Reja: So‘zlarning qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar, teng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanishi


-dars. Gap bo‘laklari. Ega va uning ifodalanishi



Download 304.5 Kb.
bet2/4
Sana22.01.2017
Hajmi304.5 Kb.
1   2   3   4

6-dars. Gap bo‘laklari. Ega va uning ifodalanishi.

Reja:

1.Gapni bo’laklarga ajratish

2.Bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’laklar haqida

3.Ega va uning ifodalanishi

Gap tarkibidagi o’zaro tobe bog’lanishda bo’lgan so’zlardan bittasi tobe bo’lak, ikkinchisi hokim bo’lak vazifasini bajaradi.Tobe bo’lak hokim bo’lakka bog’lanib, hokim bo’lak talab etgan sintaktik vazifada keladi.Ana shu vazifa gap bo’lagi nomi bilan yuritiladi. Gap tarkibida tobe bog’lanib ma’lum so’roqqa javob bo’luvchi so’z yoki so’z birikmasiga gap bo’lagi deyiladi.gap bo’lagi tobe bog’lanish doirasida, tobe qism vazifasida kelgan bo’laklar hisoblanadi.Uning qaysi bo’lak vazifasida kelayotganligi hokim bo’lakka nisbatan aniqlanadi.gapdagi barcha bo’laklar kesimga qarab aniqlanadi.Gap bo’laklari gap tuzilishidagi vazifasiga ko’ra ikki guruhga, ikki darajaga bo’linadi:

1. Bosh bo’lak: kesim, ega

2. Ikkinchi darajali bo’laklar: to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol

Gapda kesim bilan bog’lanib , shu kesimdagi qo’shimcha ifodalagan shaxs-sonni bildiruvchi va kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’ladigan bosh bo’lak ega deb ataladi. Odam (kim?) ko’p , ish (nima?) kam. Atrof (qayer?) jimjit.

Ega bosh kelishikda bo’lib , odatda, quyidagicha ifodalanadi:

1.Ot bilan : Shamol gullar hidini atrofga taratdi.

2.Olmosh bilan :Ular to’garak mashg’ulotlariga muntazam qatnashadilar.

3.Harakat nomi bilan: O’qish tugadi.

4.Otlashgan so’zlar bilan :

a) sifat bilan: Oqlar yurishni boshladi.

b) son bilan : Uchovimiz dala aylandik.

d) sifatdosh bilan : Qimirlagan qir oshar.

e) ravish bilan: Ko’plar qatnashdi.

f)taqlid so’z bilan: To’plarning gumbur-gumburi eshitilardi.

g) modal so’zlar bilan: Bor boricha , yo’q holicha.

5. Ibora bilan : Hafsalasi pir bo’lgani sezilib turardi.

6.Sintaktik birliklar (so’z birikmasi) bilan: Otlarning otxonaga olib o’tilmagani Ziyodillani taajjublantirdi.

Ayrim paytlarda teng aloqadagi bir necha so’z ham butunicha yoki bo’lak – bo’lak ravishda ega bo’lib kelishi mumkin: Otam bilan akam bozorga ketishdi.

Ba’zan ega chiqish kelishigidagi so’zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunday paytlarda haqiqiy ega tushirilgan bo’lib, undan oldin kelayotgan chiqish kelishigidagi so’z ega vazifasinin ifodalaydigan bo’lib qoladi: Unda ham bu kitoblardan bor. Bu gapdagi haqiqiy egani tiklash mumkin: Unda ham bu kitoblardan biri bor.
Savol va topshiriqlar:

1. Gap bo’laklari deb nimaga aytiladi ?

2. Gap bo’laklari qaysi bo’lakka nisbatan aniqlanadi ?

3. Nega shunday deb o’ylaysiz ?

4. Gap bo’laklari nechaga bo’linadi?

5.Ega deb nimaga aytiladi?

6.Ega qaysi so’zlar turkumi bilan ifodalanishi mumkin?

8-dars. Kesim va uning ifodalanishi. Kesimning turlari

Reja:

1.Kesimlikning belgilari

2. Ot kesim va fe’l kesim haqida

3. Kesimning tuzilishiga ko‘ra turlari

Kesim gap markazi bo’lib, u tsdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma'nolarini ifodalab keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo’laklarini o’z atrofida birlashtiradi.

Gapni yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi ahamiyati juda katta. U hukmni ifodalovchi, gaplikning asosiy belgilarini ko’rsatuvchi eng muhim bo’lakdir. Gapda ega ham, ikkinchi darajali bo’laklar ham bevosita yoki bilvosita kesimga bog’lanadi.

Kesim nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? (ba'zan nechanchi? qanday?) so’roqlariga javob bo’ladi.

Kesim qaysi turkum so’zlari bilan ifodalanishiga ko’ra ikki xil:

fe'l-kesim, ot-kesim.

Kesim tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: sodda kesim va murakkab kesim.

Felning turli shakllari orqali ifodalangan kesim fe'l-kesim deyiladi.

Fe’l-kesimlar quyidagi ko’rinishlarga ega:



  1. sof fe'l-kesimlar: Men maktabga boraman;

  2. ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurillab, mashina oldinga intildi;

D) sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It hurar-karvon o’tar. Po’lat xatni kecha yuborgan.

Fe’ldan boshqa so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so’z) bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim ot-kesim deyiladi.

Ot-kesimlar quyidagicha ifodalanadi:

1. Ot bilan: Teshaboy ashaddiy dushman-u, siz xizmatini qilayotgan depo xo’jayini do’stmi? Yaxshi ro’zg’or - jannat, yomon ro’zg’or - do’zax.

2. Sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.

3. Son bilan: Birniki - mingga, mingniki - tumanga. Bu birinchisi. Ikki karra ikki - to’rt.

4. Olmosh bilan: Maqsadim - shu. O’zim har joydaman, ko’nglim sandadur.

5. Ravish bilan: Sizdan umidim ko’p.

6. Modal so’z bilan: Yo’qoling, siz bilan adi-badi aytishishga vaqtim yo’q. Misollar:

Fe'l-kesim: Mo’tabar eshikni sekin yopib chiqib ketdi.

Ot kesim: 1. Oltita bolani bag’riga olgan Mahkam taqachi -shu_(olmosh).

2. Sanasangiz-sanamasangiz ham hammasi qirqta (son).

3. Tez hal qilish kerak (harakat nomi), talabgorlar ko’p (ravish).

4. Bu qarorni amalga oshirishdagi birinchi qadam -o’qish (harakat nomi), o’qiganda ham a’lo o’qish edi (harakat nomi).

5. Mingbuloq o’zi yaxshi. suv serob. lekin u qarovsiz (sifat).

6. Uning Vohid Mirobiddinov haqidagi gaplari ham qiziq (sifat).

7. Tabiatda hech qanday sirli kuch ta'sirida ro’y beradigan narsa yo’q (modal so’z).

Sodda kesim va murakkab kesim

Kesimlar tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: sodda kesim va


murakkab kesim. Birgina so’z bilan ifodalangan kesim sodda
kesim deyiladi: Paxta va tilladan yurt bezanadi. Alisher Navoiy-
she'riyat quyoshi.

Ikki va undan ortiq so’z bilan ifodalangan kesim murakkab kesim deyiladi: Ayozli kunlar asta-sekin o’tib borayotir. Uchrashuv qiziqarli bo’ldi.

Murakkab kesim tarkibidagi so’zlardan biri yordamchi so’zlar (ko’makchi fe’l, bog’lama, nisbiy so’zlar)dan bo’lishi mumkin. Murakkab ot-kesimlarning tuzilishi Murakkab ot-kesimlar ot (keng ma'noda) + bog’lama vazifasida kelgan yordamchi fei yoki ko’makchi fe’l tarzidagi qo’shiluvdan hosil bo’ladi. Bunda asosiy ma'no otdan anglashiladi, ko’makchi yoki to’liqsiz fei qo’shimcha ma'no bildiradi va kesimning ega bilan bog’lanishini ta'minlaydi.

Kesim bilan egani bog’lashda xizmat qiluvchi bunday so’zlar bog’lama deyiladi. Bular asl mustaqil ma'nosini to’la yoki qisman yo’qotib, yordamchi vazifaga ko’chgan so’zlardir. Bularning vazifasi fe’l bo’lmagan so’zlar bilan qo’shilib, kesimni shakllantirishdir, ya'ni mayl, zamon, shaxs-son ma'nolarini ifodalashdan iborat.

Kesimni shakllantirishga xizmat qiladigan bunday bog’lamalar bo’l-, qil-, edi, ekan, emish, hisoblan-, sana- kabi yordamchilardir.

Kerak, zarur, darkor so’zlari ham bog’lama vazifasida qo’llanadi.

Misollar:

1. O’sha kuni sovuq qattiq edi.

2. Bu katta ahamiyatga ega hodisa hisoblanadi.

3. Men kutib olishim kerak.

4. Akam talaba bo’ldi.

5. Fikrlar o’zingniki bo’lsin.

6. So’zga chiqishing shart.

7. Qo’shni xona doimo ozoda bo’ladi.

8. Hammasini aytib berishing darkor.

Kesimning birikmalar va iboralar bilan ifodalanishi

Kengaygan birikma va iboratar yaxlit holda bitta gap bo’lagi bo’lib keladi va o’z ichida boshqa bo’laklarga ajratilmaydi.



Ibora bilan: Dadam qo’li ochiq odam edilar. U birdaniga to’nini teskari kiyib oldi.

Birikmalar bilan: Respublikamizning eng nufuzli bilim dargohi O’zbekiston Milliy universitetidir. Toshkent - O’zbekiston Respublikasining poytaxtidir.

Kengaygan birikma bilan: Vazifamiz - bilim maskanlarida hamisha aio o’qish. Tarixni o’rganishdan asosiy maqsad - milliy o’zligimizni chuqurroq anglash. Komil insonlardagi olijanob xislat - o’tmishni unutmaslik.

Ot-kesim va ega orasida tirening ishlatilishi

Quyidagi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo’yiladi:

1. Ot-kesim kesimlik qo'shimchalarisiz yoki bog 'lamasiz qo 'llanganda: Tinchlik - farovon hayot manbai. Mening aytadigan gapim — shu. Uch karra - uch to’qqiz. Ukam - o’quvchi. Aziza -tikuvchi. Yulduz - aiochilarimizdan. Taniganim - do’stlarim. Taniganim - shular. Eshitganlarim - haqiqat. Qoi yugurigi - oshga, til yugurigi - boshga. Yaxshining gapi - moy, yomonning gapi - loy. Odamning oftobi - odamdan ko’radigan mehr-oqibati. Sidiqjon -qarol bola, bu - o’ziga to’q bir odamning qizi. Vatan gadosi - kafan gadosi. Vatan uchun qurbon bo’lganlarning xoki - muqaddasdir. Do’stlik - xalqimizning xulqi, odati, Do’stlik - o’lkamizning qudrati, shoni. Boylikning eng yaxshisi - ko’ngil boyligi. ,

2. Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, kesim tarkibida bog'lama yoki kesimlik qo'shimchasi bo'lmaganda: o’qish - ulg’ayish. Har narsaga qiziqish - biz uchun eski odat. Maqsadim - o’qimoq.

3. Ega ko’rsatish olmoshi bilan ifodalansa: Bu - siz uchun katta sinovdir. Yaxshi niyatli kishilarning ahdi - shu.

4. Eganing ma’nosi ta'kidlab ko’rsatilganda: Men - mana shu minglarning biriman. Urush - quyon ovi emas. Sen - bizni ozod etuvchisan.

5. Ega bilan kesim bu, u, mana bu so'zlari bilan ajratilganda: Tinchlik - bu sevinchdir, hayotda lazzat, Tinchlik -bu totuvlik, har ishda orom. Men tug’ilgan o’lka - u muqaddas. Qozog’iston - bu oltin, kumush. Vatan - u mening jon-u tanim, sajdagohimdir.

6. Ega mantiqiy urg’u olsa: Vatanimiz - kelajakda buyuk davlat boiadi.

Ega bilan kesim orasida quyidagi hollarda tire qo’yilmaydi:

1. Agar ega bilan kesim orasida ham yordamchisi bo'lsa: Olma ham meva. Bular ham a’lochi. Mening opam ham talaba. Sharifa ham to’quvchi.

2. Kesim shaxs qo 'shimchasini olsa yoki yuklama bilan birikib kelsa: Bu ishni bajaruvchi sensan. Yuragi qalam-u, qog’ozi-keng yer. A’lochilaringiz Salimjonmi?

3. Kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalansa: Yurtimiz obod. Ona tilidan yuqori baho olgan talabalar soni yigirma beshta.



Nega yurishingiz sekin? Vatanimiz go’zal. Bu qovun shirin. Bizning
sinfimiz sakkizinchi.

Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari

Tilimizda shart mayli shakli( istak gap bundan mustasno) nomustaqil kesimlik shaklini yasashga xizmat qiladi. Bunday kesimli gaplarning mustaqil ravishda qo’llanishi uchun maxsus nutqiy sharoit talab etiladi. Ya'ni shart mayli shakli istak gapning kesimi bo’lib, gap oxirida kelsa, mustaqil kesim hisoblanadi. Masalan: Yomg’ir yog’sa, cho’llar yashnaydi. - nomustaqil kesim.

Tezroq yoz kelsa. - mustaqil kesim.

Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe'l kesimlar hamda bog’lamali va bog’lamasiz ot -kesimlar mustaqil kesimlardir.
Savol va topshiriqlar:

1. Kesim deb nimaga aytiladi ?

2.Kesim ifodalanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi ?

3. Kesim tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

4. Gapning kesimi sifat, son kabilar bilan ifodalanganda, u ega bilan qanday moslashadi?

5. Ega va kesim orasidagi moslashuvning buzilishi qanday xatolarga olib keladi?

6. Bog’lama deb nimaga aytiladi?

7. Bog’lamalarga nimalar kiradi?



9-DARS. Ega bilan kesimning shaxs-sonda o’zaro mosligi. Ega bilan kesim orasida tirening ishlatilishi

REJA:

1. Kesimlik shakllarining egaga mos kelishi

2. Kesimlik shakllarining ifodalanmay qolish holatlari

3. Ega bilan kesim orasida tirening ishlatilishi

Shaxsda mosligi

Ega va kesim bir-biri bilan shaxsda hamma vaqt mos bo’ladi: Biz maktab jamoat ishlarida faol qatnashamiz. Ega (Biz) - 1-shaxsda , kesim (qatnashamiz) - 1-shaxsda.

Diqqat! Nutqda “Hayron bo’lasan kishi ” tarzidagi gaplar qo’llanadi. Bu gapda ega va kesim shaxsda moslashmagan: ega (kishi) 3-shaxsda , kesim esa 2-shaxsdadir.

Sonda mosligi

1.Fe’l –kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos bo’ladi. Biz yordam berdik.

1.Kesim III shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda moslashavermaydi:

2. Kimsani bildirgan III shaxsdagi ega bilan fe’l- kesim sonda mos bo’ladi: Dehqonlar ishni boshlab yubordilar.

3. Ko’plikdagi kimsani emas, narsa- buyumni bildirsa , fe’l-kesim, odatda , ega bilan sonda moslashmay, birlikda ishlatiladi: Kitoblar olindi.

4. Ot-kesim ko’plikdagi ega bilan ko’pincha moslashmaydi: Uyda akam, opam va singlim bor edi.

5. Gapda eganing aniqlovchisi miqdor son bilan ifodalansa, kesim va ega birlik shaklida bo’ladi: Uchta qiz keldi.

Esda saqlang: Ega kesim bilan grammatik va mazmun jihatidan bog’langanligi uchun doimo kesimning shakliga mos shaklda turadi. Eganing kesim shakliga mos (shaxs-son) shaklda kelishiga moslashuv deyiladi.

Masalan, yuqorida keltirilgan talabaman kesimi birinchi shaxs birlikda turganligi uchun uning egasi ham birinchi shaxs birlikdagi olmosh bo’ladi. Kesim bilan ega ba’zan son shakli bo’yicha moslashmasligi mumkin. Xususan, ega narsa, hayvonlarni bildiruvchi so’zlar bilan ifodalanganda : Masalan, qushlar sayraydilar emas, qushlar sayraydi, lekin shaxsda doimo moslik bo’lishi shart.

Juda muhim. Kesim ot kesim bo’lib, uning kesimlik shaklini ko’rsatuvchi bog’lamalar qo’llanilmasa, u vaqtida kesim ohang yordamida shakllanadi.

Ega bilan kesim orasida tirening ishlatilishi

Quyidagi holatlarda ega bilan kesim orasiga tire qo’yiladi:

1.Gapning kesimi bosh-kelishikdagi ot bilan ifodalanib, bog’lama yoki kesimlik qo’shimchasi bo’lmasa, egadan keyin tire qo’yiladi: Toshkent – go’zal shahar.

2.Gapning egasi yoki kesimi yoxud ularning har ikkalasi harakat nomi bilan ifodalansa va bog’lama bo’lmasa, egadan so’ng tire qo’yiladi: Kulish – umrni uzaytirish vositasi.

3. Gapning egasi yoki kesimi birikmalar bilan ifodlanib, tenglik, o’xshatish, kabi ma’nolarni bildirsa va bog’lama bo’lmasa egadan so’ng tire qo’yiladi: Yaxshi qiz – yoqadagi qunduz.

4.Ega yoki kesim ko’rsatish olmoshi yoxud miqdor son bilan ifodalanib, alohida ajratib ko’rsatilsa, bog’lama yoki kesimlik qo’shimchasi bo’lmasa, egadan so’ng tire qo’yiladi: Ana shu – mening uyim. Uch karra uch – to’qqiz.

5.Ega bilan kesim bu, u, mana bu so’zlari bilan ajratilgan holatlarda tire shu so’zlardan oldin qo’yiladi: Istiqlol – bu xalqning azaliy orzusi .

II. Quyidagi holatlarda ega bilan kesim orasida bog’lama bo’lmasa ham tire qo’yilmaydi:

1.Ega kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo’lsa , tire qo’yilmaydi: U tajribali iqtisodchi.

2. Kesim kelishik qo’shimchasini olgan bo’lsa: Butun umidim sendan.

3. Ega bilan kesim o’rtasida ham yordamchi so’zi bo’lsa : Men ham kichik paxtakor.

4. Kesim sifat, son (sanoq sondan tashqari) , ravish bilan ifodalansa: Shahrimiz go’zal. Kitoblar soni beshta. Mening orzularim ko’p.

Diqqat! Ba’zan ta’kidlash ma’nosini kuchaytirish uchun kesimlik qo’shimchasi bo’lishiga qaramay, egadan keyin tire qo’yilishi mumkin: Adabiyot – hayotning in’ikosidir.

Ot kesimning kesimlik shakllari maxsus ifodalanmay, ohang yordamida shakllanganda, shu tugallangan ohangni ifodalash uchun ega bilan kesim o’rtasiga yozuvda tire qo’yiladi. Quyidagi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo’yiladi:

1.Ot kesim bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, kesimlik qo’shimchalarisiz yoki bog’lamasiz qo’llanganda: Tinchlik – farovon hayot manbai. Mening aytadigan gapim - shu. Uch karra uch – to’qqiz.

2. Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi yoki sanoq son bilan ifodalanib, kesim tarkibida kesimlik qo’shimchasi yoki bog’lama bo’lmaganda: O’qish – ulg’ayish. Har narsaga qiziqish – biz uchun eski odat. Maqsadim – o’qimoq. Ikki karra ikki – to’rt.

3. Ega ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanganda: Bu – siz uchunkatta sinovdir.

4. Ega bilan kesim bu, u , mana bu so’zlari bilan ajralganda ham , ega va kesim orasida tire ishlatiladi, tire bu so’zlardan oldin ishlatiladi: Tinchlik – bu sevinchdir, hayotda lazzat, Tinchlik – bu totuvlik, har ishda orom.

5.Eganing ma’nosi ta’kidlab ko’rsatilganda: Men – mana shu minglarning biriman. Urush – quyon ovi emas. Sen - bizni ozod etuvchisan.

6.Gapning egasi yoki kesimi birikmalar bilan ifodalanib, tenglik, o’xshatish kabi kabi ma’nolarni bildirsa va bog’lama bo’lmasa, egadan keyin tire qo’yiladi: Yaxshi qiz – yoqadagi qunduz.

Ega bilan kesim orasida quyidagi o’rinlarda tire qo’yilmaydi:

1.Agar ega va kesim orasida ham yordamchisi bo’lsa: Olma ham meva. Bular ham-a’lochi.

2.Kesim shaxs qo’shimchasini olsa yoki yuklama bilan birikib kelsa: Bu kishi muallimimiz. Bu ishni bajaruvchi sensan. Yuragi qalam-u, qog’ozi – keng yer.(H.Po’lat) A’lochilaringiz Salimjonmi?

3.Kesim sifat, son (sanoq sondan tashqari), olmosh ravish bilan ifodalansa: Yurtimiz obod. Ona tilidan yuqori baho olgan talabalarning soni yigirma beshta. Nega yurishingiz sekin?

4.Kesim kelishik qo’shimchasini olgan bo’lsa: Butun umidimiz sendan.

5.Ega kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo’lsa, bog’lama bo’lmasa ham , tire qo’yilmaydi: U tajribali yurist.



Savol va topshiriqlar:

1. Qachon ega va kesim moslashmasligi mumkin ?

2. Ega nima bilan ifodalanganda kesim bilan doim moslashishi kerak?

3.Qanday holatlarda ega va kesim orasida tire ishlatilishi shart?

4.Qay holatda ega bilan kesim orasida tire ishlatilmaydi?

5. Til- aql xazinasining qilichi, farosat- uning g’ilofi maqolida tire qo’yilishining sabablarini qanday izohlaysiz?

6.Toshkent go’zal gapida tirening ishlatilmaslik sabablarini izohlang.

11-dars. To’ldiruvchi va uning ifodalanishi

Reja:

1.To‘ldiruvchining ifodalanishi

2. Mustaqil va nomustaqil to‘ldiruvchilar

3. Kelishikli va ko‘makshili to‘ldiruvchilar

To’ldiruvchi – fe’lga bog’lanib, kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kimni? nimani? kim bilan? nima bilan? singari so’roqlarga javob bo’luvchi gap bo’lagidir. Masalan: Bu so’zdan Hamid ajablandi. To’ldiruvchi hokim bo’lakka kelishik qo’shimchalari yoki ko’makchilar yordamida bog’lanadi. Tushum kelishigidagi to’ldiruvchi doimo fe’l orqali ifodalangan kesimga bog’lanadi. To’ldiruvchi ikkiga bo’linadi:

1. Vositasiz to’ldiruvchi.

2. Vositali to’ldiruvchi.



Vositasiz to’ldiruvchi – belgili va belgisiz tushum kelishigi shakllari bilan ifodalangan to’ldiruvchidir. Kimni? nimani? so’rog’iga javob bo’ladigan so’zlar bilan birikma hosil qiladigan fe’llar o’timli fe’llardir.

Qarilari kutadi mehmon (ot), pazandasi yopadi shirmon (ot).

Bechoraning oh-u dodini (undov so’z) tinglang, uni (olmosh) xushnud qiling.

Birni (son) kessang, o’nni (son) ek.

Zebi onasining beradigan javobini (ot) ilgaridan bilardi.

Kelinlari aytadi alla (ot), qo’shiqchisi kuylaydi yalla (ot).

O’tirganlar otning dupur – dupurini (taqlid so’z) baralla eshitishdi.

Yurgan (sifatdosh) daryo, o’tirgan (sifatdosh) bo’yra deydilar.

Yaxshini (sifat) yomondan farqlang.

Yashashni (harakat nomi) istasang, ishlashni (harakat nomi) o’rgan.

Vositali to’ldiruvchi – hokim so’zning kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kim uchun? nima uchun? kim haqida? nima haqida? kim bilan? nima bilan? kabi so’roqlariga javob bo’lib keladigan kengaytiruvchilaridir. Vositali to’ldiruvchi jo’nalish, chiqish, ba’zan o’rin – payt kelishiklari yoki uchun, bilan, orqali, xususida, to’g’risida kabi ko’makchilarni olgan so’zlar yoki so’z birikmalari bilan ifodalanadi.

Qizg’ish – pushtidan to’qroq, qizildan ochroq rang.

Azamat – futbolchilarimizga sardor.

Bekorchidan xudo bezor.

Beshga uchni qo’shsak, sakkiz bo’ladi.

Kitob ikki qismdan iborat.

Otdan baland, itdan past.

Ochko’z – molga qul, saxiy – elga hokim.

So’rashdan uyalma, bilmaslikdan uyal.

Chaqmoqning yalt – yultidan bola qo’rqdi.

Chizmani kitobdan daftarga ko’chirdim.

Yutuq kutganimizdan ziyodroq bo’ldi.

Yaxshiga yondash, yomondan qoch.

To’diruvchilar, boshqa gap bo’laklari kabi, birikmali holda ham qo’llaniladi:

Men uning go’zal siymosida qalbim ko’zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini ko’rardim.

O’qituvchining pedagogik mahorati u tarbiyalagan shogirdlarining bilimdonligi bilan o’lchanadi.

O’qituvchida zilol chashmadek tuganmas mehr va bilim bo’lmog’i kerakligini unutmang.

Bola bir guruh jangchilarni botqoqlikdan xatarsiz o’tkazib qo’yganini aytdi.

To’ldiruvchilar yordamida aytilmoqchi bo’lgan fikr ravshanlashadi: Oyni etak bilan yopib bo’lmas. Odam mehnatda sinaladi. Bu gaplardagi etak bilan va mehnatda bo’laklari yordamida so’zlovchining niyati to’la ochilgan.

To’ldiruvchilarga misollar:

1. Elga el qo’shilsa – davlat, eldan el ketsa – mehnat.

2. U Ikromjonni frontga ana shunday kuzatib qolgan edi.

3. Bu kitobni ukam uchun oldim.

4. Yaxshini maqtagan yarashur, yomonni maqtagan adashur.

5. Ko’rganni eshitgan yengibdi.

6. Qiy – chuv bilan ularni yengib bo’lmaydi.

7. Birni birov beradi, ko’pni – mehnat.

To‘gridan to‘g‘ri kesimga tobe bog‘lanib kelgan to‘ldiruvchilar mustaqil to‘ldiruvchilar sanaladi.

Kesim vazifasida kelmagan, bunday to‘ldiruvchilar o‘zi bog‘langan fe’l bilan bog‘langan to‘ldiruvchilar nomustaqil to‘ldiruvchi hisoblanadi.

Savol va topshiriqlar:

1. To’ldiruvchi deb nimaga aytiladi ?

2. To’ldiruvchining tushum kelishigi shakli bilan ifodalanishi qanday turi db ataladi ?

3. Vositasiz to’ldiruvchi nimalar bilan ifodalanadi ?

4. Vositali to’ldiruvchi deb nimaga aytiladi?

5. To’ldiruvchilar faqat kesimga bog’lanadimi ?

6. To’diruvchi nimalar bilan ifodalanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi ?

12-dars. Aniqlovchi va uning turlari
1. Aniqlovchi haqida

2. Aniqlovchilarning ma’no turlari

Aniqlovchi- hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning qandayligi, kimga yoki nimaga qarshili ekanligini bildirib,qanday? qanaqa? qaysi? qancha? nechta? kimning? nimaning? singari so’roqlarga jovob bo’luvchi gap bo’lagidir. Aniqlovchilar ma’nosiga ko’ra 2 xil bo’ladi.



1.Sifatlovchi aniqlovchi. 2.Qaratqich aniqlovchi.

Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning belgisini bildirib, qanday? qanaqa? qaysi? qancha? nechta? so’roqlariga javob bo’luvchi aniqlovchi sifatlovchi aniqlovchidir. Fe’l, ot, sifat, ravish, taqlid so’z, olmoshlari bilan ifodalangan va hokim so’zda egalik qo’shimchalari bo;lishini talab etmaydigan aniqlovchilar sifatlovchi aniqlovchilardir: Mustaqil O’zbekiston, qizil gul, mohir qo’llar, qo’shni hovli, kyzgi bug’doy, uzoqdagi do’st, temir eshik. Aniqlovchi aniqlagan (bog’lagan) bo’lak aniqlanmish hisoblanadi. Aniqlovchi narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmini bildiradi.

Aniqlovchi ega, ot-kesim, to’ldiruvchi va holga bog’lanadi.

Masalan:


Bahaybat samolyot (egaga) yerga ohista qo’ndi.

Salimjon –a’lochi o’quvchi (ot kesimga).

Ilg’or ishchilarga (to’ldiruvchiga) mukofotlar topshirildi.

Sifatlovchi aniqlovchi quyidagi so’ turkumlaei bilan ifodalanadi:

1.Sifat bilan: Uning ziyrak qo’ng’ir ko’zlarida horg’inlik bor edi.

2.son bilan: Tepalikdagi chinor, ikki tup sadaqayrag’och to’rt-besh kishilik talay supalarga soya solib turardi.

3. Olmosh bilan: qirlardan esayotgan mayin shabada ana shu ajoyib gullarning g;unchalarni yozmoqda.

4.Ot bilan: Kumush qishdan, zumrad bahordan qilishmaydi kuzning ziynati.

5.Ravish bilan: Uzoq-yaqin yerlardan odamlar yig’ila boshladi.

6.Sifatlovchi bilan: Mayin esgan shabada ko’nglimizni cho’g qildi.

7.Modal so’z bilan: Zarur ishlarimizni bitirdik.

8. Taqlidiy so’z bilan: Zavodning mashina bo’limidan gurs-gurs zarb uzluksiz eshitilib turardi.

Sifatlovchi- aniqlovchiga misollar:

1. Ko’m-ko’k (sifat) g’o’zalar hosilga kirib, nishonasi gulaga, guli ko’sakka aylanmoqda.

2.Bu (olmosh) kishining fe’l –atvori menga juda yoqib tushdi.

3.Mahallada duv-duv (taqlid so’z)gap tarqaldi.

4. Aytilgan (sifatdosh) so’z-otilgan (sifatdosh) o’q.

5. Sanjar sakkizinchi (son)sinfda o’qiydi.

6.Besh-olti (son) keksa yig’ilishib maslahad qilishdi.

7. Ko’cha tomondan gurs-gurs (taqlid so’z)oyoq tovushi keldi.

Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning uchta shasxdan biriga qarashli ekanligi bildirib, kimning? nimaning? singari so’roqlarga jovob bo’luvchi aniqlovchi qaratqich aniqlovchidir. Qaratqich aniqlovchili birikmalarining asosiy belgisi tobe so’zning hokim so’zdan egalik qo’shimchalari bilan kelishini talab qilishidir:maktabimizning to’garagi. Hunar maktabi. Qaratqicg aniqlovchi doimo aniqlanmishga bo’glanadi. Ana shu belgisi bilan tushum kelishini olgan to’ldiruvchidan farq qiladi. Tushum kelishigidagi to’ldiruvchi doimo fe’l orqali ifodalangan kesimga bo’lanadi. Solishtirining: olmaning bargi-olmani yedim.

Qaratqich aniqlovchilar qaralmish bilan munosabatga kirishganda turlicha shakllanadi.

1) qaratqich va qaralmish belgili keladi.(daraxtning bargi);

2) qaratqich belgisiz, qaralmish belgisi keladi (direktor xonasi);

3) qaratqich va qaralmish belgisiz keladi(o’rik danak, yong’oq mag’iz);

4) ayrim vaqtda qaratqich belgisi, qaralmish belgisiz kelishi ham mumkun (bizning qishloq);

Qaratqich aniqlovchi quyidagi so’z tukumlar bilan ifodalanadi.

1) ot bilan: shiftga osig’lik qirqinchi chiroqning qalpog’i uy devorlarning tepa yog’iga choziq soya solgan.

2) Otlashgan sifat bilan: Yaxshining yaxshiligi tegar har yerdan, yomonning yomonligi tegar tor yerdan.

1) Otlashgan so’z bilan : Birining ko’zi qora, ikkinchisining ko’zi ko’k edi, O’nning yormiga –besh.

2) Olmosh bilan: Bizning eshon-kabobpazlarning piri.

3) Otlashgan sifatdosh bilan: So’raganning bir yuzi qora, bermaganning ikki yuzi qora.

Izohlovchi- aniqlanmishning millati, jinsi, kasb-kori, nasl- nasabi, unvoni, laqabi, yoshi, qarindoshligi, kabi qo’shimcha belgilarni tasvirlovchi aniqlovchilar. Aniqlovchili so’z birikmalarning izohlovchi- izohlanmish turida izohlavchi va izohlanmishning o’rnini almashtirish ma’noga ham, so’z birikmasidagi so’zlararo munosabatlarga ham ta’sir etmaydi. Ayol hamisha birikmasida ayol izohlovchi, hamisha izohlanmish bo’lsa, hamisha ayol birikmasida hamisha- izohlanuvchi, ayol –izohlanmish.

Izohlovchi aniqlovchining bir turi bo’lib, u shaxs yoki narsaning boshqacha nom bilan aniqlaydi. Izohlovchilar ko’pincha ot so’zlar bilan ifodalanadi. Ayol hamishira, erkak o’qituvchi, ingliz muhandis, shaxmatchi Rahmatilla, direktor Ra’no Ahmedova, vazir Rustam Yunusov , ustoz Nurmuhammad, professor U.Yursunov.

1) Unvon,amal: Kapitan Mansurov so’zladi, Anjumanda direktor Xoliqovham qatnashdi.

2) Mashg’ulot, kasb: Oshpaz Shukur, gulchi Nizom va duratkor Vohobjonlar yetib kelishdi.

3) Yosh, jins, qarindoshlik: O’sha kuni Mavjuda xola bilan Sobir amaki foydali nasihatlar qildilar.

4) Laqab: Jalil soviq va Joman pismiqlarning aksariyatlarini eshidik.

5) Taxallus: Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek yirik nasriy asarlar muallifidir.

Juda ko’p hollarda nasabga ishora etuvchi said, shoh, xo’ja kabi nasab nomlari, bek, mir kabi masab nomlari, mulla, boy kabi ijtimoiy tabaqaga ishora etuvchi so’z-izohlovchilar atoqli ot tarkibiga singib, u bilan bir butunlik hosil qiladi va ular qo’shib yoziladi.

O’xshatish va xoslik bildirgan izohlovchilar bilan izohlanmish orasiga chiziqcha qoyib yoziladi: Butoqlarga qo’yib gul-kitobni varaqlashga tushdi bulbul-g’azalhon. Ona quchib kelin-bao’orini erkaladi. Vatan-ona so’zi naqadar laziz.

Kengaygan aniqlovchi – bitta kengaygan birikma nechta so’zdan iborat bo’lsa ham, u bitta gap bo’lagi bo’lib ketadi, kekin bir necha so’z birikmalariga bo’linadi. Sifatlovchi aniqlovchilar ba’zan o’ziga qarashli so’zlar bilan birikmali holda qo’llanadi. Masalan: Jamilovning egnida oq shohi kitel, sariq koverkot shim, oyog’ida kavkazcha etik, boshida chust do’ppi edi. Yuzida billinar-bilinmas chechak o’rni qolgan, sochlarini o;ng tomonga silliq taragan journalist shoirga bir qarab qo’ydi.

Aniqlovchi vasifasida kelgan sifatdoshlar birikmali qo’lanib, sifatdosh qurilmanihosil qiladi. Yuqorida kelyirilgan so’ngi misolda ikki sifatdosh qurilma bor” Yuzida bilinear-bilinmas chechak o’rni qolgan, sochlarini o’ng tomonga silliq taragan.

Kitobda tasirlangan voqea uni hayajonlantirdi.

Biz sizga hikoya qilib bermoqchi bo’lgan hodisa badiiy uydirma emas, balki hayotiy haqiqatdir.

Uydan chiqayotgan odam atrohga olazarak bo’lib qaradi.

Buxoroni tomosha qilishga keladigan sayyohlar shu mehmonxonada yashaydi.

Daraxtni undiradigan, o’stiradigan va mevasini lazziz qiladigan quyosh, yer va suv bo’lsa, badiy mahoratni undiradigan va o’stiradigan, samarasini jozibali qiladigan xalq hayotidan olingan ilhomdir.

Baqirgandan ko’ra, maromi bilan sekinroq qilingan ta’na quloqqa yaxshiroq kiradi, zehnga yaxshiroq o’rnashadi

Ot arava va tuyalar bemalol kirib chiqa oladigan lang ochilgan ochilgan karvonsaroy sahni hali bo’m-bo’sh. Bu gapda 5 gap bo’lagi bor: 1 ta kengaygan sifatlovchi-aniqlovchi (ot arava va tuyalar bemalol kirib chiqa oladigan darvozasi lang ochilgan), 1 ta belgisiz qaratqich-aniqlovchi (Karvonsaroy), 1 ta ega (sahni), 1 ta payt holi (hali), 1ta kesim (bo’m-bo’sh). Murakkab sifatlovchi-aniqlovchi (ot arava va tuyalar bemalolkirib chiqa oladigan darvozasi lang ochilgan) ning o’zi 12 so’zdan va 7 so’z birikmasidan iboratdir.



Savol va topshiriqlar:

1. Aniqlovchi deb nimaga aytiladi ?

2. Aniqlovchining predmetning qanday belgisini ifodalashgako’ra qaysi turlarini bilasiz?

3. Sifatlovchi aniqlovchi deb nimaga aytiladi ?

4.Qaratqich aniqlovchi deb nimaga aytiladi ?

5. Izohlovchi-aniqlovchi nimalarni ifodalaydi?

6. O’t bilan o’ynashmoq tentakning ishi,

Yurt bilan o’ynashmoq axmoqning ishi maqolida aniqlovchining qanday turlari qatnashganini toping.




Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti