Reja: Tarixi Umumiy qoidalar


Milliy xavfsizlik xizmati organlarining vazifalari va huquq doiralari



Download 23.19 Kb.
bet3/5
Sana15.07.2021
Hajmi23.19 Kb.
1   2   3   4   5
3. Milliy xavfsizlik xizmati organlarining
vazifalari va huquq doiralari

Milliy xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari yo‘lida razvedka va kontrrazvedka faoliyati bilan shug‘ullanish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati organlari:

1. Razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshiradilar; davlat xavfsizligi manfaatlariga daxldor bo‘lgan terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash olib boradilar; O‘zbekiston Konstitutsiyasi va mustaqilligini g‘ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlaydilar, chet ellarda O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya, savdo va boshqa rasmiy vakillarining xavfsizligini ta’minlaydilar, zarur bo‘lgan hollarda Respublika fuqarolarining chet elga jo‘nab ketishida va u yerda bo‘lishida ularning xavfsizligini ta’minlashni tashkil etadilar,

2. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chegara qo‘shinlari bo‘linmalari bilan hamkorlikda harakat qilish uchun respublika davlat chegarasining daxlsizligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar.

3. O‘zbekiston Prezidentini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xavfsizlik manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalar yuzasidan xabardor qilib turadilar; O‘zbekiston Prezidentini, davlat hokimiyati va boshqaruvining yuqori organlarini xavfsizlik, ijtimoiy-iqtisodiy, mudofaa qurilishi va fan-texnika taraqqiyoti, tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq vazifalarni hal etish uchun ularni zarur bo‘lgan axborot bilan ta’minlash maqsadida axborot berish-tahlil qilish ishlarini amalga oshiradilar; xavfsizlik manfaatlariga daxldor bo‘lgan ijtimoiy jarayonlarni va muammolarni tadqiq qiladilar va oldindan aytib beradilar.



Oldingi tahrirga qarang.

4. Xalq xo‘jaligi obyektlarida va boshqa obyektlarda davlat sirlari va maxfiy axborotni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadilar; axborotni kriptografik va texnik jihatdan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini shakllantiradilar va amalga oshiradilar, davlat nazoratini olib boradilar; axborotni kriptografik va texnik jihatdan muhofaza qilish sohasida faoliyatni standartlash, sertifikatsiyalash va litsenziyalashni ta’minlaydilar; ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtiradilar; axborotni kriptografik va texnik jihatdan muhofaza qilish tizimlarini rivojlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydilar, ularni amalga oshirish yuzasidan tadbirlarni ishlab chiqadilar va ro‘yobga chiqaradilar; axborotni kriptografik va texnik jihatdan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini shakllantiradilar va takomillashtiradilar; Axborotlashtirish obyektlarining attestatsiya tizimini tashkil etish sohasidagi tadbirlarni amalga oshiradilar.



(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 472-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

5. Tergov qilish xavfsizlik organlari ixtiyoriga o‘tkazilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tergovga kadar tekshiruv va dastlabki tergov ishlarini olib boradilar; bunday jinoyatlarni sodir etgan yoki sodir etishda shubha qilinayotgan shaxslarni qidirishni amalga oshiradilar; jinoyat sodir qilgan shaxslarning hisobini yuritadilar.



(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)

6. Xalq xo‘jaligi va boshqa obyektlarda xavfsizlikni ta’minlaydilar.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining qarori bo‘yicha ichki ishlar organlari bilan birgalikda fuqarolarni himoya qilishda, transport va aloqa, aholi hayotini ta’minlash obyektlarini, muhim xalq xo‘jaligi va harbiy obyektlarni qo‘riqlashda, qonunchilikni va huquqiy tartibotni tiklashda, ommaviy tartibsizliklarning, millatlararo nizolarning oldini olishda qatnashadilar.

8. Atom energetikasi obyektlaridagi, neft va gaz mahsulotlari quvurlaridagi, transportdagi, sanoatning mudofaa tarmoqlari obyektlaridagi va boshqa muhim xalq xo‘jaligi obyektlaridagi yirik avariyalarning, halokatlarning va boshqa favqulodda hodisalarning oldini olishga oid tadbirlarni amalga oshirishda, tabiiy ofatlar, epidemiyalar, epizootik kasalliklar, ekologik halokatlar va boshqa favqulodda hodisalarning oqibatlarini tugatishda qatnashadilar.

9. Davlat organlarining so‘rovlari bo‘yicha davlat sirlaridan iborat ma’lumotlarni yaxshi bilgan shaxslar to‘g‘risida, ularning chet elga jo‘nab ketayotganliklari va fuqarolikdan chiqishlari haqidagi iltimosnomalari munosabati bilan axborotlar taqdim etadilar.

10. Maxsus yuklarni tashishning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan choralar ishlab chiqishda va amalga oshirishda boshqa Davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikda qatnashadilar.

11. Urush davrida milliy xavfsizlik organlarining safarbarlik tadbirlarini ta’minlashda qatnashadilar.

12. Davlat sirlarini saqlashga, bojxona qoidalariga, qurol va o‘q-dorilar sotib olish va saqlashga tegishli masalalarni hal etishda O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan umumdavlat tadbirlarini ishlab chiqishda qatnashadilar.

13. Xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi.

(II-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga muvofiq 13-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT., 2002-y., 9-son, 66-modda)

14. Milliy xavfsizlik organlarining moddiy-texnika bazalarini rivojlantirish rejalarini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar.

15. Milliy xavfsizlik organlari kadrlari bilan ishlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadilar va ularni amalga oshiradilar; o‘z xavfsizliklarini ta’minlashga oid tadbirlarni amalga oshiradilar.

(13 va 14-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga muvofiq 14 va 15-bandlar deb hisoblangan — O‘R QHT., 2002-y., 9-son, 66-modda)


Download 23.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari