Reja: Moniylik falsafasi vujudga kelishi



Download 18,96 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2021
Hajmi18,96 Kb.
#71084
  1   2
Bog'liq
moniylik falsafasi-WPS Office



Mavzu: Moniy falsafasi va Moniylik g’oyalarining tarqalishi
Reja:
1.Moniylik falsafasi vujudga kelishi.
2. Moniylik tavbanomasi
3.Moniylik din sifatida shakllanishi

Markiziy Osiyoda miloddan avvalgi V asrdan yangi milodiyning II-III asrigacha quldorlik tuzumi hukmron yedi. V asrda yesa feodalizm shakllandi. Moniy Yeronda 216-277 yillarda yashagan faylasuf, monizm talimotining asoschisi va targ‘ibotchisidir. U 242 yili Yeron podshosi Shopur 1 ning podsholik tojini kiyish marosimida o‘z talimotini bayon qilgan.

Uning talimoti falsafiy mazmunida dualizm mavjud bo‘lib, Moniy Samo Nuri yelchisi hisoblangan. Uning talimotida xristianlik bilan zardo‘shtiylik qorishmasi asos hisoblana-di. U borliqning 2 mustaqil substansiya: yorug‘lik, yaxshilik, ruh olami bilan zulmat, yovuzlik olamining o‘zaro kurashini targ‘ib yetuvchi zardo‘shtiylik g‘oyasini olgan, xristianlikda yesa messionerlik (aigunohlardan xolos yetuvchi payg‘ambar, yelchining kelishi, adolatli jamiyat o‘rnatilishi to‘g‘risidagi) talimotini olib har ikkisini umumlashtirgan. Moniy olam ikkita deb hisobladi. Uningcha, birinchi olamda xudo, ikkinchi olam kurashi halokat bilan tugaydi. Natijada materiya yengilib ruh ozodlikka chiqadi. Moniy talimotiga ko‘ra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson 2 ta unsurdan (ruh - Nur farzandi va jism - zulmat farzandi) iborat mavjudot bo‘lgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniyning ijtimoiy talimotida pes-simizm, passivlik ruhi mavjud. Moniy talimotida urushmaslik va mol-dunyo yig‘maslik g‘oyalarini targ‘ib qilgani uchun zardo‘shtiy kohinlari va Shoh Bahrom I Moniyni 275 yilda zindonga tashladilar va 277 yilda qatl qildilar. Moniy izdoshlari mamlakatlarda keng tarqalgan yedi. 296 yilda Rim imperatori Diokletian moniylikka qarshi farmon (edikt) yelon qildi. Moniy talimoti mayda sektalarga ajralib ketdi. Ulardan biri mozdakiylik deb ataldi.

Moniylik talimoti xitoylik Moniy ibn Fatak (216-276) nomi bilan bog‘lanadi. Uning talimoti koinotda nur bilan zulmat o‘rtasida kurash bo‘lishiga asoslanadi. Shu sababli ham nur – Quyosh, Oy, nur taratuvchi osmon jismlari muqaddas sanaladi va ularga tangri nomi bilan sig‘iniladi. Nur va zulmat o‘z mantig‘ini yaxshilik va yomonlik kurashida topadi. Moniylik VIII asrda uyg‘urlar o‘rtasida asosiy din sifatida tarqalgan. Tarixiy malumotlarga ko‘ra, Buguxon 762 yilda Chin (Xitoy)ga safar qiladi. U yerda Moniy rohiblari bilan tanishadi, mamlakatiga qaytishida rohiblarni o‘zi bilan birga Qorabolg‘asun shahriga olib keladi. Moniylik turkiy adabiyot rivojiga tasir ko‘rsatgan dinlardan biridir. Bu oqimning tasirida turkiy adabiyotda «Xuastuanift» («Moniylar tovbanomasi») asari yuzaga kelgan. Uning qadimgi turkiy tildagi uchta nusxasi malum. Ulardan London va Berlin nusxasi moniy, Sankt-Peterburg nusxasi yesa yeski uyg‘ur yozuvida bitilgan. Asarning yaratilish davri V.V.Radlov fikricha, taxminan V asr, S.Ye.Malov xulosasiga ko‘ra VII asrga to‘g‘ri keladi. O‘zbek olimlaridan professor N.Rahmonov tadqiqotlarida «Xuastuanift»ning g‘oyasi, tuzilishi, ahamiyati keng o‘rganilgan. Asar moniy jamoasi azolarining madhiyasi, ayni paytda nizomi ham hisoblanadi. «Xuastuanift» 15 bo‘limdan iborat. Kitobning ikkinchi bo‘limida Kun va Oy tangrilarning moniylikdagi vazifalari ko‘rsatiladi hamda ularning haqiqiyligini tan olishga chaqiriladi. S.Ye.Malovning «Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar» kitobida ham moniylarning tangriga tovba-tazarrulari bitilgan ibodatlaridan parchalar keltirilgan.

Moniy talimotiga ko‘ra, borliqning ikki asosi bor. Birinchisi - yorug‘lik, yaxshilik bo‘lsa, ikkinchisi - ruh va zul-matdir. Shuning uchun ham inson ikki unsurdan - ruh va jismning yig‘indisidan iborat. Ruh nur farzandi bo‘lsa, jism zulmat farzandidir. Shuning uchun inson hamisha zul-matga, yovuzlikka qarshi uzluksiz kurash olib boradi. Bunday kurash davomida inson, shubhasiz, yorug‘lik tarafida bo‘lmog‘i, zulmat ustidan g‘alaba qilmog‘i kerak. Bunday ulkan g‘alabani qo‘lga kiritishning yeng muhim sharti - yuksak ma’naviy-axloqiy yetuklik, molu-dunyoga xirs qo‘ymaslik, faqirona, kam-tarona yashash, ko‘ngli poklik va rahmdillik, jonzotlarga ozor bermaslik, har bir tirik mavjudotni asrab-avaylash-dir. Shuning uchun ham Moniy odamlarni hayvonlar go‘shtini tanavvul qilishdan o‘zini tiyishga davat yetdi.

Moniyning falsafiy-axloqiy qarashlari, moniychilar-ning tavbanomasi - “Xuastuanift” asarida yanada yaqQolroq namoyon bo‘ladi. Qadimshunoslarning fikricha,“Xuastuanift” qadimiy Yeroniy tillarning birida yaratilgan, keyinchalik Moniy talimotini kengroq yoyish maqsadida boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan. Uyg‘ur hoqonligi davrida mo-niychilik, ayniqsa turklar orasiga keng tarqalgan. Asarda olg‘a surilgan yeng asosiy g‘oya bu dunyoda qilingan gunohlar uchun Xudodan kechirim so‘rashdir. Shuning uchun ham “Xaustu-anift” Moniy ibodatxonalarida ommaviy ravishda qiroat bilan o‘qilgan.

Moniy talimoti Yeron va Turonda Sosoniylar hukm-ronlik qilgan zamonlarga to‘g‘ri keldi. Sosoniylar zardush-tiylik diniga sig‘inar yedilar. Moniyning bazi fikr-mulo-hazalari (masalan, hayvonlar go‘shtini tanavvul qilmaslik g‘oyasi) yesa zardushtiylik qoidalariga zid yedi. Shuning uchun ham Sosoniy hukmdorlar Moniy talimotini targ‘ibot va tashviqot qilishni man yetdilar. Shunday bo‘lishiga qaramas-dan Moniy o‘z ye iqodini Kashmir va Tibet o‘lkalarida (Sharqiy Turkiston) targ‘ibot va tashviqot qilaverdi. Oqi-batda zardushtiylik, buddiylik, brahmanlik va xristianlik-ning bazi tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan Moniy talimoti nafaqat Sharqiy Turkiston, Xitoy, balki Italiya, Ispaniya kabi mamlakatlarga ham keng tarqaldi.

Moniy talimotida xalq ommasi manfaatini ko‘zlovchi demokratik tamoyillar ham kuchli yedi. Shuning uchun ham Mo-niy talimoti o‘sha zamon hukmdorlarining keskin qarshili-giga sabab bo‘ldi. Oqibatda, Kashmir va Tibet o‘lkalaridan o‘z vataniga qaytgach, Yeron shohi Bahrom I ning farmoni bilan zindonga tashlandi va 777 yilda og‘ir qiynoqlardan so‘ng qatl yetildi. Uning boshi Gundishopur shahri maydoniga ilib qo‘-yildi. Moniyning izdoshlari ham turli qiynoqlarga mahkum qilindi. Hatto Rim imperatori Diokletian 296 yilda mo-niylikni taqiqlovchi maxsus farmon yelon qildi.




Download 18,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish