OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
«IQTISODIYOT» KAFEDRASI
«MAKROIQTISODIYOT» FANIDAN
Mavzu:Yalpi talab - yalpi taklifni ragʻbantlashtirish yoʻllari
MUSTAQIL ISHI
Tuzuvchi: 9-1IQT S-20 guruh
talabasi Jalilov Hayotjon
Buxoro-2022
Mavzu:Yalpi talab - yalpi taklifni ragʻbantlashtirish yoʻllari
Reja:
KIRISH
Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar.
Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar
AD-AS modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real hajmining muvozanatli darajalari.
Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish
Milliy iqtisodiyot yaxlit holda, ya’ni makroiqtisodiyot darajasida o’rganilayotgan jarayonda mamlakat barcha fuqarolari, tadbirkorlar, davlat va chеt el istе’molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari bo’yicha talabi va taklifini o’rganish iqtisodiyotni samarali va muvozanatli yuritishda muhim ahamiyatga egadir. shuning uchun ushbu ishida makroiqtisodiy tahlil amalga oshiriladi, eng avvalo yaxlit olingan ko’rib chiqiladi va uning makrodarajadagi asosiy ko’rsatkichlari bo’lgan yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarining iqtisodiy mazmunini tavsiflanadi. Tahlil davomida yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillar, ular ta’sirida narxlar darajasining o’zgarishi hamda ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday o’rnatilishini bayon etiladi.
Makroko’lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan birga narxlar umimiy darajasining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o’sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishini izohlab berish uchun yalpi talab-yalpi taklif (ADAS aggregate daromad-aggregate supply) modelidan foydalanamiz. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. Va ayni damda yuqorida sanab o’tilgan holatlarning o’zi ham mavzuning qanchalar dolzarblini ochib berdi.
Yalpi talab va yalpi taklif modeli bozor iqtisodiyotining rivojlanishida muhim ekanligida tushunchalarga ega bo’lish. Shu bilan birgalikda fanning ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar davlatning qay darajada rivojlanayotganini va uning qudratini belgilovchi parametrlardir. Buning tastig’i sifatida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy bo’ladi” degan gaplarini keltirishimiz mumkin. Amalda 2019-yilning 31-oktabr kuni makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020-yilga mo’ljallangan parametrlar muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilishini keltirishimiz mumkin.
2017-2020-yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo’nalishlarda ko’zda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini ollib boorish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy homashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, prinsipial jihatidan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdarligini oshirish kabi vazifalar belgilangan bo’lib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko’p jihatdan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining birlamchi bo’g’ini hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar hatti-harakati va turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yo’llarini o’rganish kabi jarayonlarni tadqiq qilishga bog’liqdir.
Men ushbu mustaqil ishimda-turli xil statistik ma’lumotlar, grafiklardan va ko’plab terminlardan foydalandim. Bu mustaqil ishim orqali men bozor iqtisodiyotida talab va taklif modellarining muhimahamiyat kasb etishini o’rgandim.
Do'stlaringiz bilan baham: |