Reja: Kirish Fannining predmet va vazifalari. Axborot komplekslari va texnologiyalari haqida tushuncha. Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari. Axborot texnologiyalarining tasnifi



Download 89,5 Kb.
bet1/7
Sana24.03.2022
Hajmi89,5 Kb.
#508119
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish


Reja:

Kirish
1.Fannining predmet va vazifalari.
2. Axborot komplekslari va texnologiyalari haqida tushuncha.
3.Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari.
4. Axborot texnologiyalarining tasnifi.
5.Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot texnologiyalarining ahamiyati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Ilmiy texnika rivojining diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri - hisoblash texnikasining inson faoliyatining barcha sohalariga keng miqyoda tatbiq qilinishidir. Xalq xo`jaligining rivoji o`z navbatida yuqori unumli elektron hisoblash mashinalarini (EHM), raqamli-programmali boshqariladigan stanoklar va qurilmalar, sanoat robotlari va ishlab chiqarish modullarini ishlab chiqarishni ko`paytirish va keng miqyosda tatbiq etishni talab etadi. Avtomatlashtirishning asosiy quroli bo`lib, o`zining algoritmik va programma ta’minotiga ega bo`lgan kompyuterlar
Dvigatel va robotlarning kashf qilinishi jismoniy mehnatni avtomatlashtirish asrini ochgan bo`lsa, kompyuter va sun’iy intellekt vositalarning paydo bo`lishi inson aqliy faoliyatida xuddi shunday yangi davrni boshlab berdi. Shuning uchun ilmiy - texnika rivojining hozirgi bosqichi ko`pincha "kompyuter inqilobi" deb yuritiladi.
Elektron hisoblash texnikasining, ayniqsa, mikrokompyuter vositalarining tez rivoji o`ziga xos yangi ilmga turtki berdi. Hozirgi paytda informatika faniga ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash va boshqarish bilan bog`liq bo`lgan yangi ilmiy yo`nalish sifatida qaralmoqda.
Kompyuterlarni yangi aloqa vositalari orqali bog`lash imkonining vujudga kelishi informatsion texnologiyaning va shu jumladan "qog`ozsiz" informatikaning imkoniyatlarini keskin oshirdi. Bu zamonaviy texnologiya jamiyat turmushining barcha sohalariga o`z amaliy ta’sirini o`tkazmoqda.
Fannining predmet va vazifalari.
Agar 70-yillarda EHM-lar maxsus hisoblash markazlarida joylashtirilib, faqat mutaxassisoperatorlar bu EHM-larda ishlagan bo`lsa, hozir esa kompyuterlar ixcham, lekin juda imkoniyati keng bo`lgan qurilma bo`lib, mutaxassislarga avtomatlashtirilgan ravishda ma’lumotlar va bilimlar bankiga bevosita murojaat qilish imkonini ta’minlaydi.
Ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash bo`yicha kompyuterlarni samarali qo`llash doirasi kundan-kunga kengayib bormoqda.
Informatikani tatbiq etishning asosiy sohalari quyidagilardir:
-ishlab chiqarishni to`liq avtomatlashtirish va robotlashtirish;
-ilmiy izlanishlar va loyihalashtirishni avtomatlashtirish;
-tashkiliy - iqtisodiy boshqarishda informatikani qo`llash;
-maktablar, kollejlar, oliy o`quv yurtlarida o`qitish va kadrlar tayyorlashni kompyuterlashtirish; xizmat ko`rsatish, sog`liqni saqlash va aholi turmush sohalariga informatikani tatbiq etish. Xususiy kompyuterlarning paydo bo`lishi informatikani tatbiq etish va "kompyuter bo`yicha savodsizlik"ni tugatishni tezlatishga asosiy turtki bo`ldi.
Hozirgi zamon kompyuterlariga bo`lgan qiziqish shuning uchun ham oshdiki, ular masalani yechishda mehnat unumdorligini keskin oshirdi. Masalan, katta integral sxemalarini loyihalashtirishni avtomatlashtirishda kompyuterlarning qo`llanishi loyihalarni ishlab chiqishni bir necha yildan bir necha oygacha qisqartirish imkonini berdi. Bu integral sxemalar yangi kompyuterlarda qo`llanishini hisobga olsak, kompyuterlarning mukammallashib borishi juda tez yuz berishi va yaqin orada juda ham mukammal kompyuterlar yaratilishi kutilishiga umid qilishimiz mumkin.
Xususiy kompyuterlarning imkoniyatlari avtomatlashtirilgan ish o`rinlari (AIO’)- ning yangi avlodini yaratish imkonini beradi. Bunday aqlli stantsiyalar programma ta’minotining asosiy qismlaridan biri bo`lib funktsional protsessorlar xizmat qiladi.
Funktsional protsessorlar turli xildagi ma’lumotlardan qulay holda foydalanish, foydalanuvchi va kompyuter orasida samarali dialog rejimini ta’minlash bilan birga katta hajmli ma’lumotlar bazasi bilan ham ishlash imkonini beradi.
Hisoblash texnikasidan hisob-kitob, ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqarish ishlarini bajarishda foydalanish, bu ishlarni yuqori saviyada bajarishdan tashqari boshqaruv apparatidagi xizmatchilar sonini kamaytirish, to`liq va aniq ma’lumotlarni istalgan vaqt oralig`i uchun olish imkonini beradi.
Hozirgi zamon aloqa sistemalari kompyuterlarni istalgan uzoqlikdagi elektron ma’lumot manbalariga ulash imkonini beradi. Bunga misol bo`lib, sun’iy yo`ldoshlar orqali bog`langan kosmik aloqa sistemasi hamda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidagi 1500 dan ortiq ilmiy markazlarni bog`lovchi xalqaro kompyuter tarmog`i xizmat qilishi mumkin.
1976 yilda Frantsiyada Videotex deb nomlangan milliy tarmoq yaratishga kirishildi. Bu tarmoqdan foydalanish uchun har bir telefon apparati bor bo`lgan xonadan o`z xonadoniga terminalni o`rnatishi mumkin. Bu terminal yordamida telefon tarmog`i orqali kerakli tashkilot nomerini terib, u yerdagi kompyuterdan foydalanib turli xil xizmatlarni, shu jumladan bank xizmatlarini ham olish mumkin. 1986 yilga kelib 2,5 million shunday terminallar o`rnatildi. Shulardan bir qismi tekinga o`rnatildi.
Teletal nomli loyihaga binoan 2 ming xil xizmat ko`rsatish turi mavjud bo`lib, shulardan 30 xili bank xizmatlari ko`rsatish uchun mo`ljallangan. 1986 yil boshida 150 ming iste’molchilar uchun va 50 ming ishbilarmon uchun elektron schetlar ochildi. 1986 yil oxirida Frantsiyaning taxminan 2% xonadon egalari o`z uylarida banklarning bo`limlariga ega bo`ldilar.
Bu yo`nalishlarni Buyuk Britaniyada "Nottingxem Bilding Sosayeti" va "Benk of Skotland", Germaniyada "Keln jamg`arma banki” va Gamburgdagi "Ferbrauxer Bank" tashkilotlari boshlab berdi. Shvetsiyada uylardagi banklar bilan ishlashni Stokgolmdagi "Gota banken" boshlab berdi. O’zbekiston Respublikasi uchun ko`rib chiqilayotgan muammo juda ham dolzarbdir. Bank tizimini keskin ravishda rivojlantirishda faqat yangi texnik bazaga tayanish kerak. Yetarli darajada avtomatlashtirilgan holda bank bo`limi o`z kassasi bilan birlashtirilishi va terminallari aloqa bo`limlari, magazinlarda, vokzallarda va hokazolarda joylashgan hisoblash tarmog`ini tashkil qilish mumkin.
Germaniyaning "Niksdorf" kompaniyasi elektron pullarni tatbiq qilish bo`yicha ilg`orlardan biri hisoblanadi. Bu kompaniyada Eurocard nomli standart kredit kartochkalar ishlatilib, hozirgi davrda dunyo bo`yicha 5,8 mlndan ortiq kishi bu kartochkalardan foydalanadi.
Har bir kredit kartochkasiga ma’lumot tashuvchi vosita-magnit karta o`rnatilgan bo`lib, unda xususiy schet nomeri, bank nomi, mamlakat, mijozning to`lash qobiliyati ko`rsatkichi, berilgan kredit qiymati va hokazolar yozilgan bo`ladi. Yangi mijozni bu tarmoqka qo`shish uchun unga kamida 2 ming Germaniya markasida kredit ochilgan bo`lishi kerak.
Frantsiyada aqlli kredit kartochkalarini joriy qilish boshlandi. Bunday kartochkalarga 7 kilobaytli operativ xotiraga ega bo`lgan mikroprotsessor o`rnatilgan bo`lib, 200 xil to`lov operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. AQShda magnitli to`lov kartochkalari tatbiq qilingan. Bu kartochkalarga ham tegishli xajmda operativ xotiraga ega bo`lgan mikroprotsessor o`rnatilgan bo`lib, hech qanday terminalsiz uydagi telefon yordamida to`g`ridan-to`g`ri bank bilan hisob-kitobni amalga oshirish mumkin.
Butun dunyo bo`yicha naqd pulsiz hisob-kitob sistemalariga ega bo`lgan bank tarmoqlari jadal tatbiq etilmoqda. Bulardan biri Bankwire bo`lib, u kredit iste’molchilari uchun emas, balki banklararo hisob-kitobga mo`ljallangan edi. Tarmoq orqali faqat bank hujjatlari emas, balki mas’uliyatli moliya qarorlarini ham qabul qilish uchun ishlatiladigan muhim ma’lumotlar ham yuborilar edi.
AQSH federal rezerv sistemasi tomonidan yaratilgan Fedwire sistemasi mamlakat ichida sodir bo`lgan oldi-berdilarning 60% ini qamrab oladi. Bu taxminan bir kunda 360 milliard dollarga to`g`ri keladi. Uning xizmatidan 800 dan ortiq bank foydalanadi. Nyu Yorkda joylashgan SNIPS (Claring House Interbank Payments System) moliyaviy tarmog`i 90% tashqi oldi-berdilarni jamlagan bo`lib, unda 190 ta bank ishtirok etadi.
Banklararo elektron hisob-kitob sistemasining keyingi ravnaqi oxir oqibatda nakd pullarning butunlay yo`qotilishiga olib kelishi shubha tug`dirmaydi. Har qalay bu qat’iy qadamga barcha rivojlangan kapitalistik mamlakatlar amalda tayyordir. G`arbiy Yevropadagi kichik davlatlar tayyorgarlik tadbiri sifatida har bir yangi tug`ilgan chaqaloqqa bankda hisob raqami ochishni zaruriy shart qilib qo`ydilar.
Bizning respublikamizda pul-kredit muomalasini kompyuterlashtirishdek dolzarb vazifa turibdi. Ichki elektron pulning ma’lum sistemasisiz respublika xalqaro iqtisodiy munosabatlarda teng xuquqli ishtirokchi bo`la olmaydi.
Ijtimoiy munosabatlarning o`zgarishi va bozor iqtisodining shakllanishi sharoitida respublikada birinchi navbatda informatikani qo`llash ob’ektlari bo`lib, bozor munosabatlari ishtirokchilari - mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va istemolchilar (assotsiatsiyalar, kontsernlar, firmalar, qo`shma korxonalar, kichik korxonalar, kooperativlar va hokazolar) hamda moliya-birja faoliyati va tashkilotlar xizmat qilishi mumkin.
Bunda asosan e’tiborni iqtisodiy informatika va hisoblash texnikasi bo`yicha nazariy bilimlarni shakllantirish hamda EHMda ishlash, masalani aniq qo`yish, algoritmlash, tayyor programma vositalaridan, xususan amaliy programmalar paketidan foydalana bilish ko`nikmalarini hosil qilishga qaratiladi.
Informatika ma’lumotlarni to`plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish bilan bog`liq ishlarni yengillashtirishga xizmat qiladi. Bu soxadagi yetakchi olimlarning fikriga ko`ra, informatika ilmiy va amaliy fanlar majmuasini tashkil qilib, ma’lumotlarni kompyuterlar yordamida qayta ishlash sistemalarini loyihalash, yaratish, baholash, ishlashini ta’minlash bo`yicha barcha muammolarni o`rganish, bu sistemalarni boshqa sohalarga qo`llash va shu sohalarga ta’sirini o`rganadigan fandir. Qisqacha aytganda, informatika ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini o`rganish va uni avtomatlashtirish yo`llarini izlashga xizmat qiladigan fan sifatida maydonga keldi.
Informatikaning usullari va vositalari ma’lum ma’noda moddiylashib, iste’molchilarga yangi informatsion texnologiya va sistemalar tarzida yetib boradi. "Informatsion texnologiya" deganda, ma’lumotlar majmuasi va bilimlar bazasi orqali joylarda yoki masofaviy usulda xizmat ko`rsatishning zamonaviy hisoblash texnikasi programmaviy-texnik vositalari va tarmoqli hamda Internet aloqa vositalariga tayangan hozirgi zamon turlari tushuniladi.

Download 89,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish