Rezina materiallari



Download 0.51 Mb.
bet8/18
Sana30.10.2020
Hajmi0.51 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
10. 6- rasm. Shinadagi havo harorati t ning harakatlanish vaqti r ga bog‘liqligi (har xil bosimlarda).

























1

i

1










f




1

1

J

1

























0 1

12 3^

5 т




100

75

50

pr7

Yozning issiq vaqtlarida ortiqcha yuklanmagan va havo bosi­mi me’yorda bo‘lgan shinalar sezilarli darajada qizishi mumkin. Bunday hollarda shinalarni sovitish uchun yo‘lda davriy to‘xtash, ba’zan, pokrishkalaming haddan tashqari qizib ketishi oqibatida avariya holati kelib chiqmasligini ta’minlash uchun harakat tezli- gini kamaytirish lozim. Chunki bu ko‘rsatkichlar shinaning ish re- jimiga bevosita kuchli ta’sir etadi (10. 8- rasm).
Shinalami ishlatishda bu oddiy qoidaga rioya qilmaslik ularning juda ham qizib ketishiga olib keladi va buning natijasida zararli oqibatlar kelib chiqadi (10. 6- va 10. 7- rasmlar).







  1. 7- rasm. Shina detallari harorati / ning harakatlanish vaqti г ga bog‘liqligi (har xil yuklanishlar):

1 - kamerada; 2 - avtomobil shinasining yon qismida.







  1. 8- rasm. Shina detallari harorati t h ning harakatlanish vaqti т ga bog‘liqligi (har xil uzatmalarda):

1 - shinaning yo‘lga ishqalanuvchi qismida; 2 - shinaning yon qism- larida.

Kauchuk molekulasida mustahkam bo‘lmagan bog‘lanishlar borligi tufayli havodagi kislorod xona haroratida ham polimer bi­lan reaksiyaga kirishib, uning eskirishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun vaqt o‘tishi bilan rezina o‘z xossalarini yo‘qotadi, mo‘rt bo‘lib qoladi va buyumlarda yoriqlar paydo bo‘ladi. Eskirish jara­yoni issiqlik ta’sirida, yorug‘likda, kislotada, ishqor, neft mahsulot­lari ta’sirida tezlashadi.

Kauchuk va vulkanizatlar, barcha to‘yinmagan birikmalar kabi, turli xil kimyoviy o‘zgarishlarga moyil bo‘ladi. Rezina buyum- lar ishlatish va saqlash jarayonida uzluksiz ravishda oksidlanadi. Buning natijasida rezinalarning kimyoviy, fizikaviy va mexanik xususiyatlari o‘zgaradi. Faqat ebonit kauchuk makromolekulala- riga muayyan miqdorda oltingugurtni biriktirishi natijasida to‘la to‘yingan birikmaga aylanadi. Uzoq muddat oksidlanish jarayoni­da rezinadagi barcha o‘zgarishlar majmuyiga rezinaning eskirishi deyiladi.

Eskirish murakkab ko‘p bosqichli o‘zgarish jarayoni bo‘lib, bunda ma’lum bosqichlarda rezinaning elastikligi, yemirilishga qarshi turg‘unligi va mustahkamligi sezilarli darajada kamayadi. Boshqacha aytganda, vaqt o‘tishi bilan rezina buyumlarning ish qobiliyati, shuning bilan birga, avtomobilni ishlatish ishonchli- ligi kamayadi. Rezinaning eskirishidagi vujudga keladigan o‘zga- rishlar jumlasiga rezina elastikligi yo‘qolishining tiklanmasligi ki­radi. Natijada rezina yuqori darajadagi mo‘rtlik xususiyatiga ega bo‘lib qoladi, buning natijasida uning sirtqi qatlamlarida asta-sekin chuqurlashadigan yoriqlar paydo bo‘ladi va oqibat-natijada buyum to‘la ishdan chiqadi.

Rezinalar eskirishining oldini olish turli xil uslublar asosida amalga oshiriladi. Rezinalarning eskirishini sekinlashtirish maqsa­dida rezina tarkibiga eskirishga qarshi qo‘shilmalar (ingibitorlar)

qo‘shish juda samarali hisoblanadi. Eskirishga qarshi qo‘shilma- lar rezina tarkibidagi kauchukka nisbatan 1-2 foiz miqdorda ara­lashtiriladi, buning natijasida rezinaning oksidlanish jarayoni bir necha yuz va hatto ming barobar sekinlashadi. Shu maqsadda bazi bir rezina buyumlar germetik polietilen g‘iloflarga joylab ishlab chiqarilmoqda.

Ammo rezinalar eskirishining oldini olish uchun faqat texnologik vositalardan foydalanish yetarli emas, shuning uchun qo‘shimcha bir qator ekspluatatsion chora-tadbirlar qo‘llash lozim (ba’zi bir choralar to‘g‘risida yuqorida fikr yuritilgan edi). Haroratning orti- shi natijasida rezinaning eskirishi tezlashadi, jumladan, harorat har 10°C ga ortganida rezinaning eskirish tezligi 2 barobarga ortadi. Yuqori yuklanishdagi uchastkalarda rezinaning oksidlanish jadalli- gi yana-da yuqori bo‘ladi.

Rezinaning eskirish jarayonini sekinlashtirish uchun rezina buyumlaming imkon qadar deformatsiyalanmagan holda bo‘lishi- ga va mumkin qadar 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratlarda ish- latilishiga erishish lozim.

Rezina buyumlarni quyosh nuridan himoyalash muhim eksplua­tatsion tadbirlar jumlasiga kiradi. Chunki quyosh nuri nur ta’sirida- gi eskirishni yuzaga keltiradi. Bu ta’sirning xususiyati rezinaning nur tushib turgan uchastkalarida eskirish kuchli bo‘lishidan iborat. Bunda spektrning binafsha va ultrabinafsha qismi nisbatan aktiv hisoblanadi. Nur ta’siridagi eskirishning oldini olish uchun avto­mobilni yopiq joylarda yoki maxsus o‘rama g‘iloflar ostida saqlash lozim.

Yuqorida keltirilgan sharoitlar bo‘lmaganida, hech bo‘lmagan- da, shina va rezina detallarni quyosh nuri tushishidan saqlash ke­rak. Bunda ular oq rangdagi g‘ilof bilan o‘ralishi yoki to‘siq bilan to‘ silishi lozim.

Rezina buyumlarni 5-20°C haroratda, yorug‘lik kam tushadi- gan, suv va neft mahsulotlari tegmaydigan joyda saqlash kerak.

  1. 7. Rezinalar xususiyatlarining suyuqliklar ta’sirida o‘zgarishi

Avtomobillarni ishlatishda va rezina buyumlarni saqlashda ular­ga suv va neft mahsulotlarining tegish ehtimoli bor. Suv uzoq vaqt davomida rezinaning xususiyatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi. Suv armirlangan detallarga kuchli ta’sir etadi, metall armaturalar nam muhitda jadal korroziyalanadi, paxta-qog‘oz tolali gazlamalar esa mustahkamligini yo‘qotadi va tezda chiriydi. Shuning uchun armirlangan rezina buyumlarni (metall karkasli, simli va gazlama- li) imkoniyat qadar quruq holda saqlash zarur, majburiy hollarda suv tekkanida esa rezina buyumlarni, albatta, quritish kerak.

TK, СКБ, CKC, СКИ va boshqa kauchuklar asosidagi rezinalar neft mahsulotlari ta’sirida o‘z xususiyatlarini juda ham sezilarli da­rajada o‘zgartiradi. Bu kauchuklar va ular asosidagi xom rezinalar, yuqorida aytib o‘tilganidek, benzinda oson eriydi, ularning bu xu- susiyatidan rezina yelimlari tayyorlashda foydalaniladi. Rezinalar- ni vulkanizatsiyalash ularning neft mahsulotlari ta’sirida erishiga barham beradi, ammo rezinalar benzin, dizel yonilg‘isi, moylar va boshqa suyuq organik birikmalar ta’sirida shishish xususiyatini saqlab qoladi. Rezina buyumlaming uzoq muddat neft mahsulotlari ta’sirida bo‘lishi natijasida ularning hajmi ortadi, mustahkamligi, elastikligi va qattiqligi kamayadi. Shuning uchun rezinani yonilg‘i, moy va boshqa surkov materiallari ta’siridan saqlash lozim. Neft mahsulotlari rezinaga bexosdan tushgan hollarda esa uni tezlik bi­lan artib tozalash lozim.

  1. 8. Avtomobil shinalarini ta’mirlash uchun materiallar

Olis masofalarga ishga chiqariladigan avtomobillar ichida zarur materiallar va moslamalar bo‘lgan maxsus aptechka bilan ta’min- lanishi kerak. Avtomobillar uchun quyidagi turdagi aptechkalar ishlab chiqariladi: APK - kamerani ta’mirlash uchun; АРШ- pokrishka va kameralar uchun; АРБ - yengil avtomobillarning kamerasiz shinalari uchun. Har bir aptechka ichida turli o‘lchamli vulkanizatsiya qilingan dumaloq va to‘g‘ri burchak shaklidagi re- zinadan bir komplekt yamoq plastirlar, o‘zi vulkanizatsiyalaydigan 50 g rezina yelimi, kameraning shikastlangan qismini tozalash uchun metall qirg‘ich va jilvir qog‘oz, kameraning shikastlangan qismiga yamoqni yopishtirish uchun (ustidan bosish uchun) rolik, ikkitadan qopqoqcha va zolotnik, yelim surtish uchun mo‘yqalam va pakki pichoq bo‘ladi. АРШ aptechkasida, bundan tashqari, vul­kanizatsiya qilingan rezinakord yamoqdan to‘rt qatlam qilib qirqib olingan ikkita yamoq, pokrishka bortlarini ta’mirlash uchun chefer lenta, teshilgan pokrishkani ta’mirlash uchun turli o‘lchamli oltita gribok va griboklarni qo‘yish uchun moslama bor. АРБ aptechkasi­da АРШ aptechkasidan farqli ravishda pokrishkalarning karkasini ta’mirlash uchun plastirlar bo‘lmaydi. Ular o‘rniga rezina pastasi bo‘lgan shpris, tiqinlar to‘plami va kameradagi teshikni shinalar- ni to‘g‘indan olmay turib ta’mirlashda ularni shina ichiga qo‘yish uchun moslama bor.

Aptechka bo‘lmaganida, avtomobilda quyidagilar bo‘lishi tav­siya etiladi: rezina yelim (yaxshisi aluminiy tubikda); sellofandan qilingan himoya qatlami bo‘lgan 2 mm qalinlikdagi vulkanizatsiya qilinmagan kam era rezinasi (200 x 300 mm li bo‘lak); yamoq qirqib olish uchun eski kamera bo‘lagi (200 x 300 mm); eski pokrish- kadan qirqib olingan 2-4 qatlamli 2-3 ta manjet (250 x 400 mm); elektrovulkanizator; kameralar va yamoqning sirtini g‘adir-budur qilish uchun yirik tishli egov; rashpil yoki metall cho‘tka; zaxirada- gi zolotnik va qalpoqchalar; shinalarni montaj qilishda kameralarga sepish uchun talk kukuni.

Rezina buyumlarni 5-20°C haroratda, yorug‘lik kam tushadi- gan, suv va neft mahsulotlari tegmaydigan joyda saqlash kerak.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat