Reja: Mustaqil O’zbekistonda ta‘limning uzluksizligi va izchilligi



Download 149 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi149 Kb.
#255690
Bog'liq
uzluksiz


mohiyatini izoxlang

Reja:


1. Mustaqil O’zbekistonda ta‘limning uzluksizligi va izchilligi.

2. Ta‘lim mazmunini shakllantirish.

3. Davlat ta‘lim standartlari.

4. O’quv rejalari va dasturlari.

Mustaqil O’zbekistonda ta‘limning uzluksizligi va izchilligi

Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy taraqqiyotning demokratik – huquqiy, fuqarolik jamiyatini qurish yo’lidagi ishlar boskichma-bosqich amalga oshirilmoqda. “... barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi, ... fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma‘naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, eng muhim vazifalardan biri bo’lib qoladi”. (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1998. 3-b). Shu boisdan ilk qadamlardanoq milliy ta‘lim-tarbiya tizimini jahon andozalari darajasiga chiqarish maqsad qilib qo’yildi. Bunday ulug’vor vazifalarni amalga oshirishni mamlakatdagi mavjud uzluksiz ta‘lim tizimini isloh qilmasdan ta‘minlab bo’lmas edi.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) xuddi shu maqsadga qaratilgan tarixiy davlat hujjatidir. Unda uzluksiz ta‘limga shunday ta‘rif beriladi: “Uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.

Uzluksiz ta‘lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning ildam tayyorlanishi uchun zarur shart – sharoitlar yaratadi” (O’sha manba, 43-b).

“Uzluksizlik” – to’xtovsiz, muntazam davom etuvchi jarayon tushunchasini anglatadi. “Uzluksiz ta‘lim”, tushunchasi yuqoridagi fikrga monand – komil shaxs ta‘lim – tarbiyasini uzluksiz yo’lga qo’yishni anglatadi.

Muhammadi Rasululohning muborak xadislarida: “Beshikdan qabrgacha ilm izla!”, - deyilgan. Demak, buyuk ajdodlarimiz ham barkamol avlod ta‘lim-tarbiyasi uzluksiz bo’lishi lozim deb hisoblashgan (Imom Ismoil Buxoriy. Hadis. 1- kitob. Toshkent, “Meros”, 1991. ....-b.)

Faqat uzluksiz davom etuvchi pedagogik jarayonlardagina barkamol shaxs shakllanishi mumkin. Shaxsni shakllantirmasdan, rivojlantirmasdan turib, davlatni ham, jamiyatni ham, rivojlantirish mumkin emas. Uzluksiz ta‘lim shaxs kamoloti jarayoniga jadal ta‘sir ko’rsatuvchi eng muhim omildir.

Kadrlar tayyorlashning milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz, ta‘lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat yaxlit jarayon komponentlarini o’z ichiga oladi. Binobarin, shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub‘ekti va ob‘ekti, ta‘lim xizmatlarining iste‘molchisi va muallifi; davlat va jamiyat – ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi, qabul qiluvchi ijtimoiy hodisa, kafolatchilar; uzluksiz ta‘lim - raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi, ta‘lim turlari va standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimini o’z ichiga oladi; fan – yuksak soviyali pedagogik texnologiyalarni ishlab chiquvchi kuch; ishlab chiqarish - kadrlar tayyorlashga, ularning sifatiga qo’yiladigan talablar buyurtmachisidir.

Uzluksiz ta‘limining faoliyat ko’rsatish tamoyillari quyidagilarni o’z ichiga olishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ko’rsatib o’tilgan:

-ta‘limning ustuvorligi (jamiyatda yuksak darajadagi bilim, ta‘lim va intellekt nufuzining yuqori qo’yilishi);

-ta‘limning demokratlashuvi (ta‘lim – tarbiya uslublarini tanlashda o’quv yurtlari mustaqilligi ...);

-ta‘limning insonparvarlashuvi (inson qobiliyatlarining ochilishi va ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlarning ustuvorlashuvi);

-ta‘limning ijtimoiylashuvi (ta‘lim oluvchilarda estetik did, ma‘naviyat, ijodiy fikrni shakllantirish);

-ta‘limning milliy yo’naltirilganligi;

-ta‘lim va tarbiyaning uzviyligi;

-iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuksak darajali, jadal ta‘lim olishga shart-sharoitlar yaratish.

Uzluksiz ta‘limni isloh qilish jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida zaruratga aylandi. Buning uchun milliy istiqlol davrida ob‘ektiv va sub‘ektiv shart-sharoitlar yetildi. Respublikamizning milliy xususiyatlari, umumbashariy talablar, xalqimiz mentalitetiga dahldor omillar hisobga olinib, uzluksiz ta‘limning quyidagi islohot yo’nalishlari, tizimi va turlari belgilandi:

Uzluksiz ta‘lim yo’nalishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

a) ta‘lim tizimida kadrlar salohiyatini, pedagoglar kasbiy nufuzini oshirish;

b) davlat va nodavlat ta‘lim muassasalarini rivojlantirish;

v) ta‘lim tizimini, ta‘lim dasturlarini tubdan qayta qurish;

g) majburiy umumiy o’rta ta‘limdan o’rta maxsus kasb-hunar ta‘limiga o’tishni ta‘minlash;

d) fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi o’quv muassasalarini vujudga keltirish;

e) ilg’or texnologiyalarni keng o’zlashtirish;

yo) ta‘limning boshqaruv tizimini takomillashtirish;

j) ta‘lim olishda xalqaro fondlar, xayriyalar, jamoat tashkilotlari rolini kuchaytirish;

z) ta‘lim va ilm-fan bilan bog’liq xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish; va boshqalar.

Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyati davlat ta‘lim standartlari (asosida) va turli darajadagi ta‘lim dasturlari izchilligi asosida yo’lga qo’yiladi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi:

a) maktabgacha ta‘lim;

b) umumiy o’rta ta‘lim;

v) o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi;

g) oliy ta‘lim;

d) oliy o’quv yurtidan keyingi ta‘lim;

e) kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

yo) maktabdan tashqari ta‘lim;

Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlaridir.

Ta‘lim mazmunini shakllantirish

Ta‘limning mazmuni deb, o’quvchilarning o’quv jarayonida egallashi lozim bo’lgan va maxsus tizimga solingan bilim, ko’nikma, malakalarning aniq belgilangan doirasiga aytiladi. Ta‘limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ya‘ni, ta‘lim qanday maqsadga qaratilgan bo’lsa, uning mazmuni shu maqsadga muvofiqlashtiriladi.

O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida” gi Qonuni (1997 yil) da ta‘limning dunyoviy harakterda bo’lishi lozimligi va DTS talablari asosida ta‘lim olishning hamma uchun ochiqligi alohida uqtirilgan (3-modda). (Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1997 20-b).

Ta‘lim mazmunini shakllantirishda quyidagi omillarni hisobga olish taqoza etiladi:

1) milliy mafkura, ijtimoiy tuzum xususiyatlari;

2) mavjud ishlab chiqarish ehtiyojlari;

3) davlatning xalq ta‘limi tizimi va muayyan o’quv yurti oldiga qo’yadigan talablari;

4) o’qitish qoidalariga muvofiq keluvchi va o’quvchilarning intellektual, fiziologik, yosh imkoniyatlarini e‘tiborga oluvchi didaktik talablar (Pedagogika. A.Q. Munavvarov tahriri ostida. Toshkent, “O’qituvchi”, 1996. 68-b.).

SHuni ta‘kidlash lozimki, maktab ta‘limining mazmunining tarixiy va sinfiy xususiyatiga ega ekanligi kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida namoyon bo’lgan. Chunki, o’tmishdagi barcha davrlarda, ijtimoiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida ta‘limning mazmuni va hajmi (parametrlari) o’sha davr, o’sha ijtimoiy-iqtisodiy tuzum mafkurasi, talab va ehtiyojlari, fan-texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilab kelingan.

Hozirgacha pedagogika nazariyasi fanida ta‘lim mazmunini belgilash muammosiga doir ikki xil qarash mavjud:

а) “shakl ma‘lumot” tarafdorlari;

b) “moddiy ma‘lumot” tarafdorlari;

“SHakl ma‘lumot” tarafdorlari maktab ta‘limi mazmuni o’quvchilarning fan asoslarini o’rganishini emas, balki atigi yoshlarning qobiliyat va tasavvurlarini o’zgartirishi zarur deb hisoblaydilar. Shunga ko’ra ularning tavsiyasida ta‘limning tillar (lotin, yunon) va matematika fanlaridan tashkil topishi zarurligi belgilab qo’yildigan edi. Bunday yondashuv oqibatida maktablar ta‘limi turmushdan ajralib qoldi.

“Moddiy ma‘lumot” nazariyasi (XX asr boshi) tarafdorlari maktab ta‘limida yoshlarga turmushda foyda beruvchi ilmlar o’rgatilsa kifoya, bola qobiliyati rivojlanaveradi. Alohida fanlarni o’qitish shart emas, degan fikrni olg’a surdilar.

Yuqorida ta‘kidlangan har ikkala nazariyalar ham amaliy hayotda o’z isbotini topmadi va pedagogika fani nazariyotchilari tomonidan o’tkir tanqid ostiga olindi.

Ta‘lim mazmunini dunyoviylashtirish uchun utmishda o’z hayotini xavf ostiga qo’yish evaziga kurashgan jadid-ma‘rifatparvarlarning say‘i-harakatlari o’z davri va hozirgi davr nuqtai-nazaridan ijobiy baholanmoqda (Qosimov B., Ismoilbek Gaspirali. Toshkent, “O’qituvchi”, 1992).

Milliy istiqlol davrida ta‘lim mazmunini shakllantirish muammosini hal qilishda o’tmish pedagogikasi merosining ilg’or jihatlariga, xalqimizning milliy xususiyatlariga, milliy istiqlol mafkurasiga, O’zbekistonning o’z istiqlol va tanlangan taraqqiyot yo’liga, hozirgi ijtimoiy taraqqiyot bosqichidagi mamlakatimiz hamda umumbashariy ehtiyojlarga alohida e‘tibor berildi.

Ta‘lim mazmuni o’quv rejalari, dasturlari va darsliklarda DTS talablari doirasida o’z aksini topgan.

Davlat ta‘lim standartlari (DTS)

“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning “Dasturni bajarish uchun javobgar shaxslar oldiga qo’yilgan vazifalar” (“SHarq”, 1999) mavzusi bilan boshlangan Xalq ta‘limi vazirligi “Axborotnomasi” ning maxsus 7 ta sonida (7 ta kitob) da Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta ta‘limning davlat ta‘lim standartlari” (DTS) ni tasdiqlash to’g’risida” (16.08.1999) gi Qarori, fanlar bo’yicha DTS va ularga sharh, yangi o’quv dasturlari mujassamlashgan” (DTS talqini va o’rta ta‘limda o’zbek filologiyasi parametrlari. 2 t. E. Shodmonov va b. Qarshi, “Nasaf”, 2001. 5-b.).

DTS – ma‘muriy hujjat bo’lib, u Respublikamiz xalq ta‘limi tizimiga ijtimoiy zarurat tufayli kirib keldi.

DTS da:


1) o’quvchilar umumta‘lim tayyorgarligiga qo’yiladigan majburiy minimal talablar;

2) ta‘lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullari;

3) ta‘limning barqaror darajasini ta‘minlash shartlari;

4) o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, me‘yoriy hujjatlarni yaratish asoslari bayon etilgan;

5) o’zining tarkibiy tuzilishi va mazmun-mohiyatiga ko’ra davlat va jamiyat, shaxs va ta‘lim muassasalarni maqomiga ko’ra muvozanatini ta‘minlaydigan;

6) individ (o’quvchi) shaxsi, uning qobiliyati, intellektual imkoniyatlari, qiziqishi ustivor omil sifatida qaralgan va ular milliy, umumbashariy, davlat va jamiyat manfaatlariga bo’ysundirilgan;

7) tayanch o’quv rejasi ta‘lim sohalarini me‘yorlashga, muassasaning moliyaviy ta‘minotini belgilashga asos bo’luvchi;

8) O’zR miqyosidagi barcha ta‘lim muassasalarida bajarilishi shart va majburiy bo’lgan ma‘muriy davlat hujjati hisoblanadi.

O’quv rejalari va dasturlari

O’quv rejasi deb, maktabda o’qitiladigan fanlar, ularni o’qitish uchun belgilangan o’quv soatlari va o’quv yili tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi.

O’quv rejasi xalq ta‘limi Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Unga kiritilgan fanlarning hajmi, sinfi, soatlar miqdori, o’quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga qarab belgilanadi.

O’quv dasturi deb, alohida olingan har bir fan uchun o’quv rejasi asosida tuziluvchi, o’quv fanini o’qitish jarayonida o’quvchilarga beriladigan bilimlar hajmi, tizimi, mafkuraviy yo’nalishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi. Dasturda muayyan o’quv yili va muayyan sinfda o’quvchi o’zlashtirishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar doirasi qisqacha ifodalab beriladi. Ta‘bir joiz bo’lsa, o’quv dasturi o’qituvchi uchun ta‘lim jarayonida yo’l ko’rsatuvchi kompasdir.

O’quv dasturida har bir sinfda o’qitiladigan fanning mavzulariga doir sarhadlari qat‘iy belgilangan, ilmiy-falsafiy asoslangan, nazariy qoidalarni amaliyot bilan bog’lashga qaratilgan, tarixiylik, muntazam ketma-ketlik, kontsentrik (markazlashgan) qoidalariga amal qilingan bo’lishi lozim.

Darslik deb, muayyan fan yuzasidan o’quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko’nikma, malakalarni o’zida mujassam etgan, o’quv rejasi va dasturiga, o’quvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga, didaktik talablarga muvofiq keluvchi o’quv quroliga aytiladi.

Darslik – o’quvchi uchun “ikkinchi muallim”. Uni yaratishda mualliflar amal qilishi lozim bo’lgan alohida talablar mavjud (Pedagogika. A.Q. Munavvarov tahriri ostida. Toshkent, “O’qituvchi”, 1996. 73-74 bet).

“Darsliklarda millat fikrining, millat tafakkuri va mafkurasining eng ilg’or namunalari aks ettirilishi kerak ... . Biz darslik yaratishga eng ilg’or va eng sharafli vazifa sifatida qarashimiz, yaxshi darslik yaratgan odamlarni boshimizga ko’tarishimiz kerak”, -degan edi Prezidentimiz I.A. Karimov (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1997. 8-b).

Adabiyotlar ro’yxati:

1. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1 tom. Toshkent, “O’zbekiston”, 1996.

2. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1998.

3. Barkamol avlod orzusi. Sh. Qurbonov va b.tahr. ostida. Toshkent, “SHarq”, 1999.

4. Pedagogika. A.Q. Munavvarov tahriri ostida. Toshkent, “O’qituvchi”, 1996.

5. Tursunov I. va boshqalar. Pedagogika kursi. Toshkent, “O’qituvchi”, 1997.

6. Mavlonova R. va

Maktabgacha ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni bugun har bir yurtdoshimiz sezib, kuzatib turibdi. Ta’limning poydevori hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimiga davlat tomonidan bu qadar tizimli va bir-birini to‘ldiruvchi e’tibor hamda ama­liy yordam kuzatilmagan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Sohada yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish va 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash masalasi davlatimiz rahbari tomonidan kechiktirib bo‘lmas vazifa sifatida ilgari surildi. Sababi bog‘chalar ta’lim muassasasi vazifasini bajarish o‘rniga ota-ona ishda bo‘lgan vaqtda bolaga qarab turadigan muassasaga aylanib qolgani, qamrovning pastligi, binolarning ta’mirtalabligi, boshqa maqsadlarda ishlatilgani, metodik jihatdan to‘liq ta’minlanmagani, pedagoglar ijtimoiy himoyasi va maoshining pastligi kabi kompleks muammolarni hal etish kechiktirib bo‘lmas masala edi. Keyingi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizga kamaygani, 2,45 million boladan 818 ming nafarigina bog‘chalarga qamrab olingani bu fikrlar isboti bo‘la oladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining yaroqsiz holati bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermasdi.

Ayrim mutasaddilarning sustkashligi tufayli sohani rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ishlar vaqtida bajarilmagani, no­davlat bolalar bog‘chasini ochish borasidagi harakatlar paysalga solingani, joylardagi bog‘chalarda qurilish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmagani kabi kamchiliklar o‘z ortidan uzluksiz xatoliklarni ergashtirib kelardi. O‘rganish shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’limni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermay qolgan edi...

2017-yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish maktabgacha ta’lim tizimi tarixida qoladigan yig‘ilish bo‘ldi. Shu kuni mamlakatimiz Prezidenti davlat milliy genofon­dini mustahkamlash borasida gapirib, ta’limning ilk bosqichini rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Xususan, maktabgacha ta’lim tizimini tar­kibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassa­salarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi.

— Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya — biz uchun hayot-mamot masalasidir, — dedi Prezident. — Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biror-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi.

Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas.

Shuning uchun ham biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masala­sini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo‘ladi, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

BUGUN


Yuqoridagi ayrimlarinigina sanaganimiz boshi bor-u oxiri ko‘rinmay qolgan muammolarni bartaraf etish uchun birinchi qadam sifatida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul qilingan Prezident qarorida keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutildi. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tizimni tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish choralari belgilandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.

— Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qam­rab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivoj­lantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi, — deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin.

Metodik ko‘mak qanchalik zarur?

Har qanday ta’limning asosi — metodika, jumladan, maktabgacha ta’limniki ham. Maktabgacha ta’limni sifat bosqichiga ko‘tarishda yangi ta’lim metodlari, innovatsi­on texnologiyalarning ahamiyati katta. Sababi MTTning moddiy-texnik bazasi yuqori bo‘lsa-yu, tarbiyachi bola bilan ishlamasa, unga har kuni yangi ma’lumotlarni o‘rgatmasa, hamma qilingan harakatlar natijasi nolga tenglashib qoladi. Sohadagi mutaxassislar mahoratini oshirish, ularga zaruriy metodik ko‘mak berish maqsadida Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislari­ni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil etildi.

Maktabgacha ta’lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Qabul qilinayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, farzandlarimizga eng zarur hayotiy tushuncha va ko‘nikmalarni o‘rgatadigan yuqori malakali tarbiyachilarni tayyorlash masalasi kun tartibiga chiqdi. Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi­ni yaratish va nashr etish ham g‘oyat dolzarb vazifa edi. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivoj­lanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasi­ning Davlat o‘quv dasturi qabul qilindi. Endilikda zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachilari bolalarni erkin qo‘ygan holda faollik markazlarida o‘yin mashg‘ulotlari orqali yangi ma’lumotlarni o‘rgatmoqda.

Maktabgacha ta’lim tizimida oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyoj esa pedagogika universitetlarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga qabul kvotalarining oshirilishi va nomutaxassis kadrlarni qayta tayyorlovdan o‘tkazish evaziga to‘ldirilmoqda. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-reja va dasturlarni takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi bo‘limlarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 2018—2023-yillar uchun kvotalar ajratish masalasiga e’tibor qaratildi.

— Hozirgi zamon tarbiyachisi kasbiy mahoratini doimiy tarzda oshirib borishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini to‘liq anglashi va ular­dan mashg‘ulotlarida mohirona foydalanishi zarur. Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amali­yotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir, — deydi Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar xodimlari­ni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi Mavluda Rustamova. — Tarbiyalanuvchilarning ongi, dunyoqarashini o‘stirish, ularni mashg‘ulotlarda erkin fikrlaydigan erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda muhimdir. Tarbiyachi mashg‘ulotda boshqaruvchi, bolalar esa ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Maktabgacha ta’limda ko‘proq bolalarning yoshi, fiziologik holatini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Oddiy, oson va kam vaqt sarflanadigan o‘yin mashqlaridan foydalanib, faollik markazlarida ish olib borish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongi, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatlarini, mustaqil ishlash ko‘nikmasi­ni, ya’ni hayotiy kompetensiyasini rivoj­lantiradi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim: nimasi afzal?

Ochig‘i, avvallari xususiy bog‘cha degan nomning o‘zi odamlarni biroz o‘zidan itarardi. Chunki davlat bog‘chasi bilan xusu­siy bog‘cha narxi o‘rtasidagi tafovut keskin farqlanar, bunday ta’lim tashkilotiga moddiy jihatdan baquvvat oilalar farzandlari borishi kerak degan tushuncha shakllangan edi. Bu qarash bugun biroz bo‘lsa-da o‘zgardi. Sababi nodavlat maktabgacha ta’lim muassa­salari tarmog‘ini kengaytirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar evaziga bugun yurtimizda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni keskin ortdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasi­ni mustahkamlash, yangi bog‘chalar qurish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Bu esa tizimda sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat ta’lim talablari­ga, sani­tariya-gigiyena va boshqa normalarga rioya qilish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘na­lishini saqlab qolish, shuningdek, maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatish narxining maqbulligi va arzonligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Bunda investorlarga preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etilmoqda.

Nega NMTT narxida o‘zgarish ro‘y berdi?

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra bo‘sh turgan binolar nol qiy­matda tadbirkorlarga berildi, davlat-xusu­siy sheriklik (DXSh) shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qator soliq imtiyozlari nazar­da tutildi. Xususan, nodavlat MTM faoliyat ko‘rsa­tishni boshlagan paytdan boshlab 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan, DXSh to‘g‘risida bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga — tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib keli­nadigan asbob-uskunalar, inventar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘yin zonalari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etildi. Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan subsidiyalar ajratilishi bel­gilandi. Bular narx siyosatiga ta’sir etmasdan qolmaydi, albatta.

— Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlar asosida hududda 12 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 115 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘cha ishga tushirildi, — deydi Surxondaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Robiya Kattayeva. — Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan 200 dan oshiq xonadon bog‘chalar ham bolalarni maktabga tayyorlash borasidagi maqsadlarimizni amalga oshirishda ko‘makchi bo‘lyapti. Ayniqsa, viloyatning chekka hududlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotida bolasi tarbiyalanishni istagan ota-onalar orzusi amalga oshyapti. Qayerga bormang: yig‘ilishgami, to‘ygami, ma’rakagami barcha bog‘chalar haqida gapiradi, bolalari yozish-chizishni o‘rganayotganini aytadi...

Maktabgacha ta’limning muqobil shakllari

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: davlat mak­tabgacha ta’lim tashkilotlari quvvati bolalar soniga nisbatan kam bo‘lganda,

yechimni nimada ko‘rish mumkin? Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 2018-2019- o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va poytaxtimizning ayrim tumanlarida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasi amalga oshirildi. Loyihani amalga oshirish uchun jami 494 ta guruh tashkil etildi.

Tajriba guruhlari maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydigan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya olishda yordam berish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etildi. Guruh­lar davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning negizida ochildi.

— Tajriba guruhlarida 3-4 soat davomi­da bir yoki ikki smenada ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi. Bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak, — deydi Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Jamila Javlonova. — Tajriba guruhlari maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat tomonidan belgilangan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalaydi va maktabga tayyorlaydi. Bunda bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari, albatta, hisobga olinadi.

Tajriba guruhlariga 5 yoshdan oshgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borma­yotgan bolalar qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Maktabgacha ta’limning ushbu muqobil shakli bog‘chaga bormagan bolani birinchi sinfga borganida tengdoshlaridan kam bo‘lmagan darajada faollashtirishni ko‘zlaydigan dastur asosida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlaydi. Demak, bu barcha ota-onalar uchun qulay va davlat tomonidan himoyalangan ta’lim shaklidir.

Iligi to‘q bola

Tizimdagi eng og‘riqli masalalardan biri bu ovqatlanish bilan bog‘liqligi hech kimga sir emas. Bu yo‘nalishda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan bolalar haqiga xiyonat qiladiganlarga qarshi keskin chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgani ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali kunda-kunora tasdig‘ini topmoqda. Bunday munofiqlarni nafaqat qonun oldida jazolash, balki aholi o‘rtasida ham obro‘sizlantirish, bunday maqsaddagi rahbarlar sonini keskin kamaytirishga xizmat qiladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan tegishli talablarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berildi.

Mazkur eksperiment yakunlari bo‘yicha respublikaning boshqa hududlarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini va maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tartibi joriy etildi.

— Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tadbirkorlik subyektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena me’yorlariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish ishlari sinov tariqasida amalga oshirish belgilangan, — deydi Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilfuza Azizova. — Hududdagi MTTlarda autsorsing xizmati asosida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yganimizda tadbirkor muassasa oshxonasini ijaraga olib, sifatli va xavfsizligi ta’minlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda taomlar tayyorlayotgani, yarimtayyor va tayyor mahsulotlarni yetkazib berayotganiga guvoh bo‘ldik. Shuningdek, har bir bolaga indivi­dual yondashuv ularning jamoat joyida ovqat­lanish madaniyatini shakllantiradi. Alohida oshxonalarni tashkil etish guruh xonalarining tozaligini saqlaydi. Tashkilot xodimlarining e’tibori bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qaratiladi.

Maoshingiz qancha?

Maktabgacha ta’lim muassasalari xodim­larini moddiy rag‘batlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali muta­xassislar bilan ta’minlay olmaslik holatiga sabab bo‘lar edi. Masalan, 1993-yilga qadar maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachisi va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi mehnatiga haq to‘lash miqdori bir xil bo‘lgan bo‘lsa, hukumatning alohida qarorlari bilan hozirga qadar umumta’lim maktablari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari bir necha marta oshirilgani holda maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miq­dorlari o‘zgarishsiz qoldirilganligi hisobiga ularning o‘rtacha ish haqi miqdori umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qi­tuv­chisiga nisbatan 60 foizni tashkil etgan, xolos.

Bu esa, o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari iste’dodi, kasb mahorati va ish faoliyatida shaxsiy hissasi namoyon bo‘lmasligiga hamda muassasaning pedagogik salohiyatini pasaytirishga olib kelgan.

Shu sabab maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarining nufuzini oshirish ustida ish olib borilmoqda.

2018-yil-sentabr oyidan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tayyorlov guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachisi mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari miqdori umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdoriga tenglashtirilishi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, qaror bilan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida hamda qishloq joylardagi aholi turmush darajasini inobatga olib, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlari­da joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida 2023-yilning 1-yanvarigacha ota-onalar badal to‘lovi miqdorini 50 foizga kamaytirish nazarda tutildi.

Hukumatimiz tomonidan maktabgacha ta’lim tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi hamda qishloq hududlarda bog‘chalar uchun ota-onalar to‘lovining keskin pasaytirilishi maktabgacha yoshdagi bolalarni bog‘chalarga qamrab olish darajasini oshirishga hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

ERTAGA

Qaror bilan belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida, maktabgacha ta’lim tizimi va uni rivojlantirish uchun alohida e’tibor qaratiladi, o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’lim-tarbiyaning samarali shakl va usullari joriy etiladi, maktabgacha ta’lim muassasa­larining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi, 5-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’limga 100 foiz qamrab olish imkoniyati yaratiladi. Ta’limning poydevor qatlamida bunday ta’lim muhitining yaratilishi pirovardida erkin fikrlovchi SHAXS kamoli diqqat mar­kazda turibdi.



Zero, bugungi kunda MTTlarda tarbiyalanayotgan bolalarga 93 555 mingdan ziyod pedagog xodimlar ta’lim-tarbiya beradi. Bolaning dunyoqarashi, didi shakllanadigan davr maktabgacha ta’lim yoshiga to‘g‘ri keladi. Demak, bu yoshdagi barcha bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olinadi.

Dunyo mamlakatlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi tajribalarini o‘rganish va ulardan milliy mentalitetimizni hisobga olgan holda foydalanish natijasida xalqaro standartlar darajasidagi maktabgacha ta’lim tizimi yaratiladi.

Maktabgacha ta’lim tizimi oldiga qo‘yila­digan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. Ushbu dasturlar bolalarga o‘qish va yozishni turli o‘yinlar orqali o‘rgatish, ularning zerikmasligi, aksincha, bog‘chaga xursand bo‘lib borishiga xizmat qiladi.

2030-yilga qadar...

Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etildi. Komissiya tomonidan maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilik undagi bo‘shliqlar, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga kel­tiruvchi normalarni aniqlash nuqtayi nazaridan tahlil etildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini samarali ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilib, uni amalga oshirishni ko‘zlovchi “Yo‘l xaritasi”da 2019—2024 va 2025—2030-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.

Konsepsiya o‘rta va uzoq muddatli istiqbol uchun maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadlari, vazifalari, ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Hujjat malakali pedagog kadrlar yetishmovchiligi, davlat MTTlarining to‘lib ketganligi, moddiy-texnik holatining nomuvofiqligi hamda davlat o‘quv-metodik materiallari bilan past darajada ta’minlanganligi muammolarining hal etilishini nazarda tutadi.

Xususan, 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bolalar miq­dorini joriy 38,1 foizdan 80,8 foizgacha orttirish vazifasi qo‘yilgan. Shu bilan birga, MTV tomonidan ta’lim muassasalari quvvatlari­ning kuchaytirilishi davom ettiriladi: 2021-yilga kelib o‘rinlar miqdori

yangi MTMlarni ochish hisobiga 56,8 foizga (2030-yilga kelib — 132,3 foizga) ortadi, hamda davlat-xususiy sherikligi va respublikaning chekka tumanlari uchun dolzarb muqobil maktabgacha ta’lim shakllari rivoj­lantiriladi. Keyingi yillarda pedagogik va boshqaruv kadrlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishlar ikki yo‘nalishda olib boriladi: pedagoglar miqdorini orttirish va maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va rivojlantirishda yangi yondashuvlarni tatbiq etish. Konsep­siya bilan belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar

Davlat ta’lim standartlarining mazmuni.

Davlat ta’lim standarti umumiy о‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim uchun alohida-alohida ishlab chiqarildi.

Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti о‘quvchilar umumta’lim tayyorgarligi saviyasiga qо‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. О‘z navbatida kasb-hunar ta’limi, davlat ta’lim standarti о‘quvchilar kasb-hunar tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yadigan (oliy ta’lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qо‘yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi.

DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining о‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat kо‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS о‘z mohiyatiga kо‘ra о‘quv dasturlari, darsliklar, qо‘llanmalar, nizomlar о‘quv rejasi va boshqa mayoriy hujjatlarni yaratish uchu nasos bо‘lib xizmat qiladi.

Umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS о‘zining tuzilishi va mazmuniga kо‘ra davlat, hudud ta’lim muassasalari manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng muhimi о‘quvchi shaxsi, uning intilishlari qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.

Davlat ta’lim standarti. Ta’lim mazmunining rivojlanishida kо‘zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar о‘rnatilishi) hisoblanadi.

Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:

1) turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy о‘rta, о‘rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;

2) О‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy о‘rta va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.

Davlat ta’lim standarti:

1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bо‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;

2) о‘quv fani bо‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;

3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, о‘quvchilar tomonidan bajariladigan о‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qо‘yiluvchi talablarni belgilaydi.

О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy meyoriy hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «meyor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, о‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, о‘quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. О‘quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bо‘lgan yoki qiziqarli bо‘lmagan fanni о‘rganishda о‘quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi.

Ushbu holatda, о‘quvchi о‘ziga mos keladigan ta’lim yо‘lini anglagan holda va mustaqil tanlab, о‘z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilishlarini amalga oshirishga imkoniyatga ega bо‘ladi. Shakli va mazmuni bо‘yicha tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan о‘quvchilarga va ularning ota-onalariga yetkaziladi.

Ta’limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, mukammal ravishda о‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta’limning ma’lum darajasini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ammo “standart” termini о‘zi ta’limga nisbatan yaqin davrlardan qо‘llanila boshlangan. Davlat ta’lim standartlari ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta’lim mazmuni minimal hajmini qayd etish va ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi.

Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas edi. О‘zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yо‘qligi XX asrning 80-yillarida kо‘pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bо‘lishiga olib keldi.

Davlat ta’lim standartlarini yaratish bо‘yicha ishlar О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni (1992 yil) qabul qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti meyorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta’kidlab о‘tiladi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) О‘zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingandan sо‘ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bо‘yicha о‘zlashtirilishi zarur bо‘lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.

Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga kо‘ra quyidagilardan iboratdir:

Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning о‘rganish obyektlari va asosiy mazmunli yо‘nalishlari kо‘zda tutiladigan о‘quv fanining umumiy ta’rifi.

О‘quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash.

Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya’ni о‘quvchilarning Bilim, kо‘nikma va malakalarga qо‘yiluvchi talablar, bu ularning majburiy tayyorgarliklari darajasining “о‘lchamidir”, ya’ni, tekshirish ishlari, testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab о‘quvchilar tomonidan talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bо‘ladi.

DTSni, uning talablarini bajarish О‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat kо‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bо‘ysunishdan qat’i nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

Umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi:

- DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi;

- о‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi;

- umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;

- umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim mazmunining insonparvarligi;

- ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi;

- umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya (ilg‘or) texnologiya yutuqlariga tayanish;

- pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;

- ilg‘or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida meyorlarni belgilash tajribalarida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.

DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim muassasalari uchun tayanch о‘quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch о‘quv reja ta’lim sohalarini meyorlash hamda ta’lim muassasalarini moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bо‘luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch о‘quv rejasi о‘quv predmetlari bо‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini о‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan о‘quv soatlarining manimum hajmidagi miqdorini belgilaydi. Mazkur hujjat muayyan sinfda ma’lum о‘quv predmeti bо‘yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bо‘ladi.

Har bir sinf yakunida о‘quvchilar tomonidan egallanishi lozim bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalar ta’lim (о‘quv) predmetlari bо‘yicha ishlab chiqilgan о‘kuv rejasi va dasturlarida о‘z ifodasini topadi.

DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining о‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat kо‘rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS о‘z mohiyatiga kо‘ra о‘quv dasturlari, darsliklar, qо‘llanmalar, nizomlar о‘quv rejasi va boshqa mayoriy hujjatlarni yaratish uchu nasos bо‘lib xizmat qiladi DTSni, uning talablarini bajarish О‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat kо‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bо‘ysunishdan qat’i nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

Umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi:

DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi

о‘quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog‘liqligi;

umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi

umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’lim mazmunining insonparvarligi

ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi

umumiy о‘rta (kasb-hunar va oliy) ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya (ilg‘or) texnologiya yutuqlariga tayanish

pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi

ilg‘or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida meyorlarni belgilash tajribalarida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish

2. O‘quv rejasi, fan va ishchi dasturlarga qo‘yiladigan talablar.

Oliy ta’limning о‘quv-meyoriy xujjatlariga о‘quv rejasi, о‘quv dasturi va darsliklar kiradi.

О‘quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va ishchi о‘quv rejasi.

Tayanch о‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy meyoriy hujjat bо‘lib, u namunaviy va amaliy о‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Tayanch о‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Namunaviy о‘quv reja tayanch о‘quv rejasi asosida tuziladi va О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mо‘ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi о‘quv rejalari ishlab chiqiladi.

О‘quv rejasi-meyoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:

- о‘quv yili, semestrlar va ta’tillarning davomiyligi;

- ushbu ta’lim muassasasida о‘rganiladigan о‘quv fanlari tartibi;

- о‘qish yillari bо‘yicha fanlarni taqsimlash;

- har bir fan bо‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir kursda fanlarni о‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi;

- har bir fanni о‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;

- praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.

О‘quv dasturi-muayyan о‘quv fani bо‘yicha bilim, kо‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni о‘rganilishi bо‘yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning о‘rganilish daraja-sini yorituvchi meyoriy hujjat.

О‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bо‘lishi mumkin. Namunaviy о‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim

standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. О‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bо‘ladi:

- ushbu fanni о‘rganish maqsadlari, о‘quvchilarning bilim va malakalariga asosiy talablar, о‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;

- о‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;

- kursning alohida savollarini о‘rganishga о‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;

- dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari rо‘yxati;

- fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bо‘yicha kо‘rsatmalar;

- о‘quv uskunalari va kо‘rgazmali qо‘llanmalar rо‘yxati;

- tavsiya etiladigan adabiyotlar.

Mualliflik о‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda о‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bо‘lishi, u yoki bu nazariyalarni о‘rganishga mualliflik yondashuvi, о‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Mualliflik о‘quv dasturlari о‘quvchilarning erkin tanlovi bо‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi.

Ta’lim mazmuni va о‘quv dasturlari о‘quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va о‘quv qо‘llanmalari kiradi.

Namunaviy о‘quv dasturlari Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bо‘ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishchi о‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, о‘quv jarayoni-ni metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, о‘quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.

О‘quv rejasi – barcha ta’lim muassasalarida sо‘zsiz amal qilinishi lozim bо‘lgan davlat hujjatidir Ta’lim muassasalari uchun mо‘ljallangan о‘quv rejasi ishlab chiqiladi va tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi (Respublika xalq ta’limi yoki oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan). О‘quv rejasi ta’lim muassasasi ma’muriyatig ayuboriladi hamda mazkur reja asosida о‘quv jadvali tuziladi. О‘quv jadvalida hafta davomida о‘qitiladigan о‘quv predmetlarining nomi va ularga ajratilgan soatlar miqdori kо‘rsatilib, о‘quv yurti direktorining о‘quv ishlari bо‘yicha о‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

Alohida aniq bir fanning о‘quv rejasi shu fanni о‘qitish uchun ajratilgan soatlar va о‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir.

О‘quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi:

О‘quv tarbiya ishining maqsadi, talabalarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini kо‘nikmaga aylantirib, uni hayotga qо‘llay olishga о‘rgatish.

О‘quv dasturi ham xuddi о‘quv rejasi muhim davlat hujjati bо‘lib, unda muayyan о‘quv predmetifanning mazmuni ochib beriladi va о‘quv yili davomida о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilishi zarur bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalar hajmi kо‘rsatiladi.

О‘quv dasturlari tegishli ta’lim (umumiy о‘rta, kasb-hunar yoki oliy ta’lim) turidagi barcha ta’lim muassasalari uchun yagona, uning talablari tо‘la ravishda bajarilishi majburiydir.

Dastur tushuntirish xati, bо‘lim va mavzular bо‘yicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat bо‘ladi.

Tushuntirish xatida о‘quv predmetining ahamiyati, uning fanlar tizimida tutgan о‘rni, ular о‘rtasidagi aloqadorlik, materialni о‘rganish jarayonida hal etilishi lozim ayrim bо‘lim va mavzularni о‘rganish xususiyatlari kо‘rsatiladi. О‘qitish (ta’lim) metodlari va vositalarini qо‘llashga doir tavsiyalar beriladi.

Soatlar hisobini asosli о‘rinlarda о‘zgartirilishiga yо‘l quyiladi.

Dastur materiali bо‘limlar va mavzular bо‘yicha taqsimlangan bо‘lib, har bir mavzuni о‘rganish uchun о‘zlashtirishi majburiy bо‘lgan tushunchalar tizimini, shuningdek, kо‘nikma va malakalarning aniq kо‘rsatkichi beriladi, nihoyat, о‘quvchilarga qо‘yiladigan yakuniy talablar bayon etiladi.

Dasturdagi material ta’lim va tarbiya maqsadlari, didaktik tamoyillar uzviylik va izchillikka muvofiq ravishda tanlanadi va taqsimlanadi.

О‘quv dasturlari quyidagi tamoyillar asosida tuziladi:

Dastur mazmunining ilmiy xususiyatga egaligi.

Dastur mazmunining ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyatga egaligi.

Nazariy g‘oyalarning amaliyot bilan birligi.

Dastur mazmunining ijobiy-tarixiy xususiyatga egaligi va aniq bir g‘oyaga asoslanganligi.

Dastur mazmunining muayyan tizimga ega bо‘lishi.

О‘quv predmetlari о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorlik, bog‘lanishning mavjudligi.

Dasturni tayyorlashda о‘kuvchilarning psixologik va ruhiy xususiyatlarini inobatga olish.

3. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha metodika fanlaridan o‘quv-metodik komplekslar tayyorlash.

Maktabgacha ta’limda metodika turkum fanlari о‘qituvchisi о‘quv-meyoriy xujjatlar asosida о‘zi о‘qitadigan fani bо‘yicha о‘quv-metodik

kompleks yaratadi.О‘quv-metodik kompleks tushunchasi turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin etilgan bо‘lib, bu tushunchalarning mohiyatini tо‘laroq anglash uchun ular tomonidan о‘quv-metodik kompleksga berilgan ba’zi ta’riflarni keltirib о‘tamiz.

YE.Pichugina о‘zining tadqiqot ishlarida quyidagicha ta’rif beradi:

“О‘quv-metodik kompleks – bu fanning о‘quv maqsad va vazifalarini tо‘liq va samarali joriy etish uchun mо‘ljallangan о‘quv dasutrlari, darslik va о‘quv qо‘llanmalar, didaktik materiallar va о‘qituvchi uchun metodik kо‘rsatmalar majmuidir”.

Y.K.Babanskiy о‘quv-metodik kompleksni zamonaviy ta’limda о‘quv-tarbiya masalalarini yechishga qaratilgan о‘zaro organik bog‘langan о‘quv-metodik qо‘llanmalar tо‘plami deb ta’riflaydi.

Bugungi kunda о‘quv-metodik komplekslarida qо‘yidagilar bо‘lishi shart qilib qо‘yilgan:

о‘quv va ishchi dasturlar,

taqvim-mavzuiy reja,

ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil ta’limning texnologik modeli va texnologik xaritasi,

ma’ruza matnlari,

seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ishlanmalari,

mustaqil ta’lim topshiriqlari,

asosiy va qо‘shimcha adabiyotlar rо‘yxati,

prezentatsiyalar,

nazorat va baholash uchun topshiriqlar,

sillabus,

fanni о‘qitishga doir tashkiliy kо‘rsatmalar

О‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish vzifalari:

О‘quv-metodik ta’minotni tayyorlash.

Ishlab chiqarish , fan, texnika va ish beruvchilarning talablarini inobatga olgan xolda fan mazmunini tizimlashtirish.

Sifatli mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlovchi о‘quv-metodik va boshqa materiallar bilan о‘quv jarayonini ta’minlash.

Ta’lim jarayoniga faol usul va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish.

Talabalarning mustaqil ishlarini va ularning bilimlarini nazorat qilishni tо‘g‘ri tashkillashtirish va rejalashtirish.

Elektron darslik, о‘quv metodik qо‘llanmalarni ishlab chiqish uchun о‘quv metodik materiallar ishlab chiqish.

О‘quv jarayonini sifatini tizimli nazorat qilish imkoniyatini yaratish.

О‘quv-metodik komplekslar:

talabalar tomonidan о‘quv materialini mustaqil о‘zlashtirishni;

talabalar bilimini nazrorat qilishni;

barcha turdagi mashg‘ulotlarni tashkillashtirish bо‘yicha metodik ta’minotni;

qо‘shimcha axborot ta’minotni ta’minlashi kerak.

О‘quv jarayonida о‘quv-metodik komplekslar:

о‘quv materialini о‘zlashtirishda talabalarga amaliy va metodik yordam berish;

fan bо‘yicha о‘quv jarayonini tashkillashtirishda va о‘tkazishda о‘qituvchilarga metodik yordam kо‘rsatish;

о‘quv jarayonini metodik ta’minotini takomillashtirishda, uni baholash va rejalashtirishga asos uchun zarur

Sillabus (lat. Syllabus Errorum - «ikkilanishlar rо‘yxati») - 1864 yilda Rim cherkovi tomonidan ishlab chiqilgan muhokama qilinadigan ta’limot va tamoyillar rо‘yxati. Qadimda mazkur atama (lat. syllabus – katalog) Rim cherkovi tomonidan papa tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarni kodifikatsiyalash uchun qо‘llanilgan.

Sillabus –о‘qitiladigan fanning manbalarini, uning qisqacha mazmunini, mavzusi va har bir mashg‘ulotning davomiyligini, mustaqil ta’lim topshiriqlarini, maslahat beradigan vaqtni, о‘qituvchining talablarini, baholash mezonlarini, oraliq nazorat jadvalini va adabiyotlar rо‘yxatini kо‘rsatib beradigan о‘quv dasturi.

Sillabusning tarkibiy qismlari:

Professor-о‘qituvchi haqida ma’lumot.

Murojaat uchun ma’lumotnoma.

Prerekvizitlar (Prerequisite).

Postrekvizitlar (Postrequisite) .

Fanning qisqacha tavsifi.

Fanning maqsadi va vazifalari.

Fanni о‘rganishga qо‘yiladigan talablar.

Taqvim-mavzuiy reja.

Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar rejasi.

Talabalarning mustaqil ishlarini о‘tkazish (konsultatsiya) rejasi.

Mustaqil ishlarni bajarish va topshirish jadvali.

Kurs ishi mavzulari banki.

Asosiy va qо‘shimcha adabiyotlar rо‘yxati.

Talabaning о‘quv ishlari natijalarini nazorat qilishga doir savollar.

Talabalarning bilimini baholash tizimi.

Talabaning reytingini belgilash shkalasi.

Yakuniy baholash tartibi.

Talabaning о‘quv natijalarining reyting-balli va an’anaviy baholash tizimi.

Silabusda nafaqat talaba о‘zlashtirishi zarur bо‘lgan fanlar, imkoni boricha aniq mavzular, bilim va kо‘nikmalar rо‘yxati keltirilishi kerak.

Talabalarga о‘quv fanini mustaqil faoliyatda о‘rganish va bilimlar sifatini doimiy о‘zi tekshirishini tashkillashtirishda yordam berish uchun mо‘ljallangan.

O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagilardan iborat:

davlat ta`lim standartlariga muvofiq ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalari;

ta`lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;

ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar.

O’zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi yagona va yaxlitdir.

O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi:

maktabgacha ta`lim;

umumiy o’rta ta`lim;

maktabdan tashqari ta`lim;

o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi;

oliy ta`lim;

oliy ta`limdan keyingi ta`lim;

malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash.

Ta`limni boshqarish organlari

Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti va xalqaro mashhur xorijiy OTMlari (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:

ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;

davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish;

ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

ta`lim muassasalarini yaratish, qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini belgilash;

ta`lim muassasalari akkreditatsiyasi, pedagogik va ilmiy kadrlar attestatsiyasi tartiblarini belgilash;

boshqa davlatlar ta`lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasi hududida ta`lim ko’rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;

qonunchilikka mos ravishda xorijiy davlatlarning ta`lim haqidagi hujjatlarini tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli ekanligini o‘rnatish;

davlat ta`lim standartlarini belgilash;

davlat namunasidagi ta`lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini belgilash;

ta`lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash;

davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash;

ta`lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta`lim muassasasidan boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar.

O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyatini bevosita boshqarishni ikki vazirlik - Xalq Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO’MTV) - amalga oshiradi.

XTV - maktabgacha, maktabdan tashqari muassasalar va umumiy ta`lim maktablari faoliyati uchun mas`uldir. XTV boshqaruvida 5 ta oliy ta'lim muassasasi va 16 ta o’qituvchilar malakasini oshirish institutlari mavjud. Vazirlik joylardagi tegishli ta`lim muassasalari faoliyatini metodologik boshqaruvchi viloyat, tuman va shahar xalq ta`limi bo’limlariga ega.

ƠzR XTV tizimi tashkiliy tuzilmasi

OO’MTV - respublikada oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

Vazirlik o’z faoliyati bo'yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.

Vazirlik tizimiga O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi, Oliy va o’rta maxsus ta`lim, kasb-hunar ta`limini rivojlantirish markazi va idoraviy mansub oliy o’quv yurtlari kiradi.

ƠzR OƠMTV tizimi tashkiliy tuzilmasi



Davlatimiz fuqarolarining bilim olishlari O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi bilan kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasi yoshlar tarbiyasida ta`lim muxim ahamiyat kasb etadi. Vatan ostonadan boshlanganidek, bolalarimiz ta`lim-tarbiyasi oiladan boshlanadi. Demak, kelajak avlodimiz har taraflama yetuk, sog’lom, bilimli, o’z vataniga sadoqatli bo’lib yetishishi uchun har birimiz mas`ulmiz. E`tiboringizga ta`lim tizimining asosiy boshqaruv organlari, XTV va OO’MTV to’g’risidagi Nizomlarni havola qilamiz. Ta`lim va tarbiya to’g’risidagi fikr-mulohazalaringizni forumning "Ta`lim" bo’limida bildirishingiz mumkin. Buning uchun albatta forum ro’yxatidan o’tishingiz shart.
Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish