Reja: Kirish



Download 27.45 Kb.
Sana11.12.2019
Hajmi27.45 Kb.
Noorganik ionlarning ahamiyati va funksiyasi

Reja:

  1. Kirish:

Ionlar haqida tushucha

  1. Asosiy qism:

  1. Noorganik ionlar haqida.

  2. Mikro va makro elementlar.

  3. Zn ioni va uning birikmalari.

III.Xulosa.

Ionlar (yun. ion — borayotgan, harakatlanayotgan) zaryadlangan zarralar atom yoki atomlar guruhi (molekulalar, radikallar va b.) elektron zaryadlangan zarra qabul qilganda yoki yoʻqotganda hosil boʻladi. "Ion" tushunchasi va terminini 1834 yilda ingliz olimi M. Faradey birinchi boʻlib tatbiq etgan. U ishqorlar, kislotalar, tuzlarning suvdagi eritmalari elektr oʻtkazuvchanligi ion harakatiga bogʻliq deb hisobladi. Eritmalarning manfiy qutb (katod)ga harakatlanadigan musbat zaryadli ion kationlar, musbat qutb (anod)ga harakatlanadigan zaryadli ion anionlar deyiladi. ion zaryadining kattaligi elektron zaryadiga karrali nisbatdadir: mas, atom 1, 2, 3, ... elektron yoʻqotganda yoki kabul qilganda shunga mos ravishda 1, 2, 3 va hakoza zaryadli ion hosil boʻladi. Elektrolit eritmasida ion erituvchi bilan oʻzaro taʼsir etishi tufayli barqaror boʻladi. ion mavjudligi sababli eritmalar elektr tokini oʻtkazadi . Atomdan elektron ajralib, kation hosil boʻlayotganda maʼlum miqdorda energiya sarflanadi va uni atomning ionlash potensiali deyiladi. Ionning xossalari ularning kattaligi va elektron qobigʻining tuzilishiga, za-ryadning ishorasi hamda miqdoriga bogʻliq. Ionlar organizmda moddalar almashinuvi jarayonida faol qatnashadi. Ionlar atmosferada boʻladigan oʻzgarishlarda muhim rol oʻynaydi.

Ionitlar, ion almashtiruvchilar, ion almashtiruvchi sorbentlar — elektrolit eritmalarga taʼsir ettirilganda ion almashtira oladigan, tarkibida ionogen va (yoki) kompleks hosil qiladigan guruxlar tutgan polimer yoki anorganik moddalar. Koʻpchilik Ionlar — amorf yoki kristall holdagi, amalda erimaydigan qattiq moddalardir. Kimyoviy tabiatiga koʻra, ular organik, anorganik, mineralorganik, kelib chiqishiga koʻra, tabiiy va sunʼiy Ionlarga boʻlinadi. Organik Ionlarga ion almashtiruvchi smolalar, kimyoviy faollashtirilgan koʻmir, torf, sellyuloza, anorganik ionlarga alyumosilikatlar (seolitlar, permutitlar) va koʻp valentli metallarning gidroksidlari, fosfatlari, sianidlari misol boʻla oladi. ionlar elektrolitlar (tuzlar, kislo-talar va ishqorlar) eritmasidan musbat yoki manfiy ionlarni (kationlarni yoki anionlarni) yutib, ularning o’rniga shanday zaryadli boshqa ionlarni ekvivalent miqdorda chiqara oladi.

Almashinuvchi ionlar zaryadining ishorasiga karab, Ionlar kationitlar va anionitlarga bo’linadi. Kationitlarda faol kislota guruh (—SO3H, — SOON va b.) bor, ular vodorod ionlarini (yoki musbat zaryadlangan boshqa ionlarni) metall ionlarga almashtira oladi. Anionitlarda asos xossalari bor. Aksariyati — tarkibida faol asos guruhi (—NH2, —NH—, Ns) boʻlgan yuqori molekulali polimer ular gidroksil ionlarini (yoki manfiy zaryadlangan boshqa ionlarni) erigan tuz yoki kislota anionlariga almashtira oladi. ionni bir necha marta ishlatish mumkin. Ular suvni yumshatish, tabiiy suvlardan nodir metallar (oltin, uran, ittriy va b.) ni ajratib olishsa, oziq-ovqat, kimyo sanoatida turli moddalarni ajratish va tozalashda qoʻllaniladi. Analitik kimyoda, oʻta sof moddalar ichida, biologik faol moddalar, oqsillar, viruslar, DNK va RNK kabi moddalarni ajratishda, shuningdek, tibbiyotda (qonni zaharli moddalardan tozalashda) ishlatiladi.

Ionlanish — muhit elektr neytral zarralarining zaryadlangan zarralarga aylanishi, neytral zaryadli atomlar va molekulalardan musbat va manfiy ionlar hamda erkin elektronlarning vujudga kelishi; 1) gaz va suyuqliklarning Ionlanish ion — qoʻzgʻalmagan holatdagi neytral atom (molekula)ning ikki va undan ortiq zaryadlangan zarralarga ajralish jarayoni. Ularning ion uchun maʼlum ion energiyasi sarflanadi. Atom (molekula) dan bir elektronni ajratib, musbat ion hosil qilishga sarflangan energiya miqdor jihatdan ion potensialga teng . Zaryadlangan zarralar (elektron, ion) zarbi bilan atom va molekulalarni ionlash zarba ionlanish deyiladi. Zarba Ionlanish ehtimolligi, asosan, ionlanuvchi gaz (yoki suyuqlik) ga, ionlovchi zarralarning energiyasiga, tarkibiga, zichligiga bogʻliq. Bunday Ionlanish koʻpincha, mass-spektrometrlar va atomlar toʻqnashishini oʻrganishda ishlatiladigan asboblarda kuzatiladi. Moddalarda kuzatiladigan ion faqatgina tashqi ionlovchi zarralarning taʼsirlashuvi natijasida boʻlmasligi ham mumkin. Agar modda atom (molekula) larining issiqlik harakati energiyasi yetarli bo’lsa, ular o’zaro toʻqnashishlari natijasida bir-birini ionlantirishi mumkin. Bu termik ionlashtirish deyiladi. Termik ion intensivligi 103—104 K temperaturali moddalarda yuqori boʻladi. Moddalarning I. i fotonlar (yerugʻlik) taʼsirida yuz bersa, bu jarayon foto ionlanish deyiladi. Bunday Ionlanish harakteri pogʻonali boʻladi, yaʼni zarra bir yorugʻlik fotonni yutib, qoʻzgʻatilgan holatga oʻtadi, keyin esa yana keyingi foton bilan taʼsirlashishi tufayli ionlanishi mumkin. Foto ionlanish jarayoni koʻpgina hodisalarda muhim ahamiyatga ega, mas, atmosferaning yuqori qatlamlaridagi Ionlangan gaz yoki suyuqliklar elektr o’tkazuvchan boʻlib qoladi, ularning bunday xususiyatidan muhitning Ion darajasini oʻlchash, yaʼni neytral zarralarning zaryadlangan zarralar soniga nisbatini aniqlash mumkin; 2) elektrolitlarning I. ionlanish — erigan moddalarning erituvchi molekulalari bilan oʻzaro taʼsirlashuvi natijasida molekulalarining ionlarga boʻlinish jarayoni. 3) qattiq jismlarning Ionlanish — qattiq jism atomlarining ionlarga aylanish jarayoni. Bunda elektronlar kristalldagi valentlik zonasidan elektr o’tkazuvchanlik zonasiga oʻtadi. Qattiq jismdagi Ionlanish energiyasi Ixcham taqiklangan zona kengligi energiyasi Eg ga teng boʻladi . Qattiq jismlardan zaryadlangan zarralar oqimi oʻtganda yoki elektromagnit tebranishlar taʼsirida I. sodir boʻladi.

Noorganik moddalarning katta qismi oksidlar, kislotalar gidroksidlari, va tuzlarga bo’linadi. Noorganik moddalardagi organizmlar asosan suv va Na, K, Ca, M g, Cl va shunga o’xshash ba’zi organik ionlar. Shuning uchun noorganik moddalar suv va anorganik tuzlar hujayra tuzilmasining muhim tarkibiy qismidir.

Shuning uchun noorganik moddalar suv va erkin bilan qo’shiladi.

Inson hayotida ionlarning ahamiyati juda katta.

Ular hayot faoliyati fiziologik jarayonlarda juda katta ahamiyatga ega. Misol qilib keltiradigan bo’lsak marganes, mis, molibden va bor fotosintez jarayonining, borishiga, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga urug’larning yetilishiga muhim ahamiyatga ega. Ular yana tashqi muhitning zararli ta’sirlariga chidamlilikni oshiradi. Bir qator bakteriya va zamburuglarning kasalliklariga nisbatan n barqarorligini oshiradi.

RUH- organizmda karbonat angidirid hosil bo’lishida va oqsillarni o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ruh yetishmasligi oqibatida g’alladoshlar , sabzavotlar, va makkajo’xori kasalliklarga tez chalinadi. Poyasining uchlari tez oqarib, o’simlik zaiflashadi, natijada hosildorlik keskin kamamayib ketadi.

Sitrus mevalarda jiddiy kasalliklarni ya’ni barglari oqarib o’simlikni qurib qolishiga sabab bo’ladi. Shaftoli, o’rik va yong’oq daraxtlari uchun ham ruhning ahamiyati katta.

Ruh tabiatda galmey, aldama ruh va villemit minerallari holida uchraydi. Ruh oz miqdorda hayvon va o’simliklar organizmda ham bo’ladi. Ruh oz miqdorda hayvon va o’simliklar organizmda ham bo’ladi.

O’zbekistonda ruh konlari ham bor.

Ruh birikmalari ZnO – ruh oksidi nihoyatda barqaror birikma, u amfoter modda.

Ruhning xlorid kislota, nitrat kislota, sulfat kislota, va sirka kislota bilan hosil qilgam tuzlari suvda yaxshi eriydi. Ruhning sulfidi ZnS suvda erimaydigan oq modda, oq bo’yoq sifatida ishlatiladi.

Ruh sulfide bilan bariy sulfide aralashmasi oq bo’yoq belilla deb ataladigan bo’yoqdir.

Ruhda hamma elektronlar juflashgan bo’ladi.

Ruhning tabiatda 5 ta izotopi bor. Sun’iy yo’l bilan 10 ta radiaktiv izotop olingan.

Ruh olishning 2 ta usuli mavjud.


  1. Qaytarish usuli

  2. Elektroliz usuli

  3. Bu usulda ruhning tabiiy birikmasi ZnO ga sulfat kislota ta’sir ettirib ZnSO4 olinadi. Keyin ruh sulfat elektroliz qilinib ruh olinadi. Ruh nam havoda oksidlanib, himoya parda bilan qoplanadi.



XULOSA.

Xulosa qilb aytadigan bo’lsak, noorganik ionlar inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Noorganik ionlarning funksiyasi juda ko’p tarmoqlidir.

Noorganik ionlardan eng ahamiyatlisi bu ishqoriy va ishqoriy yer metallarining ionlari hisoblanadi.

Misol uchun natriy ishqori ioni sanoat tarmoqlarida ishlatilish munosabatlari bilan natriy ishqori keying vaqtlarda juda ko’p miqdorda hosil qilinmoqda.

U neft mahsulotlari, benzin va kerosinni begona moddalardan tozalashda, sun’iy ipak sanoatida, ko/nchilik sanoatida, soda ishlab chiqarishda va kimyo sanoatining boshqa tarmoqlarida ishlatiladi.

Kaliy ishqori natriy ishqoriga nisbatan unga qaraganda qiyin hosil bo’lishi sababli kamroq foydalaniladi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. To’raqulov Yo. X “Bioximiya”

  2. w.w.w. Ziyo. Net

  3. w.w.w. Ziyo.Uz. net

  4. I.A. Tashev “Anorganik birikmalar”

Download 27.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik