Respublikasining



Download 251,51 Kb.
bet1/9
Sana28.09.2021
Hajmi251,51 Kb.
#187739
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ABBOS (2) (7)





Kirish

Yog′-moy sanoati O′zbekiston Respublikasining oziq-ovqat sanoatini yetakchi tarmoqlaridan biri bo′lib, aholi va xalq xo′jaligini tozalangan o′simlik moylari, shrot, sheluxa, kunjara, atir va xo′jalik sovunlari, glitserin, yog′ kislotalari, margarin va boshqa mahsulotlari bilan taminlaydi.

Yog′lar nafaqat oziq-ovqat uchun zaruriy, balki xalq xo′jaligida ham katta ahamiyatga ega. Masalan: alif lak, maslon buyoqlari, lenolium, kleyonka, olein va hokazo moddalarni ishlab chiqarishda qo′llaniladi. Oxirgi vaqtlarda qog′lar tarkibidagi lipofil moddalardan sterinlar, tokoferollar essentsial yog′ kislotalar ulardan esa o′z navbatida dori ishlab chiqariladi (gossypol, sterollar, tokoferollar, karatinoidlar parfumer-kosmetika, shampunlar)

Yog′-moy sanoati mamlakatimizda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulitlarining 40% ga yaqini tashkil etadi. Yog′-moy sanoatining rivojlanishi paxta yetishtirish bilan bog′liq bo′lganligi sababli yog′-moy korxonalari xomashyoga yaqin joylarga qurilgan. Ular respublikamizning barcha joylarida mavjud. Qo′qon yog′-moy kombinati tarkibida meva danaklari va sabzavot urug′laridan moy ishlab chiqaradigan mahsus korxona (quvvat kuniga 50 t. danak) ishlaydi.

Bu korxona 15 nomdagi meva danagi moylari (o′rik, shaftoli, pomidor, uzum va b.) ishlab chiqarish o′zlashtirildi. Toshkent yog′-moy kombinatida margarin mahsulotlari (yillik quvvati52,4 ming t.) va mayonez (yillik quvvati2 ming t.), tarmoqdgi 10 korxona. Farg′ona Andijon Urganch va Katta qo′rg′on va boshqa yog′-moy kombinatlarida kirsovun (yalpi yillik quvvati 103,7 ming t.) ishlab chiqariladi.

Farg′ona yog′-moy kombinati yiliga 16,7 ming t. turli kichik o′lchamdagi (25,40,100 grammli) atirsovunlar ishlab chiqarmoqda, glitserin (yillik quvati 2 ming t.) ishalb chiqarish o′zlashtirildi. Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskuna bilan jihozlash ishlari davom ettirilmoqda. Korxonalarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda Krup, Sket (Germaniya), ‹Alfa-Laval› (Shvetsiya) ‹Jon Braun›,

‹Karven› (AQSH), ‹Matstsioni›, ‹Bollistra› (Italiya), Germaniya, Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samar bermoqda. Respublika sanoatining ko′pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, to′qimachilik, yengil sanoati, oziq-ovqat, kinyo

sanoatini,





qishloq xo′jaligini mashinasozligini va boshqalarni rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o′tish davridagi iqtisodiy moliyaviy ahvoli bevosita qishloq xo′jaligiga bog′liqdir. Qishloq xo′jaligini barqaror rivojlantirish tufayli keying yillarda sanoat patensialini saqlab qolish, qishloq xo′jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog′liq tarmoqlarda esa ishlab chiqarish ko′lamini hattoki kengaytish bo′ldi. Aynan agrar sektor O′zbekistonda iqtisodiy barqarorlikning qudratli omili bo′ldi. Zero birinchi prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, “Biz o′z zimmamizga qishloqda mutlaqo yangi tarmoqlarni ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura komunikatsiyalar tarmog′ini barpo etishni vazifasini olganmiz”. Hozirning o′zidayoq ko′pgina xo′jaliklarda konservalar, un o′simlik moyi ishlab chiqaradigan, paxtani dastlabki qayta ishlaydigan va boshqa kichiqki korxonalar mavjud. Hukumatimiz tomonidan qishloq xo′jaligi maxsulotlarni qayta ishlash bo′yicha jumladan, yog′ sanoatiga katta etibor berilmoqda. O′zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 18.09.2006 yildagi 199-sonli “Paxta tozalash va yog′-moy korxonalida paxtachigitini qayta ishlashda dastlabki xisobga olishni tashkil etish tartibi to′g′risida” qarori qabul qilingani, bu yog′-moy sanoatiga etirbor deb tushunishiz mumkun.

O′zbekistin aholisining o′simlik moyiga bo′lgan talabi asosan chigitdan olingan moy bilan qondiriladi. Oziq-ovqat uchun don ekinlari mahsulotlaridan keyin moy ko′p ishlatiladi. O′simlik moyi olish uchun yer sharining barcha mamlakatlarida moyli o′simliklar o′stiriladi.Mustaqillik yillarida bu sanoatning taraqqiy etish najasida yangi hil mahsulotlar ham tayyorlana boshlandi. Oliy navli tozalangan va qadoqlangan yog′ yangi retsepturadagi margarin va mayonez shular jumlasidandir. Ayrim yog′-moy korxonalarida keying yillarda kunganoqar pistasi va masxar urug′laridan ham yog′ ishlab chiqarish yo′lga qo′yildi. Mahsulotlarni tayyorlash qayta ishlash, istemol va saqlash uchun qulay idishlarda qadoqlash bo′yicha yangi texnologiyalar keng miqyosida o′zlashtirilmoqda.

Yog′-moy korxonasida texnologik jarayonlarni avtomatlashtish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmoqda sovunlar qo′llanishiga qarabquydagi ko′rinishlarga ega xo′jalik souni bu asosan matolar va boshqa har xil narsalarni yuvishda qo′llaniladi, atir sovun tozalikni saqlash, yuz-qo′llarni yuvishda ishlatiladi.

Metall sovunlari (ishqoriy-yer va og′ir metall tuzlari) bu sovunlar to′qimachilik sanoati,

plastmassa va rezina texnika sanoati, pastmassa farmatsevtika preparatlarni tayyorlashga qo′llaniladi.




Mavzuning dolzarbligi. Sovun-bu yuqori molekular yog′ va naften kislotalarinig tuzlaridir. Yuvish va tozalash uchun ishlatiladigan sovun 10 dan 20 gacha uglerod atomidan tashkil topgan yog′ kislotalarning natriy va kaliy tuzlaridir. Tarkibida uglerod atomi soni 10 dan kam bo′lgan yog′ kislotalarining tuzlari yuvish qobilyatiga ega emas.

Soapstok o′simik moylarining rafinatsiya jarayonining chiqindisi hisoblanadi. Saopstok tarkibida 35-40% yog′ kislotalarining natriyli tuzi sovun bo′lishi bilan birga, 10- 20% neytral yog′, 3-5% fosfatidlar, 2-3% gossopol va uning hosilalari, suv, erkin ishqor va boshqa yog′ga hamrox moddalar bo′ladi. Hozirgi vaqtda Qarshi yog′-ekstraksiya korxonasida rafinatsiya jarayonida ajralib chiqayotgan soapstok o′zida xo′jalik sovun ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi paytda faqat O′zbekiston bo′yicha Farg′ona yog′-moy kombinati yiliga 16,7ming tonna kichik o′lchamdagi (25,40,100 grammli) atir sovunlar ishlab chiqarilmoqda, bu esa O′zbekiston bo′yicha aholini atir sovunga bo′lgan.

O′zimizda yaniy loyihalanayotgan korxonada Qarshi yog′ ekstraksiya atir sovuni ishlab chiqarish linyasini amalga oshirsak, unda Xorazm yog′-moy korxonasida soapstokdan ajratib olinayotgan yog′, sovun, glitserin va boshqa mahsulotlar o′zimizda ishlab chiqariladi va bunda bu ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi arzonlashishiga erishamiz va aholini sovunga va soapstokdan olinadigan boshqa mahsulotlarga bulgan talabini qondirishga erishgan bo′lamiz.

Qarshi yog′-ekstraksiya korxonasida ishlab chiqrish barcha sharoitlar yetarli. Yaniy xom ashyo (soapstok), ishchi kuchi va resurslar mavjud va bu korxona haqida to′xtalin o′tamiz. Loyihalanayotgan ushbu korxona sobiq SSSR oziq-ovqat sanoati vazirligining 1947-yil mart oyi chiqargan topshirig′iga binoan sobiq O′zbekiston SSSR oziq-ovqat vazirliginng buyurtmasi bilan 1947- yil 22-dekabrida, sutkasiga 150 tonna chigitni qayta ishlash quvvatiga ega bo′lgan Qarshi yog′ korxonasini loyihalashtirish ishlari boshlab yuborildi. 1949-yili korxona poydevoriga birinchi g′isht qo′yildi.

Bir yil cho′zilgan qabul topshiruv ishlaridan so′ng 1955-yili korxona to′la quvvatda ishlay boshladi.






Qarshi yog′ korxonasi faoliyat ko′rsata boshlaganiganining 3-yili 1958-yil korxonada dastlabki rekonstruksiaya ishlari amalga oshrildi. Buning natijasida korxonaning chigitni qayta ishlash quvvati sutkasiga 200 tonnagacha ko′tarildi. 1961-64-yil korxonaga ekstraksiya sexi qurilib ishga tushirildi. Natijada qo′shimcha ravishda 1200 tonnagacha paxta yog′ olish imkoniga ega bo′lindi. Maxsulot ishlab chiqarish unumdorligi 31% ga ortdi. Korxona maydoni 8 gektardan iborat bo′lib unda 500 kishi ish bilan taminlangan. Korxonada 12 ta quyidagi sex va bo′limlar faoliyat ko′rsatadi: 1. Chigit xo′jaligi. 2. Asosiy ishlab chiqarish sexi. 3. Bug′ qozonlar bo′limi. 4. Ekstraksiya sexi. 5. Oqlov sexi. 6. Mexanika sexi. 7. Elektr sexi. 8. Qurilish bo′limi. 9. O′t o′chirish bo′limi. 10. Duradgorlik sexi. 11. Yog′ qadoqlash bo′limi. 12. Shrot ombori. Hozirgi kunda Qarshi yog′-eksatraksiya korxonasida sutkasiga 400 tonnadan ziyod chigitni qayta ishlaydi. Uning maydoni 149250 m3 yani 14,92 ga ni tashkil etadi. Qarshi yog′-ekstraksiya korxonasi sharxar chetida joylashgan bo′lib u sharqdan Qarshi G′uzor shinoldan yog′-korxoansi posiolkasi, janubdan eskiangar kanali, g′arbdan esa paxta paxta tozalash korxonasi bilan chegaralangan.

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun bajariladigan asosiy vazifalar.

-atir sovuni ishlab chiqarish uchun maqbul usulni tanlash.

-arzon va sifatli atir sovuni ishlab chiqarish.



Oziq-ovqat va boshqa istemol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag′batlantrish bo′yicha qabul qilingan dasturlarda mamlakatimiz ishlab chiqarish korxonalari uchun keng ko′lamli rag′batlantirish tizimi nazarda tutilgan. Jumladan ular uchun 2018-yilning 1-yanvarigacha go′sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun bo′shagan mablag′larni ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilish maqsadli ravishda yo′naltirish sharti bilan yagona to′lov stavkasini 50% ga qisqartirishni amalga oshirish ko′zda tutilgan. Bugungi kunda iqtisodyotimizni modernizatsiya qilish texnik va texnologik yangilash, uning raqobatbardoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo′yicha dastur ishlab chiqarilmoqda. Shu borada dastlabki hisob-kitoblarga ko′ra, modernizatsiya va rekanstruksiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo′yicha tashkil qiladi.




Dasturning asosiy vazifasi qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishi jadal rivojlantirish, meva-sabzavot va chorva mahsulotlarini qayta ishlash bo′yicha zamonaviy ixchan korxonalarni tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Bu borada vazifa keng miqyosida qo′yilmoqda yani, qishloq xo′jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish hisobidan qishloqda ixcham texnologiyalar bilan jihozlangan yangi, zamonavi qayta ishlash korxonalarini shakllantirish ularni keng ko′lamda faoliyat yuritishi uchun har tomonlama mustaxkam xomash bazasini tashkil etish zarur. Bunday ishlab chiqarish quvvatlari har bir viloyat, tuman va qishloqda barpo etilishi darkor. Bu nafaqat ishlab chiqarishning yangi hajimlari va yalpi ichli mahsulotni oshrish, avvalo oziq-ovqat ishlab chiqarishni ko′paytish imkonini berishni aniq-ravshan tushunib olishmiz zarur chunki oziq- ovqat mahsulotlariga ehtiyoj hamisha yuqori bo′lib, bu ehtiyoj bundan buyon ham ortib borishga shubha yo′q. Eng muhimi qayta ishlash korxonalarini tashkil etish orqali biz avvalam bor ish o′rinlariga talab doimo katta bo′lgan qishloqlarda ish bilan taminlash muammosini hal etishimiz mumkin.





Download 251,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish