Rim respublikasining ijtimoiy-siyosiy hayoti



Download 167.18 Kb.
bet1/14
Sana17.05.2021
Hajmi167.18 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

www.arxiv.uz

Reja:



  1. Tit Liviy Gannibal to`g`risida

  2. Tit Liviy . Shaharni boshlanishidan Rim tarixi

  3. Er. avv. II-I asrlarda Rimda xo`jalikni tashkil etilishi va qul mehnatidan foydalanish. Plutarx. Katon Senzorning hayot tasviri

  4. Mark Portsiy Katon. Dehqonchilik

  5. Qullar ta`minoti. Qullarga payok(ulush).

  6. Rimda agrar masala. Tiberiy va Gay Grakxlar tavsifi. Plutarx. Tiberiy Grakx

  7. Gay Grakx islohotlari. Plutarx . Gay Grakx

  8. Tibеriyning o`g`li G. Sеmproniy qonuni bo`yicha еr ulushlarini Rim fuqarolariga xususiy egalik qilish to`g`risida



Er. avv. III asr o`rtalarida G`arbiy O`rtayer dengizi havzasi uchun ikki qudratli davlat – Karfagen va Rim o`rtasida kurash boshlandi. Bu Puni urushlari deb atalgan uch uraushni keltirib chiqardi. Birinchi Puni urushi (er. avv. 264 yil), ikkinchisi (er. avv. 218-201 yillar). Ayniqsa bu urush o`z hajmi, keng qamrovi va tarixiy ahamiyati bilan qadimgi dunyoni eng katta uraushlaridan biri edi. Tit Liviy Karfagen qo`shini bosh qo`mondoni Gannibalga yorqin tavsif beradi, karfagenliklarni Alp orqali mashhur 33 kunlik o`tishi, Kanna (er. avv. 216 yil) yonidagi qadimgi dunyoning eng mashhur janglaridan birini batafsil tasvirlaydi. O`rtayer dengizi havzasida yuz yil davomida olib borilgan urushlar natijasida qudratli Karfagen yanchib tashlandi, Rim bu havzadagi eng kuchli davlatga aylandi.

XXI. I. Hikoya qiladilar, hatto Gamil`kar1[101] Afrika urushini tugatib, Ispaniyaga qo`shinni o`tkazishga tayyorgarlik ko`rayotib xudolarga qurbonlik keltirayotgan paytda, uning to`qqiz yoshli o`g`li Gannibal bolalik erkaligi bilan otasiga uni o`zi bilan birga olishni so`ray boshlaydi: aytishlaricha shunda Gamil`kar unga qurbonlik keltiriladigan joyga yaqin kelishni va unga qo`lini qo`yib, qachonki yoshi yetishi bilan rim xalqini dushmani bo`laman deb qasamyod qilishga buyruq beradi …

3. Gasdrubalning vorisi kim bo`lishi to`g`risida hech qanday shak- shubha yo`q edi. Uning o`limidan keyin jangchilar o`z tashabbuslari bilan yosh Gannibalni bosh qo`mondon chodiriga olib borib uni lashkarboshi deb e`lon qildilar; bu tanlov barcha ishtirokchilarni baland ovozda yoqlashlari bilan kutib olindi, keyinchalik xalq uni ma`qulladi.

4 … Shunday qilib Gannibal Ispaniyaga yuborildi. Birgina o`zini paydo bo`lishi bilan qo`shinni e`tiborini o`ziga qaratdi, keksa askarlarga o`zining eng yaxshi yillarida bo`lgan Gamil`kar go`yoki qaytib keldi: o`sha kuchli so`z, o`sha buyruqomuz qarash, o`sha ifoda, o`sha yuz belgilari! Lekin u tezda qo`shinlarni unga moyil qilgan otasiga o`xshash qilgan sifatlarni ko`pchiligiga erishdi. Hali hech qachon bir kishini ko`ngli har ikkala turli xil majburiyatlarga buyurish va bo`ysinishga bir tekisda majbur bo`lmagan edi; shunung uchun kim lashkarboshini yoki qo`shin uni qadrladimi, buni ajratib olish qiyin edi.

Gasdrubal2[102] botirlik va qahramonlik talab qiladigan ishga qism boshlig`i qilib, chin ko`ngildan hech kimni tayinlamagan edi: lekin askarlar ham unung rahbarligi ostida yanada o`zlariga ishonadigan va yanada botirroq bo`lar edilar. U xavf xartarga tashlanar ekan u botir bo`lar, xavfni o`ziga nisbatan yanada xushyorroq edi. Hech qanday mehnat yo`q ediki, qaysiki u tani va yoki ruhi bilan horisa va issiqga ham sovuqga ham bir tekis chidamli edi. Huzur qilish uchun emas, tabiat qancha talab qilsa shuncha yeb- ichar edi. Vaqtni kun va tunga e`tibor bermay uyg`oq bo`lishi va uyquga ajratar edi; ishdan bo`sh qolgan soatlarni dam olishga ajratdi; shu bilan birga u yumshoq to`shakdan foydalanmadi va oson uyquga ketish uchun tinchlikni talab qilmadi, uni harbiy yopin chiqga o`ranib qorovulda yoki piketda turgan askarlar orasida yotganini tez- tez ko`rar edilar. Kiyimlari bilan u tengqurlaridan hech qanday farq qilmas edi; faqat qurollangani va otiga ko`ra uni tanish mumkin edi. Otliqlar ichida ham piyodalar orasida ham u boshqalarni ortda qoldirar edi; jangda birinchi oshiqar, jang oxirida dalani so`ngi bo`lib tashlab chiqar edi. Lekin bu yuqori xislatlar bilan u bir qatorda dahshatli kamchiliklarga ham ega edi. Uning shafqatsizligi, uning makkorligi verolomstvo dong`i ketgan “puni” makkkorligidan qochib ketar edi. U haqiqatni ham, ezgulikni ham bilmas edi, xudolardan qo`rqmas edi, qasamga rioya qilmas, ziyoratgohlarni hurmat qilmas edi. Bu yaxshi va yomon xislatlarga ega bo`lib u Gasdrubal boshchiligidagi uch yil xizmat davomida hammasini nima unda buyuk lashkarboshi sifatini rivojlantirishi mumkin bo`lsa barchasini jon-jahti bilan bajardi va barchasi ustidan kuzatdi.


Download 167.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat