Reja: So‘zlarning qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar, teng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanishi



Download 304.5 Kb.
bet4/4
Sana22.01.2017
Hajmi304.5 Kb.
1   2   3   4

Esda saqlang. Tartibi о 'zgartirilgan, lekin sifatlovchilik xususiyatini ta saqlab qolgan sifatlovchi aniqlovchilar ajratilgan bo 'lakka aylanadi.

Masalan, Bu о 'zbek yigiti tanti, mehribon.

Solishtiring: Rangi o'chgan, Umri kechgan kuz guli, Bir yo'li pastroq egil. (Abdulhamid Cho'lpon) — Kuz guli — Rangi o'chgan, Umri kechgan.

fJuda niuhiin Ajratilgan sifatlovchi aniqlovchilar yozuvda boshqa bo

laklardan doimo vergul bilan, agar sifatlovchi aniqlovchilarni о 'zi uyushgan bo 'lib, ichida vergul bilan ajratilgan bo 'Isa, ajratilgan bo 'lak boshqa bo 'laklardan tire bilan ajratiladi.

O'ylang: Gapda so'zlar tartibining ahamiyati bormi? Bu sifatlovchi aniqlovchilarda qanday bo'lishi haqida fikrlang.

Tayanch tushunchalar: aniqlanmish, ohang, odatdagi tartib. Berilgan maqolning mag'zini chaqing. Maqol mazmuniga mos hodisalar yoki hikoyatlar ayting.

Qanoat aylagan shohi jahondir, Tama qilgan eshakdan ham yomondir


  1. Izohlash orqali gap boiaklarini ajratish haqida ma'lumot.

  2. Birtushunchaning ikki nomi va uyushiq bo'laklarning o'zaro farqi.

  3. Ajratilgan bo'laklarda tinish belgilarining ishlatilishi.

1-topshiriq. Ma'lum lotincha atama bilan uning o'zbekcha muqobilini yonma-yon qo'yib, gap ichida keltiring. Bir tushunchaning bu ikki xil nomi o'rtasidagi ma'no munosabati va ohang haqida ma'lumot bering.

2-topshiriq. Gap ichida daraxt so'zini keltirib, uning yonida daraxt sinfiga mansub so'zlarni (olma, о 'rik, shaftoli) keltiring. Ular o'rtasidagi ma'no munosabati va ohang tomoni haqida ma'lumot bering.

Nutq jarayonida ko'pchilikka noma'lum bo'lgan so'zni qo'llasangiz, tinglovchiga tushunarli bo'lish uchun uning yoniga ma'lum bo'lgan so'zni qo'yib bayon qilasiz. Masalan, Lingvistika — tilshunoslik, mening sevgan fanim bo1 ladi.

Ba'zan ma'nosi umumiyroq bo'lgan so'zning ma'nosini aniqlashtirish uchun uning yoniga konkretroq, aniqroq ma'no bildiaivchi so'zni keltirasiz.

Masalan, Bog'chadagi do'stimni Qodirni ко'rib qoldim. Ayrim hollarda esa ma'lum bir narsani boshqa narsaga o'xshatib, ularning nomini yonma-yon ishlatamiz. Masalan, Shu farzandimni ko'zim qorasini elning ardog 'ida bo 'lishini xohlayman.

Natijada, bir tushunchaning ikkita nomi vujudga keladi. Ikkita nom bo'lishi, har ikki nomning bir xil so'roqqa javob bo'lishi, har ikkisining ham bir xil grammatik shaklda bo'lishi bilan bunday ajratilgan bo'laklar uyushgan bo'laklarga o'xshaydi.

Solishtiring: Unda, Halimning ukasida, qiziqarli kitoblar ko'p. Bu gapdagi unda, Halimning ukasida bo'laklari ikki kishini bildirsa va sanash ohangi bilan talaffuz qilinsa, uyushgan bo'lak, bir kishini bildirib, ikkinchisi birinchisidan biroz to'xtamdan so'ng pastroq ohang bilan talaffuz qilinsa, ajratilgan bo'lak bo'ladi.



Juda muhim: Bunday ajratilgan bo'laklar gapning boshqa щ bo'laklaridan vergul, ba'zan tire bilan ajratiladi. Gapning hamma bo 'laklari ajratilishi mumkin. Qaysi gap bo'lagining so 'rog'iga javob bo'lsa, ajratilgan bo'lak o'sha gap bo'lagining nomi bilan yuritiladi. O'ylang: Ma'nosini izohlash orqali

gapbo'laklarini ajratishning fikr ifodalash uchun qanday ahamiyati borligini

ayting.

Tayanch tushunchalar: bir tushunchaning ikki nojni, izohlash orqali gap bo'lagini ajratish.

Berilgan maqolni munozaraga aylantiring.



  1. Har narsaning yangisi yaxshi, Do 'stning eskisi.

  2. Ajratilgan aniqlovchili gaplarga misollar yozing.

Ajratilgan izohlovchih gaplarga adabiyot darsligidan 5 ta gap topib yozing.

  1. Ajratilgan bo'laklar qaysi xususiyati bilan uyushiq bo'laklarga o'xshaydi?

  2. Ma'lum bir bo'lak ma'nosini ta'kidlash, bo'rttirish vazifasini bajaruvchi bo'laklarga misollar keltiring.

  3. Ma'lum bir bo'lakning umumiy ma'nosini konkretlashtirish, tushunarsiz ma'nosini tushuntirish vazifasini bajaruvchi bo'laklarga misollar yozing.

  4. Bir nomni boshqacha nomlash bilan hosil bo'lgan bo'laklarga misollar ayting.

  5. Ajratilgan bo'laklarning nutqimizda nima ahamiyati bor?

Savol va topshiriqlar:

1. Ajratilgan bo’lakli gaplar deb nimaga aytiladi?

2. Ajratilgan bo’laklar qaysi xususiyati bilan uyushiq bo’laklarga o’xshaydi?

3. Ajratilgan bo’lakning nutqimizda nima ahamiyati bor?

4. Gapda so’zlar tartibining ahamiyati bormi?

5. Ajratilgan bo’laklarda qanday tinish belgilar ishlatiladi?



19-dars.Undalmali murakkablashgan gaplar

Reja:

1. Undalma haqida ma’lumot

2. Undalmalarning gapdagi o’rni

3.Ularda tinish belgilarning ishlatilishi

1-topshiriq. O'rtog'ingizning ismini aytib chaqiring va uni gap ichida keltiring. O'rtog'ingiz ismini bildiruvchi so'zning qanday sintaktik vazifada kelishini ayting.

2-topshiriq. Opa, urma qalbimga tikan (H. Olimjon) gapi tar-kibidagi opa so'zining o'rnini almashtiring. Almashtirganda qanday o'zgarish ro'y berayotganini ayting. Erkin o'rin almashinish sababini tushuntiring.

So'zlashish jarayonida tinglovchining diqqatini o'z nutqingizga qaratish uchun ko'pincha uning nomini aytib yoki opa, aka, singil, tog'a, amma, xola kabi so'zlar orqali murojaat qilasiz. Ba'zan tinglovchiga murojaat ifodalovchi so'zni qo'llash orqali unga shaxsiy munosabatingizni ifodalaysiz. Masalan, Arpangiznixom o'ribmanmi, uka. Do'ndig'im, о'ynoqlabyuratur. Onajonim, balki bir кип Aytganingday bo'lar to'y {A. Oripov).



Eslab qoling. So 'zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni ifodalab, gapning boshqa bo'laklari bilan grammatik aloqaga kirish-maydigan so 'z yoki so 'zlar birikmasiga undalma deyiladi.

Undalmalar so'zlovchi nutqi qaratilgan shaxsni bildirganligi uchun u ko'pincha shaxs bildiruvchi so'zlar bilan ifodalanadi. Badiiy nutqda esa shaxs bildirmaydigan jonli va hatto jonsiz predmetlar ham undalma vazifasida kelishi mumkin. Masalan, Qani, ayt, maqsading nimadir sening, Nega tilkalaysan, bag'rimni, ohang {A. Oripov).

Undalmalar gapning boshqa bo'laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi sababli uning o'rni erkin bo'ladi, lekin undalma gapning qayerida kelishiga ko'ra, alohida-alohida vazifa bajaradi. So'zlovchi tinglovchining diqqatini nutq jarayoniga jalb qilishni maqsad qilib olsa, u vaqtda undalma gap boshida keladi.

So'zlovchi tinglovchilarga murojaat etish orqali unga subyektiv munosabatini ifodalashni maqsad qilib olsa, u vaqtda undalma gap o'rtasi va oxirida keladi. Masalan, Nechun kerak bo 'Idi senga ко 'zyoshim. Nechun kerak, rubob, senga shuncha g'am?! (A. Oripov)... Gar shul eshitganim bo'lmasa ro'y оSen beshik emassan, dorsan, tabiat (A. Oripov



Juda muhim. Undalmalar nutq jarayoniga undalgan, diqqatijalb ^ qilingan shaxs-predmetlar bo 'Igani uchun bosh kelishikda turadi. Bu jihatdan и egaga о 'xshaydi, lekin undash ohangi bilan talaffuz qilinishi va kesim bilan moslashmasligi bilan egadan farq qiladi.
Solishtiring: Ahmad keldi. Ahmad ega. Kesim bilan grammatik bog'langan.

Ahmad, keldi. Ahmad — undalma. Kimningdir kelganligi Ahmadga aytilyapti, kesim bilan grammatik bog'lanmaydi. Undash ohangi bilan talaffuz qilinadi.

Juda muhim. Undalmalar gapning boshqa bo 'laklari bilan gram­matik aloqaga kirishmaganligi uchun yozuvda doimo boshqa gap bo 'laklaridan vergul bilan ajratiladi. Gap boshida kelib, kuchli undash ohangi bilan aytilsa, undalmadan so 'ng undov belgisi qo 'yilishi ham mumkin. Masalan: Odamlar! Eshitmadim demanglar.
O'ylang: Undalmalarning o'rni erkin boiadi, degan fikrni izohlab bering.

Tayanch tushunchalar: grammatik aloqaga kirishmaslik, subyektiv munosabat, undash ohangi.

Berilgan maqolning ma'nosini izohlang, undalmani toping hamda uni gapning uchta joyida keltiring.



О 'qish bilmasang, uqib ol, qizim; Qulog'ingga taqib ol, qizim

Juda muhim. Undalmalar nutq jarayoniga undalgan, diqqati jalb qilingan shaxs-predmetlar bo 'Igani uchun bosh kelishikda turadi. Bu jihatdan и egaga о 'xshaydi, lekin undash ohangi bilan talaffuz qilinishi va kesim bilan moslashmasligi bilan egadan farq qiladi.

Solishtiring: Ahmad keldi. Ahmad ega. Kesim bilan grammatik bog'langan.



Ahmad, keldi. Ahmad — undalma. Kimningdir kelganligi Ahmadga aytilyapti, kesim bilan grammatik bog'lanmaydi. Undash ohangi bilan talaffuz qilinadi.

Juda muhim. Undalmalar gapning boshqa bo 'laklari bilan gram­matik aloqaga kirishmaganligi uchun yozuvda doimo boshqa gap bo 'laklaridan vergul bilan ajratiladi. Gap boshida kelib, kuchli undash ohangi bilan aytilsa, undalmadan so 'ng undov belgisi qo 'yilishi ham mumkin. Masalan: Odamlar! Eshitmadim demanglar.

O'ylang: Undalmalarning o'rni erkin boiadi, degan fikrni izohlab bering.

Tayanch tushunchalar: grammatik aloqaga kirishmaslik, subyektiv munosabat, undash ohangi.

Berilgan maqolning ma'nosini izohlang, undalmani toping hamda uni gapning uchta joyida keltiring.



О 'qish bilmasang, uqib ol, qizim; Qulog'ingga taqib ol, qizim

1. Undalmaning oldidan va undan so'ng kelgan undovlarning


xususiyatlari haqida.

2. Egalik qo'shimchalari bilan qo'llangan undalmalar.



1-topshiriq. Undalma ishtirok etgan gap tuzib, undalma oldidan undov so'zni qo'shing. Undov bilan qo'llangan undalmaning undovsiz undalmadan farqini ayting.

2-topshiriq. Onajonim, bunday qilma, Bunday qilma, Onajon! {A. Oripov) gapidagi undalmaga qo'shilgan -jon va egalik qo'shimchasi -im ning qanday vazifa bajarayotganini ayting.

Undalmalar tinglovchining diqqatini kuchliroq jalb etish, emotsionallik-ni ta'minlash, hayron qolish ma'nosini ifodalash uchun ko'pincha ey, hoy, voy kabi undovlar bilan birgalikda keladi. Bunday undovlar ko'pincha undalma oldidan qo'llaniladi. Masalan, Hoy о 'rtoqjon, quloq soling so 'zimgaBa'zan undalmadan so'ng ey, ho, ov, -u (-yu) kabi undovlar ham ishlatiladi: Karimjon -u, (ov, ey, ho), buyoqqa keling. Bu vaqtda undalma orqali ifodalangan shaxs yoki predmet so'zlovchidan uzoq masofada ekanligi ifodalanadi.



Eslab qoling. Undalmalar oldidan undov so 'zlar ishlatilganda, yozuvda undalma bilan undov so'zlar orasiga hech qanday tinish belgi qo 'yilmaydi.

Undov so'zlar undalmadan so'ng kelganda esa undov bilan undalma chiziqcha bilan ajratib yoziladi.

Undalmalar ko'pincha I shaxs birlikdagi egalik qo'shimchasini olib keladi. Bunday vaqtda undalma vazifasida kelayotgan tinglovchi so'zlovchiga yaqin ekanligini, erkalash, suyish ma'nolarini ifodalaydi. Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz. (Uyg 'uri)

Ayrim hollarda undalma nutqda tushib qolib, uning o'rnida undovlar qo'llaniladi. Masalan, Hoylar, bu yoqqa kelinglar. Hoy, chilim keltir. Undalma o'rnida hoy kelganda tinglovchiga hurmatsizlik, mensimaslik ma'nosi ifodalanadi.

Ba'zan, er-xotin bir-biriga murojaat etganda III shaxs birlikdagi egalik qo'sliimchasi bilan kelgan undalmadan foydalaniladi. Masalan, Oyisi, keling. Dadajonisi, choy iching kabi.



O'ylang: Undalmalar nutqimizda nima uchun kerak?

Tayanch tushunchalar: undalma, undov so'z, undalmalar bilan birgalikda ishlatiladigan tinish belgilari.

Berilgan maqolni izohlang, uni undalmali gapga aylantiring, unda undov so'z, egalik qo'shimchalari ham ishtirok etsin.



Erta eksang, erta о 'rasaп

Savol va topshiriqlar:

1. Undalma deb nimaga aytiladi?

2. Undalma nimalar bilan ifodalanadi?

3. Undalma gapning qaysi o’rinlarida kelishi mumkin?

4. Undalmali gaplar qanday ohang bilan talaffuz qilinadi ?

5. Undalmalar egadan nimasi bilan farq qiladi?



6. Undalmalar boshqa gap bo’laklaridan qaysi tinish belgi bilan ajratiladi ?






Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik