Reja: Ravish holi, Payt holi, O‘rin holi Sabab holi, Maqsad holi, Miqdor- daraja holi



Download 38,96 Kb.
bet1/5
Sana26.02.2022
Hajmi38,96 Kb.
#472342
  1   2   3   4   5
Bog'liq
HOL, UNING TURLARI VA IFODALANISHI
6, AKM VA ARM VA KUTUBXONALARNING XUJJATLAR FONDINI XISOBGA OLISH VAZIFALARI TURLARI VA SHAKLLARI, 0120-5927-how-25-02-00049, jismoniy tarbiya nazariyasi va uni oqitish metodikasi , jismoniy tarbiya nazariyasi va uni oqitish metodikasi , 3 -sinf .o'qish pisa test matem, 3 -sinf .o'qish pisa test matem, MAKTABGACHA TA'LIM YSOHIDAGI BOLALARDA MEHNAT TARBIYASI VA JAMOA BOLIB MEHNAT QILISH, Farhod-va-Shirin-dostoni-timsollari, laborant-ish-reja, PQ-5241 31.08.2021, dars ishlanma, ЗНАЧЕНИЕ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ А, Бегжап трагедиясы қысқыша

HOL, UNING TURLARI VA IFODALANISHI
 
Reja:
1. Ravish holi, Payt holi, O‘rin holi
2. Sabab holi, Maqsad holi, Miqdor-
daraja holi
3. Shart holi, To‘siqsizlik holi, Gap
bo‘laklarining joylashish tartibi

Hol
Hol (tilshunoslikda) — gapning ilaklaridan biri boʻlib, ishharakatning belgi-sifatini, uning bajarilish usulini, shu bajarilish bilan bogʻliq boʻlgan oʻrin, payt, sabab, maqsad, shart-sharoit, miqdordaraja kabi xususiyatlarini koʻrsatadi. H. ravish, feʼl, ot, sifat, son, olmosh kabi soʻz turkumlari bilan, shuningdek, taklidiy soʻzlar bilan ifodalanadi: Odil uyalganidan qizarib ketdi (Oybek); Sulaymonov tantanali ravishda knopkani bosdi (Abdulla Qahhor); Yetti oʻlchab, bir kes (Maqol). Ravishning barcha turlari H. vazifasida kela oladi. Feʼlning ravishdosh, sifatdosh shakllari H. vazifasida keladi. Mas, Saida kulib soʻzladi. Anvar jilmaygan holda kirib keldi. Uzbek tilida H. mazmun jihatdan 8 xil boʻladi: Tarz H. — ishharakatning bajarilish holati, usuli va sifatini bildiradi, odatda feʼlga bogʻlanadi: Ular juda sekin yurishdi (Oybek). Miqdor-daraja H.i — ishharakatning bajarilish darajasini, shu bajarilish bilan birga bogʻliq boʻlgan miq-dorni bildiradi: Koʻp oʻyla, oz soʻzla (Maqol). Sabab H.i — harakat, holat yoki belgining roʻy berish saba-bini bildiradi. Bunday H.lar feʼl bilan ifodalangan boʻlakka ham, ot bilan (keng maʼnoda) ifodalangan boʻlakka ham bogʻlana oladi: Qolaversa, k ye n -jaukamizga jonimiz kuyga-nidan keldik (O.Yoqubov). Usha oqshom men andak sharob ichganim uchun kayfiyatim yaxshi edi (R.Tagor). Maq-sad H.i — harakat, holat yoki belgining roʻy berishidagi maqsadni ang-latadi: Sizni deb bu yerga keldim, Yoʻlchi aka (Oybek). Shart H.i — harakat, holatning biror shart asosida roʻy berishini bildiradi: I sh -lasa, tishlaydi. Toʻsiqsizlik H.i — harakat, holatning roʻy berishiga toʻsiq boʻla olmagan shartni bildira-di: U koʻrsa ham oʻzini koʻrmaslikka soladi. Oʻrin H.i — harakat va holatning roʻy berishi, boshlanish, yoʻnalish oʻrnini va bu yoʻnalishdagi soʻnggi nuqtani bildiradi: Stansiyadan temiryoʻlchilar, shahardan hasharchilar yetib keldi (A.Mux-tor). Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-tarozu (Maqol). Payt H.i — harakat, holatning roʻy berish vaqtini anglatadi: Ertaindin bu srlar qam chamandek yashnaydi (Sh.Ra-shidov).
Soʻnggi yillarda H. boʻyicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari H.ning maʼno (mazmun) turlari keragicha taqlil qilingan boʻlsa-da, uning grammatik tabiati chuqur va atroflicha tavsif etilmaganligini koʻrsatadi. Amalga oshirilgan tadqi-qotlar ham H.ning faqat nutqiy koʻlamdagi tashqi belgilari, maʼnosi, vazifasi hamda ifodalanish xususiyatlarini talqin qilishga bagʻishlangan.

Odatda fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka bitishuv yoki boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanib, undan anglashilgan ish-harakatning belgisini bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lakka hol deyiladi. Hol ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rin, payt, sabab, maqsad, miqdor-daraja kabilarni bildiradi. Hol ravish, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari shakllaridagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar, sifat, son, fe’l shakllari, taqlid so‘z hamda so‘z birikmasi orqali ifodalanadi.


Ravish, asosan, hol vazifasini bajaruvchi mustaqil so‘z turkumidir. Masalan: Faqat idora yaqinidagi MTS tomonidan yakka traktorning o‘qtin-o‘qtin gurillagani eshitildi. (O‘.Hoshimov). Asta esa boshlagan shamol tumanni pastliklarga olib ketdi. (J.Abdullaxonov).
Gapda hol bo‘lib kelish fe’lning ravishdosh shaklining ham asosiy vazifalaridandir. Masalan: Tomchilarning derazaga chirsillab urilishi aniq eshitila boshladi. (O‘.Hoshimov). Erali bu gaplarni choyxonada odam gavjum paytida maqtana-maqtana aytib berdi. (S.Ahmad).
Ot jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigida kelib yoki ko‘makchi bilan birga ishlatilib hol vazifasini bajarishi mumkin: Toshkentga butun mamlakatdan katta geolog olimlar kelishgan. (S.Karomatov). Mashina shiddat bilan qaltis tog‘ yo‘lidan uchib ketdi. (O‘.Hoshimov).
Harakat nomi gapda hol bo‘lib kelganda, u ham ot kabi shakllanadi: Mehmonlarni kutish uchun bog`ga dasturxon tayyorlatib qo‘yishgan edi. (S.Ahmad).
Taqlid so‘z ham gapda hol vazifasida kela oladi: Toshlar havoni g‘iz-g‘iz yorib o‘tadi. (Oybek). Ko‘chadan dupur-dupur o‘ynoqlab bir gala otlar o‘tadi. (J.Abdullaxonov).
Ba’zan hol so‘z birikmasi bilan ifodalanadi: Tong otar payti bulbullar paydar-pay sayraydi. (S.Ahmad). Aqlni o‘stirmoq uchun hadeb o‘qiyvermasdan ko‘proq fikrlash kerak. («Tafakkur gulshani»).
Hol o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan «hol-hollanmish» sintaktik munosabatini yuzaga keltiradi.
Hollar ma’nolariga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi.
1. Ravish holi ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday? qanday qilib? qay tarzda? qay holda? degan so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. U quyidagicha ifodalanadi:

Download 38,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti