Resurslarini shakllantirish va foydalanuvchilarga taqdim etish algoritmlarini yaratish


Taqsimlangan bulutli ma’lumot markazi virtual resurslarini shakllantirish



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana07.09.2021
Hajmi0,68 Mb.
#168076
1   2   3
Bog'liq
2-topshiriq Sherzod Mangliyev 411-20AUT

Taqsimlangan bulutli ma’lumot markazi virtual resurslarini shakllantirish 

va  foydalanuvchilarga  taqdim  etish  algoritmlarini  yaratish  bo’yicha  nazariy  va 

amaliy  ishlanmalar  tahlili.  [1]  ishda  bulutli  ma’lumotlar  markazini  arzon  narxlarda 

shakllantirish  bo’yicha  izlanish  va  modellashtirish  ishlari  ko’rib  chiqilgan. 

Modellashtirish  jarayonida  ilmiy  izlanish  mualliflari  markazlashgan  Voronoi 

diagrammasidan foydalanilgan va ma’lumotlar markazini joylashuvini aniqlash uchun 

klassik  Lloyd  metodidan  foydalanilgan. 

[2]


  ishda  bulutli  ma’lumotlar  markazini 

energiya  tejamkor  usullar  yordamida  joylashtirish  uchun  yechim  taklif  qilingan.  [1] 

ishda tarmoqning yaxshi xizmat ko’rsatishini ta’minlash uchun optimal yechim izlangan 

bo’lib, buning uchun Lloyd  metodining chekli takrorlanishlar usulidan foydalanilgan. 

Ushbu ishda ma’lumotlar markazini joylashtirish va qurish mumkin bo’lgan bir qancha 

variantlar  ishlab  chiqilgan.  Ularning  orasidan  optimal  yechimni  tanlash  muammosi 

ko’rib chiqilgan va shu ustida model yaratilgan. Yaratilgan model mashhur simulyatsiya 

platformasi bo’lgan CDNSim (a simulation tool for content distribution networks) da 

test  qilingan.  Hosil  bo’lgan  natijalardan  eng  ko’p,  eng  kam,  o’rtacha  xarajat  talab 

qiladigan  algoritm  natijalari  tanlab  olinib  grafikda  ko’rsatilgan.  Bu  ilmiy  izlanishda 

amalga  oshirilgan  asosiy  ish  ikki  bosqichli  takrorlanishlar  operatsiyasi  bo’lib,  ushbu 

takrorlanishlar orqali optimal yechimga yaqinlashib boriladi. Birinchi bosqichda butun 

tarmoqni  bir  qancha  Voronoi  regionlariga  ajratib  chiqiladi.  So’ngra  har  bir  regionda 

lokal  optimal  yechim  joylashuvi  aniqlanadi.  Har  bir  regiondagi  optimal  yechimlar 

ichidan kerakli umumiy optimal yechim olinadi. 

[2]  ishda  ma’lumotlar  markazining  energiya  isrofini  kamaytirish  va  xizmat 

sifatini  saqlashga  e’tibor  berilgan.  Energiya  isrofini  kamaytirish  orqali  ma’lumotlar 

markazini qurishda sarf-xarajatlar kamayishini ta’minlash uchun yechim taklif etilgan. 

Lekin  bu  holat  ma’lumotlar  markazining  xizmat  sifatini  tushirishi  mumkinligi  aytib 

o’tilgan bo’lib, bunga ortiqcha yuklama resursalari sabab bo’lishi mumkinligi mualliflar 

tomonidan  ta’kidlangan.  Mualliflar  asosiy  e’tiborni  mana  shu  ikki  masalaga,  ya’ni 

energiya sarfini kamaytirish va bir vaqtning o’zida xizmat sifatini saqlab qolish yoki uni 

oshirishga qaratilgan izlanish olib borishgan. Buning uchun ular dinamik ko’p obyektli 

virtual  mashinalarni  joylashtirish  metodini  taklif  qilishgan.  Mualliflar  taklif  qilgan 

yechim resurs isrofini, migratsiya energiyasini va ortiqcha yuklamalarni kamaytirishda 



sezilarli  natijalarga  erishishga  olib  keladi.  Simulyatsiya  natijalari  quyidagi  natijalarni 

bergani aytib o’tilgan: 

−   Migratsiya energiyasining 57% gacha kamayishi; 

−  Xizmat sifati buzilishlarining 6% dan kamroq qiymatga o’sishi. 

 

Ushbu ish natijalari xizmat sifati kamayishini ko’rsatdi. Ular foydalangan model 



Pareto  optimal  virtual  mashinalar  joylashuvi  to’plamini  topishga  asoslangan  bo’lib, 

ushbu modelda biron yutuqqa erishish uchun boshqa tomondan yo’qotish bo’lishi aniq 

ekanligi  isbotlangan.  Xizmat  sifatidagi  yo’qotishlarga  qaramasdan  migratsiya 

energiyasining katta o’sishi kuzatilganligi bu yechimning yaxshi natijaga erishganligini 

ko’rsatadi.  Chunki  xizmat  sifatidagi  yo’qotishlar  o’sishi  6%  ni  tashkil  qilgan  bo’lsa, 

energiya  sarfi  57%  ga  kamaygan.  Umuman  olganda  mualliflar  ishlab  chiqqan 

simulyatsiya  eng  kamida  57%  yutuqni  ko’rsatgan.  Ular  ishlab  chiqqan  simulyatsiya 

76%  lik  yutuq  natijasi  ham  mavjud.  Ammo  bir  jihat  mavjudki,  mualliflar  ushbu 

izlanishlarda  tarmoq  va  xotira  diski  resurslarini  hisobga  olishmagan.  Keyinchalik 

mualliflar o’z xulosasida keying izlanishlarda izlanishlar qamrovini kengaytirib tarmoq 

va  disk  reesurslarini  ham  hisobga  olishlarini  aytib  o’tgan.  Bundan  tashqari  ular 

keyinchalik  avtomatik  tarzda  eng  yaxshi  Pareto  yechimini  tanlash  sistemasini  ishlab 

chiqishga urinishlarini aytib o’tishgan. 


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
matematika fakulteti
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
pedagogika universiteti
haqida umumiy
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
koronavirus covid
coronavirus covid
qarshi emlanganlik
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
moliya instituti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
fanlar fakulteti
fanidan mustaqil
ishlab chiqarish
Toshkent axborot