Reja: Tabiiy geografiyada sistemali yondashuv



Download 52.26 Kb.
bet3/3
Sana17.01.2017
Hajmi52.26 Kb.
1   2   3

Geografik nuqtai nazardan atrof-muhit monitoringi – tabiatdan foydalanishni optimallashtirish va atrof muhitni muhofaza qilish uchun tabiiy muhitning antropagen ta`siri ostida o`zgarishlarini uning tabiiy dinamikasini hisobga olgan holda kuzatish, baholash, bashoratlash tizmidir. Atrof muhit monitoringini tashkil etish turli tabiiy sharoitlarda (geosistemalarda) modda va energiya o`zgarishi jarayonlari to`g`risidagi bilimlarga tayanmogi lozim. Atrof muhit monitoringining masofaviy uslublarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish muhim ilmiy ahamiyatga ega.

Monitoring ko`p axbarotli tizim bo`lib, uning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson ta`sirida o`zgarishini kuzatish, bashoratlashtirish va olingan ma`lumotlar asosida baholashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish A.Rafiqov (2000) fikricha quyidagi vazifalarni o`z ichiga oladi:

1.Tabiiy muhitning inson ta`sirida o`zgarishini keng miqiyosda kuzatishni tashkil qilish.

2.Ta`sir manbalarini aniqlash hamda o`zgarishning sabablarini belgilash.

3.Kuzatilayotgan o`zgarishlarni baholash, ta`sirning samarodorligini aniqlash.

4.Atrof muhit o`zgarishini bashoratini ishlab chiqish hamda o`zgarish yo`nalishini belgilash.

5.Tabiatda vujudga kelgan hatarli o`zgarishlarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Atrof muhit monitoringi asosida inson va boshqa tirik mavjudodlar uchun muhim bo`lgan havo, suv va tuproqning turli chiqindilar, zararli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanish holati, sifatining buzilishi va asosiy ko`rsatgichlarning o`zgarishi kuzatiladi. Kuzatish natijasida olingan ma`lumotlar REM (PDK) ko`rsatgichlari bilan qiyoslanadi va o`zgarishlar baholanadi. O`zgarishlarning yo`nalishlari bashoratlashtiriladi. Atrof muhitning holati va unda sodir bo`layotgan o`zgarishlar, ularning manbalari va omillari to`grisida boshqaruv organlariga ma`lumotlar beriladi. Bu ma`lumotlar boshqaruv organlari tomonidan atrof muhitda sodir bo`layotgan salbiy o`zgarishlarning salbiy oqibatlarini bartaraf qilishiga muljallangan chora-tadbirlarga asos bo`lib hizmat qiladi. Atrof muhit monitoringida masofaliy, ma`lumotlarni kompyuterda qayta ishlash, tahliliy ekspress va boshqa tadqiqot usullari qo`llaniladi.

Monitoringni tashkil etishda turli xil vazifalarni hal etish lozim bo`ladi. I.P.Gerasimov umumiy vazifalariga ko`ra atrof muhit monitoringi 3 turga ajratadi:

1. Boiekologik (sanitariya – gigiyenik) monitoring atrof muhit holatini inson (aholi) salomatligiga ta`sirini kuzatishdan iborat bo`lgan vazifani o`z oldiga qo`yadi.

Bioekologik monitoringda insonning bioekologik mavjudot sifatida atrof muhitda sodir bo`ladigan o`zgarishlarga nisbatan hastalanish, o`lim - tug`ilish, umrning qisqarishi, mehnat qobiliyatini saqlanishi va boshqa xil ta`sirlanishlarida namoyon bo`ladigan ko`rsatgichlar nazorat qilinadi. Bioekologik monitoring sanitariya nazoratlariga asoslanadi va uning uchun tibbiiy geografiya bo`yicha o`tkaziladigan tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega. Bioekologik monitoringda, shuningdek, inson salomatligi va hayotiy faoliyatiga zararli ta`sir ko`rsatayotgan chiqindalar va kimyoviy moddalar - mineral o`g`itlar, pestitsidlar, turli gazlar (O,SO,IIO,II02), og`ir metallar, nitratlar, turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradigan organizmlar, radiatsion ifloslanishning REM ko`rsatkichlaridan oshmasligi nazorat qilinadi.

2. Geoekologik (geosistemali) monitoringning kuzatish ob`ektini turli kattaliklardagi tabiiy va o`zgartirilgan geosistemalar tashkil etadi. Geoekologik monitoringda geosistemalarda modda va energiya almashinuvi, ularning mahsuldorligi, inson ta`siriga chidamliligi, ifloslanishning REM va o`z-o`zini tozalash imkoniyatlarining ko`rsatkichlari nazorat qilinadi. Bu xildagi monitoringni tashkil etishda geosistemalarning o`ziga xos juz’iyatlarini hisobga olish asosiy vazifa qilib qo`yiladi.

Geoekologik monitoring geografik statsionallarda (nazorat stantsiyalarida) va test poligonlarida (uchastkalarida) o`tkaziladi. Nazoratgohlarda olib borilayotgan kuzatishlar muayyan geosistemalar lanshaft komponentlariga va inson salomatligiga bevosita yoki ishlab chikarish faoliyati jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan omillar hamda ifloslantiruvchi manbalar nazorat qilinadi.Geologik monitoring hududiy (regional) sajiyaga ega bo`lib, quruqlik yoki akvatoriyada tanlangan nazoratgoharda o`tkaziladi.

3.Beosferaviy monitoring atrof muhitni inson ta`sirida o`zgarishini umumzaminiy (global) miqyoslarda kuzatishlarga asoslanadi. Biosferaviy monitoringining asosiy vazifasi insonning mavjudligi va hayotiy faoliyati uchun biosferada sodir bo`layotgan o`zgarishlarni ekologik jihatdan baholash va bu o`zgarishlarning sabablarini aniqlash maqsadida kuzatishlar olib borishdan iborat. Bunday kuzatishlar barcha biosfera jarayonlarining energetik asosi bo`lgan Quyosh radiatsiyasininig geofizikaviy tavsiflarini o`rganishdan boshlanadi. Geofizikaviy tavsif azon qatlamining holati, radiatsiya oqimlarininig atmosfera oqimlari orqali o`tishi, atmosfera gaz tarkibining o`zgarishi va uninig oqibatlari, inson faoliyati tufayli vujudga keladigan issiqlik va uninig biosfera energetikasiga tak`siri to`grisidagi ma`lumotlarni ham o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, tuproqlar va Dunyo okeani suvlarining mahsuldorligi, biosferaning umumiy fotosintez faoliyati, geografik qobikda modda va energiyaning aylanishi, inson faoliyatining tabiiy muhit va uning komponentlariga ta`siri, atrof muhitning ifloslanishi va boshqa umumzaminiy jarayonlarning sodir bo`lishi va keciishni kuzatish va nazorat qilish ham biosfera monitoringining vazifalarini tashkil etadi.

Biosferaviy monitoring kuzatishlari sayyoramizning deyarli barcha geografik mintaqalarida, inson ta`siri eng kam bo`lgan geosistemalarda olib boriladi. Shuningdek, biosferaviy monitoringi Yerning sun`iy yo`ldoshlari yordamida bajariladigan masofali kuzatishlariga ahborotlarni avtomatlashtirilgan ishloviga asoslanadi.

Shunday qilib, atrof muhit monitoringining har bir turi muayyan jarayonlar va sistemalarning holatini kuzatish, nazorat qilish, baholash va bashoratlash imkonini beradi. ( - jadval).

Geografik bashorat. Yer to`g`risidagi ko`pgina fanlarning, shu jumladan geografiya fanlarining eng dolzarb muammolaridan biri tabiiy muhitning kelgusidagi tabiiy dinamikasi va antropogen o`zgarishining bashoratidir.

Hududni sotsial – iqtisodiy rivojlantirishning optimal yo`nalishlarini belgilash barcha paytlarda geografiyaning muhim vazifasi bo`lgan. Shu sababli hududni rivojlantirishning optimal yo`llarini qidirish geografik bashorat va uning metodlarining bashoratlarini ishlab chiqishga olib keldi.

Tabiat, ho`jalik, aholining hududiy hususiystlari va uning joylanishining tizimini o`z ichiga oladigan geografik bashorat bu tizim rivojlanishining tahmin qilinadigan yo`nalishlarini, uning harakatlantiruvchi kuchlarini, qonuniyqtlarini, ehtimoliy maylining tuzilmasi va boshqa omillarini tahlil qilish asosida taswvirlaydi. Bashoratlashtirishlarning ob`yektlari bo`lib keyingi paytlarda regional tabiatdan foydalanishda negative iqtisodiy, sotsial va ekologik hodisalar bilan bog`liq bo`lgan myammolarning kuchayishi davom etayotgan yirik hududiy sistemalardir.Tabiatdan foydalanish kompleks sohalararo muammolarini haletishning shakllaridan biri - tabiatdan foydalanishni opimallashtirishning maqsadli kompleks dasturlarini (MKD) ishlab chiqishdir. Amalga oshirishning cheklangan imkoniyatlariga qaramasdan bu dasturlar garchi tabiatdan foydalanishning tarkib topgan mehanizmida biror narsani juda tez o`zgartirish murakkab bo`lsada, regional tabiatdan foydalanishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, uning muammolarining hal etilishiga ta`sir etadi. Shu sababli MKDning shakllanishi uchun istiqbolga mo`ljallangan ishlar, birinchi navbatda bashorat sajiyasidagi geografik tadqiqotlar juda muhim. Bunday tadqiqotlar geosistemalarni hududning optimal ho`jalik sig`imini mehnatning maksimal unumdorligiga erishish uchun tabiiy sharoitlar va resurslardan foydalanish nuqtai nazaridan tahlil qilishni taqoza etadi. Hududni ho`jalik rivojlanishining optimal yo`nalishlari gipotezlarini yaratishga imkon beradigan nazariy ishlanmalar kerak.

Tabiatdan foydalanishni rivojlantirish uchun murakkab bo`lgan hozirgi sharoitlarda ekologik – iqtisodiy pozitsiyadan bajarilgan geografik bashoratga hududdiy boshqarish amaliyotining ehtiyoji kuchayib bormoqda. Bu bashoratning maqsadi atrof muhitning kelgusidagi holati, muhit elementlari va boshqalarning va kichik sistemalari orasidagi dinamik muvozanatni ta`minlash uchun tadbirlar tizimini belgilashga doir ilmiy asoslangan tasavvurlarni yaratishdan iborat. Bunday geografik bashorat integral sajiyaga ega: tabiiy hodisalarni va ularga ta`sir ko`rsatuvchi sotsial – iqtisodiy jarayonlarni qamrab oladi, tabiatdan foydalanishni hududiy tashkil etishni (tabiiy resurslarning hududiy majmuasini baholash, tabiiy muhitga ho`jalik ta`siri darajasini baholash, tabiatdan foydalanish bo`yicha rayonlashtirish va b.) o`rganish bo`yicha kompleks geografik tadqiqotlarni o`tkazishni taqoza etadi.

Insoniyat ijtimoiy va fan – tehnika taraqqiyoti yo`lidan qanchalik jadal rivojlansa, sayyoramiz va koinotning sayyoramiz atrofidagi qismlarining muntazamroq o`rganilgan sari atrof tabiiy muhim rivojlanishini, aholi sonini o`sishi va joylashuvini, hududlarni o`zlashtirishni, ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirishni, aholi iste`moli tuzilmasining kengayishi va o`zgarishini va boshqa tabiiy hamda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni uzoq muddatli bashorat qilish ham amaliy jihatdan zarurroq bo`lib qolmoqda. Geologik, okeanologik, ekologik, antropologik, tibbiy – biologik (jumladan genetik ham), demografik, urbanistik, iqtisodiy, sotsiologik, siyosiy va boshqa bir qator (aholi iste`molini, transport tarmoqlarini rivojlantirishni rekreatsiya jabhalarini rivojlanishini bashorati) ishlab chiqilgan va chiqilmoqda. Bashoratlarning turli xillari va mo`ljaldagilari orasida geografik bashorat ham o`zining munosib o`rniga ega.

Bashorat deb muayyan voqealar, hodisalar, jarayonlarning rivojlanishi va tugallanishidagi o`zgarishlarni olingan ma`lumotlar asosida oldindan aytib berish tushuniladi. Boshqacharoq qilib aytganda bashorat muayyan ma`lumotlar asosida biror narsani rivojlanishini oldindan aytib berishidir. Bashorat bashoratlashtirishning yakunlovchi mahsuli, natijasidir.

Bashoratlashtirish biror ob`ektga xos bo`lgan tashqi va ichki aloqalarni retrospektiv (yunoncha retro – orqaga, spektar – qaramoq) tahlil asosida fikr yuritish usullarining majmuasi va shuningdek, bu aloqalarning qarayotgan hodisa yoki jarayon doirasida ehtimoliy o`zgarishlarni tahlil qilgan holda ana shu hodisa yoki jarayonning kelgusida rivojlanishini to`g`risida muayyan ishonchli mulohaza chiqarishdi.

Ma`lumki, geografiya turli geosistemalarni – tabiiy, ishlab chiqarish ijtimoiy, tabiiy – ijtimoiy tizimlarni o`rganadi. Shu sababli geografik bashorat – geosistemalarni ing kelgusidagi holatini oldindan ko`ra bilish yoki aytib berishdir. Bashorat nafaqat geosistemalarni kelajakdagi o`zgarishini avvaldan asoslashgina bo`lib qolmay, balki ularning asosiy o`zgarish yo`nalishlarini, tadrijiy o`zgarishlarini, murakkablashishini ham o`z ichiga oladi. Bashoratlashtirish jarayoni bashoratlashtirish ob`ektining (hodisa, voqea, jarayonning) o`tmishda va hozirgi rivojlanish qonuniyatlari va yo`nalishlari to`g`risida tushunchaga ega bo`lishni, kelajakdagi rivojlanishi va holatini ilmiy jihatdan asoslashni, ob`ektning o`zgarishini belgilovchi sabab va omillar hamda uning taraqqiyotini tezlashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi sharoitlar to`g`risida tasavvurga ega bo`lishni va boshqaruv bo`yicha bashortali hulosa va qarorlarni ishlab chiqishni o`z ichiga oladi.

Geografik bashorat o`z oldiga integral geotizimlar kelajakda qanday bo`lishini ilmiy asoslashni, ya`ni turli mamlakatlar guruhlari, aniq mamlakatlar, viloyatlar, shaharlar, landshaftlarning guruhlari va ayrim landshaftlarning tizimlarida tabiat, aholi, tehnika, ho`jalikning o`zaro ta`siri qanday bo`lishini ilmiy asoslashni vazifa qilib qo`yadi.

Geografik bashorat: a) tabiiy – geografik, b) demografik va iqtisodiy – ijtimoiy geografik bashoratlarga bo`linadi.

Bashoratlar bir yilgacha, 5 yilga, 10-15 yilga, bir necha o`n yilga va undan ko`proq muddatlarga tuzilishi mumkin. Muddatlariga ko`ra bashoratlar operativ (1 oyga), juda qisqa muddatli (1 oydan 1 yilgacha), qisqa muddatli (1 yildan 3-5 yilgacha), o`rtacha muddatli (5 yildan 10-15 yilgacha), uzoq muddatli (kelgusidagi bir necha o`n yilliklargacha) va juda uzoq muddatli (ming yil va undan ham ko`proqqa) bo`ladi.

Geografik bashoratlashtirishda juda ko`p usullar mavjud:

1) retrospektiv usul. Bu usul geotizimlar rivojlanishining asosiy tendentsiyalarini (yo`nalishlarini) chuqur o`rganish bilan bog`liq bo`lib, o`tmishni o`rgangan holda kelajakda yo`l tutiladi. Retrospektiv usuldan foydalanib geografik bashoratlashtirishda o`tmishdagi o`zgarishlar yo`nalishi qancha ko`p vaqtni o`z ichiga olsa, bashorat ham shuncha aniqroq bo`ladi. Masalan, 20 yilga mo`ljallangan bashorat haqiqatga yaqin bo`lishi uchun o`tmish 60-70 yildagi ma`lumotlarga asoslanish lozim.

2) o`hshashlik usulida bashoratlashtirilayotganda bashoratlashtirilayotgan ob`ekt huddi shunday juz’iyatlarga ega bo`lgan boshqa ob`ekt bilan solishtiriladi va bashoratlashtirilib bo`lingan ob`ektda qanday o`zgarishlar qutilgan bo`lsa, yangi ob`ektda huddi shunday o`zgarishlar bo`lishi mumkinligi tushuniladi. Masalan, ko`riladigan atrof muhitga ta`sirini bashoratlashtirishda o`hshash sharoitlarda joylashgan boshqa suv omboriga doir ma`lumotlardan foydalanish mumkin.

3) ekstrapolyatsiya usuli geografik bashoratlarda, masalan, gidrologiya, meteorologiya, iqlimshunoslikda qo`llaniladi. Ekstrpolyatsiya uchun nisbatan uzoq davrdagi bir qator ko`rsatkichlar zarur. Chunki bu ko`rsatkichlarni tahlil qilish asosida bashorat tuziladi.

Geografik bashoratlashtirishda landshaftli indikatsiya usuli dala sharoitida tadqiqot ishlari olib borilayotganda keng qo`llaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki, landshaftning indikatorlik juz’iyatiga ega bo`lgan komponentlari orqali kuzatib bo`lmaydigan komponentlarni o`rganish mumkin bo`ladi. Masalan, yantoq yoki qamish sizot suvlarining sathini ko`rsatadi.

Geografik bashoratlashtirishda, shuningdek, aerokosmik, kartografik, matematik (modellashtirish, kirim – chiqim) kabi usullarda hamda statistika va boshqa miqdoriy ma`lumotlardan ham keng foydalaniladi.

Tabiat komponentlari va komplekslarining o`zgarishini bashoratlashtirish. Tabiiy geografik bashoratlashtirishning juz’iyatlaridan biri ba`zi zaruriy ma`lumotlarni tabiatning o`zidan ishlashda ko`rinadi. Mavjud tabiat komplekslarining barcha juz’iyatlari, tadrijiy o`zgarishlarni chuqur o`rganish natijasida tabiiy muhitda kelgusida kutilayotgan o`zgarishlar asoslanadi.

Tabiatda relyefning turli shakllari mavjud bo`lib, ularning har biri o`zida ma`lum bashoratli juz’iyatlarni mujassamlashtiradi. O`rta Osoyoning daryo vodiylaridagi allyuvial terrasalarning aksariyat qismi sug`oriladigan dehqonchilikda foydalaniladi. Sug`orishda suvdan noto`g`ri foydalanish jar eroziyasining rivojlanishiga olib kelgan. Relef shakllarining o`zgarishini bashorat qilishda bu omillarni albatta hisobga olish zarur.

Sug`oriladigan yerlar, shuningdek, daryolarning qadimiy va hozirgi deltalarida ham katta maydonlarni egallaydi. Odatda daryo deltasining balandroq qismi mehanik tarkibi yengil bo`lgan yotqiziqlar – qumoq, qum va alevritdan, pastqam qismi esa qumloq, gil va ba`zi mayda donali qumdan tashkil topganligi grunt suvlarining yoki harakati relefga qarab turgan bo`lishligiga olib keladi. Tuproqning tuz tarkibi ham shunga ko`ra har xil. Deltalarning etak qismlari tabiiy melioratiq sharoitlarini bashoratlashtirishda bu juz’iyatlarni albatta e`tiborga olish zarur.

Tuproqning bashoratli juz’iyatlari juda ko`p. Tuproqning turi mehanik tarkibi, 1 m qalinlikda mavjud bo`lgan chirindi miqdori, tuproq strukturasi, tuproqning fizik va kimyoviy xossalari, tuproq ostidagi ona jinsni o`rganish bilan sug`oriladigan yoki lalmi dehqonchilik sohasida, yohud yaylov o`simliklarining tabiiy o`sishida bo`ladigan o`zgarishlarni aniqlash mumkin.

Tog` oldi va tog` yonbag`irlarida mavjud bo`lgan och, tipik va to`q bo`z tuproqlar, shuningdek tekislikdagi taqir, taqirli sur – bo`z, sho`rhoklarning o`ziga xos juz’iyatlari ko`p. Bashoratlashtirish jarayonida ularni albatta o`rganish va tegishli hulosalar chiqarish kerak. Tuproqning mehanik tarkibi, tuz rejimi, qalinligi ona jinslarning yuzaga yaqinligi, nam va qurg`oqchil sharoitlarga chidamliligini va boshqalarni chuqur o`rganish bilan ularning bashoratli juz’iyatlarini bilib olish mumkin.

O`simlik dunyosi nihoyat rang – barang. Lekin ularning har biri o`z juz’iyatlariga ega. Masalan, namsevar (gidrofillar), sho`rga chidamli (galofitlar), qurg`oqchilikka chidamli (kserofitlar), faqat sho`r suvli tuproqda o`sadigan (gidrogalofitlar), qumda o`suvchi (psammofilar) va boshqalar. O`simliklar degradatsiyasi natijasida nafaqat o`simlik qoplamida, balki tuproqlarda hamda tabiiy jarayonlarning kechishida ham o`zgarishlar sodir bo`lishi ehtimoldan holi emas. Shu sababli bu o`zgarishlarning juz’iyatlarini bashoratlash shu yerlardan dehqonchilik hamda chorvachilikda foydalanish imkoniyatlarini bashoratlashga asos bo`ladi.

Tabiat komplekslarining strukturali – tadrijiy holatini chuqur o`rganish va tahlil qilish, ularning o`zgarishining yo`nalishlarini aniqlash, tabiiy jarayonlarni tadqiq qilish va holatlarni o`rganish asosida, shuningdek yuqorida ko`rsatilgan tadqiqot usullarini qo`llash turli tabiat komplekslarining (tekislik, tog` oldi va tog`) istiqboldagi o`zgarishini bashoratlashtirish va bashorat natijalarini ishlab chiqish mumkin.

O`zbekistonning tekislik mintaqasi ho`jalik nuqtai – nazaridan turlicha foydalaniladi. O`lqada katta hudud yaylov va sug`oriladigan yerlar – vohalar bilan band. Yaylovlar ham foydalanish darajasiga ko`ra bir – biridan keskin farq qiladi. Qizilqum, Forish, Karnob, Surhondaryo yaylovlari yuqori darajada, Ustyurt platosi yaylovlari, Qizilqumning shimoli – g`arbi, Orol dengizining qurigan qismidagi yaylovlar deyarli foydalanilmaydi. Shuning uchun mazkur yaylovlar va vohalar tabiat komplekslarini bashoratlashtirishda ushbu juz’iyatlarga e`tibor berish zarur.

Tog` oldi va tog` balandlik mintaqasidagi tabiat komplekslari ham tekislik mintaqasidagi kabi turlicha foydalaniladi. Tog` oldi yerlaridan ko`proq foydalaniladi, binobarin, uning tabiati kuchliroq o`zgargan. Adirlar va past tog`lar kamroq, o`rtacha balandlikdagi va baland tog`li hududlardan ho`jalikda juda kam foydalaniladi. Tabiiy muhitning o`zgarish darajalari ham turlicha. Bu xildagi tabiat komplekslarini bashoratlashtirish usullari ham bir – biridan farq qiladi.

Tekislikdagi sug`oriladigan dehqonchilikda foydalanilayotgan tabiat komplekslarining o`zgarishini bashoratlash ayniqsa muhim amaliy ahamiyatga ega. Bunday bashoratlar yerlarning meliorativ holatini yahsxilash uchun qo`llaniladigan turli tadbirlar tizimini ishlab chiqish imkonini beradi. Tegishli chora – tadbirlarni o`z vaqtida amalga oshirish natijasida yerlarning meliorativ holati yahsxilanadi, ekinlardan yuqori xosil olishga erisxiladi.

Shunday qilib, tabiiy geografik bashoratlashtirish murakkab jarayon bo`lib, uni amalga oshirish uchun e`tiborni ko`pgina omillarga qaratish talab qilinadi. Tabiat komplekslarining strukturali – tadrijiy holati, o`zgarish yo`nalishlarini to`g`ri hisobga olish va tabiiy komponentlarni o`ziga xos bashoratli juz’iyatlarini aniq ko`ra bilish bilan hududdagi o`zgarishlarni ilmiy jihatdan to`g`ri asoslashga erisxiladi.



ADABIYOTLAR

  1. Zokirov Sh.S. Kichik hududlar tabiiy geografiyasi. T., Universitet. 1999.

  2. Kalonov B.H.,Mamatov A,M. Ommabop geografiya. T.,2006.

  3. Soliyev A., Maxammadaliyev R. Iqtisodiy va sotsial geografiyaning asosiy muammolari. O`quv qo`llanma. T., 2002.

  4. Арманд Д.Л. Наука о ландшафте. М., 1975.

  5. Баттимер А. Путь в географию. Пер. с англ. М., Прогресс, 1990.

  6. Гвоздецкий Н.А. Проблемы физической географии. М., МГУ, 1973.

  7. Грегори К. География и географы. Физическая география. М., 1988.

  8. Джеймс П., Мартин Дж. Все возможные миры. История географических идей. М., 1988.

  9. Забелин И.М. Физическая география сегодня. М., 1973.

  10. Забелин И.М. Физическая география в современном естествознании. М., Просвещение. 1979.

  11. Исаченко А.Г. Ландшафтоведение и физико – географическое районирование. М., 1991.

  12. Исаченко А.Г.География в современном мире. М.,1998.

  13. Kaлeсник С.В. Общие географические закономерности Земли. М., 1970.




www.tridantus.uz

Katalog: attachments -> article -> 2086
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 52.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik