Reja: Kirish



Download 22,29 Kb.
Sana14.11.2019
Hajmi22,29 Kb.
#25982
Bog'liq
Ta'lim jarayonining gnoseologik asoslari

Ta’lim jarayoning gnoseologik asoslari

REJA:


  1. Kirish.

Ta’lim jarayoni mazmun - mohiyati.

  1. Asosiy qism.

  1. Bilish - ta’lim jarayoninig metodologik asosidir.

  2. Ta’limning gnoseologik asoslari.

  3. Ta’limning qonuniyatlari va tamoyillari.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Ta’lim jarayonining mazmun mohiyati. Ta’lim berish g’oyatda murakkab va mas’uliyatli ish, buning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, pedagogik ta’lim jarayonidagi rahbarlik rolini ta’minlashga urinish va harakatlarini saqlashga intilish o’rtasidagi ta’limga xos dialektik ziddiyat aslida yuksalishning manbaidir.

Ta’lim maqsad, mazmun, o’qituvchining shaxsi, talabalardagi dastlabki bilimlarning xarakteri, o’qitishning moddiy – texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Bunda o’qituvchi talabala ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o’zining ko’rsatmalari, yo’naltiruvchi savollar, tegishli tushuntirishlari va hakozalar bilan ularning o’quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. Shunga ko’ra ta’lim birinchidan, o’qitish, ikkinchidan, o’qitishni, ya’ni o’qishni va shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o’z ichiga oladi.

Ta’lim ma’lum qonuniyatlarga bo’ysinadi va umumfalsafiy metodologiyaga muvofiq bu qonunlar ta’lim jarayoni bilan ancha kengroq ijtimoiy jarayonlar o’rtasidagi umumiy, muhim zarur, barqaror aloqalardan, shuningdek, ta’limning alohida komponentalari, ya’ni uning maqsadi, mazmuni, shakli, usullari va uslublari o’rtasidagi ichki bog’lanishlardan iborat. Aniqlangan didaktik qonuniyatlardan qator asosiy talablar kelib chiqadi, ularga rioya qilish o’qituvchining sifatli va samarali amalga oshiruvchini ta’minlaydi.

Ta’lim natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayoni ma’lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va u shaxsning qarashlari, e’tiqodi hatti-harakatlari, umumiy kamolotiga, pirovardida esa uning xulqiga ta’sir etadigan bilimlar, ko’nikmalar va malakalar majmuasining shakllanishiga bog’liq holda namoyon bo’ladi.

Asosiy qism

Bilish - ta’lim jarayoninig metodologik asosidir. Bilish jarayoni kabi ta’lim jarayonida ham o’quvchi bilmaslikdan bilishga, noto’g’ri va noaniq bilishdan toboro to’liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tadi.Bu jarayonda hissiy idrok etish ham abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko’rish ham bo’ladi. Muayyan fan va hodisalar obyektiv dunyoni bilish jarayonidan o’rganiladi va ularning tashqi, ichki mohiyatini o’zlashtirish jarayonida omillar aniqlanadi. Mushohada, tasavvur va abstrakt tafakkurga asoslanib faktlar umumlashtiriladi va ilmiy xulosalar chiqarish natijasida nazariyalar, qonunlar va kategoriyalar yaratiladi.

Bilish ikki pallaga- nazariya va amaliyotga bulinadi. Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya xar hil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik, raqam va boshqalar. Nazariyada g’oya shakllanadi. Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko’rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba o’zgartirish, yaratish – bular amaliyot shakllariga kiradi. Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo’lib xizmat qiladi. Ilmiy bilishning vazifasi xodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochishdan iborat emas, balki biror bir qonunning qay tariqa namoyon bo’lish sabablarini ko’rsatib berishdan iborat. Ilmiy omil ilmiy bilishning elementi bo’lib kuzatish, tajriba asosida qo’lga kiritiladi, omilga asoslanmagan bilimning ilmiy qiymati, amaliy faoliyat uchun axamiyati ham bo’lmaydi. Shuning uchun ilmiy bilimning, fanning asosiy maqsadida omllar asosida yotgan umumiy bog’lanishlarni, qonuniyatlarni topish, ularning mohiyatini bilishdadir.

Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak – atrofdagi voqyelik, narsa va hodisalarni sezgi organlarimizga ta’sir etuvchi ayrim sifatlarning ongimizda aks etishidir. Sezgilar – odam xaqidagi barcha bilimlarimizning manbaidir. Ammo ilmiy asosda bilishda, masalan olimning bilishi bilan o’quvchining bilish faoliyati o’rtasida umumiylik bo’lsa ham lekin, ular bir-biridan farq qiladi. Bilim olish darajalarini biz quyidagi bosqichlarda ko’rsatib o’tamiz.

Bilim olish darajasi.

Olingan bilmni yodda saqlash

Tushunish

Qo‘llash

Taxlil qilish

Sintez

Analiz

Ta’limning gnoseologik asoslari. O’quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim mazmunining xususiyatlari va gnoseologik jihatlariga bog’liq.

Gnoseologiya (yunoncha – «gnosis» («gnoseos») - bilim, ong, o’rganish, logiya –fan, ta’limot) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.

Ijtimoiy taraqqiyot tarixida insonning atrof-muhitni bilishi umumiy tuzilishiga va bosqichlariga turlicha yondoshishlar ma’lum. Ana shu yondoshishlar o’quv jarayonini qurish va ta’lim mazmunini tushunish mantiqini belgilab beradi.

Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qo’shgan. U birinchi bo’lib koinot ob’ektlarining harakatlari hamda yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko’rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.

Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli kontseptsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va ob’ekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.

Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir, - deb hisoblaydi Kindiy.

Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g’oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o’rganadi, o’zlashtirganlarini o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlarga yo’naltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. YAxshi nazariyotchi bo’lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:



  1. fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;

  2. ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiharishi, ya’ni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;

  3. xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg’ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur.

Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to’xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo’lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.

Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida o’rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo’li bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o’zining tabiblik amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari bo’yicha va dorilar ta’sirini kuzatish asosida aniqlagan.

CHex pedagogi YA.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma tomonidan ilgari surilgan ta’limning tabiiyligi g’oyasi ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari tabiat qonunlariga muvofiq belgilanishini ta’kidlaydi.

YA.A.Komenskiyninng tabiatga bog’liqligi haqidagi g’oyasi – g’arb olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ochib berish, moddiy dunyo qonunlarining o’quv jarayoniga ta’sirini ko’rsatib berishga urinishlaridan biridir.

XVIII asrda frantsuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o’rni haqidagi falsafiy dunyoharashlar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga urinib ko’rgan. Olimning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishi tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qo’ynida, qishloq joylarda rivojlanishi kerak.

Bolaning atrof-muhit mohiyatini tez anglashini xususiyatini hisobga olib ekzistentsiolizm (yunoncha «existetia» - mavjudlik) vakillari ta’lim mohiyatini quyidagicha ifoda etadilar: maktabning asosiy maqsadi intellektini rivojlantirish emas, balki bolani emotsional tarbiyalashdir.



Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiv tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizim ni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy. amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiv (aniq) deb ataladi.

I.P.Podlasiy ta’lim jarayonining quvidaai umumiy qonunivatlarini ajratib ko‘rsatadi:

1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog‘liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi.

2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o'quvchilarning yoshi imkoniyatlari, ta iim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o ‘quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.

3. Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog‘liq: avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o‘iganilayotgan material xususiyati va hajmi, o ‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda o'quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti.

4 . Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog'liq: metodlarni qo'llashda bilimlari va ko'nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o'quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o'quv jarayonini tashkil etish.

5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog'liq: ta’lim tizim ida qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta ’sir ko‘rsatishlarning asoslanganliligi.

6. Ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ichki rag'batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlari.

Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlarning ko‘plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

1. Didaktik qonuniyatlar.

2. Gnoseologik qonuniyatlar.

3. Psixologik qonuniyatlar.

4. Kibernetik qonuniyatlar.

5. Sotsiologik qonuniyatlar.

6. Tashkiliy qonuniyatlar.

Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang‘ich qoidalardir.

Tamoyil (yunoncha «principium») — biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.

O’zbekistonda didaktik ta’limning tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla Avloniy, Hamza Xakimzoda Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy, Qori Niyoziy kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan bog’liq. Shunday qilib didaktika tamoyillari asrlar osha sayqal topib bordi. Albatta didaktika tamoyillari har bir davrning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda o’zgarib boradi. Chunki ta’lim tamoyillari jamiyat va davlat oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ta’lim (o’qitish) jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Unda pedagog va talabalar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun qoidalari ya’ni ta’limga quyilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog’liq.

Ta’lim tamoyillari pedagogning faoliyatini va talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi tegishli ko’nikma va malakalar xosil qilishning asosiy qonun va yo’l yo’riqlarini o’z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda ta’lim tamoyillari har ikkala faoliyatning ya’ni pedagog va talaba tomonidan o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi. Shunga ko’ra ta’lim qoidalari o’qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.

Ta’lim tamoyillari deb umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o’qish va o’qitish jarayonlarining yo’nalishi talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, bilim va malaka xosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig’indisiga aytiladi.

Keyingi yillarda ta’lim qoidalarini o’rganish ularni tahlil qilish va mukammallashtirish ustida ish olib borilmokda. Ta’lim qoidalarini sistemalashtirish masalasi ham doimo faol masala bo’lib kelgan.

Bugungi kunda pedagogika fani quyidagi ta’lim tamoyillarini ajratib ko’rsatmoqda:

1. Ta’limning ilmiy bo’lishi;

2. Ta’lim va tarbiyaning birligi;

3. Ta’limning tizimli va izchil bo’lishi;

4. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lishini ta’minlash;

5. Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillikka erishish;

6. Ta’lim jarayonining ko’rsatmali va ko’rgazmali bo’lishi;

7. Bilimlarni puxta va tizimli o’zlashtirib olish;

8. Ta’lim jarayonida shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish;

9. Ta’limda talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish.

Ta’lim tamoyillarini guruhlarga ajratish va ularga tavsif berish ishi butunlay yakunlangan deya olmaymiz. Chunki yuqorida aytib o’tganimizdek bu tamoyillar davr talablari va ehtiyojlaridan kelib chiquvchi ta’lim xususiyatlariga qarab o’zgarishi mumkin. Bundan tashqari pedagogika va xususan didaktikaning fan sifatida mukammallashib borishi yangi bilimlarning xosil bo’lishi ham ushbu tamoyillarni guruhlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda 7 ta, ba’zi adabiyotlarda 9 ta, ba’zi adabiyotlarda esa 10ta tamoyilni sanab o’tilgan. Hozircha biz 9 ta tamoyil guruhini ajratishni lozim topdik.

Xulosa


Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonini qonun va qoidalarini o’rganuvchi pedagogikaning asosiy qismlaridan biri. Ta’lim jarayonining asosiy mohiyati tarixan to’plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, yoshlarni bilimlar bilan qurollantirish, kerakli malakalar va ko’nikmalarni xosil qilish. Talabalarning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatini va iste’dodlarini ochish hamda rivojlantirish, ularni ma’naviy yetuk va tarbiyali shaxs sifatida shakllanishini ta’minlashdir. Ta’lim – inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo’lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o’zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O’qituvchi ta`lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, bu jarayonda u ta’lim oluvchiga ta’sir ko’rsatadi, bu esa bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada ta’lim oluvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Karimova V.M. va boshqajar Psixologiua Toshkent.,TDIU 2007

2. N. Xo’jayev va boshqalar. “Pedagogika”. Toshkent.,TDIU 2007.

3. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika” Toshkent. TDIU, 2007 yil.

4. Akramova F. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika. Psixologiya Toshkent. TDIU, 2007 yil.

5. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogik maxorat” Toshkent. TDIU, 2007 yil 6. Psixologiya i pedagogika. Pod.red. A.A.Radugina. Moskva 2003.

7.«Pedagogika» V.A.Slastenin, I.F.Isayev, A.I.Mixenko, Ye.N.Shiyanov. Moskva. «Shkolnaya pressa». 2004

8. Podlaso’y I. P. Pedagogika. Moskva ,2003.



9. www.inter – pedagogika.ru, google.ru, ziyonet.uz, ziyouz.com, hozir.org, uzedu.uz
Download 22,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish