Reja: O`zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarni vujudga kelishi



Download 39,79 Kb.
Sana15.01.2020
Hajmi39,79 Kb.
#34207
Bog'liq
O`ZBEKISTONDA EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING HAL ETILISHI.

O`ZBEKISTONDA EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING HAL ETILISHI.
REJA:

  1. O`zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarni vujudga kelishi

  2. O`zbekistonda ekologik havfning vujudga kelishida suv zahiralarining ta`siri.

  3. O`zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari.

  4. O`zbekistonda yer-suv manbalaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish chora tadbirlari.


O`zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarni vujudga kelishi
O`zbekistonda qishloq xo`jaligi sohasida aynan yerga bo`lgan munosabatlarda juda katta islohotlar o`tkazilmoqda. Shu jumladan ko`p yillar davomida yuqori va sifatli hosil olish maqsadida barcha yerlar dehqon – fermer xo`jaliklariga aylantirilmoqda. Darhaqiqat, har bir xo`jalik o`z hududi tuproqlari ekologiyasi haqida qayg`ursa, mamlakatimiz hududining ekologiyasi yaxshilanishini ta`minlaydi.

Tuproq ekologiyasi asosan me`yoridan ortiq kimyoviy pestisidlar hamda mineral o`g`itlar ishlatilishi natijasida buziladi. Oqibatda nafaqat tuproq, balki atrof – muhit, o`simliklar va hosil orqali insonlar ham zaharlanadi. Ma`lumki, o`simliklar azotli o`g`itlarning atigi 30% i, fosforli o`g`itlarning esa 40% ini o`zlashtiradi, xolos. Qolgan asosiy qismi esa tuproqni, yer osti suvlarini va ekinlardan olinadigan hosil orqali o`zimizni ham zaharlaydi.1 Jumladan yerlarni sug`orish va sho`r yuvish natijasida tuzlar bilan birga nitrat/ nitritlar ham yuvilib, zovur, kollektor, drepeklardagi har xil o`simliklar nitratlar ta`sirida barq urib o`sib, sizot suvi chiqib ketishiga to`sqinlik qiladi. Sizot suvi sathi ko`tarilishi natijasida esa tuproqlarda ikkilamchi sho`rlanish avj oladi. Ikkinchidan, Qorako`l tumani aholisi asosan quduqlardagi sizot suvlaridan iste`mol qilgani sababli suv tarkibidagi nitratlar insonni ham zaharlaydi. AQSh, Germaniya, Chexiya, Slavakiya va Rossiya olimlarining tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, nitrat/nitritlar oshqozon saratonini keltirib chiqaradi, asab va yurak qon tizimlari hamda embrionning rivojlanishiga salbiy ta`sir etadi.

Fosforli o`g`itlar me`yoridan ortiqcha ishlatilganda tuproqqa fosforlanish jarayoni avj oladi hamda o`g`it tarkibidagi qo`shimcha og`ir metallar ko`payishi o`simliklar hosili orqali insonlar sog`ligiga salbiy ta`sir qiladi. Shu sababli biz mineral o`g`itlardan kamroq, uning o`rniga esa arzon va ekologik toza bo`lgan organic o`g`itlardan ko`proq foydalanishimiz maqsadga muofiqdir. Bu dala tajribalarida o`z tasdig`ini to`la topdi. Biz o`tkazgan dala tajribalariZarafshon daryosi del`tasidan ikki hududda, kamunum yangidan sug`oriladigan cho`lli – qumli va sur tusli qo`ng`ir tuproqlarda g`o`za, beda, bug`doy va makkajo`xori ekinlari bilan o`tkazildi.

Birinchi hudud buxoro viloyati Qorako`l tumani “Yangi hayot” fermer xo`jaligi dalalarida, ikkinchi hudud “Toshkent” shikat xo`jaligi dalalarida bo`lib, birinchi hududda makkajoxori va beda ekinlari ekildi. O`sha paytlarda qishloq xo`jaligida zaharli kimyoviy birikmalarning ko`p ishlatilishi oqibatida dehqonchilik maydonlarining ifloslanish darajasi haddan ziyod oshib ketdi. Zaharli pestisidlar oziq ovqat orqali odamlar organizmiga ham o`tdi. Binobarin, bug`doy zaharli preparatlar ishlatilganda tuproq tarkibida 15-20 yilgacha uning qoldiqlari saqlanib qolishi aniqlangan.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, tuproq tarkibining ifloslanishida sanoat korxonalarining ham “hissa” si sezilarli ekan. Buxoro viloyatidagi 32 ta korxonaning 77 manbaida turli zaharli changlar atrof muhitga tarqalmoqda. Andijon viloyatida 20, Surhondaryo viloyatida 27 korxona tarkibida uglevod oksidi, azot oksidi, ammiak, vodorod change bo`lgang`uborlar bilan muhitni ifloslantirayotganligi aniqlandi. 1

Ularga chang yutqichlarning yetarli quvvat bilan ishlamasligi yoki ko`pchilikning eskirganligi yohud faqat “xo`jako`rsin”ga o`rnatilganga o`xshaydi. Ohangaron shahrining janubiy tomoniga nazar solsangiz, osmondagi buralib o`ralayotgan tutun “yo`li”ga ko`zingiz tushadi. Bu sement korxonasi mo`rilaridan chiqayotgan garddir.

Vohada ekologik havfli maskan – bu Yangiobod shaharchas bo`lib, u Angren shaxridan 10-12 km uzoqlikda joylashgan. Bu yerda ilgari uran rudasi qazib olingan bo`lib, yerlarni qayta tiklash ishlari o`z vaqtida bajarilmagan. Natijada Yangiobod shaxarchasi atrofida millionlab tonna radiaktiv tuproqlar yig`ilib qolgan va yaqin atrofdagi hududlarga radiatsiya xavfini tug`dirmoqda. To`g`ri 90-yillarda hukumatimiz tomonidan qayta tiklash ishlarini olib borish uchun har yili ma`lum darajada mablag` ajratdilar. Lekin keyingi 2-3 yil davomida bu maqsadlar uchun mablag` ajratilmayapti. Bu esa mintaqada radiaksion xavfning yanada keskinlashuviga olib keladi. 1

Yangioboddagi buzilgan yerlarni qayta tiklash ishlariga qumita tomonidan 15 mln so`m ajratilgan.

Ushnu mintaqada yana bir bor radiaksion xavfli manba – Appartak ko`mir kini. Bu yerda radiaksion qatlamlarni ko`mish va yerlarni qayta tiklash ishlari kechiktirilmay olib borilishi lozim.

Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalari shu kungacha ko`mir hisobiga ishlab kelmoqda. Yaqinda Angren shahriga tabiiy gaz keltirildi. Bu quvonchli voqea nafaqat angrenliklarni, balki butun voqea viloyat xalqini quvontiradi. Chunki yuqorida qayd qilingan issiqlik elektr stansiyalarining bundan buyon ko`mirda emas, balki ekologik jihatdan toza ta`biiy gazga o`tkazildi. Bu ishlar amalga oshirilsa, vohadagi ekoligik vaziyat tuvdan yaxshilandi.

Mablag` yo`qligi tufayli Yangiyo`lda qurilishi lozim bo`lgan chiqindilarni qayta ishlash zavodi hamon paysalga solinmoqda.

Uzoq yillar davomida “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasida texnologik jarayonida bir necha million tonna ammofos chiqindilari – fosfogins yig`ilib qolgan bo`lib, yuzlab gektar hosildor yer maydonini egallab yotibdi va atrof – muhitga o`zining albiy ta`sirini ko`rsatmoqda. Bunday chiqindilardan xalq xo`jaligida foydalanish ucun juda ko`p mutaxassis olimlar ilmiy izlanishlar olib borishdi. Xatto shu mavzuda “Ammofos” ning 2 ta sobiq direktori fab direktori degan unvonga sazovor bo`lishdi.2 Ammo, vaziyat qanday bo`lsa shundayligicha qolmoqda.

Bundan 15 yil ilgari paxtazorlarimiz ustida erta kuzdan boshlab to kech kuzgacha o`nlab qishloq xo`jalik samalyotlari g`oza hasharotlariga qarshi va go`za bargini to`kish uchun zaharli kimyoviy moddalarni ayamasdan sochar edi. Bunday moddalarni havodan sepish oqibatida olis masofadagi maydonlardagi yer, suv, meval daraxtlar va poliz ekinlari zaharlanar edi. Bu faqat zararkunandalarni o`ldiribgina qolmay, shu bilan birga foydali hashorotlarni ham qirib tashlardi.1

Respublikamiz hududidagi yer manbalarini muhofaza qilish, undan oqiloda foydalanish diqqat markazida turadi. Bugungi kunda 110 ta shirkat xo`jaligi, 7000 dan ziyod dehqon – fermer xo`jaligi, 200 dan oshiq cjorvachilik fermasi, 27 ta sobiq qishloq xo`jalik aerodromlari, 126 ta mineral, 83 ta kimyovuy pistisidlarni saqlash omborxonalari va boshqa obyektlar qo`mita maxsus nazoratiga olingan. 2

Xo`jaliklar ekin maydonlariga ishlob berishda biologic usulni qo`llashga katta ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda viloyatdagi 26 ta biofabrikada biomateriallar ishlab chiqarilib, 430 ming gektardan ziyod ekin maydonida qo`llanilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun qo`mita tomonidan biofabrikalarga katta miqdorda mablag` ajratilmoqda.3

Tabiat muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishda, eng avalo ilm – fanga, olimlar, malakali mutaxassislarning maslahatlariga, qolaversa, butun xalqning madadiga tayanayotir. Shu boisdan ham, tabiatni muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan fan – texnika taraqqiyoti yangiliklarini keng miqyosda targ`ib qilmoqda. Ayni vaqtda aholining barcha qatlamlarini , o`sib kelayotgan yosh avlodni ekologik jihatdan yosh avlodni ekologik jihatdan tarbiyalashga, ularga tabiiy boyliklarini asrab – avaylash, o`simliklaru jonivorlarga nisbatan mehr – shavqatli bo`lish, ularni avaylash kabi fazilatlarni kuchaytirishga e`tiborni kuchaytirmoqda.

Ekologik vaziyatni obyektiv va har tomonlama tahlili shuni ko`rsatadiki, ekologik xavf – hatarlarning vujudga kelishi nafaqat an – texnika taraqqiyotiga, balki jamiyatning tabiat bilan o`zaro munosabatlarini boshqarish mehanizmining yo`qligiga bog`liq. Tabiiyki, bunday xol tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga, tabiiy muhitning nomaqbul ozgarishlariga olib keladi. Ekologik vaziyatning yomonlashuvi hamda tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, shuningdek, tabiatning ichki tuzilishi va rivojlanishining qonuniyatlariga amaliyotga yetarlicha e`tibor berilmasligi bilan bog`liq. Ichki boshqaruv mehanizmiga ega bo`lgan ta`biiy muhit o`zida sodir bo`ladigan jarayonlarni muayyan muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega. Shu sababli tabiiy muhitning o`zgarish dinamikasi ma`lum sig`im orqali, ya`ni o`z – o`zini tiklash resurslarining mavjudligi bilan ifodalanadi. Agar inson faoliyatining ta`sir ko`lami tabiiy muhitning o`z – o`zini tiklash resurslarining mavjudligi bilan ifodalanadi. Agar inson faoliyatining ta`sir ko`lami tabiiy muhitning o`zini – o`zi tiklash imkoniyatlaridan ortiqcha bo`lsa, tabiiy muhitning nomaqbul o`zgarishlari ro`y beradi va bu o`zgarishlarni qanday yo`nalishda sodir bo`lishni oldindan beldilash va boshqarish imkoniyatlari bo`lmaydi.

Tabiiy muhitning ekologik jihatdan nomaqbul o`zgarishlarining ilmiy texnikaviy omillari ko`pgina hollarda jamiyatning tabiatga nisbatan munosabatlariga bog`liq. Chunki jamiyat tabiat bilan o`zaro ta`sir jarayonida tabiatdan oqilona foydalanishni foydalanishni rivoflanirish va boshqarish strategiyasini optimallashtirish vazifalarining hal etish uchun yetarlicha tayyor bo`lmaydi. Binobarin, tarqqiyotning hozirgi bosqichi fan – texnika taraqiyoti shartlarida jamiyat va tabiat orasidagi o`zaro munosabatlar muammolarning dolzarbligi o`zaro ta`sir jarayonini optimallashtirishning yo`llarini “jamiyat - tabiat” tizimini doirasida izlanishni taqozo etadi. Tabiiy muhitga inson faoliyati ta`sirining kuchayishi va tabiiy muhit sifatining turli mintaqalarida yomonlashuvi yo`l qo`yilgan ko`pgina xatoliklarning sabablarini ochish va jamiyat xo`jalik faoliyatini boshqarish mehanizmi teran tadqiq qilish zaruriyatini vujudga keltiradi.

Jamiyat va tabiat orasidagi o`zaro ta`sir va bu ta`sir tufayli tabiiy muhitda sodir bo`ladigan o`zgarishlarning dolzarb umumzaminiy muammolari Markaziy Osiyo mamlakatlarida xususan, O`zbekistonda ham vujudga mintaqaviy belgilarga va sharoitlarga ega.

Markaziy Osiyo mintaqasi – ekologik falokatning g`oyat xavfli hududlardan biridr. “Vaziyatning murakkabligi shundaki”, - deb ta`kidlaydi I. Karimov o`zining “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida” kitobida, - u bir necha o`n yilliklar mobaynida ushbu muammoni inkor etish natijasidagina emas balki, bu mintaqada inson hayot faoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida qolganligi natijasida kelib chiqqandir.1

Darhaqiqat, Markaziy Osiyo mintaqasida ko`plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatning hayoti uchun fojeaga aylandi. Ularni qirilib ketish, ipofondning yo`q bo`lib ketishi yoqasiga kelirib qo`ydi. Bu jarayonlar O`zbekiston uchun ham xosdir. Mutaxassislarning baholashicha O`zbekistonda juda murakkab va xavfli vaziyat vujudga keldi. Shu sababli hukumatva davlat mamlakatimizda atrof – muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga juda katta e`tibor bermoqda. Mustaqillining dastlabki yillaridan boshlab atrof – muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlarini qabul qilindi.

Hozirgi paytda tabiatdan oqilona foydalanish va atrof – muhitni muhofaza qilish sohasidagi barcha chora tadbirlar atrof – muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha 2005-yilgacha mo`ljallangan Davlat dasturi asosida tashkil etilgan. Tabiatni muhofaza qilish borasidagi milliy tadbirlar boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan keng va xalqaro tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilish ishi bilan qo`shib olib borilayotir.


O`zbekistonda ekologik havfning vujudga kelishida suv zahiralarining ta`siri.
Mamlakatimizning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini samarali tashkil etish va jadallashtirish sharoitida, ona tabiat muhofazasi hamda undan oqilina foydalanish masalasi butun xalq xo`jaligi rivoji bilan bevosita birlikda qaratiladi.

Suv qishloq xo`jaligi va sanoat ishlab chiqarishdagi deyarli barcha texnologik jarayonlarning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur sohalardagi texnologik jarayonlarda suv juda ko`p ishlatiladi. Chunki suvdan haddan ortiq ko`p foydalanilsa, oxir oqibat u yetishmay qolishi mumkin. Sababi, hozirgi zamon texnikasi uni yuz foiz tozalashga qodir emas. Suvni butunlay tozalash uchun ham oqova suvlardan foydalanishga to`g`ri keladi. Bu esa suvni yana isrof qilish demakdir. Tabiiy suv havzalarida o`z – o`zini tozalash effekti ham katta samara beradi.

Resbublikamizda hozirgi vaqtda ifloslangan oqova suv manbalariga oqizish uchdan birga qiziqtirildi. Suvni tejab ishlatish borasida nazorat kuchaymoqda. Dalalarga rejali asosda suv berilyapti. Xonadonlarga suv o`lchagich asboblar o`rnatilmoqda.

Garchang yer yuzida suv eng ko`p tarqalgan modda bo`lsa-da, ularning 98 foiz tashkil etadi. Umumiy chuchuk suvning atigi 0,1 foizidan foydalanish imkoni bor, xolos.1

Suv ona sayyoramizda eng ko`p tarqalgan noorganik moddadir. Suvsiz yerda hayot yo`q. Suv – yerdagi asosiy hayotiy jarayon hisoblanmish fotosentezda yagona kislorod manbaidir. U ob havo va iqlimning shakllanishida katta ahamiyatga ega.

Yerdagi suvning katta qismi dengiz va okeanlarda to`plangan. Yerda tarqalgan butun suvning atigi 2 foizi chuchuk suv ulushiga to`g`ri keladi. Chuchuk suvning 85 foizini qutb zonalaridagi muzliklar va boshqa muzlar tashkil etadi. Chuchuk suvlarning qayta tiklanishi tabiatda suv aylanishi tufayli sodir bo`ladi.1

Yer kurrasining ko`pgina hududlarida daryolar asosan elektr manbai hisoblanadi. Chuchuk suvlardan inson turmushda, qishloq xo`jaligi va sanoat ehtiyojlar uchun foydalanadi.

Qadimdan xalqimiz orasida “Bir narsani yo`qotmay turib, ikkinchisi narsaga erishib bo`lmaydi”, degan hikmatli so`z yuradi. Sobiq sho`rolar davrida, ekin ekiladigan maydonlarni kengaytirish maqsadida cho`llarni o`zlashtirishga tushdilar. Holbuki, o`zlashtirilgan cho`l tuproqlarining oddiy lalmikor tuproqlarga nisbatan suvga bo`lgan ehtiyoji bir necha barobar yuqori. Bu muammo ham hamirdan qil sug`urgandek osongina hal etildi, ya`ni Amudaryo va Sirdayyoning Orolga boradigan yo`nalishini o`zlashtirayotgan cho`l zonasiga burdilar. Suvdan ayovsiz, vaxshiylarcha foydalanish natijasida Orol dengiziga quyiladigan suvning miqdori kamayadi. Ha, basilar o`ylagan maqsadiga erishdi, ya`ni mahsuldorlikni oshirish uchun yerlar kamaytirildi. Ammo bizga undan ikki barobar qimmatga tushgani – Orol dengizining batamom qurib qolish havfi tug`ildi.2

Orol dengizining qurib borishi bilan vujudga kelgan ekologik va ijtimoiy – iqtisodiy muammolar hozirgi kundagi eng dolzarb masala sanaladi. Va bu borada ko`pchilikda yetarli ma`lumotlar bor. Lekin, Orol dengizining muammosi jamoatchilik e`tiboridan holi bo`lib kelayotgani yo`q.

2000-yilda Prezidentimiz I. A. Karimov Birlashgan Millatlar Tashkilotida bo`lib o`tgan ming yillik sammetetining 55-sessiyasida Orol muammosining yana ilgari surdi va bunda Orolning muammoga aylangani e`tirof etildi.1

Aslida Orol dengizi muammosi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Lekin bu muammo so`nggi o`n yilliklarda xavfli darajada ortdi. Orol dengizi muammosi soyasida qolib, jamoatchilik e`tiboridan xoli bo`lib kelayotgan bir qancha muammolarni ham tilga olishimiz zarur.

Xususan, mamlakatimiz aholisini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash jiddiy e`tibor qaratish kerak bo`lgan masalalarning eng muhimi sanaladi. Raqamlarga tayanib aytadigan bo`lsak, respublikamiz shahar, shahar posyolkalari va tuman markazlari aholisining 89 foizi toza ichimlik suvi bilan ta`minlangan. Mamlakatimiz aholisining 60 foizidan ko`pi qishloqlarda yashashini e`tiborga oladigan bo`lsak, bu boradagi ahvol yanada yaqqolroq namoyon bo`ladi. Ya`ni, davlatimiz mustaqillikka erishgunga qadar qishloq aholisining 52 foizinigina qoza ichimlik suvi bilan ta`minlangan.2 O`tgan o`n bir yil davomida bu ko`satkich 74,9 foizga yetkazildi.

Bundan tashqari qishloq aholisini qoza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta`minlash bo`yicha maxsus davlat dasturi amalga oshirilmoqda.

Ma`lumki, O`zbekistondagi ichimlik suv ta`minotining 80 foizi yerosti suvlari hisobidan amalga oshiriladi. Mamlakatimizda ichimlik maqsadlarida foydalaniladigan 95 ta yerosti suvlari manbalari mavjud bo`lib, ulardan 72 tasi chuchuk suv manbalaridir.3

Tan olib aytish kerakki, antropogen ta`sir ostida mavjud chuchuk yerosti manbalarining sifati yomonlashmoqda, ya`ni ma`lum darajada ifloslanishi kuzatilmoqda. Misil uchun, eng katta yerosti suv zahirasi bo`lmish farg`ona viloyatidagi suvning azot birikmalari, neft mahsulotlari bilan ifloslanganligi, mineralizatsiyasi oshganligi va ular hajmining kamayib borayotganligi tashvishlanarli holdir. Shunga o`xshash holatlarni Namangan viloyatining Olmos – Vazrik, Iskovat – Peshkanar, Samarqand viloyatining Toshhurd va Xo`jaipak, Toshkent viloyatining Ravot – Zomin yerosti suv manbalarida ham kuzatish mumkin.

Bunday noxush holatlarni oldini olish maqsadida tabiatni muhofaza qilish davlat qumutasi tomonidan chuchuk yerosti suvlari hosil bo`ladigan hududlarga alohida muhofaza etiladigan hududlar maqomini berish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, respublikamiz muqyosidagi 11 ta va viloyatlar miqyosidagi 8 ta hududlarga ushbu maqomni berish ishlari amalga oshirilyapti.1

Xususan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chirchiq, Ohangaron, So`x va Chimyon – Avval yerosti chuchuk suvlari hosil bo`ladigan mintaqalarga alohida muhofaza etiladigan gududlar maqomini berish to`g`risida”gi hamda Zarafshon vodiysi, O`sh – Aravon, Norin, Kitob – Shahrisabz yerosti chuchuk suvlari hosil bo`ladigan mintaqalarga ushbu maqomni berish to`g`risidagi qarorlari qabul qilindi.

Viloyatlar miqyosidagi yerosti chuchuk suvlari hosil bo`ladigan 8 ta mintaqadan 5 tasida Farg`ona, Namangan, Samarqand va Surhondaryo viloyatlari hokimlarining tegishli qarorlari qabul qilindi, bular: Farg`ona viloyati Isfara yerosti chuchuk suv manbasining Beshariq uchastkasi, Namangan viloyatining Olmos – Vazrik, Iskovot – Peshkanar yerosti chuchuk suv manbalari, Samarqand viloyati Nurosti chuchuk suv manbasining Djyush uchastkasi, Surhondaryo viloyati Toshhurd yerosti chuchuk suv manbalaridir.2

Daryolar ifloslanishining oldini olish maqsadida o`tgan 2002 yil mobaynida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Qashqadaryo daryosining qirg`oq bo`yi polosasi va muhifaza zonasini belgilash to`g`risida”gi hamda “Samarqand, Navoiy va Buxori viloyatlaridagi Zarafshon daryosining qirg`oqbo`yi polosasi va muhofaza zonasini belgilash to`g`risida”gi qarorlar qabul qilindi.3

Aholining toza ichimlik suvi bilan ta`minlanganligini yaxshilash masalasihal qilinayotgan bir vaqtda oqova suvlarni chiqarib tashlash va ularni tozalash uchun kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, mavjud tozalash inshootlarini kengaytirish va yangilarini qurish masalariga yetarli darajada e`tibor berilmayapti.

Respublikamizda ekologik holatning yangilanishiga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan omillardan yana biri – chiqindilarni joylashtirish va ularni qayta ishlash muammosining ,to`liq hal etilmaganli hisoblanadi.

Jahonda ham maishiy chiqndilar muammosi shu paytgacha to`liq ijobiy hal etilmagan. Zotan, har yili bir shahar aholisidan o`rtacha 150 kg dan 600 kg gacha chiqindi jon boshiga Amerika Qo`shma Shtatlarida 520 kg ni, Norvegiya, Ispaniya, Shvetsiya va Nederlandiyada 200-300 kg ni tashkil etadi. Toshkent shahrida esa bu ko`rsatkich 240 – 260 kg ni tashkil etmoqda.1

Tahlillarga murojaat qiladigan bo`lsak, O`zbekiston hududida qattiq maishiy chiqindilar tashlanadigan 200 ga yaqin shahar va qishloq ahlatxonalari mavjud. Ularda tahminan 30 mln. kub – metr axlat to`planadi. Ming afsuski, ushbu axlatxonalarda to`planayotgan chiqindilarni zararlantirish va ko`mib tashlash hamon eskirgan usullar bilan amalga oshirilmoqda.

Bu muammolarni bartaraf etishda, respublikamizda qabul qilingan ekologik dasturlarning bekamiko`st bajarilishiga bog`liq. Daraxtzor va o`rmonlarni ko`paytirish, manzarali daraxtlarni yo`l chetlariga ko`plab o`tqazish mavjud muammolarning oldini olishga ijobiy natijalar beradi.



O`zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari.
Mustaqil yurtimiz iqtisodiy rivojlangan jannatmakon o`lka bo`lib qolishi uchun sog`lom ekologik jihatdan toza atrof – muhitni yaratish, odamlar salomatligini asrash muhimdir. Insonning butun hayoti – tug`lishi, yeb – ichishi, o`sib – unishi, mehnat qilishi – barcha barchasi tabiat bilan payvand.

Yer kurrasi atrofini o`rab olgan havo qatlamiga atmosfera deymiz. Yer atmosferasi amaliy jihatdan cheksiz, uning kimyoviy tarkibi bir xil balandliklarda deyarli o`zgarmaydi. Ammo ishlab chiqarishning uzluksiz rivojlanishi natijasida atmosfera tarkibi ifloslanib bormoqda. Bundan tashqari, yer sifatidan uchib chiqqan turli – tuman chang, metal zarralari havoga to`planib, maxsus inversiya qatlamini hosil qiladi. U esa quyoshdan kelayotgan yorug`lik oqimini yer sirtiga o`tishiga to`sqinlik qiladi. Oqibatda yerda iqlim o`zgaradi. Tirik mavjudotning hayoti havf ostida qoladi. Hozirgi kunda atmosferani muhofaza qilish masalasi jahon xalqlarini tashvishga solib kelmoqda. Demak, har bir madaniyatli kishi atmosfera va uning ahamiyati haqida ma`lum darajada ma`lumotga ega bo`lmog`i lozim.

Havo yer kurrasining tarkibiy qismi, hayot ana shu havo qatlami ostida paydo bo`lgan. Undagi hayot kosmik ta`sirlar bilan bevosita bog`langan. Atmosferaning yuqori qatlamiga har sekundda kosmos va quyoshdan nihoyatda katta quvvatga ega bo`lgan to`lqin oqimlari: nurlanish, shiddatli roentgen nurlari va boshqalar kelib turadi. Ammo ularning ko`pi atmosferaning yuqori qatlamlarida tutilib qoladi. Aks holda zararli radiatsiyadan yerdagi hayot nobud bo`lgan bo`lardi. Atmosfera quyosh nurini hayot yaratsa zarur bo`lgan miqyosda o`tkazib, yerning isishiga imkon yaratadi, undan qaytayotgan nurlarni esa olam fazosiga tarqalib ketishiga yo`l qo`ymaydi. Bu hol yerni sovib qolishdan saqlaydi va sutka davomida havo haroratining keskin o`zgarishiga to`sqinlik qiladi.

Atmosferasiz yer ham oyga o`xshab “o`lik” jism bo`lardi. Armosferasiz daryo, dengiz, okean, muzliklar Quyosh quvvati ta`sirida bug`lanib fazoga tarqalib ketgan bo`lar edi. Atmosfera yerni meteorlar oqimidan himoya qiladi.

Atmosfera nafaqat tiriklar manbai, u tuganmas boylik hamdir. Undan turli maqsadlarda foydalaniladi.

Sanoat korxonalari va avtomobillardan chiqayotgan bunday zararli gaz tutun va changlar atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi tabiiy. Borliqni quyoshning zararli ultrabinafsha nurlari ta`siridan saqlaydigan ozon qatlami kundan – kunga yemerilib, ,butun dunyo olimlari oldida global muammo bo`lib qolmoqda.1

Ayniqsa, XXI asrga kelib yer sharining himoya qatlami ancha siyraklashgan. Hozir BMT ning atrof – muhit muammolari bilan shug`ullanuvchi YuNEP dasturi ozon qatlamining muhofaza qilish bo`yicha sa`y – harakatlar olib bormoqda. O`zbekiston ham bir qancha konvensiyalarga qo`shilib, ozon qatlamini zararli moddalardan muhofaza qilishga oid Vena konvensiyasini va Memorial Protokolni ratifikatsiya qilgan.

Shaxrimiz chiroyiga dog` bo`lib, mahallalat hududlarida, katta ko`chalar atroflarida, ariq bo`ylarida to`p – to`p yonayotgan va havoga zaharli konserogen islarni chiqarayotgan axlat uyumlari so`nggi paytlarda bizning befarqligimiz ortayotganligini ko`rsatayapti. Xolbuki, axlatxonalardan chiqayotgan tutunning zarari inson salomatligi uchun sanoat korxonalaridan chiqayotgan islardan ham ko`ra ming chandon zararlidir. Shunday ekan, chiqindilarni shahar tashqarisiga olib chiqib tashlash bilan masala hal bo`lmaydi. Fikrmizcha , har bir yirik korxona, har bir tuman o`z hududidagi chiqindilarni bartaraf qilishlari uchun kichik – kichik zavodlarni ishga tushirishlari lozimga o`xshaydi.

Bir paytlar Amerikadagi Michigan ko`li, Angliyadagi Temza daryosi, Yevropadagi Reyen daryosi kabi mashhur daryolar sirasiga kirib qolganligini ko`pchilik bilmasa kerak. Rivojlangan ushbu mamlakatlarda amalga oshirilgan ekologik tadbirlar natijasida bu daryolarga qayta “jon” ato etildi. 1 ekologik vaziyat tiklandi.

Shahrimiz atmosferasi, havosi to`g`risida gap ketganda, avtomobillarning ham haviga chiqayotgan zararli gazlari haqida to`xtalishga to`g`ri keladi. Shu kungacha shahrimizda 300 mingdan ziyod transport vositalari mavjudligini inobatga olsak, atmosferaning ifloslanishida ularni “unim”i qancha ekanligini tasavvur qilish qiyin emas.2

Zero, 1 litr benzinni yoqish uchun 15 – 20 kubmetr kislorod sarflanadi. Mavjud 300 mingdan ortiq transport vositalari 5 litrdan benzin yoqsa, transport vositalaridan chiqayotgan turli xil zaharli moddalar insonda benzapirin, qo`rg`oshin singarilar zamirida saraton (rak) kasalligini keltirib chiqarishni tadqiqotchilar isbotlashgan. 3

Xalqaro tashkilotlarning izlanishlari natijasi shuni ko`rsatadiki, yirik shaharlardagi bolalarning sochi, tirnoqlari hamda qonida qo`rg`oshin, benzapiren moddalari qishloqlarda yashaydigan bolalarga qaraganda ancha ko`p ekan. Ayollardagi anemiya (kamqonlik), erkaklardagi yurak qon –tomir kasalliklarining ortib borayotganligi ham tashvishli holdir. 4

Doimiy manbalardan atmosfera havosiga zararli ta`sir ko`rsatish normativlari alohida o`rnatiladi va ularni sog`liqni saqlash vazirligi va tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi tomonidan ishlab chiqiladi va ta`qiqlanadi.

O`zbekistonda atmosferaga 150 turdagi ifloslantiruvchi moddalar chiqariladi. Qolganlarida ularning o`rnatilishi yoki yangisi bilan almashtirilishi talab etiladi.

Yangi qonunning o`ziga xos tomonlaridan yana biri atmosfera havosidan foydalanishga doir normativlarning o`rnatilishidadir. Ushbu foydalanish normativlari ko`chma manbalar, doimiy ifloslantiruvchi manbalar, fizik omillar bo`yicha alohida o`rnatilgan. 1

Normativlarning eng yuqori ko`rsatkichlari atmosfera havosining tabiiy tarkibining o`zgarishiga olib kelmaydigan darajada belgilanadi. Atmosfera havosidan foydalanish normativlari korxona muassasa, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasida tasdiqlanadi.

Ko`chma manbalardan atmosfera havosiga zararli ta`sir ko`rsatish normativlari, tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi va sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab qo`yilgan. Ayniqsa, bu o`rinda avtomobil, traktor, tramvay, tlolebus, samalyot, poyezdlar tomonidan chiqariladigan tovushlarga birinchi bor qonunda alohida e`tibor qaratildi.

Doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosfera havosiga ifloslanltiruvchi moddalar va biologic organizmlarni chiqarish va foydalanishni tartibga solish tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi tomonidan beriladigan ruhsatnomalarga binoan yo`lga qo`yiladi.

Qonunning 14 – moddasiga barcha turdagi yoqilg`I – moylash materiallarini standartlashtirish talabi o`rnatilgan. 2

Bu degan so`z energetika vazirligiga qarashli issiqlik stansiyalari isitish va sanoat qozonlarida yoqilg`ini ishlatishni “O`zneftgaz” korporatsiyasi bilan kelishilgan tarzda muayyan standartlarga muofiq ravishda olib boradi. Yoqilg`I va yoqilg`I – moylash materiallarini talabi Farg`ona va Shurtangazkombinat zavodlarida jahon standartlariga moslashtirilishi shart. Bu standartlarni o`rnatish va nazoratlash juda serchiqim tadbir bo`lib, u mazkur, korxonalar tomonidan tabiatni muhofaza qilish qumitasi bilan kelishgan tarzda olib boriladi. Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasining ma`lumotlariga ko`ra yoqilg`I materiallari sifatining yomonligi va motor yoqilishining tarkibida oltingugurtning ko`pligida, deb xulosalangan. Yaqin kelajakda Buxor neftni qayta ishlash zavodi etilsiz yoqilg`ilarni ishlab chiqarish niyatida. 1

Ana o`shanda Yevropa, Yaponiya, Amerikada bolgani kabi O`zbekistonda ham atmosfera havosi nisbatan musaffolashadi degan. 2

Sobiq ittifoq hududida mustaqil respublikalarning paydo bo`lishi ularga yaxshi amallarning ko`payishi bilan bir qatorda noekologik oqibatlarni ham keltirib chiqaradi. Bunga misol qilib rivojlangan mamlakatlardan keltirilgan eski avtomobil parkining to`planishi va ularni nosoz ekspluatatsiya qilinishi 1997-yildan boshlab ushbu holat O`zbekiston uchun qo`llanilmadi. Birinchi navbatda Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risidagi qonunda chetdan olib kirilayotgan mashinalarga katta talablarning qo`yilishi va bojxona to`lovlarining ko`paytirilishi, ekologik mos ravishda avtomobillarga oid ekologik normalarni tadbiq qilishga kirishilgan.

Mamlakatimizda ekologik va mehnat muhofazasiga e`tibor ortib bormoqda. Demak, biz ekologik va mehnat madaniyati sari boryapmiz. Shu yo`lda mustahkam bo`lsak, hayotimiz va el salomatligi tobora yaxshilanib, iqtisodiyotimizning esa samaradorligi oshib boraveradi.
O`zbekistonda yer-suv manbalaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish chora tadbirlari.

Ona tabiatni asrash, unga nisbatan munosabatni tubdan o`zgartirish bugungi kunda barchamizning vijdon burchimiz bo`lib qolmoqda. Bu beznes emas. Zero uzoq yillar davomida biz tabiatga bir tomonlama munosabatda bo`ldik. Undan faqat tortib oldigu, ammo kelajak taqdirimizni o`ylamadik. Oqibatda shu tabarruk zaminimizning jarohatlanishiga olib keldik. Balki o`z – o`zimizni ham jarohatladik.

Xayrli ishning kechi bo`lmaydi, deydi dono xalqimiz. Qayta qurish, demikratiyalash va oshkoralik tufayli necha o`n yillar davomida qalbimizda armon bo`lib yurgan dardu alamlarimiz, shu jumladan, sobiq markazdagi ba`zi vazirliklar va idoralarning noto`g`ri siyosati tufayli o`lkamizda chala – chulpa qurilgan sanoat korxonalari qurilishi va transport tashkilotlarining bugungi kunda tabiatimizga xalqimiz hayotiga yetkazayotgan zararlari haqida ochiq oydin gapiradigan bo`ldik. Ularni bartaraf etishni lozim deb topdik.

Masalan, Toshkent viloyati o`zinig industrial salohiyati, agrosanoat majmuasining xilma – xilligi bilan respublikamizning boshqa mintaqalaridan ajralib turadi. Uning umumiy maydoni 15,6 ming kv. kilometrni tashkil etib, bu yarda 2,5 mln aholi yashaydi. 1

Viloyat sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish xo`jaligi, qurilish industriyasi va transport tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan bo`lib, respublikada ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning 20 foizga yaqin miqdori ishlab chiqariladi. Viloyat hududida faoliyat ko`rdatayotgan energetika, kimyo, qishloq xo`jaligi mashinasozligi, metallurgiya, paxtani qayta ishlash, yengil va oziq – ovqat sanoati respublikamizda yetakchi tarmoqlardan hisoblanadi. O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi, ,mineral o`g`itlar qurilish materiallarining (sement, shifer) 50.0 foizdan ortiqrog`i, qora va rangli metal hamda ko`mir qazib olishning 90 foizi poytaxt viloyatiga to`g`ri keladi. 2

Hozirgi kunda viloyatda 14 mingdan ziyod korxona, qo`shma korxona, qurilish va transport tashkiloti, xo`jaliklarning shirkat xo`jaliklari faoliyat ko`rsatmoqda.

Qayd etilgan korxona, tashkilot xo`kaliklarning barchasi yer va suv manbalaridan, biomanbalardan, yerosti va ochiqdagi foydali qazilmalardan foydalanib kelmoqda. Armosfera va suv havzalarining tozaligiga, yer va biosfera dunyosining barqarorligi salbiy ta`sir ko`rsatibgina qolmay, ba`zi bir o`simlik va hayvonlar noyob turlarining yo`qolib ketishiga, ming yillar davomida Ona tabiat tomonidan yaratilgan tabiiy muvozanat buzilishiga sabab bo`lmoqda.

Shu o`rinda Prezidentimiz Islom Karimovning ekologik muammo haqida shunday fikr bildiradi. “Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining bugungu va ertasi uchun muhim muamolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko`p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan tarmoqlarining ekologik jihatidan zararsiz texnologiya yordamida rivojlantirishni ta`minlash imkoniga ega bo`linadi.”

Respublikamiz, shu jumladan viloyatimizdagi mavjud ekologik muammolarni hal qilish maqsadida respublika hukumati 2005-yilgacha bo`lgan davrda atrof tabiiy muhit muhofazasi bilan bog`liq milliy dasturni qabul qildi. Mazkur dasturni boshqarish yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan 1999-yil 10-noyabrda 316-qaror qabul qilindi va ushbu dasturni amalda bajarish yuzasidan viloyat hokimligi va viloyat “Tabiatni muhofaza qilish qumitasi” tomonidan aniq tadbirlar ishlab chiqildi.

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridayoq mamlakatimiz hududida ekologik xavfsizlikni tug`dirayotgan barcha muammolarga hukumatimiz rahbariyati, shaxsan Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov asosiy e`tiborni qaratmoqda, chunki tabiat, atrof – muhit toza bo`lsagina jamiyatimizda sog`lom turmush tarsi qaror topadi.

Tabiatni muhofaza qilish qumitasi va uning joylardagi tizimlari o`z faoliyatini respublika hukumati tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarda belgilangan tamoyillarga qat`iy rioya qilgan holda olib bormoqdalar. Ekologlarimiz sanoat korxonalari, qurilish va transport tashkilotlari, qishloq xo`jaligi, muassasalar jamoat uyushmalari bilan hamkorlikda ishlashga intilmoqdalar, bu esa o`zining ijobiy smaradorligini bermoqda. Shuning uchun ham ekologik jihatdan juda tashvishli bo`lgan qator hududlarda ahvol birmuncha yaxshilardi. Masalan, Bo`stonliq, Parkent, Bo`ka, Oqqo`rg`on, Chirchiq tumanlaridagi ekologik holat boshqa hududlarga nisbatan ancha yaxshi hisoblandi. 1

Shunga qaramay, hozirgi davrda ekologik vaziyatning chindan ham nihoyatda qaltisligini hech kim inkor eta olmaydi. Chindan ham suvimiz, havomiz ifloslanib, yerimiz zaharlanmoqda, uning ayanchli oqibatlari esa insonlar hayotiga o`z ta`sirini ro`y rost ko`rsatmoqda.



1 Shodimetov Yu. “Ijtimoiy ekologiyaga kirish” Toshkent, 1994-yil.

1 Abdullayev O, Toshmatov Z. “O’zbekiston ekologiyasi bugun va ertaga” Toshkent, 1992-yil.

1 Xolliyev, I. Ikromov “Ekologiya” toskent 2004-yil

2 G’ulomov P. N. “Inson va tabiat” Toshkent, 1980-yil

1 Atrof – muhit haqida ta’limot. Ma’ruzalar matni, Qarshi, 2000-yil.

2 Jamiyat va boshqaruv. 2002-yil 3-son.

3 O’sha joyda

1 Karimov I. A. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” Toshkent. 1997-yil . 259-371 betlar.

1 A. Negmatov “Ekologiya huquqi” Toshkent, 2004-yil, 67-86 betlar

1 “Xalq so’zi” gazetasi. 2002-yil mart oyi.

2 I. Xolliyev, A. Ikromov “Ekologiya” Toshkent, 2004-yil 111-126 betlar

1 A. Negmatov “Ekologiya huquqi” Toshkent, 2004-yil

2 “Hamkor” gazetasi, 2003-yil, 3-son.

3 “Jamiyat va boshqaruv” 2002-yil 3-son.

1 Abdullayev O, Toshmatov Z,. “O’zbekiston ekologiyasi bugun va erta” Toshkent, 1992-yil.

2 Rafiqov A.A. “geoekologik muammolar” Toshkent, 1997-yil.

3 A. Nigmatov “ekologiya huquqi” Toshkent, 2004-yil, 105-bet.

1 Shodimetov Yu. “Ijtomoiy ekologiyaga kirish” Toshkent, 1997-yil.

1 G’ulomov P. N. “Inson va tabiat” Toshkent, 1980-yil.

1 “O’zbekiston ovozi” gazetasi. 2002-yil, avgust.

2 Atrof muhit haqida ta’limot. Ma’ruzalar matni. Qarshi, 2000

3 Janubiy O’zbekiston tabiatini o’rganishning dolzarb muammolari. Qarshi, 2002, 215-232 betlar

4 O’sha joyda.

1 A. Negmatov “Ekologiya huquqi” Toshkent, 2004 yil 87-93 betlar.

2 A. Negmatov “Ekologiya huquqi” Toshkent, 2004 yil.

1 Demokratlashtirish va inson huquqlari. 2003-yil, 1-son.

2 Demokratlashtirish va inson huquqlari. 2003-yil, 1-son.

1 G’ulomov P. N. “Inson va tabiat” Toshkent, 1980.

2 Janubiy O’zbekiston tabiatini o’rganishning dolzarb muammolari. Qarshi, 2002-yil.

1 G’ulomov P. N. “Inson va tabiat” Toshkent, 1980.

Download 39,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish