Reja: Raqobatning mohiyati. Raqobatning iqtisodiy asoslari va maqsadi Raqobat strategiyasi Raqobat kurashi shakllari Raqobat usullari



Download 26,78 Kb.
Sana23.01.2020
Hajmi26,78 Kb.
#37017
Bog'liq
Mustaqil ish Iqtisod

Reja:
1. Raqobatning mohiyati. Raqobatning iqtisodiy asoslari va maqsadi
2. Raqobat strategiyasi
3. Raqobat kurashi shakllari
4. Raqobat usullari: nohalol va halol raqobat
5. Mukammal raqobat va uning afzalliklari
6. O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik va sog‘lom

raqobat uchun shart-sharoitning yaratilishi


7. Foydalanilgan adabiyotlar

Raqobatning mohiyati. Raqobatning iqtisodiy asoslari va maqsadi

Bozor iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy omillaridan biri —bu raqobatdir. Iqtisodiy adabiyotlarda raqobat kurashi bozor munosabatlari ishtirokchilarini harakatga keltiruvchi kuch deb yuritiladi. Bozorda raqobat qanchalik kuchli bo‘lsa, tovarlar va xizmatlar sifati yaxshi, narxlari esa shunchalik arzonlashib boradi.

Shuning uchun ham respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov «Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat — bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir»1 deb ko‘rsatib o‘tgan. Demak, raqobat o‘z mohiyatiga ko‘ra, bozor iqtisodiyotining asosiy obyektiv qonunlaridan biri, bozor munosabatlari takomillashib borishining muhim sharti hisoblanadi. Raqobat har bir tovar ishlab chiqaruvchilar, turli xizmat ko‘rsatuvchilar hamda iste’molchilar o‘rtasidagi yaxshi foyda olish, bozorda, umuman, iqtisodiyotda o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashdan iboratdir. Bu raqobat kurashining pirovard natijasi iste’molchilar uchun kurash va unda ishtirok etuvchilar o‘z manfaatlariga erishishlaridir. Bozorda qatnashayotgan har bir subyekt, ya’ni resurslar sotuvchi — resurslarini, xizmat ko‘rsatuvchilar — xizmatini, Tovar ishlab chiqaruvchilar — tovarlarini imkon boricha yuqori baholarda sotish uchun kurashadilar. Firmalar, korxonalar, sotuvchilar, iste’molchilar — barchalari o‘zaro raqobat qiladilar. Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlarda bu raqobat kurashi erkin va to‘liq namoyon bo‘ladi. Raqobat kurashi, hatto iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, ular eng sifatli tovarlarni arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar. Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlardan iborat. Raqobat to‘g‘risida mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan nashr etilgan adabiyotlarda turlicha ta’rif berilgan. Jumladan, A. O‘lmasovning «Iqtisodiyot asoslari» o‘quv qo‘llanmasida raqobatga shunday ta’rif berilgan: «Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z manfaatlarini to‘laroq yuzaga chiqarish, ya’ni yaxshiroq daromad topish, o‘z mavqeyini mustahkamlash, o‘z qobiliyatini namoyon etish va imij (ovoza-obro‘)ga ega bo‘lish uchun boshqalar bilan kurashishdir»1 deb yozadi. Sh. Shodmonov, R. Alimov, Т. Jo‘rayev esa «Raqobat — bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi» deb yozadi. So‘ngra o‘z fikrlarini davom ettirgan holda, «Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi. O‘z navbatida, xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m xarajati evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi»2 degan aniq va to‘liq fikrni bayon qiladilar.

Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xususiy mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib, u tovar ishlab chiqarishmi, xizmat ko‘rsatishmi yoki boshqa qaysi sohalarda faoliyat olib bormasin, o‘z manfaati uchun kurashadilar. Bu, avvalo, bozor iqtisodiyotining tabiatidan kelib chiqadi. Bozor har bir iqtisodiy faoliyat yurituvchi

subyektlar uchun erkin raqobat muhitini yaratib beradi. Raqobat kurashi bo‘lishining asosiy sharti — tovar ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar uchun ham tanlov erkinligining mavjud bo‘lishidir.
Raqobat strategiyasi

Raqobat strategiyasi — bu ma’lum bir firmaning bozorda olib boradigan raqobat kurashining uzoq davrga mo‘ljallangan asosiy rejasi, yo‘l-yo‘riqlaridir. Strategiya firmaning bosh asosiy maqsadlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, unda qanday qilib foydani eng yuqori darajaga ko‘tarish, kam xarajat qilgan holda o‘z bozorini

kengaytirish yoki boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarish, yangi bozorlarga sekin-asta kirib borishning yo‘llarini belgilab olishdan iborat bo‘ladi. Strategik rejaga qarab, firma o‘zining kurash taktikasi va usullarini qo‘llagan holda bozorda raqobat olib boradi. Bozordagi holat va shart-sharoitdan kelib chiqqan holda firma o‘z usullarini o‘zgartirib turishi ham mumkin. Misol uchun, ayrim firmalar narxlar orqali raqobat qilsa, ayrimlari mahsulot sifati orqali raqobat qiladilar. Jumladan, AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari firmalari o‘zlari uchun narxi yuqori bo‘lgan sifatli tovarlarni

taklif etishadi, chunki bu mamlakatlarda aholining daromadlari yuqori bo‘lganligi sababli, xarid qobiliyatlari ham ancha yuqori. Endigina rivojlanib kelayotgan mamlakatlarda esa aholining daromadlari past bo‘lganligi uchun ularga sifati pastroq bo‘lsada, narxlari arzonroq mahsulotlar taklif etadilar.



Raqobat kurashi shakllari

Raqobat kurashi quyidagi asosiy shakllarda namoyon bo‘ladi:

1. Тarmoq ichidagi raqobat — bunda bir tarmoq korxonalari o‘zaro raqobatlashadilar. Bu raqobat, eng avvalo, ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali olib boriladi. Korxonalar ishlab chiqarishda yuqori unumli texnika-texnologiyalar qo‘llash yo‘li bilan mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, uning tannarxini kamaytirish orqali o‘z tovarlari sotilishining qulayroq sharoitiga ega bo‘lish va qo‘shimcha foyda olish uchun kurash olib boradilar. Тarmoq ichidagi raqobat orqali tovarlarning bozor qiymati aniqlanadi va bu qiymat, odatda, muayyan tarmoqda ishlab chiqarilgan tovarlarining o‘rtacha qiymatiga mos keladi. Shuning uchun tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida yangi texnika va texnologiyalardan foydalanayotgan, mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar. Yangi texnika va texnologiyalardan foydalanmay, mehnat unumdorligini oshirmay, mahsulot sifatini yaxshilamagan korxonalar esa zarar ko‘rishib, raqobatda sinadilar.

2. Тarmoqlararo raqobat — ishlab chiqarishning turli tarmoqlariga tegishli bo‘lgan korxonalar o‘rtasida yuqori foyda olish uchun olib boriladi. Bunday raqobat natijasida ayrim korxonalar foyda me’yori kam bo‘lgan muayyan bir tarmoqdan foyda me’yori yuqori bo‘lgan boshqa bir tarmoqqa o‘tib ketadi. Iqtisodiyot nazariyasida bu holat kapitallarning tarmoqlararo oqib yurishi deyiladi. Kapitallarning bir tarmoqdan ikkinchi, ko‘proq foyda oluvchi tarmoqqa o‘tib, ishlab chiqarishni tashkil qilishi natijasida bu tarmoq kengayadi va ularning tovar taklifi ortadi. Bu esa, o‘z navbatida, bozorda mazkur tarmoqning tovarlari narxlarining pasayishiga olib keladi va tarmoqning foyda me’yori pasayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda me’yori past bo‘lgan tarmoqlardan kapitalning boshqa tarmoqqa o‘tib ketishi uzluksiz sodir

bo‘lib turuvchi obyektiv jarayon hisoblanadi. Bu jarayon bozorning talab va taklif qonunining ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Natijada foyda me’yori past bo‘lgan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmi qisqaradi va bozorda ularning tovarlariga bo‘lgan talab oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tarilib, bu tarmoqda foyda me’yori oshadi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, tarmoqlararo raqobat obyektiv jarayon

sifatida bozorda dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat sarflangan kapitalning qaysi tarmoqqa qo‘yilganligidan qat’i nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishini ta’minlab beradi. Тarmoqlararo raqobat bozorda tarmoqlararo o‘rtacha foyda me’yorini keltirib chiqaruvchi omil deb qaraladi.


Raqobat usullari: nohalol va halol raqobat

Raqobat kurash usullari jihatidan nohalol va halol raqobat bo‘lishi mumkin. Nohalol raqobat davlat tomonidan taqiqlangan g‘ayriinsoniy usullardan foydalanib, bozordagi raqobatchilarga qarshi kurash olib borishdir. Nohalol raqobatda uning ayrim ishtirokchilari tomonidan josuslik, qo‘poruvchilik, reket, tuhmat, tovar belgisini

o‘g‘irlash, hatto qotillik kabi usullardan foydalanib o‘z raqibini bozordan chiqarib yuborishga harakat qilishdir. Nohalol raqobatdan foydalanadigan ayrim firmalar o‘z tovarlariga mashhur firmalarning belgisini qo‘yib, xaridorlarni aldash bilan ham shug‘ullanadilar. Halol raqobat — bu bozor ishtirokchilarining davlat tomonidan

qabul qilingan qonunlar doirasida yo‘l berilgan usullardan foydalanib, o‘z faoliyatlaridan yuqori darajada foyda olishlari uchun o‘zaro kurashuvdir. Halol raqobatda, odatda, uning ishtirokchilari xalq tomonidan tan olingan, madaniy usullar qo‘llaniladi. Bu usullarning keng tarqalgani tovar va xizmatlarning narxi vositasida

raqobatlashuvdir. Narx bilan raqobatlashuvda raqobatchilar o‘z tovarlariga oshqalardan arzonroq narx yoki qimmatroq narx qo‘yadilar. Natijada bozorda ularning tovarlariga xaridor ko‘payadi. Lekin tovar narxini tushirishning ma’lum chegarasi mavjud bo‘lib, u xarajatlardan pasayib ketishi mumkin emas, aks holda, zarar ko‘riladi. Har qanday firma o‘z tovari narxini arzonlashtirish uchun qilingan xarajatlarini pasaytirishi zarur bo‘ladi. Xarajatlarni kamaytirishga esa hamma vaqt ham erishib bo‘lmaydi. Bozorda raqobatlashuvning yana bir keng tarqalgan usuli — bu

tovar va xizmatlar sifatini oshirish orqali kurashishdir. Тovarning sifati deganda, odatda, uning uzoq vaqt ishonchli xizmat qilishi, uning chiroyli bo‘lishi, iste’mol uchun qulayligi, ekologik toza bo‘lishi kabilar tushuniladi. Hozirgi vaqtda texnikaviy tovarlar uchun esa uning energiya va yonilg‘i sarfi kamligi, uzoq va ishonchli

xizmat qilishi, ixchamlik, ko‘p joy egallamaslik kabi tomonlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, tovarlar sifati bilan raqobatlashishda doimiy ravishda ularning tarkibini yangilab turish orqali ham afzalligini ta’minlash muhim hisoblanadi.

Halol raqobatlashuvning yana bir yo‘li servis xizmatlari ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi. Servis xizmat ko‘rsatish, ayniqsa, texnikaviy tovarlar sotilishida yaxshi qo‘l kelmoqda va bu usuldan raqobatchilar so‘nggi paytlarda juda keng foydalanishmoqda.

Тovarni iste’molchi uyiga yetkazib berish, ularni ishga tushirish, bepul ta’mirlab turish kabi juda ko‘p xizmat turlari ko‘rsatilmoqda va bu raqobatda yutib chiqishni ta’minlayapti. Raqobatning bunday turli usullaridan foydalanishdan asosiy maqsad raqobatda yutib chiqishdan iborat. Raqobatlashuv usuli qanchalik samarali bo‘lsa,

g‘olib chiqish imkoni ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Halol raqobat kurashining hozirgi davrda keng qo‘llanilayotgan shakli tovar va xizmatlar reklamasidan iborat bo‘lmoqda. Тurli firmalar, korxonalar o‘z tovarlarining sifati, xilma-xilligi, nafliligi, kafolatlanishi, narxlari kabi ko‘p ma’lumotlarni xolisona taqdim etish yo‘li bilan xaridorlarni qiziqtirish orqali raqobatda yaxshi natijalarga erishmoqdalar. Reklama to‘g‘risida barcha davlatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham qonunlar qabul qilingan bo‘lib, unga bir qator talablar qo‘yiladi. Qonunga ko‘ra reklama beruvchilarga, eng avvalo, tovar va xizmatlar xususiyatlari haqida xolis va halollik bilan to‘g‘ri axborot berish, boshqa raqobatchilarining tovarlarini rad etmaslik kabi majburiyatlar yuklatiladi. Тalablarga rioya qilish ustidan ham davlat nazorati olib boriladi.


Mukammal raqobat va uning afzalliklari

Bozor tizimida raqobatning, asosan, ikki turi mavjud bo‘lib, ular mukammal va nomukammal raqobat deyiladi. Mukammal raqobat iqtisodiy adabiyotlarda sof raqobat ham deb aytiladi. Mukammal raqobat sharoitida bozorda barcha qatnashadi. Chunki bozor erkin munosabat bo‘lishini talab qiladi. Bozorda sotuvchilar va xaridorlar ko‘pchilik bo‘lib, ularda hech biri monopol mavqega ega bo‘lmaydi, zo‘ravonlik va majburlash yo‘li bilan o‘z izmini urgiza olmaydi, shuning uchun ham bunday bozor mukammal yoki sof raqobatli bozor deb aytiladi. Ko‘p sonli tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar sof, erkin raqobat sharoitida, asosan, o‘z mahsulotlari narxi, sifati orqali bozorda raqobat qiladilar. Erkin raqobat sharoitida har qanday yangi korxonalar tarmoq bozoriga erkin kirishi va tarmoqdan erkin chiqib ketishi ham mumkin. Nomukammal raqobat deganda, odatda, bozorda raqobat cheklangan holda namoyon bo‘lishi tushuniladi, chunki unda ayrim monopoliyalar erkin, sof raqobat bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunda bozorga tovarlarning katta qismini ko‘pchilik bo‘lmagan, ayrim monopollashgan firmalar taklif etadi, xaridorlar esa shu cheklangan sharoitda ularning tovarlarini olishga majbur bo‘ladilar. Nomukammal raqobatning quyidagi ko‘rinishlari bor. Biz ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz:

a) monopolistik raqobat — bu muayyan bir tarmoqda bitta firma yoki yirik korxona bo‘lib, u bozorni to‘la egallagan holda hukmronlik qiladi. Shu sababli, mahsulot (xizmat) narxini firmaning taklif hajmidan kelib chiqqan holda belgilaydi. Bu monopol korxonalar boshqa korxonalarning tarmoqqa kirishi uchun turli to‘siqlar qo‘yishga harakat qiladi va bu to‘siqlar yangi raqobatchilarning tarmoqqa kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Тo‘siqlar har xil ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Ular quyidagicha:

1) moliyaviy to‘siqlar — hozirgi zamonaviy korxonalar yirik ishlab chiqaruvchilar bo‘lib, yangi texnika-texnologiyaga asoslangan, ishlab chiqarish miqyosi juda katta kapital talab qiladigan bo‘lgani uchun bu tarmoqqa kirishga boshqalarning qurbi yetmasligi mumkin;

2) qonuniy to‘siqlar — hozirgi vaqtda dunyoning barcha mamlakatlarida monopoliyaga qarshi qonunlar qabul qilinganligiga qaramay, ayrim monopoliyalar davlat tomonidan litsenziya berishning cheklanishiga harakat qiladilar. Bu tarmoqqa kirish uchun qonuniy to‘siqlar yaratish hisoblanadi;

3) bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy mulkchilik monopoliyalar uchun boshqalarning ular tarmog‘iga kira olmasliklariga samarali to‘siq yaratish imkonini beradi, chunki ayrim xomashyo turlariga xususiy mulk sifatida egalik qilishadi.

Yuqorida aytib o‘tilgan nohalol raqobat yo‘li bilan ayrim firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka shafqatsiz harakat qiladilar;

b) oligopolistik raqobatning eng muhim belgisi — bu bir tarmoqda ozchilikni tashkil etuvchi bir guruh firmalarning hukmronlik qilishidir. Тovarlar va xizmatlar bozorida bir guruh kam sonli firma yoki korxonalar hukmronlik qilsa, ular oligopoliya deb aytiladi. Oligopoliya korxonalari bir xil yoki tabaqalashgan har xil mahsulotlar ishlab chiqarishlari ham mumkin. Hozirgi vaqtda jahonda oligopolistik korxonalar ko‘proq tabiiy boyliklarni qazib olish va og‘ir sanoatda uchraydi. Ularning mahsulotlari: neft, gaz, oltin, temir, po‘lat, alumin, qo‘rg‘oshin kabilarni qazib olish, gazni, neftni qayta ishlash, metallurgiya sanoatlari va shu kabilardan iborat. Oligopolistik korxonalar hukmronligi sharoitida raqobat o‘ziga xos ravishda, ya’ni o‘zaro kelishuvchanlik asosida olib boriladi. Ayniqsa, baho siyosati bo‘yicha hech qaysi korxona mustaqil bo‘lmaydi. Ular o‘zaro yashirincha kelishuv asosida ish olib boradilar, jumladan, bozorni bo‘lish yoki taqsimlash va boshqacha yo‘llar bilan o‘zlari o‘rtasidagi raqobatni cheklashdan iborat. Yashirincha kelishish ham bir qator shakllarda bo‘lishi mumkin. Ulardan biri kartel bitimidir. Kartel bitimiga kirgan korxonalar, firmalar ishlab chiqarish hajmi, mahsulotlarning narxlari va boshqa muhim

masalalarda kelishib oladilar. Bunga misol qilib OPEK va shunga o‘xshash bir qator tashkilotlarni keltirish mumkin. Ular kelishilgan narxni ushlab turish uchun, hatto, ishlab chiqarish hajmini ham kengaytirib yoki kamaytirib, tartibga solib turishadi. Narxlarni belgilashdagi o‘zaro yashirincha kelishuv norasmiy vosita hisoblanib,

bunga jahon hamjamiyati tanqidiy qaraydi. Bunday tarmoqqa kiruvchi barcha firmalar uchun narxni o‘zgartirish majburiy hisoblanadi.


O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik va sog‘lom

raqobat uchun shart-sharoitning yaratilishi

Ma’lumki, bozor iqtisodiyotining asosiy belgisi uni harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan raqobat, bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan ajralmas bog‘liqlikda rivojlanib boradi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida yashayotgan mamlakatlarda raqobat munosabatlarini rivojlantirish, tartibga solish ancha murakkab jarayon sifatida uzoq davrlardan buyon davom etib kelmoqda. Natijada hozirgi vaqtga kelib jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida raqobat bozor tizimining ajralmas qismi sifatida takomillashib bormoqda. Shu munosabat bilan respublikamizda bozor iqtisodiyotining asosiy belgisi, harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan raqobat nosabatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Chunki bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlarini — talab va taklif, tovar nafliligi, raqobat qonunining talabini hisobga olmasdan, bozor munosabatlarini takomillashtirib borishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyotining raqobatsiz samarali rivojlanishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun davlat tomonidan raqobatni rivojlantirish va tartibga solish to‘g‘risida bir

qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ularning bajarilishi nazorat qilib borilmoqda. Bu esa bozorda raqobatning amal qilishi uchun shart-sharoitlar yaratilayotganligidan darak beradi.

Biz yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, bozorda raqobatlashuvning

kuchayib borishi bilan iqtisodiyotda monopollashuv jarayonlari ham kuchayib borishi kuzatiladi va raqobatning cheklanishiga olib keladi. Bu holat davlat tomonidan mamlakatda raqobat uchun shartsharoitlar yaratib berishni taqozo qiladi. Raqobatni erkin ravishda amalga oshirishning samarali yo‘li esa davlatning monopoliyaga

qarshi kurashi siyosatida o‘z aksini topadi. Qonunga rioya etmaslik, raqibga zarar yetkazish kabi harakatlar uchun jazo choralari belgilangan.

Qonun buzuvchilar jarima to‘lashlari, keltirgan zararlarni qoplashlari, olgan foydasidan mahrum etilishlari mumkin. Monopoliyaga qarshi choralarni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi tizimida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tashkil etildi. Boshqarmaga respublikamizdagi monopol mavqega ega bo‘lgan korxonalarni ro‘yxatga olish, ularning mahsulotlari bo‘yicha narxlarni tartibga solib turish bo‘yicha huquqiy vakolat berildi.

Keyinchalik bu boshqarma Respublika Monopoliyaga qarshi kurash va raqobatni rivojlantirishi davlat qo‘mitasiga aylantirildi va hozirgi vaqtda bu qo‘mita respublikamizdagi monopol korxonalarni davlat ro‘yxatiga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda faoliyat olib bormoqda.

Ushbu davlat qo‘mitasi o‘z vakolatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan monopoliyalarning bozordagi mavqeyini tartibga solishda bir qator usullardan foydalanmoqda. Jumladan, birinchi usulda — monopol mavqeyidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish. Masalan, qo‘mita tomonidan belgilangan mezonga ko‘ra, korxona ishlab chiqargan mahsulotlarning muayyan bir turi bozordagi shu turdagi mahsulotning 35 % idan ortiq bo‘lsa, bu korxona monopol korxona sifatida davlat ro‘yxatiga kiritiladi va ularga qarshi choralar ko‘riladi. Agar ular oziq-ovqat tovarlari guruhida bo‘lsa, bunday tovarlar uchun mezon 20 % darajasidan oshmasligi kerak deb belgilangan.

Ikkinchi usulga — monopol mavqeyini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo‘lib tashlash yoki maydalashtirish kiradi. Bu ish Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-iyuldagi 366- qarori bilan tasdiqlangan «Obyektlarning xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to‘g‘risida»gi nizom asosida amalga oshiriladi. Respublikada faqat 1994—1996- yillar davomida monopol mavqeyidagi aksiyadorlar jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 obyekt chiqarilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi. 2000-yilda xususiylashtirilgan obyektlar bazasida 154 ta ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda ham bu faoliyat davom ettirilmoqda.

Monopoliyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan muhim ish — bu O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishidir. Bu Qonunga ko‘ra, bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizm yaratildi. Natijada mamlakatimizdagi tabiiy monopoliyalar faoliyatlarini tartibga solish, ya’ni ular mahsulot va xizmatlariga narxlar hamda tariflar darajasi, shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlari belgilanadigan bo‘ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar

Iqtisodiyot nazariyasi” - M. Yo‘ldoshev, Sh. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev



Toshkent — «Ilm ziyo» — 2016
Download 26,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish