Respublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromatlarini shakllantiradi



Download 20,89 Kb.
Sana21.04.2020
Hajmi20,89 Kb.
#46231
Bog'liq
2 5229172362766714220


Respublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromatlarini shakllantiradi. Davlat byudjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini moliyaviy mablag’ bilan ta’minlaydi va bu O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimida umumrespublika byudjeti yetakchi bo’g’indir. U umumdavlat resurslarining bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy organi – O’zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta’minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga moliq bo’lgan, ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo’jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqari iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaxiralarini) mablag’ bilan ta’minlashga ishlatiladi.soliqlarning obyektiv zarurligini bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag’ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.

Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko’p va bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo’qola borsa, yangi vaziflar paydo bo’la boshlaydi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlatning yangi vazifalari paydo bo’ladi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo’jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Shu yerda davlat kuchli sotsial siyosat tadbirlarini amalga oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxo’rlar, talabalar, ko’p bolali onlar va boshqalarni ko’proq mablag’ bilan ta’minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan amalga oshiradi. Mahallalarda kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi.

Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyabiy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tzimi mahalliy talab-ehtiyojlarini to’laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to’g’I olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromatlarining ko’payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to’g’risida tinmay g’amxo’rlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur’atlari to’g’ridan-to’g’ri mahalliy xo’jalik zahiralarini safarbar qilish, mablag’larni tejash ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bog’liq bo’ladi, bu esa o’z navbatida umuman O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy-kommunal xo’jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog’liqni saqlahs muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgacha tarbiya muassalari va boshqalar), ijtimoiy ta’minot sohasidagi tadbirlar mablag’ bilan ta’minlanadi.

Soliqlar davlat byudjetini to’ldirishdan tashqari mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda ham muhim rol o’ynaydi. Qadim zamonlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va jarayonlarni tartibga solishda soliqlardan foydalanib kelingan, hatto davlatchilikning shakllanishida ham soliqlar ma’lum rol o’ynagan. Chunki davlatchilikning shakllanishi mukammal, barqaror bo’lmagan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tayangan. Shuning uchun davlat paydo bo’lishining dastlabki bosqichlarida moliyaviy va iqtisodiy munosabatlarni jonlantirishda davlat hukmdorlari har xil soliq to’lovlaridan foydalanib, o’z oldilariga turgan muommolarni yechishga harakat qilishgan.

Umumavlat soliqlar har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo’yicha tegishli byudjetlar o’rtasida taqsimlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksinng 7-moddasiga muvofiq mahalliy soliqlar va yig’imlarga quyidagilar kiradi:



  1. Mol-mulk solig’i;

  2. Yer solig’i;

  3. Infratuzilmani rivojlantirish solig’i;

  4. Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;

  5. Savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig’imlari;

  6. Yuridik shaxlarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig’im.

Davlat soliqlarning ayrim turlarini bekor qilish, yangilarini joriy etish, soliq stavkalari va imtiyozlarini, soliq solish shart-sharoitlarini ozgartirish orqali muayyan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish, jamiyat uchun dolzarb muammolarni hal etishga imkonyatlar yaratadi. Masalan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermer xo’jaliklarini rivojlanishini qo’llab-quvvatlash, mahalliy xom-ashyodan iste’mol tovarlarini va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni rag’batlantirish uchun bir qancha soliq imtiyozlari berilgan. Asosiy vositalarga jadallashtirilgan amortizatsiyani qo’llash foydaning bir qismini qayta jihozlash va ta’mirlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga yo’naltirib, ular bilan bog’liq xarajatlarni soliqqa tortiladigan bazadan chegirib tashlash orqali ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va iqtisodiy taraqqiyotga kata ta’sir etib kelinmoqda.
Download 20,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish