Respublikasining


Tayyor maxsulot hamda xom ashyo tavsifi. (Sifat baholashlar standartlar asosida)



Download 251.51 Kb.
bet2/9
Sana28.09.2021
Hajmi251.51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tayyor maxsulot hamda xom ashyo tavsifi. (Sifat baholashlar standartlar asosida).
Sovun- bu yuqori molekulali yog′ va naften kislotalarining tuzlari hisoblanadi. Atir sovunda 73-80% yog′ kislotalari mavjud bo′lib, hozirgi vaqtda ‹Ekstra› I,II,III guruh va bolalar sovuni (80%) ishlab chiqarilmoqda.

Qattiq atir sovunlarning o′z navbatida 5 g dan 200 g gacha bo′lgan turlari ishlab chiqariladi. Ular oq yoki rangli, ochiq yoki qadoqlangan holda bo′lishi mumkin.

Sovun olish usullari: sovun yog′ kislotalarining ishqorlar va karbonatli ishqorlari bilan neytrallash tufayli hosil bo′ladi.
RCOOH+NaOH↔RCOONa+H2O 2RCOOH+NaCO3↔RCOONa+CO2+ H2O
Shuningdek sovun neytral yog′larni sovunlanishi natijasida ham hosil bo′ladi.

СН2ОСОR CH2OH

ǀ ǀ

СНОСОR+3NaOH↔CHOH+2RCOONa



ǀ ǀ

СН2ОСОR CH2OH

Etonolaminli sovunni olish reaksiyasi quyidagicha bo′ladi:

RCOOH+N(CH2CH2OH)3 RCOONH(CH2CH2OH)3

Uch etonolamin etonolamin sovun

Yog′larni va ishqorlarni tarkibiga ko′ra, sovun qattiq, yumshoq yoki malham bo′lishi mumkin qattiq kislotalardan qattiq sovun, yumshoq yog′ kislotalardan yumshoq sovun va malham simon sovun chiqadi. Bundan tashqari natriyli sovunga nisbatan kaliyli sovun yumshoq bo′ladi.

Sovunning fizik-kimyoviy xususyatlariga to′xtalib o′tsak:

Eruvchanlik – sovun spirtda issiq suvda yaxshi eriydi va natriyli sovunlarga qaraganda kaliyli sovunlar yaxshi eriydi. Sovun molekulasidagi uglerod atomi sonining ko′payishi, uning eruvchanligini kamayishiga olib keladi. Dietil efirida, benzinda, atsetonda sovun erimaydi. To′yingan yog′ kislotalari sovunlarga nisbattan to′yinmagan yog′ kislotalari

sovunlari yaxshi eriydi va harorat oshganda eruvchanligi ortadi.






Nordon sovunlar suvda qiyin eriydi, lekin qutubsiz erituvchilarda yaxshi erish qobilyatiga ega. Elektr o′tkazuvchanlik sovunlarning suvdagi eritmasi elektr toki o′tkazish xususiyatiga egadir, bu hususiyat sovun molekulalarining dissotsiatsiyasi bilan tushuntiriladi:

RCONa↔RCOO-+Na+


Harorat ko′tarilganda elektor o′tkazish ortadi. Sovun eritmasiga elektrolit qo′shilganda elektr o′tkazuvchanlik ortadi. Zichlik- Sovunlarning zichligi tabiatiga sovutish haroratiga ko′ra 960-1020 kg⁄m3 oraliqda bo′ladi. Erish harorati suvsiz sovunlarning erish harorati 225-270˚C ga teng 60% li sovunning erish harorati 100˚C dan past. Gigroskopiklik- Sovunlar nam tortish, bo′kish xususiyatlariga ega, bunda isiqlik ajralib chiqadi. Natriyli sovunlarga qaraganda kaliyli sovunlarning gigroskopikligi yuqori bo′ladi.

Sovun gidrolizi. Suvli eritmalarda sovun gidrolizlanadi:



RCOONa+H2O===RCOOH+NaOH

Gidroliz darajasi sovunning tabiatiga, eritmaning konsentratsiyasiga, haroratiga bog′liq. Konsentratsiya pasayganda gidroliz kuchayadi. Harorat ortganda sovunning gidrolizlanishi ham ortadi. Eritmaga ishqor va spirt qo′shilganda gidrolizlanish pasayadi.

Qovushqoqlik- To′yinmagan yog′ kislotalari sovunlarga qaraganda to′yingan yog′ kislotalar sovunlari ko′proq qovushqoqlikka ega. Harorat ortganda konsentrlangan sovun eritmalarini qo′shganda qovushqoqlik pasayadi, elektrolitni kiritilishi sovun eritmalarining qovushqoqligini oshiradi. Buning natijasida yadro va sovun osti ishqori hosil bo′ladi. Almashinish parchalanish reaksiyasi. Suvli eritmalarda sovun almashinish reaksiyasiga kirishishi mumkun. Maslan, natriyli sovunni kaliy karbonat bilan ishlaganda, u qisman kaliyli sovunga o′tadi:

2RCOONa+K2CO3→2RCOOK+Na2CO3

Natriy karbonat bilan kalsiyli sovunga tasir qilinganda, u natriyli sovunga aylanadi:



(RCOO)2Ca+Na2CO3=2RCOONa+CaCO3

Sovun polimorfizmi- Sovunlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash usullarniga ko′ra, ularda bir necha qolimorf turlanish sodir bo′ladi. Ular shakli va kristallarning kattaligi bilan farqlanadi va har xil qattiqlik, zichlik, eruvchanlik, erish harorati kabi xususyatlarga ega bo′ladi.





Sovunlarda α(alfa), β(beta), δ(delta) va ω(omega) polimorf turlanish bo′lishi aniqlangan. Tovar holidagi sovunlarda β,δ,ω – fazalar aralashmasi aniqlangan. Α oson β fazaga aylanadigan β- modifikatsiya sovunni sekin sovutishda (70˚C) yoki sovuq sovunga mehanik ishlov berilganda hosil bo′ladi. Sovunlar β- modifikatsiyada yuqori eruvchanlik, yaxshi ko′piklanish xususyatlarga ega. U δ va ω fazaga ko′ra qattiq, nam tortish kam, kam sarflamadigan bo′ladi. Tarkibida faza bor sovunga ko′ra ustida shilimshiq qatlam paydo bo′lmaydi, sovuganda sovun o′z shaklini saqlab qoladi, yoriq paydo bo′lmaydi va qatlamlarga ajralib ketmaydi.

ω – modifikatsiya 70˚C dan oshiq haroratga chidamli bo′ladi. Mexanik qayta ishlashda ω – modifikatsiya β – modifikatsiyaga aylanadi ω – modifikatsiya sovunning ko′piklanishi past, erish tezligi baland emas, β – fazadagi sovunga ko′ra yumshoqroq δ – modifikatsiya past haroratlarda hosil bo′ladi (30˚C). δ – modifikatsiyadgi sovun β va ω fazalar orasidagi o′rnini egallaydi. Vakum quritish uskunasida sovun olinganda, tez quritish natijasida birinchi α – faza paydo bo′ladi tezlik bilan β – modifikatsiyaga aylandi. Bu hol vakum- quritishdan oldin sovun 120-160˚C gacha qizdirilganda tezlashadi. Mehanik ishlov berish (sovunni ishqalab aralashtish, preslash, panjarali mayda teshilardan siqib chiqarish) belgilangan sharoitlarda (sovun massasining harorati zichlashdagi bosim) sovunda modifikatsiya ko′proq hosil bo′lishga olib keladi. Sovunni yuvish xususiyati. Sovun eritmasining tabiati. Sovun eritmasining tabiati to′g′risida har xil fikir bor. Bazi kishilar fikricha eritmalari kolloid, yani fazali sistema hisoblandi. Bu konsentrlangan sovun eritmalarini qovushqoqlogi, eritmaning konsentratsiyasi oshganda qaynash harorati o′zgarmasligi kolloid eritmaga xos ekanligidir. Boshqa bir fikir bo′yicha sovun eritmalari bir fazali, haqiqiy yoki molekulyar eritmadir. Buning isboti shundaki, sovuna elektro′tkazuvchanlik gidroliz hossalari borligidir.

Sovun eritmalarining kolloid va eritmalar molekular xususyatlari quyidagicha tushuntiriladi. Sovunning ko′pgina xususiyatlari uning molekulasi tuzilishi bilan tushuntiriladi. Sovunning formulasi ikki, yani oleofil (moyg moyil qutubsiz) va gidrofil (suvga moyil qutubli) qisimlardam tashkil topgan:



CH3-(CH2)n-COONa


Download 251.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat