Reja: Ma’naviyat va savodxonlikka kuyunchak Bobur “Xatti Boburiy” yovuvining kashf etilishi “Boburnoma”da “Xatti Boburiy haqidagi ma’lumotlar Madaniyat tarixida yozuvlarning ahamiyati katta



Download 1,09 Mb.
bet1/2
Sana22.04.2022
Hajmi1,09 Mb.
#575081
  1   2
Bog'liq
2 5190867258850677520


Buxoro davlat universiteti
filologiya fakulteti
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo’nalishi magistranti Baxtiyorova Xumoraning
Xattotlik va kitobatchilik san’ati
fanidan tayyorlagan
mustaqil ishi

Reja: 1. Ma’naviyat va savodxonlikka kuyunchak Bobur 2.“Xatti Boburiy” yovuvining kashf etilishi 3.“Boburnoma”da “Xatti Boburiy haqidagi ma’lumotlar

Madaniyat tarixida yozuvlarning ahamiyati katta. Maʼnaviy merosni, madaniyat va sanʼatni keyingi avlodlarga yetkazadigan muhim vosita — yozuv (xat)dir. Turkiylar oʻz uzoq tarixlarida koʻplab yozuvlardan, chunonchi, turk-runiy yozuvdan, arab yozuvidan, uyg’ur yozuvidan foydalanganlar.


Zahiriddin Muhammad Boburning o‘zbek adabiyoti oldidagi xizmatlari hammaga ma’lum. “Bobur davlat arbobi, sarkarda, tarixchi, olim, tarjimon, shoir bo‘lish bilan birga, ibn Muqla’ kabi buyuk xat ixtirochisi sifatida Sharqqa tanilgan. Hindistonni boshqarib turgan vaqtida 1504-yilda Bobur arab xatining turli shakllarida yoziladigan alohida bir xat ixtiro qilgan. Bu yangi xat “Xatti Boburiy” deb atalgan va shu nom bilan shuhrat topgan.
. Bobur arab yozuvida savod chiqargan va umri boʻyi shu yozuvda ikki uch tilda matn bitgan, bu yozuvning ifoda imkoniyatlari, oʻzlashtirish usullarini yaxshi bilgan. Shuning uchun u bu yozuvni yanada mukammallashtirish, osonlashtirish, soʻzlarni har xil oʻqish nuqsonlarini bartaraf etish maqsadida yangi yozuv — Boburiy xattini kashf etdi.Boburning bu jasorati, birinchidan, maʼnaviyat va savodxonlikka kuyunchakligidan boʻlsa, ikkinchidan, oʻqish va yozishni osonlashtirish, qulaylashtirishga intilishi tufayli edi. Bobur zamonida yozuvni yangilash yoki yangi xatni joriy etishga urinish oson emasdi. Chunki arab yozuvi — „Qurʼon“ yozuvi edi. Shuning uchun Boburiy xattini amaliyotga joriy qilish niyatida Bobur bu xatda, avvalo, Qurʼoni karimdan ikki nusxa tayyorlab, birini Makkaga, ikkinchisini Tehronga joʻnatadi.
Bobur va uning avlodlari Humoyun, Akbar va boshqalar turli fanlar qatorida adabiyot va san’atning rivojiga, xususan, qo‘lyozma manbalarni ko‘chirish va saqlash ishlariga juda katta ahamiyat qaratganlar. Boburning xatga, xususan, matnga munosabati “Boburnoma”dagi bir maktub borasidagi so‘zlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bobur o‘g‘li Humoyunga davlat ishlarini yuritishda maslahat berarkan, o‘g‘lining unga yozgan xatidagi ba’zi o‘rinlarga e’tiroz bildiradi. Jumladan, Bobur xatda Humoyunning o‘ziga nisbatan aytilgan “yolg‘uzluq, yolg‘uzluqkim” so‘zlarini “podshohlikda aybdur”, chunki “podshohlik
bila yolg‘uzlik rost kelmas” deb
noo‘rin qo‘llangan so‘z ekanini ko‘rsatadi.
Zahiriddin Mudammad Bobur o’z g’azallaridan birida “xatti Boburiy” ni “baburi xat” deydi . Ushbu yozuv Boburning tilshunos sifatidagi ulug’ kashfiyotidir. Bu xatning muayyan doirada amal qilganligi to’g’risida ma’lumotlar bor. Lekin bu yozuvda bitilgan matnlardan bizgacha yetib kelmagan yoki, bor bo’lsa ham, fanga ma’lum emas. Muhammad Tohir ibn Qosimning 1645 yili Balxda Said Nodir Muhammadxon topshirig’i bilan yozilgan “Ajoyib at-taboqat” asarida xatti Boburiy bilan bog’lik muhim bir fakt bor O’zR FA Sharqshunoslik instituti fondida 409- xamda 411- ko’rsatkichlari ostida asarning qo’lyozmalari saqlanmoqda.
Kitob yetti bo’limdan iborat. Ularda olamning yaratilishi, payg’ambarlar, yer va koinotning holati, ba’zi ajoyib ishlar, g’aroyib ilmlar haqida so’z boradi. 409- ko’rsatkichli qo’lyozmaning 241a-242- sahifalarida “Dar ta’ayyimi xutut az anvaio” (“Xatlar va uning turlarini bilish haqida”) sarlavhasi ostida muayyan tartibda o’n to’rtta alifbo keltirilgan. Alifbolarning boshida ularning odi ham yozib qo’yilgan. SHulardan o’ninchi alifbo xatt-i boburiydir. Uning boshlanishiga Xatti baburi in ast deb yozilgan. Shundan so’ng xatti Boburiyning 28 harfi keltirilib, har biri arabcha harflar bilan izohlab chiqilgan.
Alifbodagi xarflar sirasi quyidagicha (o’ngdan chapga - faqat arabcha harflarni keltiramiz): 411- ko’rsatkichli qo’lyozmada ham xatt-i boburiy alifbosi bor. Biroq, ushbu qo’lyozmada jami o’nta alifbo namunasi beriladi. Xatt-i boburiy ularning o’ninchisidir. Muhimi shundaki, ushbu alifboda 29 harf keltiriladi. Ular ham arabcha harflar bilan izohlab chiqilgan.
Boburiy xatti haqidagi maʼlumotlarga Boburning devonida bir marotaba va „Boburnoma“da koʻplab marotaba duch kelamiz. Shoir bir g’azalida yozadi:

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish