Reja: Iqtisodiy islohotning asosiy ustuvorliklari va yo’nalishlari



Download 1,92 Mb.
bet1/3
Sana02.05.2020
Hajmi1,92 Mb.
#48561
  1   2   3
Bog'liq
Rahmonqulov Javohir Kurs ishi


Mavzu: O’zbekistonda iqtisodiy islohot bosqichlari: yakunlar va istiqbollar

REJA:


  1. Iqtisodiy islohotning asosiy ustuvorliklari va yo’nalishlari

  2. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning bosqichlari

  3. “Harakatlar strategiyasi”ning iqtisodiyotga bog’liqligi

  4. O‘zbekiston iqtisodiyoti: istiqbollar va xavflar

IQTISODIY ISLOHOTNING ASOSIY USTUVORLIKLARI VA YO‘NALISHLARI

Mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiyotga berilgan e’tibor bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan bo’ldi. Birinchi Prezident Islom Karim o’zining asarlarida ko’p o’rinda iqtisodiyotda islohotlarning bosh tamoyillari va yo’nalishlari haqida aytib o’tgan. Obyektiv voqelik shundayki, respublika barcha yetilgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni birdaniga hal qilishga qodir emas edi. Ko‘pgina mamlakatlarning tajribasi iqtisodiy islohotlar xalq xo‘jaligining barcha sohalarida bir xil jadallik bilan amalga oshmasligini ko’rsatmoqda edi. Resurslar cheklangan sharoitda hamma muammolarni bir yo‘la hal qilishga urinish hech qanday samara bermasdi.

Shu sababli islohot yo‘nalishlarini belgilab olish chog‘ida shunday asosiy bo‘g‘inlarni topish muhimki, ularga asoslanib jamiki muammolarni hal qilish mumkin. Respublikada amalga oshirilayotgan tub bozor islohotlarining butun dasturi eng muhim vazifalarni izchillik bilan hal etishga asoslangan.

Bozor asoslarini vujudga keltirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy vazifasi bo‘lib, ular mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, bozor tuzilmalarini shakllantirish, moliya va bank tizimini qayta tashkil etish, barcha darajalardagi boshqaruvning mutlaqo yangi tizimini barpo etish kabi eng muhim jihatlarni o‘z ichiga oladi.

Iqtisodiy islohotlarning butun zanjirida agrar sohadagi o‘zgartirishlarga g‘oyat katta ahamiyat berildi. Bu esa aholining aksariyati qishloqda yashashi, iqtisodiyotning agrar-sanoat tarzida ekanligi hamda hayotiy muhim muammolarni hal qilishda qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni bilan bog‘liq. Iqtisodiyotning agrar sohasi katta imkoniyatlarga ega edi. Bu imkoniyatlardan foydalanib, aholini oziq-ovqat va sanoatni xom ashyo bilan ta’minlashni yaxshilabgina qolmay, respublika qishloq aholisining turmushini farovon qilish ham mumkin.

Qishloq - milliy daromadning juda muhim manbai, valuta asosan qishloq xo‘jaligi hisobiga olinadi. Lekin eng muhimi - qishloq iqtisodiyotda va ijtimoiy turmushda, binobarin siyosatda ham shunday bir bo‘g‘inki, shu bo‘g‘in orqali butun respublika farovonlik va to‘kin-sochinlikka erishadi. Dehqon badavlat bo‘lsa, butun respublika badavlat bo‘ladi. Hozir biz hammamiz qishloq hisobidan yashayotganimizni tan olishimiz kerak.

So‘nggi yillarda agrar sohaning iqtisodiyotdagi ahamiyati hisobga olinib, unga e’tibor kuchaytirilmoqda. Qishloq xo‘jalik xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni yaxshilash, sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxini belgilashdagi nomutanosiblikni tugatish maqsadida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari barcha turlarining xarid narxlari muntazam oshirib borilmoqda. Chunonchi, so‘nggi uch yilda asosiy mahsulot - paxtaning xarid narxi ko‘p marta ko‘paytirildi. Don mahsulotlarining narxi ham ancha ko‘tarildi. Kartoshka, meva, sabzavot, chorva mollari va parranda, sut va tuxum, qorako‘l teri va junning xarid narxlari ham oshirildi. Bugungi kunda paxta va g‘alladan bo‘lak qishloq xo‘jalik mahsulotlari erkin narxlarda sotilmoqda. Ayni paytda bozor munosabatlarini rivojlantirish yo‘liga muvofiq davlatga sotish majburiy bo‘lgan qishloq xo‘jalik xom ashyosi va mahsulotlari hajmi ancha qisqardi. Paxta, g‘alla va boshqa don ekinlariga davlat buyurtmasi 80 foizgacha kamaydi, davlatga sotilishi shart bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka 50 foiz darajasida saqlab qolindi.

Dastlabki yillarda paxta maydonlarini kamaytirish hisobiga shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni va dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish siyosati o‘tkazildi. Bu siyosat qishloqdagi oilalarning moddiy ahvolini yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Aslida bu davlat yerlarini dehqonlarga topshirish yo‘lidagi dastlabki qadamlar edi. 720 ming gektarga yaqin unumdor yerlar dehqonlarga muddatsiz shaxsiy foydalanish uchun topshirildi. So‘nggi ikki yilda bu yerlarning umumiy maydoni ikki baravar ko‘paydi. Respublikada tomorqalarning o‘rtacha miqdori 1989 yildagi 0,12 gektarga nisbatan 0,20 gektarni tashkil etmoqda, bir qancha viloyatlarda esa har bir oilaning tomorqasi 0,25 gektardan oshib ketdi.

Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning egalarini va fermerlarni chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga rag‘batlantirish uchun maxsus qarorlar qabul qilindi. Bu qarorlar jamoa xo‘jaliklari va davlat xo‘jaliklari zimmasiga aholiga chorva mollari va parranda sotish hamda ularni ozuqa bilan ta’minlash vazifasini yukladi. Qishloqda ishbilarmonlikni, fermer xo‘jaliklarni va kichik korxonalarni rivojlantirishga amaliy-moliyaviy madad berish uchun "Tadbirkor" degan maxsus aksionerlik tijorat banki tuzildi. Bu bank asosan imtiyozli shartlarda qarz berish yo‘li bilan dehqon (fermer) xo‘jaliklarining, qishloq xo‘jalik ijarachilarining, shaxsiy tomorqa uchastkalarining, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan kichik, shu jumladan, xususiy korxonalar va firmalarning oyoqqa turib olishiga yordam berishi lozim edi.

Fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi, shaxsiy tomorqalarning kengaytirilishi qishloqdagi bir qancha o‘tkir muammolarni hal qilishga yordam berdi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari, birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmi ko‘paydi. Qishloqda, ayniqsa, ayollar va yoshlar uchun mehnat qilish sohasi kengaydi. Qishloq aholisining daromadlari ko‘paydi. Yakka tartibda uy qurish ko‘lamlarini kengaytirish hisobiga uy-joy muammosini hal qilishda katta siljish bo‘ldi. Bularning hammasi bozor munosabatlari vujudga kelayotgan murakkab davrda katta madad, barqarorlashtiruvchi qudratli omil bo‘ldi.

Shahar bilan qishloq o‘rtasidagi nomutanosiblikni tugatish yuzasidan ko‘p ish qilindi. Qishloq ahlining turmushi yaxshilanapti, biroq ana shu tafovutni tugatish uchun hali ko‘p mehnat qilishga, qishloqqa katta madad ko‘rsatishga to‘g‘ri keldi.

Qishloq xo‘jaligi yaqin yillar davomida ham amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning hamisha markazida bo‘ldi. Dehqonchilik sohasini rivojlantirish muammolari O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish strategiyasida hal qiluvchi bo‘g‘in bo’ldi. Barcha iqtisodiy o‘zgarishlarning borishi ko‘p jihatdan tub o‘zgartishlarning teran jarayonlari agrar sohaga qanchalik chuqur ta’sir ko‘rsatishiga, qishloqdagi islohot qay darajada amalga oshishiga, qishloq aholisining keng tabaqalari islohot g‘oyalarini nechog‘lik ma’qullashiga bog‘liq edi.

Xarid narxlariga erkin tus berib, uni jahon bozoridagi narx-navolar darajasiga yetkazish, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga imtiyozli soliq solish va qarz berishni saqlab qolish, xo‘jaliklarga ko‘proq iqtisodiy erkinlik berish, qishloqda yangidan vujudga kelayotgan bozor iqtisodiyoti tuzilmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lini bundan buyon ham o‘tkazish orqali qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini iqtisodiy rag‘batlantirishga doir ta’sirchan choralarni ko‘rish strategik yo‘l.

Basharti, yer xususiy mulk qilib beriladigan bo‘lsa, suvni ham, butun irrigatsiya tarmoqlarini ham xususiy mulk qilib berishga to‘g‘ri keladi. O‘rta Osiyo sharoitida suv bo‘lmasa, yerning qadri qolmaydi. Zamonaviy texnika bilan qurollangan irrigatsiya inshootlarini bo‘lib yuborish mumkin emas. Mavjud melioratsiya tizimi uni saqlash va tiklash uchun muntazam ravishda katta mablag‘ sarflashni talab qiladi. U davlat mulki bo‘lib qolgandagina davlat unga katta miqdorda mablag‘ sarflashi mumkin.

Bundan tashqari, respublikada aholi zich joylashgan, qishloq aholisi esa bundan ham zichroq. Ish bilan band bo‘lgan har bir kishiga o‘rtacha bir-bir yarim gektar sug‘oriladigan yer to‘g‘ri keladi. Ularning oila a’zolari hisobga olinsa, jon boshiga o‘rtacha 0,33 gektar yer to‘g‘ri keladi. Kelgusida esa aholining bunday ko‘payish sur’atlarida dehqonchilik uchun yaroqli yerlarning tanqisligi yana ham oshadi. Bunday sharoitda yerni xususiylashtirish ijtimoiy vaziyatni keskinlashtirishi mumkin. Asrlar mobaynida davom etib kelgan yerga egalik qilish uchun shafqatsiz kurash xalq boshiga son-sanoqsiz kulfat keltirgani hammaga ma’lum.

Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida yerning alohida qiymatini, hozirgi demografik, avvalo, qishloqdagi shunday vaziyatni, paxta yetishtirishning zamonaviy agrotexnikasi talablarini hisobga olganda yerni davlat mulki sifatida saqlab qolish, uning sotilishiga yo‘q qo‘ymaslik maqsadga muvofiqdir. Bu gap suv va sug‘orish tizimiga ham taalluqlidir. Yerni oldi-sotdi manbaiga aylantirish aholining hayotiy asoslariga putur yetkazgan, yer bilan chayqovchilik qilishni keltirib chiqargan, dehqonni ertangi kunga, o‘z farzandlari va nevaralarining taqdiriga ishonchdan mahrum etgan bo‘lar edi.

Yerdan xususiy tarzda foydalanish O‘rta Osiyodagi ahli musulmonga azaldan yot edi. Musulmon huquqi hukmron bo‘lgan hamma joyda yer Allohning mulki va uning inoyati hisoblangan. Musulmon qonunlariga ko‘ra, yerga to‘la, cheklanmagan egalik huquqi mavjud emas. Bu qonunlarga muvofiq yer foydalanish va egalik qilish uchun ma’lum qattiq cheklovchi shartlar bilan, albatta parvarish qilish sharti bilan, berilgan bo‘lib, shu yerning egasi uni sotishga haqli emas. Shu sababli, ulushbay ijara usuli keng tarqalgani tasodif emas, bu usulda chorakor davlatga va yerning egasiga o‘zi yetishtirgan mahsulotning bir qismini topshiradi. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davridagina yerni sotish erkinligi iqtisodiy jihatdan qaramlikka aylantirishning bir shakli sifatida qonunlashtirib qo‘yilgan edi.

Yerni dehqonlarga foydalanish uchun meros qilib qoldirish huquqi bilan berish orqaligina qishloqda bozor munosabatlarini rivojlantirishga, dehqonlarda egalik tuyg‘usini qaytadan tiklashga erishiladi. Eng muhimi - qishloqda xo‘jalik yuritishning har bir dehqonga manfaatdorlik bilan erkin mehnat qilish, o‘z mehnati natijalarini mustaqil tasarruf etish, o‘z oilasining ehtiyojini qondirish imkonini beradigan shaklini vujudga keltirish lozim. Agar dehqon yerdan olingan mahsulot o‘z mulki ekanini, yetishtirilgan mahsulotning xo‘jayini ekanini his etsa, shundagina u o‘zini yerning haqiqiy egasi deb hisoblaydi.

Qishloqda o‘zgarishlar demokratik usullar bilan, avvalo, dehqonchilik sohasidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‘zgartirish hisobiga amalga oshiriladi. Mehnatni tashkil etishning dehqon uchun tushunarli va foydali bo‘lgan shakllarini tiklash zarur. Sharqda odamlar asrlar davomida jamoa bo‘lib yashagan va mehnat qilgan. Jamoatchilik asoslari xalq ongiga chuqur singib ketgan. Shunga asoslanib, dehqonchilikni isloh qilishning dastlabki bosqichida, qishloqda ishlab chiqarishning chinakam kooperativ shakllarini tiklash vazifasi qo‘yilmoqda. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yoppasiga davlat tasarrufiga olishdan voz kechish eng muhim yo‘ldir. Bu - inqilobiy yo‘l emas, balki so‘nggi vaqtlarda qishloq xo‘jaligida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishdir.

Davlat xo‘jaliklarini, birinchi navbatda zarar keltirayotgan davlat xo‘jaliklarini qayta tuzib, jamoa xo‘jaliklariga aylantirish - ustuvor yo‘nalishdir. Asosiy fondlarni va boshqa mol-mulkni mehnat jamoasiga tekinga mulk qilib topshirish yo‘li bilan 700 tadan ko‘proq davlat xo‘jaligini kooperativ xo‘jaliklarga va davlatga taalluqli bo‘lmagan o‘zgacha ishlab chiqarish tuzilmalariga aylantirish rejalashtirilgan. Keyinchalik jamoa xo‘jaliklarining o‘zi yirik kooperativ xo‘jaliklarga aylanadi, ularning asosini fermer xo‘jaliklari, kichik korxonalar, chog‘roq kooperativlar, pudratchi va ijarachi oilaviy jamoalar tashkil etadi. Yetishtirilgan mahsulotning hammasi dehqonning ixtiyorida qolishi kerak. Jamoa xo‘jaligining boshqaruvi bilan dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida shartnoma tuzilishi lozim. Jamoa xo‘jaligi ularni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashmog‘i kerak. Jamoa xo‘jaligining asosiy vazifasi dehqon xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishdan, zarur texnika, mineral o‘g‘itlar, urug‘lik bilan ta’minlashdan, yer unumdorligini oshirish tadbirlarini ko‘rishdan, irrigatsiya ishlarini bajarishdan iborat bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan kuchlarning ortiqchasini bo‘shatib olib, ularni sanoat korxonalarida mehnatga jalb etish hozirgi agrar siyosatning muhim yo‘nalishidir. Hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, qishloqlarimizda 6,5 million mehnatga layoqatli odam bor. Tabiiyki, qishloq xo‘jaligining o‘zi bu miqdordagi ishchi kuchini ish bilan ta’minlay olmaydi. Buning natijasida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining sanoat usullari, ilg‘or agroximiya tadbirlari juda sekinlik bilan joriy etilmoqda. Qishloqdagi yashirin ishsizlikni tugatish, qishloq joylarda ixcham, zamonaviy texnologiyaga asoslangan kichik korxonalar barpo etish hisobiga yangi ish joylarini vujudga keltirish ustun darajadagi vazifadir. Bunday kichik korxonalar birinchi navbatda qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlaydigan korxonagina emas, shu bilan birga kasanachilik mehnatiga, xalq hunarmandchiligini rivojlantirishga asoslangan, ko‘p mehnat talab qiladigan korxonalar bo‘lishi mumkin.

Qishloqda tamoman yangi bo‘lgan - ishlab chiqarish va ijtimoiy tarmoqlar majmuini, kommunikatsiyali, zamonaviy maishiy va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini vujudga keltirish lozim. Bu soha hozirgi paytda amalda rivojlanmagan. Bizning maishiy xizmat sohamizda esa, xalq xo‘jaligida band bo‘lganlarning atigi 9 foizi ishlaydi. Xizmat ko‘rsatish sohasi tegishli tarzda tashkil qilinsa, u qishloqdagi barcha xohlovchilarni ish bilan ta’minlabgina qolmay, balki qishloqning qiyofasini, qishloq turmushi madaniyatini tubdan o‘zgartirib ham yubora oladi.

Davlatning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga bevosita aralashishdan voz kechishi - agrar siyosatning negizidir. Ekin maydonlarining tarkibini xo‘jaliklar, dehqonlarning o‘zlari belgilashlari kerak. Davlatning burchi ularni zarur mahsulot yetishtirish uchun iqtisodiy manfaatdor etishdan, ularga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

Davlat tomonidan yordam berilmas ekan, qishloq oyoqqa tura olmasligi, respublikaning butun iqtisodiyoti tayanadigan mustahkam negiz ham bo‘lmasligi aniq.

Davlat qishloq xo‘jaligini iqtisodiy jihatdan tartibga solish bilan bir qatorda soliqlardan ozod qilish yo‘li bilan ham, shuningdek, aniq maqsadga qaratilgan qo‘shimcha mablag‘larni ajratish yo‘li bilan ham unga bevosita yordam ko‘rsatadi. Butun dunyoda qishloqqa yordam tariqasida mablag‘ ajratib kelinadi.

Mavjud sarmoyalar ham aynan qishloq foydasini ko‘zlab sarflanishi lozim. Biz uchun yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Agar biz shunday qilmasak, istiqboldan mahrum bo‘lamiz. 1993 yilning o‘zidagina biz kamida 20 ming gektar yangi yerni o‘zlashtirishimiz kerak. Yangi yerlarni o‘zlashtirish, zovur-quvur tizimini, melioratsiya va irrigatsiyani yaxshilash, yerlarning hosildorligini oshirish uchun mablag‘larni qidirib topishga har tomonlama yordam beramiz. Shu tariqa hamda zamonaviy chet el texnologiyasini joriy etish yo‘li bilan iqlim sharoitlari respublikamizdagiga o‘xshash bo‘lgan mamlakatlarda asosiy ekinlardan olinayotgan hosildorlikdan kam bo‘lmagan hosildorlikka erisha olamiz.

Iqtisodiyot barqaror ishlab turgan taqdirdagina bozor munosabatlariga muvaffaqiyatli o‘tish mumkin. Vujudga kelgan vaziyat tanglikni bartaraf etish, ishlab chiqarish hajmlari pasayishining oldini olish, pulning qadrsizlanishini jilovlash, aholining turmush tarzi keskin yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun tezkorlik bilan, ba’zan esa kam qo‘llangan choralar ko‘rishni taqozo qiladi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - bozorni shakllantirish yo‘lidagi qonuniy va muqarrar bosqichdir.

Mana shu bosqichda quyidagilar eng muhim va birinchi navbatdagi choralar sifatida olg‘a suriladi:

- respublika budjetidagi yetishmovchilik (defitsit)ni cheklashga va uni izchillik bilan juda kamaytirishga qaratilgan qattiq moliyaviy siyosatni o‘tkazish. Boshqaruv apparatini saqlash uchun davlat mablag‘lari sarflashni, zarar ko‘ruvchi korxonalarga va boshqa nozarur maqsadlarga dotatsiya ajratishni kamaytirishga qaratilgan yo‘l izchillik bilan o‘tkaziladi. Budjet mablag‘lari sira kechiktirib bo‘lmaydigan davlat ehtiyojlari va ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladi. Soliq siyosati yanada takomillashtirilishi lozim. Bunday siyosatning vazifasi - bir tomondan, budjet daromadlarining barqaror tarzda safarbar etilishini ta’minlash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, respublika uchun zarur mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishda korxonalarni rag‘batlantirishdir;

- kredit-bank tizimini, pul muomalasini mustahkamlash, valuta munosabatlarini tartibga solish, bank kreditlari birinchi navbatda xalq iste’mol mollari, binokorlik materiallari, dehqonchilik mahsulotlari hamda boshqa hayotiy muhim mahsulotlar ishlab chiqarishning ko‘paytirilishini ta’minlashga qodir bo‘lganlarga beriladi. Ayni paytda, asossiz kredit ekspansiyasiga, qarzga berilgan mablag‘larning sochib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslikda qat’iy turish kerak. Naqd to‘lov mablag‘lari oborotini tartibga solish ham pul muomalasini sog‘lomlashtirishga ko‘maklashadi;

- ishlab chiqarishning yana ham pasayishiga, xodimlarning ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilishiga yo‘l qo‘ymaslik. Ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun shart-sharoit vujudga keltirish zarur. Respublikaning ishlab chiqarish, qurilish va ilm-fan sohasidagi salohiyatini saqlab qolish muhimdir. Ishlab chiqarishni qayta tiklamay turib, ichki moliyaviy barqarorlikka ham, tashqi qarzning kamayishiga ham umid bog‘lab bo‘lmaydi. Iqtisodiy siyosatda asosiy e’tibor ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga, amaliy sohadagi, shu jumladan sarmoya sohasidagi faollikni kuchaytirishga qaratilishi lozim. Bunga ijtimoiy jihatdan ustuvor ishlab chiqarish tarmoqlarini saralab, tanlab olib qo‘llab-quvvatlash, soliq imtiyozlarini, kreditlarning past foiz miqdorlarini joriy etish hamda boshqa yo‘llar bilan erishiladi;

- bu bosqichda bozor munosabatlarini rivojlantirish sharti sifatda narx-navoni erkin qo‘yishdan iborat bo‘lgan umumiy yo‘lga amal qilgan holda ayrim alohida muhim tovarlar va xizmatlar turlariga nisbatan qat’iy belgilab qo‘yilgan narxlar va takliflar saqlab qolinishi lozim. Mazkur narxlar, avvalo, eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari (non va non mahsulotlari)ga, dori-darmonlarga, bolalar uchun mo‘ljallangan bir qancha buyumlarga belgilanadi. Aholini mazkur tovarlar bilan kafolatlangan tarzda ta’minlash uchun ularni belgilangan me’yorda berish ham vaqtincha saqlab qolinishi kerak. Ichki iste’mol bozorini himoya qilish, aholiga mollar xarid qilishda ko‘proq imkoniyatlar berish yuzasidan boshqa chora-tadbirlar ham qo‘llanilishi lozim;

- pulning qadrsizlanishiga qarshi va monopoliyachilikka yo‘l qo‘ymasdan boshqarish borasida amaliy choralar ko‘rish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj tabaqalarini davlat tomonidan muhofaza qilishning ishonchli tizimini vujudga keltirish.

Mustaqil moliyaviy siyosatni respublikaning budjet tizimini mustahkamlash, budjet daromadlarining to‘ldirilishini ta’minlaydigan va amaliy faollikni rag‘batlantiradigan izchil soliq siyosatini o‘tkazish, shuningdek, korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish, ularning tadbirkorlik va sarmoyadorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘li bilan shakllantirish mo‘ljallandi.

Bozorga o‘tish sharoitida budjet davlat iqtisodiy siyosatining g‘oyat muhim vositasi bo‘lib bormoqda. Davlat budjetidagi yetishmovchilikni eng oz darajaga tushirish bosh vazifa bo‘lib qolmoqda. Budjet yetishmovchiligini birdaniga, bir-ikki yil ichida tugatish amrimahol, chunki respublika budjetida g‘oyat salmoqqa ega bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarga xarajatlarni kamaytirib bo‘lmaydi. Ayni paytda budjet yetishmovchiligi davlat tomonidan qat’iy nazorat qilib borilishi kerak. Uni yalpi milliy mahsulotning 3-5 foiziga qadar kamaytirish choralarini ko‘rish zarur hisoblanadi.

Budjetning daromad qismini kengaytirishning asosini iqtisodiy vaziyatni umumiy ravishda sog‘lomlashtirish tashkil etishi lozim. Bu esa daromadlarning soliq olinadigan negizini kengaytirish va bevosita hamda bilvosita soliq solish tizimlarini o‘zida qovushtiradigan soliq siyosatini turmushga tatbiq etish imkonini beradi.

Boshqaruvga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish, ijtimoiy himoyalashning tabaqalashtirilgan nomma-nom tizimini belgilash, dotatsiyalarning har xil turlarini va narxlarni qoplash uchun mablag‘ ajratishni tugatish, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga markazlashtirilgan tarzda mablag‘ ajratishni keskin cheklash hisobiga budjet xarajatlari o‘sishini qat’iyan chegaralab qo‘yish - budjet yetishmovchiligini tugatishning asosiy manbalaridan biridir.

Davlat bilan korxonalarning moliyalari bir-biridan ajratib qo‘yilishi muhim qoida hisoblanadi. Korxonalar yo o‘z resurslariga, yoki tijorat banklarining kreditlariga umid bog‘lashlari lozim.

Budjet mablag‘laridan aslo kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarni, avvalo, ijtimoiy sohani, yangi tarkibiy yo‘nalishlarni pul bilan ta’minlash uchungina foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda banklar investitsiya dasturlarining qatnashchilaridan biri bo‘lib maydonga chiqishlari, har bir tarmoqqa bevosita sarflanadigan mablag‘larga kafil bo‘lishlari lozim. Bunda barqarorlashish davrida budjet yetishmovchiligi ortishi qat’iy xatlash prinsiplari asosida cheklanishi, sarf-xarajatlar esa (birinchi navbatdagi xarajatlar bundan mustasno) daromadlarning tushishiga qarab pul bilan ta’minlanishi kerak.

Respublikada butunlay yangi bank tizimini vujudga keltirish mustaqil kredit-pul siyosatini o‘tkazish imkonini yaratadi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki boshchiligida ikki bosqichli bank tizimini tashkil qilish respublikaning iqtisodiy mustaqillikka erishish hamda bozor munosabatlariga o‘tish ehtiyojlariga mos keladi.

Bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida kredit siyosatini amalga oshirish vositasi tubdan o‘zgaradi. Kredit mablag‘lar birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari, boshqa xalq iste’mol mollari va ularni tayyorlash uchun xom ashyo boyliklarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, yakka tartibdagi uy-joy qurilishini kengaytirish, ijtimoiy sohani, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi asosiy tarmoqlarni, eksport mahsulotlari va importning o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni kengaytirish bilan bog‘liq yuksak samarali tadbirlarni o‘tkazishga sarflandi.

Navbatdagi muhim masala shuki, respublika taraqqiyotda asosan o‘z kuchlariga tayanishga majbur ekanligi hisobga olinadigan bo‘lsa, barcha muammolarimizni hal etish uchun yaxshi baza, boshlang‘ich sarmoya zarur bo‘ladi.

Shu munosabat bilan hayotiy muhim tarmoqlarni rivojlantirishga ustunlik berishni hayotning o‘zi talab qilmoqda. Ular orasida tog‘-kon, neft va gaz sanoati, energetika, oltin qazish va rangli metallurgiyaning boshqa tarmoqlari, kimyoviy tola, plastmassa ishlab chiqarish bor. Bu tarmoqlarni rivojlantirish ko‘lamlari respublikaning ularning mahsulotlariga bo‘lgan talablarinigina ta’minlab qolmasdan, balki valuta tushumlari ko‘payishining ishonchli manbai bo‘lishi, xorijiy sarmoyalarni jalb etish obyekti bo‘lib xizmat qilishi kerak.

* * *


O‘zbekiston, uning tinch-totuv yashayotgan ko‘p millatli barcha aholisi o‘z mustaqilligining ikki yilligini porloq kelajakka ishonch va faxr bilan kutib olmoqda. Bu quvonchni bizning chet ellik do‘stlarimiz ham shod-xurramlik bilan samimiy baham ko‘rmoqdalar. Ular respublikamizda sodir bo‘layotgan tarixiy o‘zgarishlarni zo‘r e’tibor bilan kuzatib bormoqdalar. Uning iqtisodiyotini zamonaviylashtirishda faol ishtirok etmoqdalar. O‘zbekistonning xalqaro obro‘si mustahkamlanishida ko‘maklashmoqdalar.

Mustaqillikning ikki yili - bu milliy davlatchilikni yaratish, kelgusida ijtimoiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyotning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha qizg‘in ishlar yillaridir. Bu chinakam siyosiy istiqlolga erishish uchun, O‘zbekistonning teng huquqli sherik sifatida jahonda e’tirof etilishi uchun kurash yillaridir. Qisqa davr ichida shu qadar ko‘p niyatlarni ro‘yobga chiqarishga, iqtisodiy, ijtimoiy sohada, siyosatda, eng muhimi - aholi tafakkurida shu qadar tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga erishildiki, so‘nggi bir necha o‘n yilliklar davomida bularni xayolga keltirib ham, orzu qilib ham bo‘lmas edi. Erkinlikka: tanlash erkinligiga, faoliyat erkinligiga erishildi. Uning noyob, had-hisobsiz tabiiy boyliklari hamda salohiyatini butun aholining manfaatlari va respublika farovonligi yo‘lida mustaqil tasarruf etish huquqi, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zbekistonliklarning bir necha avlodlarining tarixiy istiqboli uchun mas’ul bo‘lish huquqi qo‘lga kiritildi. Totalitar tizim va mafkuraviy diktatdan, yarim mustamlaka iqtisodiy qaramligidan yuqori samarador bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan demokratik huquqiy jamiyat qurish sari qat’iy va orqaga qaytmas qadam tashlandi.

O‘zbekiston o‘zining istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi, o‘zining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti yo‘lini ishlab chiqdi. Milliy xususiyatlar va an’analarni hisobga olgan holda bozor munosabatlariga o‘tishning aniq ustuvorliklarini, prinsiplarini va yo‘nalishlarini aniqlab oldi. Ikki yillik tajriba tanlangan yo‘lning to‘g‘riligini ishonarli tarzda tasdiqladi. Voqelikning o‘zi buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va fuqarolar totuvligi puxta ta’minlangan. Xo‘jalik aloqalari buzilishi, rublning qadrsizlanishi va boshqa sabablar natijasida iqtisodiyotga tashqaridan bo‘layotgan salbiy ta’sirlarga qaramay, iqtisodiyot barqaror ishlab turibdi. Aholining kam ta’minlangan, ijtimoiy muhtoj qatlamlarining huquqlari kafolatlangan va himoyalangan.

Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarning barcha vositalarini sozlash, ularni to‘la ishga tushirish zarur. Respublikadagi har bir xo‘jalik xodimi, har bir ishchi, ilg‘or fikrlovchi har bir kishi islohotlar g‘oyasi bilan yashamog‘i lozim. Islohotlarning maqsad va yo‘nalishlari aniq belgilab olingan. Iqtisodiy islohot mexanizmi ijtimoiy hayotning hamma sohalarida: xalq xo‘jaligida, tarmoqlarda, har bir korxona va xo‘jalikdan tortib har bir ish joyigacha keng joriy etilmog‘i lozim. Bu jarayonning mohiyatini chuqur anglash, bozorni tartibga solish usullarini egallab olish, o‘zini badnom etgan, samarasiz buyruqbozlik uslubi va prinsiplaridan, eski konservativ tafakkur va boqimondalik kayfiyatidan qat’iyan voz kechmoq zarur.

“O‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz - bu gul bilan qoplangan yo‘l emas, bu - totalitarizm merosidan xalos bo‘lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo‘lidir. Bu - jahon sivilizatsiyasiga qo‘shilish, chinakam siyosiy va iqtisodiy istiqlolga erishish yo‘lidir. Bu yo‘ldan faqat haqiqiy vatanparvarlargina, o‘z mamlakati va xalqining taqdiri uchun butun qalbi va yuragini bag‘ishlagan, o‘z manfaatlarini respublikaning qudratli va farovon bo‘lishiga erishish maqsadlariga bo‘ysundira oladigan, bunga o‘zining kuch-g‘ayrati, tashabbusi, bilimi va mehnatini bag‘ishlay oladigan kishilargina yura oladi. Respublikaning har bir fuqarosi respublika taqdiridagi tarixiy o‘zgarishlarda ishtirok etayotganligini, kelajak uchun shaxsiy mas’uliyatini haqiqiy his etgan taqdirdagina xalqimiz chinakam erkin va baxtiyor yashaydigan kuchli davlat qurishi mumkin.” deya e’tirof etadi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning bosqichlari

O‘zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo‘nalishlari

Iqtisodiy munosabatlar va tasludliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar - iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui. Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat ko‘rsatishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ulaming ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Islohotlami amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning nazariy modeli yaratildi. Bu modelda yangi iqtisodiyotga o‘tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari belgilanadi.

Respublikada iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

- mulkiy munosabatlami isloh qilish;

- agrar islohotlar;

- moliya-kredit va narx-navo islohoti;

- boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;

- tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;

- ijtimoiy islohotlar.

Iqtisodiy islohotlarning bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. Shu sababli respublikada mulkiy munosabatlami isloh qilishdan ko‘zda tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat. Respublikada iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq qishloq xo‘jaligini isloh qilishga ustunlik berildi.

Bunga quyidagilar sabab bo’ldi:

- Respublikamiz iqtisodiyotida agrar sohaning salmoqli o‘ringa egaligi, ishchi kuchining ko‘pgina qismi qishloq xo‘jaligida bandligi, iqtisodiy o‘sishning ko‘p jihatdan shu tarmoq ahvoliga bogiiqligi;

- Respublika butun sanoat potensialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigan sanoat tarmoqlarini (paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo‘jalikmashinasozligi vaboshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo‘jaligiga bog‘liqligi;

- o‘tish davrining boshlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari (asosan paxta), valyuta resurslari, respublika uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta’minlayotgan asosiy manba ekanligi;

- mustaqillik sharoitida qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat muammosini hal etishdagi rolining ortib borishi.

Mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor mimosabatlariga o‘sib o‘tishida moliya-kredit sohasini isloh qilish alohida o‘rin tutadi. Moliyaviy munosabatlarda davlat byudjeti taqchilligini kamaytirib borish, byudjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarni bosqichma-bosqich qisqartirish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina byudjetdan mablag‘ ajratish, iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya kreditlaridan keng foydalanish islohotlaming asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.

Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri narxlarni erkinlashtirishdir. Narxlarning erkin shakllanishi uchun narxlar tizimini isloh qilish ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi qisqartiriladi va keyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi. Shuningdek, narxlarni erkinlashtirishda ayrim turdagi xomashyo va mahsulot narxlari bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasidagi tenglikka erishishga harakat qilinadi. Narxlar islohoti boshlangandan 1994-yilgacha hamma turdagi xomashyo va mahsulotlar bo‘yicha erkin narxlarga o‘tildi, barcha iste’mol mollari narxi ustidan davlat nazorati bekor qilindi. Isloh qilishning dastlabki bosqichida (1992-yil) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnik vositasi bo‘lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’mol mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlaming kelishilgan narxlari va ta’riflarga o‘tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo‘yildi. Narxlar islohotining ikkinchi bosqichida (1993- yil) kelishilgan ulguiji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish umuman to‘xtatildi. Narxlarni erkinlashtirishning uchinchi bosqichida (1994-yil oktyabr-noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxi erkin qo‘yib yuborildi. Shunday qilib, iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni to‘liq erkinlashtirish bilan tugadi.

Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boshqarishning tegishli tizimini yaratishni talab qiladi. Shunga asosan respublikada butun iqtisodiyotni, tarmoqlar va hududlami boshqarishning eng maqbul va hozirgi davrga mos bo‘lgan tuzilmalari ishlab chiqildi. Ko‘plab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar tugatildi (Davlat reja qo‘mitasi, Davlat ta’minot qo‘mitasi, Davlat narxlar qo‘mitasi, Davlat agrosanoat qo‘mitasi va boshqa qo‘mita hamda vazirliklar) yoki ulaming faoliyati tubdan qayta qurildi. Faoliyati tugatilgan ma’muriy apparatlar o‘miga bozor iqtisodiyotiga xos yangi boshqarish bo‘g‘inlari tuzildi.

Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman, shahar) ijroiya- boshqaruv vazifalarini bajarish uchun hokimliklar joriy qilindi. Quyi bo‘g‘in boshqamvida korxona va tashkilotlarga iqtisodiy erkinlik berilib, ular yangicha ish uslubiga o‘tdi. Isloh qilish natijasida tarkib topgan boshqamv tizimi bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish bilan yanada takomillashib va rivojlanib boradi.

Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham qamrab oladi. Bunda moliya, bank-kredit tizimi muassasalari, sug‘urta, auditorlik, yuridik va konsalting firmalari hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo qilinadi. Respublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha bordi. Birinchi yo‘nalish bo‘yicha tovar-xomashyo birjasi tizimi rivojlandi.

Bu, o‘z navbatida, brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo boiishiga olib keldi. Ikkinchi yo‘nalishda kapital bozorining ishini ta’minlaydigan tuzilmalar vujudga keltirildi.

Kredit resurslari bozori va valyuta bozori vujudga keltirildi hamda davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta kompaniyalari tuzildi. Uchinchi yo‘nalish ishchi kuchi bozorini shakllantirishdan iborat bo’lib, bu sohada 240 dan ortiq bandlikka ko‘maklashuvchi markazlami o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq tuzildi. Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu sohada islohotlami amalga oshirish borasida respublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy kompleksi mutlaqo yangidan shakllantirildi, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning mohiyat e’tibori bilan yangi mexanizmi vujudga keltirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi zarur boigan muassasalar (Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi. Respublikaning barcha vazirliklari va idoralari, korxonalarida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi maxsus bo’limlar, tashkilotlar va firmalar tuzildi. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming asl maqsadi insonga munosib yashash va faoliyat ko‘rsatish sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat. Shu sababli iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning butun davri davomida aholini ijtimoiy himoyalash bo‘yicha choratadbirlar ko‘rish obyektiv zaruratdir.

Respublikada aholini ijtimoiy himoyalash ehora-tadbirlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi:

birinchi yo‘nalish - narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlaming eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish;

ikkinchi yo‘nalish - Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish;

uchinchi yo‘nalish - islohotlaming dastlabki bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash. Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq yillar davomida qaror topgan ma’naviy ahloqiy qadriyatlari, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlari hisobga olinadi. Shunday qilib, islohotlaming barcha yo‘nalishlari mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o‘sib o‘tishiga qaratildi. Bu islohotlar 0‘zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan ta’minlash, uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro‘-e’tiborli mamlakatga aylantirishga xizmat qildi. Islohotlami chuqurlashtirish, mamlakatni modemizatsiyalash asosida taraqqiyotni jadallashtirish bugungi kunning muhim bosqichiga aylanmoqda.

Hozirgi kunga bir nazar tashlasak, iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha qilingan chora-tadbirlarni ko’ramiz.

Iqtisodiyotni rivojlantirish va faol investitsiya jalb etishning ustuvor yoʻnalishlari haqida toʻxtaladigan boʻlsak, oʻtgan qisqa davr mobaynida sohada xalqaro standartlarga mos tizimli yangilanishlarning amalga oshirilishi sohani yanada erkinlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning yangi imkoniyatlarini ochib berdi. Ayniqsa, milliy valyuta – soʻmning erkin konvertatsiyasi joriy etilgani, soliq va byudjet siyosatining yangi asosda shakllantirilgani, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoyalash keskin kuchaytirilgani muhim oʻzgarishlardan boʻldi.


Ushbu oʻzgarishlarning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish borasida ham salmoqli ishlar qilinmoqda. Jumladan, iqtisodiyotning mazkur yoʻnalishlarini tartibga solish va takomillashtirish boʻyicha Prezidentning qator Farmon va qarorlari qabul qilindi, shuningdek, “Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi yangi qonun kuchga kirdi, Soliq va Bojxona kodekslariga, Soliq va Bojxona xizmatlari toʻgʻrisidagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, takomillashtirildi. “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi, “Bank va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Markaziy bank toʻgʻrisida”gi Qonunlar qabul qilindi.
Bularning bari milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga, tarmoqlarda jahon standartlariga mos, tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishda muhim omil boʻlmoqda. Shu va boshqa omillar evaziga 2019-yil yalpi ichki mahsulotning (YAIM) oʻsish surʼati 5,4 foiz belgilangan prognoz koʻrsatkichi oʻrniga 5,5 foizni tashkil etdi hamda 2018-yilda erishilgan 5,1 foiz koʻrsatkichidan yuqori boʻlishi taʼminlandi. “
Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb eʼlon qilingan 2019-yilda investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2019-yil davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan investitsiyalarni oʻzlashtirish hajmi 220,7 trln soʻmga yetkazilib, tasdiqlangan yil prognoziga nisbatan 2 barobarga oʻsdi. Shu oʻrinda asosiy kapitalga investitsiyalar xajmi 189,9 trln soʻmni, 2018-yil koʻrsatkichlariga nisbatan oʻsish surʼati esa 1,3 barobarni tashkil etdi.
Investitsiya faoliyatining sezilarli oʻsishi 13,3 mlrd.doll.ni tashkil etgan horijiy investitsiyalarning oqimi va oʻzlashtirilishi bilan bevosita bogʻliq boʻlib, unda: toʻgʻridan-toʻgʻri horijiy investitsiyalar va kreditlar – 9,3 mlrd. dollar, shundan asosiy kapitalga – 6,6 mlrd. doll., davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 4,0 mlrd. dollar, shundan asosiy kapitalga – 3,2 mlrd dollar oʻzlashtirildi. Bunda oʻzlashtirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri horijiy investitsiyalar va kreditlarning umumiy investitsiyadagi ulushi 37 foizga yetkazildi.
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning yana bir oʻta muhim jihati, ularning hududlarni kompleks va jadal rivojlantirishga qaratilganidir. Bu borada mahalliy byudjetlarning yuqori byudjetlarga boʻlgan bogʻliqligini keskin kamaytirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet mablagʻlarini boshqarishdagi mustaqilligi va masʼuliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar barcha boʻgʻindagi byudjetlarning barqarorligini taʼminlovchi tizimni yaratibgina qolmay, Davlat byudjetining mutanosibligini hamda samarali ijrosini taʼminlashga xizmat qilmoqda.
Buning tasdigʻini 2019-yilning toʻqqiz oyida Davlat byudjeti daromadlari qariyb 79,2 trillion soʻmni tashkil qilib, (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga koʻp), mahalliy byudjetlar ixtiyorida esa 4 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ qolgani (oʻtgan yilga nisbatan 1,1 trln.soʻmga koʻp)da ham koʻrish mumkin.
Mazkur chora-tadbirlarning hayotga joriy etilishi nihoyatda qisqa muddatda hududlarning resurs salohiyatidan unumli, samarali foydalanishga, mavjud imkoniyat va rezervlarni ishga solishga, mahalliy byudjetlar daromadlarining ortishiga katta imkoniyat yaratib berdi.
Raqamli iqtisodiyot: muammolar va imkoniyatlar



Innovatsion rivojlanish vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etilgan Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari laboratoriyasi tomonidan “Davlat boshqaruvini samarali rivojlantirish va raqamli transformatsiyaga koʻmaklashish” loyihasi doirasida seminar oʻtkazildi. Tadbirda vazirliklar, davlat idoralari, qoʻmitalar vakillari va masʼul xodimlari ishtirok etdi.

“Raqamli iqtisodiyotning dunyoda rivojlanish tendensiyalari. Oʻzbekistonda rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi seminarni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat boʻyicha xalqaro ekspert Daniyel Mensi olib bordi.

Daniyel Mensi bugungi kunda raqamli iqtisodiyot eng koʻp rivojlangan mamlakatlar bu AQSH va Xitoy ekanini taʼkidlab, dunyo boʻyicha blokcheyn texnologiyalarga doir patentlarning 75 foizi aynan shu davlatlarga toʻgʻri kelishini aytdi. Oʻz navbatida internet mahsulotlarining 50 foizini shu davlatlar aholisi isteʼmol qiladi.

Blokcheyn texnologiyalari tomonlarning hech qanday vositachisiz bitimlarni xavfsiz, ishonchli amalga oshirishga imkon beruvchi texnologiyadir. Uni koʻpchilik kriptovalyuta texnologiyasi sifatida bilsa-da, aslida blokcheyndan raqamli identifikatsiya, egalik va mulkiy huquqlar ximoyasi, toʻlov tizimi sifatida foydalanish mumkin. Ethereum kabi blokcheyn bazasida ishlaydigan ochiq manbali platformalar anʼanaviy huquqiy jarayonlarsiz har qanday aktivlar boʻyicha bitimlar tuzish, bank xizmatlarini koʻrsatish imkonini beradi. Hozirda jahonning turli mamlakatlarida moliyaviy texnologiyalar, yer resurslarini boshqarish, transport, sogʻliqni saqlash, taʼlim sohalarida blokcheyn tizimidan foydalaniladi. Blokcheyn tizimi har qanday sohaning shaffoflik darajasini oshiradi, korrupsiya holatlarining kamayishiga xizmat qiladi.

Maʼruzachi, shuningdek, beshinchi avlod (5G) mobil texnologiyasi haqida maʼlumotlar berdi. Aloqa sifati va maʼlumotlarni uzatish tezligining yuqoriligi, energetik samaradorligi inson salomatligiga zararsiz ekanligidan tashqari, bu texnologiya foydalanuvchilarga yangidan yangi imkoniyatlarni beradi. Masalan, internet mahsulotlari, keng polosali mediaservislardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi, tabiiy ofatlar boʻlgan joylarda ham aloqa oʻrnatish imkonini beradi.

Raqamli maʼlumotlar qimmatbaho iqtisodiy resurs hisoblansa-da, u raqamli tafakkurga aylanganidagina foyda keltiradi. Raqamli iqtisodiyot kirib kelishi bilan raqamli platformalar yaratish va tez surʼatlarda oʻsib borayotgan raqamli maʼlumotlarni monetizatsiya qilish muammolari vujudga kelmoqda. Bunda qiymat yarata olish yoʻllarini, mazkur jarayonlardagi toʻsiqlarni bartaraf etish vositalarini aniqlash muhimdir. Bu qiymatni yaratish va tarqatish salohiyatini, qiymatni yangilash, boshqarish hamda qiymatni qoʻlga kiritish shakllarini tushunish imkonini beradi. Seminar xulosalariga koʻra raqamli iqtisodiyotni dunyoning barcha mamlakatlarida rivojlantirish zarurligi, raqamli iqtisodiyotga oʻtish jarayonini tezlashtirish lozimligi qayd etildi.



Yashil iqtisodiyot – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim omili



Keyingi yillarda qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida davlat boshqaruvi tizimi, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmlari, fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasini berish tartibi, veterinariya, oʻsimliklar karantini, urugʻchilik, yaylovlardan foydalanish sohasidagi munosabatlar takomillashtirildi.

Yer va suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish orqali sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari yanada mustahkamlandi.

Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha strategik vazifalar doirasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishga doir amalga oshirilayotgan ishlar oʻz samarasini bermoqda.

Joriy yilning 13-14-iyun kunlari Bishkek shahrida oʻtkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida Prezidentimiz tomonidan amaliy hamkorlikni kengaytirishga doir aniq tashabbuslar bildirildi. Xususan, mamlakatimizda zamonaviy resurs tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida Shanxay hamkorlik tashkilotining “Yashil belbogʻ” dasturini qabul qilish dolzarb ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Parij bitimini ratifikatsiya qilgan tomon sifatida 2030-yilga kelib issiqxona gazlari solishtirma tashlanmalarini 2010-yildagi darajaga nisbatan 10 foizga qisqartirish boʻyicha majburiyatni olgan. Shundan kelib chiqib, Davlat dasturining tegishli bandiga muvofiq, Oʻzbekistonning Parij bitimiga qoʻshilishi munosabati bilan “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish boʻyicha 2019-yil 1-iyulgacha davlat strategiyasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini klaster usulida yetishtirish yangi ish oʻrinlarini yaratish bilan birga, xomashyoni toʻliq qayta ishlab, sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sogʻlom raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi. 2019-yilda 59 ta yangi paxta-toʻqimachilik klasteri tashkil etilib, ularning soni bugunga qadar 75 taga yetgan. Ularga 633 ming gektardan ortiq yoki chigit ekiladigan maydonlarning 61 foizi ajratilgan. Xususan, Fargʻona viloyatining 5 ta tumanida toʻquvchilik yoʻnalishidagi 5 ta klaster tashkil etilgan va 4 ming 500 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.

Paxta-toʻqimachilik, gʻallachilik va meva-sabzavot sohasida samarali faoliyat yuritayotgan Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “BEK Cluster” MCHJ, Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi “Baxt tekstil” va Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Buhoro cotton claster” klasterlarini namuna qilib keltirish mumkin. Kelgusida paxta yetishtiruvchi 133 ta tumandan 70 tasi toʻliq klaster tizimiga oʻtib, ular tarkibida 41 ta yangi korxona tashkil etiladi. Natijada 23 mingga yaqin ish oʻrni yaratiladi. 2020-yilda paxta tolasini respublikada toʻliq qayta ishlashga oʻtilib, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish ulushi 60 foizga yetkazilshi rejalashtirilgan.

Prezidentimizning 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni, Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning qabul qilinishi uzoqni koʻzlangan davlat siyosatining davomi sifatida muhim ahamiyatga egadir.

Mazkur hujjatda qishloq xoʻjaligi yerlaridan nooqilona foydalanish oqibatida tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligining pasayishi, qishloq xoʻjaligida oʻrtacha yillik suv sarfining oʻta yuqoriligi kabi holatlarning sabablari va salbiy taʼsiri atroflicha tahlil qilib berilgan. 5 ta asosiy yoʻnalishni amalga oshirish orqali qishloq xoʻjaligi yerlaridan, suv va gidroinshootlardan foydalanish samaradorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va sotish nazarda tutilmoqda.

“Yoʻl xaritasi”da mazkur yoʻnalishlar yuzasidan 77 banddan iborat tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Unga koʻra, 2020-2030-yillarda suv xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasini, suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlash rejalashtirilgan.

Farmon bilan 2020-2030-yillarda qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

2019-2022-yillarda qishloq xoʻjaligi yerlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishi hisobiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha jami 253,4 ming gektarga yaqin paxta, bogʻ, tok va boshqa ekin maydonlarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasi tatbiq etiladi.

Shuningdek, hozir Qishloq xoʻjaligini 2030-yilgacha rivojlantirish boʻyicha Dastur ishlab chiqilmoqda. Unga asosan keyigi 10 yil ichida sugʻoriladigan ekin maydonlarining 50 foizida tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilinadi.

Shu sababdan ham Oʻzbekiston Ekologik partiyasi “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim omili, deb hisoblaydi. Maqsad mamlakatimizni rivojlantirishning yangi bosqichida barcha sohalar kabi qishloq va suv xoʻjaligida ham amalga oshirilishi belgilangan yuksak vazifalar ijrosini taʼminlashdir.


“Harakatlar strategiyasi”ning iqtisodiyotga bog’liq jihatlari

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish:

makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;

soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish;

ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;

bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;

sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;

xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.

Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:

milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish;

ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;

yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;

iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;

prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;

ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;

iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;

faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;

xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish;

turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish;

eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;

yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:

tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;

paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;

fermer xo‘jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;

sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish;

kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;

global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:

xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan tamoyilni amalga oshirish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish;

davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish;

korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;

tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;

mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish.

Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;

hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo‘li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;

yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo‘jalik birlashmalarining mablag‘larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;

sanoat va xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish;

sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.

Hozirgi vaqtda mamlakatimiz “2017 - 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish jarayonining faol bosqichiga kirib bormoqda. Shu bilan birga, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada kuchaytirish, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, tarkibiy va institutsional islohotlarni chuqurlashtirish, hududlarni kompleks mutanosib rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi iqtisodiyotni taraqqiy ettirish va erkinlashtirishni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. 

Islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida, ayniqsa ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, avvalambor ijtimoiy himoyani takomillashtirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, uning turar-joy kommunal xo‘jaligi, ta'lim va sog‘liqni saqlash kabi xizmatlarga bo‘lgan va tobora ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish masalalari birinchi o‘ringa chiqadi.

Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boshlanganidan buyon qisqa vaqt o‘tishiga qaramay, respublikamizda valyuta bozorini erkinlashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyat, mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishga bozor  mexanizmlarini tatbiq etish, investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish, xususiy sektorni rivojlantirish, aholining, shu jumladan olis hududlarda istiqomat qiluvchi aholining turmush sharoitini yaxshilash va boshqa masalalar yuzasidan salmoqli natijalarga erishildi.

Iqtisodiyotni rivojlantirishning innovatsion yo‘liga o‘tishi sharoitlarida Harakatlar strategiyasini tatbiq qilishni davom ettirish amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini chuqur anglashni, iqtisodiyot va aholini xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmlariga moslashuvchanlik darajasini yanada ko‘tarishni taqozo etadi.

Shu munosabat bilan, respublikaning iqtisodchi-olimlari oldida sanoat korxonalari va agrar sektorni isloh qilish, eksport salohiyatini yanada oshirish yo‘llarini asoslab berish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, investitsiyaviy jarayonlarni, shu jumladan davlatlar va hududlararo hamkorlikni intensivlashtirish evaziga sezilarli darajada faollashtirish, hududlarni, jumladan qishloq hududlarini inobatga olgan holda kompleks rivojlantirishning samarali shakllari va uslublarini joriy etish orqali dolzarb masalalarni hal etish vazifasi turibdi.

O‘tkazilayotgan islohotlarning yakuniy natijasi - bu O‘zbekiston Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini ask ettiruvchi, aholi farovonligini oshirish va bandlikni ta'minlashdir.

2018-yil 26-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini hayotga tadbiq etishda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish mexanizmlari va usullari” mavzusidagi X Iqtisodchilar forumi Harakatlar strategiyasi doirasida  yuqorida qayd etilgan muhim vazifalarga bag‘ishlandi.

Forum dasturiga muvofiq, plenar va shu'ba yig‘ilishlarida taniqli iqtisodchi olimlar va amaliyotchilarning innovatsion iqtisodiyotning mexanizmlarini shakllantirish, resurstejamkor va innovatsion omillarni kuchaytirish asosida milliy iqtisodiyotni ilmiy-innovatsion taraqqiy ettirish va raqobatbardoshligini oshirishning makroiqtisodiy jihatlari, aholi turmush darajasi va sifatini bosqichma-bosqich ko‘tarish kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha chiqishlari eshitildi va muhokama qilindi. 

Aytish joizki, Iqtisodiyot vazirligi va Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan ishlab chiqilayotgan iqtisodiy o‘sishning manbasi va mexanizmlari, omillari, uzoq muddatli maqsadlari va prioritetlari aks ettirilgan O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi haqidagi ma'lumot Forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. 

Forum ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlar vakillari, 10 dan ziyod uzoq va yaqin xorijiy davlatlarining ekspert-iqtisodchilari, vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari, ilmiy tadqiqot institutlarining rahbarlari va mutaxassislari, professorlar, o‘qituvchilar, respublika oliy o‘quv yurtlarining yosh olimlarini o‘ziga jam qilgan 200 dan ortiq kishi qatnashdi.

Bo‘lib o‘tgan Forum natijasiga ko‘ra, milliy iqtisodiyotning samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va aholining farovonligini yuksaltirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni izchil davom ettirish bo‘yicha aniq amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.  

O‘zbekiston iqtisodiyoti: istiqbollar va xavflar



Ijobiy iqtisodiy istiqbollar

O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari sekin, ammo ijobiy bo‘lib qolmoqda. Islohotlar ishlab chiqarishdagi cheklovchi omillarni (to‘siqlarni) bartaraf etish va yuqori o‘sish potensialiga ega tarmoqlarni liberallashtirishga yordam beradi. Meva-sabzavotchilik, turizm, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik va kimyo sanoati shunday tarmoqlar qatoriga kiradi. Biznesda soliq yukining sezilarli darajada kamaytirilishi zikr etilgan jarayonlarni yanada qo‘llab-quvvatlaydi. 2019–2020 yillarda narx-navoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi sababli inflatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021 yilga borib u pasayishi kutilmoqda. Jahon banki prognozlariga ko‘ra, tashqi savdo balansining salbiy saldosi yuqoriligicha qoladi. Sababi, O‘zbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir necha yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun ko‘plab mashina va uskunalarni import qilishni davom ettiradi.



Kreditlarning haddan tashqari o‘sishi barqarorlikka tahdid solishi mumkin

Jahon banki jamoasi fikriga ko‘ra, kreditlarning davomli va haddan tashqari o‘sishi inflatsiya bosimini kuchaytiradi va bu makroiqtisodiy barqarorlik uchun asosiy xavflardan biridir. Ekspertlarga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati moliyaviy intizomni saqlash uchun maqsadli kreditlar hajmini kamaytiradi. Bundan tashqari, barqaror iqtisodiy o‘sish va pul o‘tkazmalari oqimi mamlakatda asta-sekin qashshoqlikni qisqartirishga yordam berishi ham kutilyapti. Davlatning ijtimoiy siyosatdagi o‘zgarishlari kam daromadli oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini yanada kengaytirish orqali qashshoqlikni kamaytirishi mumkin. 2019 yilda O‘zbekiston hukumati ijtimoiy himoya xarajatlarini 50 foiz oshirdi.







Makroiqtisodiy xavflar

Bank ekspertlari fikricha, ayrim tovarlar narxining jahon bozorida ko‘tarilishi va olib borilayotgan islohotlar tufayli O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar ko‘payishi uchun qulay istiqbollar mavjud, biroq salbiy omillar xavfi ham saqlanib qolmoqda. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

· O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Xitoy va Qozog‘istonda iqtisodiy o‘sishning ancha zaifligi;

· tarkibiy va tizimli islohotlarni amalga oshirishning kechikishi;

· inflatsiyaning o‘sishi.

Mamlakatning yetarli darajadagi valuta zaxiralariga egaligi va davlat tashqi qarzining nisbatan kamligi sabab iqtisodiyotning tashqi barqarorlik xavfi o‘rtacha bo‘ladi. Islohotlarning keyingi bosqichi davlat korxonalari va moliya sektori, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish va qishloq xo‘jaligidagi islohotlar kabi ancha murakkab muammolarni hal qilishga qaratilgan. Ushbu islohotlar iqtisodiy o‘zgarishlar, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va ish o‘rinlarini yaratish uchun muhim ahamiyat ega. Shu bilan birga, ular puxta nazorat qilinishi kerak bo‘lgan muhim iqtisodiy va ijtimoiy xavflarni ham qamrab oladi.





Asosiy e'tibor iqtisodiy o‘sish va ish o‘rinlari yaratishga qaratilishi kerak

Mehnat bozoridagi jiddiy muammolar

O‘zbekiston iqtisodiyotida yiliga qariyb 280 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi. Demografik sabablarga ko‘ra esa har yili deyarli 600 mingta ish o‘rni tashkil etilishi kerak. Shu bois, iqtisodiyotda har yili yaratilayotgan ish o‘rinlari mehnat bozoriga kirib kelayotgan yangi ishchilarni band qilish uchungina ikki baravar oshirilishi lozim. Aksariyat ish o‘rinlari yangi korxonalarni tashkil etish hamda mavjud korxonalarni yanada kengaytirish hisobiga yaratilishi zarur. Hisobot mualliflari O‘zbekiston mehnat bozorida quyidagi tarkibiy va tizimli kamchiliklar borligini ta'kidlaydi:

· mehnatga bo‘lgan rag‘batning sustligi;

· xodimlar malakasining yetarli emasligi;

· korxonalarda xodimlarni texnik ko‘nikmalarga o‘qitish bo‘yicha imkoniyatlarning yetishmasligi;

· yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasi yuqoriligi;

· iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi ulushining ko‘pligi;

· uzoq davom etayotgan ishsizlik;

· ish kuchining cheklangan safarbarligi.

Iqtisodiy o‘sish – yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun asosiy omil

Yaxshi naf beradigan ish o‘rinlari yaratilishi iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasini oshirishning muhim shartidir. Mehnat unumdorligi va bandlikning ortishi aholi jon boshiga YaIM singari muhim ko‘rsatkichning o‘sishiga xizmat qiluvchi ikkita asosiy omildir. Aholi jon boshiga daromadlari eng yuqori bo‘lgan mamlakatlarda so‘nggi ikki asr davomida mehnat unumdorligi keskin o‘sib borayotganini ko‘rish mumkin. Mehnat unumdorligining bunday o‘sishi “samaraliroq” yoki yuqori maoshli ish o‘rinlari yaratilishiga olib keldi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM aslida butun aholi mehnati samaradorligi (unumdorligi) ko‘rsatkichidir. Yuqori va past daromad darajasiga ega mamlakatlarda aholi jon boshiga YaIMdagi farqlar mamlakatlar o‘rtasidagi mehnat unumdorligi darajalaridagi farqlarni ifodalaydi.



Mehnat unumdorligi ortishi YaIM o‘sishining asosiy omili bo‘ldi

O‘zbekistonda 1996 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan muddatda aholi jon boshiga YaIMning kumulyativ o‘sishi 165 foiz deb qayd etilgan.

Ushbu davrda bir xodimga nisbatan mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmi, taxminan, 150 foiz oshdi. Ushbu davrda aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi, asosan, mehnat unumdorligi o‘sishi va demografik o‘zgarishlar tufayli yuz berdi. Ammo ushbu davrda iqtisodiy faol aholiga nisbatan bandlik darajasi, shuningdek, mehnatga layoqatli aholiga nisbatan iqtisodiy faol aholi darajasi pasaydi. O‘zbekistonda mehnat unumdorligi o‘sishi tarmoqlar o‘rtasidagi resurslar almashinuvi hisobiga emas, asosan, tarmoqlar ichida yuz berdi.

Ish o‘rinlarini yaratish sur'ati iqtisodiy faol aholining o‘sishidan orqada qolmoqda

1996 yildan 2016 yilgacha qo‘llangan «o‘zbek modeli» tez o‘sib borayotgan iqtisodiy faol aholi uchun yetarli bo‘lgan ish o‘rinlari yaratib bera olmadi. Ayniqsa, sanoatning ishlab chiqarish tarmoqlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish jiddiy muammolardan biri edi. Oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat va boshqa tarmoqlar shular jumlasidandir. Umumiy bandlikning atigi 13 foizi qazib olish va ishlab chiqarish sanoati ulushiga to‘g‘ri keladi. 2016 yilda bu ko‘rsatkich, boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda, ancha past edi: Turkmanistonda 45 foiz, Belarusda 32 foiz, Ukrainada 25 foiz, Qirg‘izistonda 22 foiz va Qozog‘istonda 21 foizni tashkil etgan.



Bandlik va mehnat unumdorligining bir paytda o‘sishi mukammal uyg‘unlikdir

O‘zbekistonning qurilish, kimyo va neft-kimyo sanoati, ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish, transport, aloqa va boshqa ko‘plab tarmoqlarida bir paytning o‘zida bandlik va mehnat unumdorligi o‘sishi kuzatildi. Biroq energetika, yoqilg‘i va metallurgiya sanoatida yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lsa-da, mehnat unumdorligi pasaydi. Qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, sanoat qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati kabi boshqa tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshdi, ammo ish o‘rinlari qisqardi.



Jismoniy infratuzilmadagi kamchiliklar yo‘qotishlarga olib kelmoqda

Jismoniy infratuzilma faoliyatidagi uzilishlar har yili ishlab chiqarishda katta yo‘qotishlarga olib kelmoqda. Katta korxonalar bilan taqqoslaganda, kichikroq firmalar elektr energiyasi, gaz va suv ta'minotidagi uzilishlardan, yer maydonlarining yetishmasligidan yoki ishlab chiqarishni kengaytirish yo‘lidagi yuqori ijara stavkalaridan ko‘proq zarar ko‘rmoqda. 2016 yilda jismoniy infratuzilma faoliyatidagi barcha uzilishlardan hosil bo‘lgan umumiy yo‘qotishlar yirik korxonalarda ishlab chiqarish hajmining 24 foizini, mayda korxonalarda esa 38 foizini tashkil etgan. Hokimiyat idoralari infratuzilma xizmatlari faoliyatini yaxshilash orqali korxonalarda mehnat unumdorligini va bandlik darajasini oshirishi mumkin.



Firmalarning vaqt va resurslardan samarasiz foydalanishi unumdorlikni oshirishiga to‘sqinlik qilmoqda

Korxona rahbarlarining vaqti va moliyaviy resurslari ko‘pincha ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyatga chalg‘itadi. Bank ekspertlari fikricha, yirik korxonalar rahbarlarining qariyb 31 foiz, kichik korxona rahbarlarining esa 26 foiz vaqti besamar byurokratik kelishuvlarga isrof bo‘ladi. Markaziy va mahalliy hokimiyat idoralari, vazirlik va muassasalar, tarmoq uyushmalari bilan soliqlar, bojxona tartiblari, tekshiruvlar, sanitariya va ekologiya masalalari yuzasidan va boshqa kelishuvlar shular jumlasidandir. Oqibatda ishlab chiqarish unumdorligi, samaradorlik, malaka oshirish, texnologiyalarni joriy etish va ushbu korxonalar rentabelligini oshirishga vaqt kam qoladi.

Bank hisobotida 2016 yilda korxonalarda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra quyidagi ma'lumotlar olindi:

• yirik korxonalarning 32 foiz va kichik korxonalarning 30 foiz xodimlari qishloq xo‘jaligi ishlari yoki boshqa turdagi jamoatchilik ishlariga jalb etilgan;

• yirik korxonalarning qariyb 23 foizi va kichik korxonalarning esa 11 foizi mahalliy hokimiyat idoralari ulardan “qo‘shimcha xarajatlar” uchun beg‘araz yordam puli ajratishni so‘raganini ma'lum qilgan;

• yirik korxonalarning qariyb 13 foizi, kichik korxonalarning esa 7 foizi turli masalalar bo‘yicha hokimiyat idoralari birga norasmiy to‘lovlarni amalga oshirgan;

• yirik korxonalarda ishlab chiqariladigan jami mahsulot hajmining yarmidan ko‘pini erkin bozor sharoitida korxonalarning o‘zi emas, markaziy tarmoq vazirliklari yoki uyushmalari taqsimlagan.

Biznes yuritish shartlarini soddalashtirish va bozor munosabatlarini rivojlantirish xususiy sektorni rivojlantirishga yordam beradi

Bozorga kirish va undan chiqish yo‘lidagi to‘siqlarning bartaraf etilishi, biznes yuritish qoidalarining soddalashtirilishi, davlatning narx belgilashni bosqichma-bosqich bekor qilishi, xususiy mulkka egalik huquqining mustahkamlanishi hamda davlat korxonalari sektoridagi ish samarasizligini yengib o‘tish bundan keyin ham umumiy samaradorlikni (unumdorlikni) oshirishga xizmat qiladi. Agar korxonalar moliyaviy bozorlarga, xomashyo va boshqa manbalarga kirish imkoniyatiga ega bo‘lsa, raqobatning kuchayishi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etishni rag‘batlantirishi mumkin. O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish nisbatan murakkab emas. (2019 yilda “Biznes yuritish” – “Doing Business” hisobotida O‘zbekiston biznes ochishning osonligi bo‘yicha dunyoda 12 o‘rinni egalladi). Biroq norasmiy cheklovlar, davlat idoralarining samarasiz faoliyati, shaffof bo‘lmagan qonun-qoidalar va mulkka egalik qilish bo‘yicha huquqning tegishli darajada himoya qilinmasligi katta to‘siqlardan bo‘lib qolmoqda. Bunday cheklovlar O‘zbekistonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini ro‘yobga chiqarishga va texnologiyalarni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.



Islohotlar iqtisodiy o‘sish va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega

2017 yildan buyon O‘zbekiston hukumati iqtisodiyotini liberallashtirish bo‘yicha olib borayotgan islohotlar biznes yuritish yo‘lidagi xorijiy valuta konvertatsiyasi yetishmasligi, yuqori import bojlari va soliq stavkalari kabi cheklovlarni bartaraf etmoqda. Bank ekspertlari O‘zbekiston hukumatiga davlatning iqtisodiyotdagi rolini maqbullashtirishni davom ettirishni va xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida qolgan to‘siqlarni bartaraf etishni tavsiya etmoqda. Ushbu cheklovlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• investitsiya muhitini yaxshilash;

• soliq ma'muriyatchiligidagi islohotlarni to‘liq amalga oshirish;

• davlat budjeti operatsiyalarining, ayniqsa, davlat korxonalariga beriladigan samarasiz yashirin subsidiyalarga nisbatan shaffofligini ta'minlash;

• yerdan foydalanish bo‘yicha huquq hamda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligida mulkka egalik qilish huquqini isloh qilish;

• davlat monopolistik korxonalarini tarkibiy jihatdan (tizimli) qayta qurish, korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobotga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish;

• davlatning eksportga yo‘naltirilganlikni qo‘llab-quvvatlashi (jumladan, ISO standarti bo‘yicha sertifikatlash, ekspert xatarlarini kamaytirish, diversifikatsiyalash, Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish).



O‘rta muddatli istiqbolda infratuzilmani (xususan, energetika, transport va logistika) modernizatsiya qilish hamda oliy ta'lim sifatini yaxshilash mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga yordam beradi.

Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish