Reja: «Personal» tushunchasining mazmuni, boshqarish subyektlari va obyektlari



Download 111,95 Kb.
bet2/5
Sana28.08.2021
Hajmi111,95 Kb.
#157993
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. «Personal» tushunchasining mazmuni, boshqarish subyektlari va-fayllar.org

Personalni boshqarish (personal menejmenti) — korxona, firma darajasida ishchi kuchi potensialining normal rivojlanishi, amal qilishi va undan samarali foydalanish yuzasidan o‘zaro bog‘langan tashkiliy iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar tizimidir.

Bu fikrni quyidagi sxema bilan tushuntiramiz:

Personalni boshqarish uzluksiz jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. U xodimlarning mehnat qilish sabablarini, undan maksimal darajada foyda olishini, demak, korxonalar faoliyatida pirovard yuksak natijalar qo‘lga kiritilganligini bildiradi.

Funksional jihatdan personalni boshqarish deyilganda, kadrlar sohasidagi ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha vazifalar va qarorlar, masalan, kadrlarni tanlash, ulardan foydalanish, ularning malakasini oshirish, mehnatiga haq to‘lash, ishdan bo‘shatish va hokazolar tushuniladi.

Tashkiliy jihatdan bu tushuncha orqali kadrlar bilan ishlashga javobgar bo‘lgan barcha shaxslar va institutlar, masalan, rahbar shaxslar, kadrlar bo‘limi, ishlab chiqarish kengashlari, kasaba uyushmalari qamrab olinadi.

Inson resurslarini boshqarish shundan iboratki, odamlar korxonaning raqobat boyligi hisoblanadi. ularni joylashtirish, rivojlantirish, boshqa resurslar bilan birga asoslash kerak. bundan maqsad — korxonaning strategik maqsadlariga erishishdir.



Boshqaruv obyekti — korxonalar, tashkilotlar va muassasalar personalidir.

Obyekt sifatida ayrim xodim emas, balki faqat mehnat jamoasi qaralishi kerak, chunki jamoagina tugal mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan va umuman, tizimning xatti-harakatlarini belgilab beradigan qonun va qoidalar majmuiga bo‘ysunadi. Shundan kelib chiqib, boshqaruv obyekti brigada, uchastka, bo‘lim jamoasi bo‘la oladi. Tizim obyektlari bir-birlari bilan doimiy aloqada bo‘ladi. Natijada korxona ichida ham, undan tashqarida ham kadrlar harakatining turli jarayonlari sodir bo‘ladi.



Personalni boshqarish subyektiga - birinchidan, harakatdagi rahbarlik devoni kadrlarni tayyorlash, qabul qilish, ularning ishga ko‘nikishi, bir joydan boshqasiga o‘tkazilish jarayonining boshqarilishi va shu kabilarni, ikkinchidan, bo‘ysunuvchi bo‘limlar, jamoa va muntazam boshqaruvchi personalni, uchinchidan, boshqaruv subyektlari tarkibiga turli xil ishchilar, jamoani jipslashtirish, tarbiyalash, a’zolarning ijodiy faolligini oshirish sohasidagi vazifalarni bajaruvchi kasaba uyushmalari tashkiloti va boshqa jamoat tashkilotlari (masalan, sifatni oshirish to‘garaklari) ham kiradi.

Shunday qilib, butun boshqaruv tizimining asosiy elementi personaldir.


Zamonaviy ishlab chiqarishda asosiy vosita texnika hisoblanadi.

«Insonmashina» tizimida inson boshqaruv subyekti sifatida, mashina esa uning obyekti

sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda inson mashinaning ishlashi to‘g‘risida bevosita


axborot oladi va zarur qarorlar qabul qilib, ularni amalga oshiradi. Shunday
qilib, ishlab chiqarish doirasida inson va texnika bir-biriga ta’sir etadigan ish
joylari deb ataladigan maydon vujudga keladi.
Boshqa ishlab chiqarish tizimlari (korxona, firma, uchastka, brigada)lar ish
joylar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘ladi, bunda barcha ish joylarida mehnat
qurollari va boshqaruv xodimlari harakatini muvofiqlashtirish talab qilinadi. Bu
menejment vazifasini boshqaruv apparati deb ataladigan maxsus shaxslar guruhi
amalgaoshiradi.
Buyumlarni boshqarish jarayonida ishchilar moddiy boylik olish maqsadida
mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bu boshqariladigan obyektni ifodalaydi.
Shunday qilib, ishlab chiqarishni boshqarish ishchilarni boshqarishdan iborat
bo‘lib, ular o‘z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Bu esa o‘z navbatida
boshqarish subyektini ifodalaydi.

Hozirgi davrda boshqarishning ilmiy asoslangan


tamoyillari va qonuniyatlariga tayanmay xalq xo‘jaligi hamda korxonalarni


samarali boshqarib bo‘lmaydi.

Boshqarishni amalga oshirish ijtimoiy taraqqiyot


qonunlarini tobora to‘laroq bilib borishni va ilmiy asosda amaliyotda foydalanishni


taqozo qiladi. Chunki «Inson-mashina» munosabatlarida fan-texnikaning ishlab
chiqarish kuchlaridagi salmog‘i oshib boradi.


Download 111,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish