirib, shu tarzda kambag`allarni yerlaridan siqib chiqarganlarida hech kimga 500 yugerdan ortiq yerga ega bo`lish va foydalanishga ruxsat bermaydigan qonun chiqarilgan edi. Bu qonun ma`lum vaqtga qadar boylarni g`arazli intilishlarga chek qo`ydi va kambag`allarga o`zlari ijaraga olgan yerlarda qolishga va birinchi razverstka vaqtida ular egalik qilgan ulushlarini saqlab qolishga imkon berdi. Lekin tezda boylar soxta kishilar orqali ijarani o`zlariga ko`chirdilar, yerlarni katta qismini ochiq o`zlariga birkitdilar. Uchastkalardan siqib chiqarilgan kambag`allar harbiy xizmatni o`tashni xohlamadilar, o`z bolalarini o`stira olmadilar, shunday qilib tezda Italiyada erkin fuqarolar soni qanday kamayib borayotgani, aksincha fuqarolardan tortib olingan yerlarni boylar uchun ishlov beradigan qul – varvarlarni soni o`sib borayotgani sezilarli ko`rindi … Uni ukasi Gay o`z yozuvlarida Tiberiy Numansiyaga jo`nab ketayotganda, Etruriya orqali o`tib ketayotib birgina chet elliklar va varvarlar yerga ishlov berib poda boqilayotgan bo`m – bo`sh mamlakatni ko`rganini eslatadi. O`shanda unda o`sha siyosiy rejalar tug`iladi; qaysiki uni amalga oshirilishi aka – ukalarga qancha kulfat keltirdi. Lekin haqiqatda unga kuchli shuhratparastlik intilishlarini, qatiyatni eng avvalo rim xalqini o`zi Tiberiyni portiklardagi, devorlardagi, yodgorliklardagi davlat yerlarini boylardan tortib olib, ularni yo`qsillarga taeqatish uchun chaqiriqlar uyg`otdi.

IX. … Shu bilan birga o`sha katta adolatsiz va ochko`zlikga qarshi qaratilgan qonunni o`zi yumshoqlik va mo`tadilligi bilan ajralib turar edi, qonunlarga bo`ysunmagani uchun odamlarni sudga berish kerak edi va noqonuniy bosib olingan mulkdan jarima solish bilan mahrum qilish lozim edi, Tiberiy qonuni kambag`al fuqarolar foydasiga to`lov sharti bilan faqatgina noqonuniy mulkdan voz kechishni buyurar edi. Bu islohot mo`tadil bo`lishiga qaramasdan xalq undan qoniqishga va o`tmishni unutish, kelajakda o`zini adolatsizliklardan saqlash uchungina tayyor edi. Lekin boylar va yirik mulkdorlar g`arazli manfaatlaridan kelib chiqib qonunchini o`ziga qarshi qat`iy turib, g`azablanish bilan qonunga qarshi yopirildilar …



Ammo bu bilan ular hech nimaga erishmadilar. Tiberiy ezgu va adolatli ishni shunday chiroyli so`zlash bilan himoya qildiki, yomonni ham foydali ko`rinishda ko`rsatishi mumkin edi. Qachonki uning tribunasi atrofida to`plangan xalq oldida yo`qsillar himoyasi uchun so`zlaganda, dushmanlar uchun u qo`rqinchli va yengilmas ko`rindi. Italiyada yovvoyi hayvonlar o`zlari yashirinishi mumkin bo`lgan makon va uyalariga ega – dedi u. Italiya uchun urushayotgan va o`layotgan odamlar esa havo va yorug`likdan boshqa hech vaqoga ega emas,uyidan mahrum bo`lib xotin va bolalari bilan ko`chmanchiga o`xshab har yerda daydib yuradilar. Lashkarboshilar jang maydonlarida dushmanlardan sog`ona va ibodatxonalarni himoya qilishga chaqirib, askarlarni aldaydilar.Axir ko`pgina rimliklarda otasini mehrobi ham, ajdodlarni sog`onalari ham yo`q, ular begona hashamat, begona boylik uchun jang qiladilar va o`ladilar. Ularni dunyoni egasi deb atadilar, lekin ularda bir parcha yer ham yo`q.

    1. Mana shunday to`lqinlanib haqiqiy alanga bilan aytilib, xalq olqishlab qabul qilayotgan so`zlarga raqiblardan birortasi ham e`tiroz bidira olmadi. Lekin munozaralardan voz kechib boylar tribunlardan biri, o`zini kamtarona hayoti va qat`iy axloqi bilan ma`lum bo`lgan yosh kishi Mark Oktaviyga murojaat qildilar. Oktaviy Tiberiyning o`rtog`i va do`sti edi va boshda unga hurmat yuzasidan kurashdan bosh tortdi. Lekin keyin ko`pgina obro`li kishilar tomonidan qat`iy iltimoslar taziyqi ostida u zo`ravonlikga yon berib, Tiberiyga qarshi chiqdi va qonunni rad qildi. Tribunlar kollegiyasida doimo qarshi ovoz beradiganni fikri hal qiluvchi bo`ladi, qolgan hammani roziligi hech qanday kuchga ega emas. Omadsizlikdan jahli chiqqan Tiberiy o`zini mo`tadil loyihasini qaytarib oldi va xalq uchun qulay, jafokorlar uchun qattiq bo`lgan boshqasini kiritdi; yangi qonun ular eski qonunlarga zid ravishda egalik qilgan yerlarini tezda bo`shatib berishni buyurdi. Bu har kuni Tiberiy bilan Oktaviy o`rtasida trubinada har kuni yangidan boshlanayotgan kurashga olib keldi, va lekin keskinlashayotgan kurashning eng qizig`ida ham ular bir- birlariga biror bir keskin so`z aytmadilar; tug`ma halollik va yaxshi tarbiya aqllarni jilovlab turadi, ko`rinib turadiki, nafaqat vakx orgiyalarida va yana shuhratparastlik va g`azab toshganda, Tiberiy ko`rdiki yangi qonun katta davlat yerlariga ega bo`lgan Oktaviyni shaxsiy manfaatlariga tegishi mumkin emas, u o`z raqibiga munozaradan voz kechishni iltimos qilib murojaat qildi va shuningdek uni yerlarini qiymatini o`zini uncha katta bo`lmagan mablag`laridan qoplashga tayyor ekanini bildirdi. Oktaviy bu taklifga ko`nmadi.

    2. … Qachonki Xalq yig`ini kuni kelganda, Tiberiy xalqni ovoz berishga chaqirdi, barcha saylov urnalarini boylar o`g`irlagani bilinib qoldi, bu hodisa katta sarosimaga olib keldi… Va Tiberiy boshqa usul bilan o`z qonunini o`tkazish imkoniyatiga ega bo`lmay, nomunosib va noqonuniy usulda murojaat qiladi, aynan Oktaviyni hokimiyatdan chetlatishni: Biroq u ko`ndirishdan boshladi: uni qo`liga do`stona tegib u Oktaviydan xalqning adolatli talablariga yon berish va qondirishni so`radi, qaysiki o`zining buyuk mehnatlari va boshdan o`tkargan xavflari uchun shunday kichik mukofot bilan qoniqadi. Lekin Oktaviy rad javobini berdi va shunda Tiberiy bir xil hokimiyatga ega har ikki tribun muhim masalalarda qarashlarda kelisha olmasa, bu ish qurolli kurashsiz hal bo`lmaydi va qiyinchilikdan yagona yo`li ulardan biri hokimiyatdan mahrum qilinishi kerak deb aytdi; mayli Oktaviy birinchi bo`lib uni Tiberiyni almashtirishni ovozga qo`ysin va u shu soatdayoq hayotga xususiy kishi bo`lib qaytadi, agar xalq shuni xohlasa. Oktaviy bu taklifni ham qaytardi, shundan so`ng Tiberiy bunday holda agar u o`ylab ko`rib qarorini o`zgartirmasa Okatviyni almashtirish to`g`risidagi masalani ovozga qoyishini aytdi va shundan keyin yig`ilishni tarqatdi.

    3. Keyingi kun xalq to`planishi bilan Tiberiy tribunaga ko`tarildi va yana Oktaviyni ishontirishga urindi, lekin u qat`iy qolaverdi. Shunda Tiberiy Oktaviyni tribunatdan chetlatish to`g`risidagi qarorni taklif qildi va shu yerdayoq bu masalani ovozga qo`ydi. Trib Rimda 35 ta edi, ulardan 17 tasi Oktaviyga qarshi ovoz berdilar, agar ularga hech bo`lmaganda yana bir trib qo`shilganda edi, Oktaviyga xususiy hayotga qaytishga to`g`ri kelar edi. Shunda Tiberiy ovoz berishni to`xtatishga buyruq berdi va Oktaviyga murojaat qiliub, xalq oldida uni o`pdi va o`zini sharmanda qilishga yo`l qo`ymasligini so`rab uzoq yolvordi, uni Tiberiyni qattiq va eng oxirgi choralar ko`rishga majbur qilmaslikni so`radi. Aytishlaricha Oktaviy bu iltimoslarni o`jarlik va qat`iyatni bildirmay eshitdi; uni ko`zlari yoshga to`ldi va uzoq jim bo`ldi; lekin qachonki uni nigohi to`da bo`lib turgan boylar va mulkdorlarga tushganda u ko`rinishda uyalib va ularni oldida sharmanda bo`lishdan qo`rqib, barchasiga oxirigacha chidashga qaror qildi va Tiberiy u bilan nima istasa shuni qilsin deb aytdi. Shunday qilib qaror qabul qilindi va Tiberiy o`zining ozod qo`yilgan qullaridan birigai[118] Oktavianni kuch bilan tribunadan olib ketishni buyurdi…

XV. Shunday qilib u bu safar ham yig`ilishni tarqatdi; lekin uni Oktaviyga nisbatan qilgan harakatiga nafaqat zodagonlar va xalq ham haddan tashqari zo`r berishni ko`rinishini1 ko`rdi deb his qildi, u xalqqa so`z bilan murojaat qildi, undan uni so`zlarini ishonchli va mazmunli ekanligi tushunchasini beradigan ba`zi isbotlarni keltirish maqsadga muvofiq bo`ladi. “Xalq tribuni,-dedi Tiberiy;-muqaddas va daxlsiz shaxs, chunki uning faoliyati xalqqa va uning manfaatlarini himoya qilishga bag`ishlangan. Lekin agarda tribun xalqdan yuz o`girib unga zarar keltirsa uni hokimiyatini kamsitsa, uni ovoz berishiga to`sqinlik qilsa, shunda u o`z majburiyatini bajarmagani uchun o`z vazifasidan o`zini mahrum qiladi. Mayli u Kapitoliyni buzib tashlasin edi, Arsenalni yoqib yuborsin edi va bunday tribunga oxir-oqibat chidash mumkin edi. Shunday qilib u yomon tribun bo`lishi mumkin edi; kim agar xalq hokimiyatini inkor qilsa u tribun emas, chidab bo`ladimi, tribun hatto konsulni quvg`in qilishi mumkin, xalq esa tribunni hokimiyatdan mahrum qilishi huquqiga ega emas, qaysiki u xalqqa zarar qilib uni su`istemol qiladi. Axir xalq konsul va tribunni saylaydi… Shunday qilib xalqqa qarshi gunoh qilgan tribunni xalqni o`zidan olingan o`z daxlsizligini saqlashi mumkin emas, chunki u o`zini ko`targan o`sha kuchni buzadi. Agar tribun uchun ko`pchilik triblar o`z ovozlarini bergan bo`lsalar u tribunatni adolatli oladi demakdir; undan tribunatni tortib olish yanada adolatli bo`lmaydimi, agar unga qarshi barcha triblar ovoz bergan bo`lsa… Va xalq tribun hokimiyatini bir kishidan bovhqasiga o`tkazish huquqiga ega… Bu hokimiyat daxlsiz va almashmaydigan hisoblanishi mumkin emas: axir unga ega bo`lgan odamlar ko`p hollarda undan voz kechadilar.

XVIII. Keyin Mutsiy yana ovozlarni triblar bo`yicha yig`ishga kirishdi, lekin hech nima qila olmadi, raqiblar oldinga surilib, tartibsiz aralashib, birovlarni siqib va siqilib g`oyatda tartibsizlikni keltirib chiqardilar. Bu vaqtda senator Fulviy Flakk shovqin-suronda eshitilishiga qaramay ko`rinadigan joyda turib qo`li bilan ishora qilib bu bilan Tiberiyga hali bir nima xabar qilmoqchi ekanligini ko`rsatdi. Tiberiy olomonga tarqalishni buyurdi va Flakk qiyinchilik bilan turib, Tiberiyga yaqin kelib senat majlisida boylar o`z tomonlariga konsulni og`dirib olishga muvaffaqiyatsiz uringanlaridan so`ng uni Tiberiyni o`ldirishga o`zaro til biriktirganlari va buning uchun katta miqdorda tayyor qurollangan qullar do`stlari borligini xabar qildi.

XIX. Tiberiy bu fitna to`g`risida o`ziga yaqin turganlarga xabar berishi bilan, ular shu ondayoq togalarini bog`ladilar, xodalarni sindirib, ularni yordamida liktorlar olomonni siqib qo`ydilar va bu sindirilgan xodalar bilan qurollanib hujum bo`lgan taqdirda himoyaga tayyorlana boshladilar. Orqa qatorda odamlar bo`layotgan narsalarga hayron bo`lib qaradilar va nima gap deb so`radilar. Shunda Tiberiy, uni ovozini eshita olmas edilar, unga xavf tahdid solayotganini tushuntirish maqsadida qo`li bilan boshini ushladi. Lekin dushmanlar bu ishorani ko`rib, shu ondayoq senatga yugurib, go`yoki Tiberiy taxt talab qilyapti deb xabar qildilar; boshga tegizish bunga haqiqiy belgi deb aytdilar. Hamma sarosimaga tushib qoldi va Nazika konsuldan Rimni qutqarishni, tiranni o`ldirishni talab qila boshladi. Lekin konsul yumshoq javob berdi, u zo`ravonlikni boshlab bermaydi, fuqarolarni birortasini ham sudsiz o`limga bermaydi, agar xalq Tiberiyni e`tiqodiga yon berib yoki uni tomonidan zo`ravonlik bilan qandaydir qonunga qarshi qaror qabul qilsa u konsul bunday qarorni tasdiqlamas edi. Shunda Nazika o`rnidan sakrab turib shunday dedi: hokimiyatning oliy vakili respublikaga xoinlik qilayotgani uchun hammaga taklif qilaman, kim menga qonunchilikni saqlab qolishga yordam bermoqchi bo`lsa, meni orqamdan ergashsin. Shu so`zlar bilan Nazika kiyimini chetini ko`tarib u bilan boshini yopib kapitoliyga yugurdi. Uning orqasidan boshqalar shoshilib qo`llarini toga bilan o`rab, uchraganlarni turtib o`tdilar; bunday zodagon odamlarga barcha yo`lni bo`shatib beradi va bir- birini turtib tarqalib keta boshladi.

Senatorlarni o`rab olgan odamlar uydan olib kelgan tayyoqlar bilan, senatorlarni o`zi olomon sindirgan skameykalarni qoldiqlari va oyoqlari bilan qurollandilar va ularni barchasi uni himoya qilganlarga zarba berib Tiberiyga tomon bostirib bordilar; bu yerda kaltaklash va yoppasiga qochish boshlandi. Tiberiy ham yugurdi, lekin kimdir uni kiyimiga yopishdi; u esa togani tashlab birgina xitonda yugurdi, lekin qoqilib ketib ilgari yiqilgan odamlar ustiga yiqildi, qachon u ko`tarilganda tribunlardan biri Publiy Saturey hammani ko`zi oldida birinchi bo`lib skameykani oyog`i bilan boshiga urdi. Ikkinchi zarbani Lyusiy Ruf o`ziga yozdi, qandaydir ajoyib qahramonlikdek bu bilan maqtandi. Hammasi bo`lib tayoq va toshlar bilan uch yuzdan ortiq kishi o`ldirildi, temir bilan esa – bitta ham o`ldirilmadi.

XXI. Baribir xalq Tiberiyni o`limidan hali qayg`uda edi, ko`rinib turardiki u o`ch olish uchun faqat qulay paytni kutayotgan edi.

Хрестоматия по истории древнего мира. М., 1991. 231-236 стр




Download 167.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat