Reja: Xalqaro xavsizlik va yaqin qo’shnilar bilan o’zaro mustahkam aloqalar O’zbekistonda dinlararo totuvlik umumbashariy qadriyat sifatida



Download 1,05 Mb.
Sana17.04.2020
Hajmi1,05 Mb.
#45396
Bog'liq
Qurashev Feruz MM96i

XAVFSIZLIK, DINIY BAG’RIKENGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIKNI TA’MINLASH SOHASIDAGI USTUVOR YO’NALISHLAR

Mm96I GURUH TALABASI Qurashev feruz

Reja:

1.Xalqaro xavsizlik va yaqin qo’shnilar bilan o’zaro mustahkam aloqalar

2. O’zbekistonda dinlararo totuvlik umumbashariy qadriyat sifatida

3. Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot: O'zbekiston tajribasi

Harakatlar strategiyasi

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini e’lon qilgach, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo hamkorlikni ta’minlash orqali tinchlik va barqaror taraqqiyot asoslarini mustahkamlash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.Xususan, mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlarning ijobiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida" gi qabul qilingan farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur farmonga muvofiq, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon – atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash strategik vazifa sifatida belgilanganligini aytib o‘tish lozim. Aynan, mazkur yo‘nalish doirasida millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilgan edi. Mazkur omillar yurtimizda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini ta’minlashda millatlararo totuvlik,diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlik holatini ijobiy ko‘rinishda ekanligini namoyon etadi. Mazkur holat, o‘z navbatida O‘zbekistonda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik inoqlik va birdamlikning nodir timsoli sifatida namoyon bo‘lib, barcha din vakillariga nisbatan bag‘rikenglikning ijobiy namunasi ekanligidan dalolat beradi. Binobarin, dunyodagi mavjud dinlar o‘z mohiyatiga ko‘ra, o‘zida ezgulik, tinchlik, yaxshilik, do‘stlik hamda bunyodkor g‘oyalarni mujassam etadi. Ayniqsa, din insonlarni halollik va poklikka, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi.

mamlakatimiz  qo‘shnilarimiz bilan raqobatlashish emas, balki, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish,  yashab turgan mintaqamiz bo‘lmish Markaziy Osiyo muammolarini birgalikda hal etish yo‘lini tanladi. Bu – juda muhim. Bundan oqilonaroq yo‘l yo‘q. mustaqillik tarixiga Harakatlar strategiyasining aynan ana shu beshinchi ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha nimalar qilinganini aniqlashtirish asosida yondashsak, mamlakatimizda bu borada misli  ko‘rilmagan yutuqlarga erishganimiz oydinlashadi. Mustaqillikning ilk daqiqasidan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi siyosatida millatlararo tenglik va totuvlik g‘oyasiga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘p o‘tmay bu umuminsoniy tamoyil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalarida qat’iy qilib qayd etildi. “Muqaddima”sidayoq Asosiy Qonunimiz “res­publika fuqarolarining munosib hayot kechirish­larini ta’minlashga intilib”, “fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida” qabul qilinayotgani aytilgan.

8-moddada: “O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi”, – deyiladi.


QO’SHNILAR BILAN HAMKORLIK VA FUQAROLAR XAVFSIZLIGI

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining “O‘zbekiston Respub­likasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yilning 7 fevralida qabul qilingan Farmonida beshinchi ustuvor yo‘nalish quyidagi tarzda belgilangan: “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash”.


Harakatlar strategiyasida belgilangan ana shu beshinchi ustuvor yo‘nalish bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori 2-bandida belgilangan vazifalardan birining mazmun-mohiyatini o‘zaro solishtiraylik: “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish orqali davlatimiz mus­taqilligi va suverenitetini mustahkamlash, qo‘shnilarimiz bilan raqobat qilish emas, balki hamkorlik qilish, mintaqamizdagi muammolarni birgalikda hal etish tamoyiliga asosan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mazmun-mohiyatini ochib berish”.
  • Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elatlar o‘zaro inoq,totuvlikda yashab kelmoqda. Respublika ko‘p konfessiyali mamlakatdir, hozirda O‘zbekistonda 16 ta konfessiyaga mansub 2 ming 244 ta diniy tashkilotlar rasman faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, mazkur konfessiyalarning o‘z faoliyatini amalga oshirish va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun hamma imkoniyatlar mavjud. Davlat ta’lim muassasalarida o‘qitish 7 tilda olib borilmoqda. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘z ko‘rsatuvlarini 12 tilda namoyish etmoqda, 10 dan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Mamlakatimizda etnik o‘ziga xoslikni rivojlantirishda 137 ta milliy madaniy markaz, 34 ta do‘stlik jamiyatlari muvaffaqqiyatli faoliyat yuritib kelayotganligi fikrimizning tasdig‘idir. O‘zbekistonda vijdon erkinligi, har kimning xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki qilmaslik huquqi to‘liq ta’minlangan va qonuniy kafolatlangan. Mazkur holat, ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali bo‘lgan mamlakatda o‘ziga xos yondashuv bo‘lib, shu ma’noda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda O‘zbekiston o‘ziga xos boy tajriba ortirganligini ta’kidlash o‘rinlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “...hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida millatlararo va dinlararo keskinlik kuchayib bormoqda, millatchilik, diniy murosasizlik bosh ko‘tarmoqda. Bu illatlar davlatni yemirib, jamiyatni parchalab, radikal guruh va oqimlar uchun mafkura bazasiga aylanmoqda”,- deya bejiz ta’kidlamagan edi.

  • Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida ijtimoiy hayotning barcha sohalari qatori O‘zbekistonning diniy-madaniy hayotida ham ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan qisqa davr mobaynida ko‘plab masjid, cherkov, si­na­goga va ibodatxonalar qurildi va qayta ta’mirlandi. Ayniqsa, shular qatoriga Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlaridagi pravoslav cherkovlari, Toshkentdagi katolik kostyoli, Samarqanddagi arman apostol cherkovi, Toshkentdagi Budda ibodatxonasini aytib o‘tish lozim. Mazkur ijobiy ishlar samarasi Respublikada barcha din vakillari uchun diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, mamlakat fuqarolari o‘rtasidagi o‘zaro birdamlik, totuvlik va inoqlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘z navbatida, davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Ayniqsa, mazkur holat O‘zbekistonda barcha dinlararo munosabatlarda bag‘rikenglikning ta’minlanishi, avvalo, dinlararo ziddiyatlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etib, turli din vakillarida o‘zaro hamkorlik, birdamlik va hamjihatlikning shakllanishiga zamin yaratadi. Mazkur omil yurt tinchligi va taraqqiyotiga, umuminsoniy madaniyat va ma’naviyat rivojiga bevosita xizmat qiladi.
  • O‘zbekiston Respublikasida diniy maqsadlarni o‘zida namoyon etuvchi siyosiy partiya va jamoat harakati, shuningdek, respublikadan tash­qarida tuzilgan diniy partiyalarning filiallari va bo‘lim­larini tuzishga va ularning faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yil­maydi. Binobarin, diniy tashkilotlar amaldagi qonun hujjatlari talab­lariga rioya etishlari shart. O‘z navbatida, dindan davlatga va konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy me’yorlarni va fuqa­roviy totuvlikni buzishda, bo‘hton, vaziyatni beqarorlash­tiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qara­tilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yil­maydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek, har xil g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqa­larning faoliyati man etiladi. Bugungi kunda global miqyosda xavfsizlik va barqarorlikka nisbatan raxna solishga intilayotgan diniy ekstremizm, terrorizm tahdidlari doimo ogohlikni taqozo etmoqda.

Bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan oqilona hukumat siyosatning ijobiy samarasi milliy va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohadagi tashabbus va ilg‘or g‘oyalar Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida ham ilgari surilmoqda. Jumladan, Yurtboshimiz BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida “Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi” deb ta’kidlab o‘tgani edi. Albatta, din sohasining asosiy shiori sifatida “jaholatga qarshi ma’rifat”, bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa yoshlarimizni diniy ekstremizm, aqidaparastlik va terrorizm kabi illatlardan himoya qilish, yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda oldini olishga qaratilgan ma’rifatparvar harakat asosida amalga oshirilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqimizning milliy va diniy qadriyatlarga o‘ta sadoqatli va e’tiborli ekani dunyoga ma’lum.

Bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan oqilona hukumat siyosatning ijobiy samarasi milliy va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohadagi tashabbus va ilg‘or g‘oyalar Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan nafaqat yurtimizda, balki dunyo miqyosida ham ilgari surilmoqda. Jumladan, Yurtboshimiz BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida “Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi” deb ta’kidlab o‘tgani edi. Albatta, din sohasining asosiy shiori sifatida “jaholatga qarshi ma’rifat”, bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa yoshlarimizni diniy ekstremizm, aqidaparastlik va terrorizm kabi illatlardan himoya qilish, yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda oldini olishga qaratilgan ma’rifatparvar harakat asosida amalga oshirilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqimizning milliy va diniy qadriyatlarga o‘ta sadoqatli va e’tiborli ekani dunyoga ma’lum.

O’zbekiston diniy bag’rikenglik sari

Bugungi kunga qadar asarlari mashhur bo‘lib kelayotgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasafiy, Imom Marg‘iloniy, Imom Zamaxshariy hamda boshqa buyuk olim va mutafakkirlarimiz aynan shu zamindan yetishib chiqqanlar. Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatidagi “Abu Muin Nasafiy” majmuasini tubdan yangilash, Surxondaryo viloyatida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Samarqand viloyatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Buxoro viloyatida “Mir Arab” Oliy madrasasining ochilishi, Toshkent shahrida “O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi”ni hamda “O‘zbekiston Islom akademiyasi”ni tashkil etilishi hamda “Qur’oni karim musobaqasi”ning tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichlarini yuqori darajada o‘tkazilayotgani diniy sohada olib borilayotgan islohotlarning amaliy ifodasi hisoblanadi. Diniy ta’lim sohasidagi islohotlar qatorida Buxoro viloyatida “Mir Arab” Oliy madrasasi hamda Toshkent shahrida O‘zbekiston Islom akademiyasi faoliyatining boshlanishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi qarori asosida Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hududida yangi oliy diniy ta’lim muassasasi – “Hadisshunoslik” maktabi tashkil etilayotganini alohida qayd etish zarur.

Yurtimizda bugungi kunda barcha diniy konfessiya vakillari o‘zining diniy an’analari va udumlari, marosimlarini bemalol ado etib kelishmoqda. Mazkur holat to‘g‘risidagi ijobiy fikrlar Vatikan davlatining Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi, arxiyepiskop I.Yurkovich mamlakatimizda konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik borasida O‘zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan siyosatidan ijobiy taassurot uyg‘otganligini alohida ta’kidlab o‘tadi. Bu haqda I.Yurkovich: “O‘zbekistonda diniy tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan e’zoz, ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalarini o‘z ko‘zimiz bilan shohid bo‘ldik. Ana shunday hamohanglik natijasidagina, ya’ni davlat va diniy tashkilotlar ikki tomonlama bir birini qo‘llab-quvvatlashlari natijasidagina farovonlikka erishish mumkin bo‘ladi. Bu harakatni esa O‘zbekiston misolida ko‘rish mumkin”,- deya o‘zining ijobiy fikrlarini aytib o‘tadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Yanada ogoh va sergak bo‘lish, eng asosiy boyligimiz bo‘lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko‘p millatli xalqimizning birdamligi va jipsligini ko‘z qorachig‘idek asrash hamda yanada mustahkamlash O‘zbekistonni o‘z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir. Biz faqat shu yo‘l bilan bugungi kunning barcha tahdid va xavf-xatarlariga samarali qarshi turishimiz, jamiyatimizda turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi qat’iy immunitet yaratishimiz, o‘zimiz tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘lida yanada salmoqli natijalarga erishishimiz mumkin”.

Zero, yurtimizda bag‘rikenglik tamoyillari asosida mustahkam qaror topgan osuda hayot va do‘stona muhit mamlakatimizda jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunning eng asosiy vazifalaridan biri xalqimizning diniy e’tiqodiga zid bo’lgan zararli oqimlarning yurtimizga kirib kelishining oldini olish, an’anaviy, ma’rifiy, mo’tadil islomni yot g’oyalar ta’siridan saqlashdan iborat. Dinlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik ta’minlanishini belgilaydigan sohalar juda ko’p. Ta’lim-tarbiya sohasi, shubhasiz, ular orasida alohida ahamiyatga ega. Chunki millatimizning, xalqimizning ertangi kuni bugun voyaga yetayotgan avlod taqdiri bilan uzviy bog’liqdir.

Dinlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik, eng avvalo, boy tarixiy-ma’naviy meros, milliy qadriyat, urf-odat va an’analar asosida milliy o’zligini anglagan, milliy g’urur-iftixori yuksalgan, umuminsoniy qadriyatlar, zamonaviy texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari asosida dunyoqarashi shakllangan barkamol avlodni tarbiyalashni ko’zda tutadi.


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish