Reja: Ekologik turizmning maqsadi va vazifalari



Download 2,7 Mb.
bet1/9
Sana20.04.2022
Hajmi2,7 Mb.
#566169
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mintaqalarda ekologik turizm resurslari va ulardan foydalanish


Mintaqalarda ekologik turizm resurslari va ulardan foydalanish
Reja:
1. Ekologik turizmning maqsadi va vazifalari
2. Ekologik turizmning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni
3. Ekologik turizmni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari
4. O‘zbekiston Respublikasining ekoturistik rayonlari

Ekologik turizmning maqsadi va vazifalari
Ekologik turizm o‘tgan asrning oxirlaridan boshlab jahon turizmi industriyasiga asta-sekin kira boshladi. Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotlari bo‘yicha keyingi besh yilda yekologik turizmda turistlar oqimi tobora ko‘payib borayotganligi haqida hisob – kitob natijalari keltirilgan. Ushbu turizm yo‘nalishida janubiy Yevropa, Janubiy – sharqiy Osiyo, kichik Osiyo, Xitoy va Afrika qit’asidagi davlatlar oldingi o‘rinlarda borishmoqda. Albatta, qayd qilingan geografik tabiiy manzillar betakror tabiat mintaqalar bo‘lib, doimiy bahor va yoz iqlimiga yega bo‘lgan davlatlarning tabiatdagi biologik xilma-xillik resurslari, sharoitlari bu mintaqalarda yil davomida turistlar oqimining ko‘payishini ta’minlaydi, imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi kunga kelib jahonda yekologik turizm jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan turizm sohalaridan biriga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlagandek «Go‘zal geografik va tabiiy sharoitlar Respublikamiz hududida yekologik turizmni rivojlantirish uchun g‘oyat qulaydir. Bu borada mamlakatning tog‘li hududlarida joylashgan, zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob sayyohlik dasturlari tashkil yetilgan. Sayyohlikning yangi yo‘nalishi-yirik qo‘riqxonalar va bog‘lar xududida tashkil yetilgan tabiatshunoslik turizmi rivojlanmoqda»1.
Darhaqiqat, O‘zbekistonda yekologik turizm rivojlanib borishining yana bir sababi turist o‘zi qiziqgan tabiat va uning tabiiy sharoiti, biologik resurslari bilan tanishibgina qolmasdan, bu tabiat bag‘rida dam oladi, tabiat go‘zalligini chuqur his qiladi. Uning resurslarini avaylash xohish-istagi paydo bo‘ladi. Respublikamizning yekologik turizm salohiyatini hisobga olganimizda yekologik turizmni rivojlantirishning asosiy resurslari – 4 faslli tabiat mavsumlari, o‘zining yekologik tizimlariga yega bo‘lgan 5 ta tabiiy landshaft bio-xilma-xilliklarida yendemik (faqat O‘zbekiston tabiatida) turlarning mavjudligidan iborat. O‘zbekistonning yekologik turizmdagi resurslar salohiyatiga alohida to‘xtalganimizda, quyidagi yekoturizm manbalarini keltirish, tavsiflash masalaga ravshanlik kiritadi.
O‘zbekiston 3,8 mln. gektarga yega bo‘lgan ovchilik – baliqchilik yer maydonlariga yega, ulardan 1 mln. gektarini suv fondi tashkil yetadi. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o‘txo‘r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 tur baliqlarga yega. Bulardan, O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobiga» o‘txo‘r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti ma’lumotlari bo‘yicha, O‘zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur o‘simliklar mavjud. Shulardan, 3000 turlari oliy, yovvoyi o‘suvchi o‘simliklar, ulardan 9 foizi yendemiklardan iborat. O‘zbekiston hududining muhofaza yetilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 km2 ni tashkil qilgan 10 ta davlat qo‘riqxonasi, 6061 km2 ni tashkil yetgan 2 ta milliy bog‘ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko‘paytirish respublika markaziy – «Jayron» yekomarkazi, 12186 km2 maydonni tashkil yetgan 17 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud.


Keltirilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha qilib qayd qilish mumkinki, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning o‘rtasida, yekologik turizmning rivojlanishi uchun qulay transport, geografik hududlarida joylashgan. Yekspertlarning ma’lumotiga qaraganda yekoturizm sayyohlik bozorining 10-20 %ini qamrab olgan, o‘sish sur’ati yesa umumiy turizm industriyasining o‘sish sur’atidan 2 – 3 marotaba oshib ketdi. Shuning uchun ham bugungi kunda yekologik turizmni rivojlantirish asoslarini va yekologik resurs maskanlariga turistik marshrutlar tuzishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish zarur bo‘lmoqda.
O‘zbekistonlik yekolog olimlarning fikricha, – yekoturizm ma’rifiy-ma’naviy tushunchalar ostida yekoturistlarning yekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o‘simliklar dunyosiga, tabiiy hududlarning tarixiy yodgorliklariga, arxeologik topilmalariga, geologiyasiga, paleontalogiya qoldiqlariga sayohatlari kabi tabiat bilan bog‘liq majmualar kiradi.
Yekoturizmning maqsadi – hozirgi va kelajak avlodlarning yekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun tabiatdan turistik yo‘nalishda oqilona foydalanishdir. Yekoturizmning maqsadini amalga oshirish uchun «O‘zbekistonda yekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi» da keltirilgan rejaviy dasturni keltirish kifoya qiladi. Bu konsepsiyada respublikamizda yekologik turizmni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish muhimligi alohida qayd qilingan:

  • ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish;

  • ekoturistik fan, ta’lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;

  • aholining yekologik ongi va madaniyatini yekoturizm orqali o‘stirish;

  • ekoturizm yo‘nalishidagi ta’lim va tarbiyani yo‘lga qo‘yish;

  • ekoturizm bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

  • ekoturistik ob’ektlarni har tomonlama baholash va ularning kadastrini olib borish;

  • ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo‘lga qo‘yish;

  • milliy davlat hududlarini yekoturizm bo‘yicha rayonlashtirish;

  • davlatlarning va xalqaro jamiyatning yekoturizmga oid taktik reja va strategik dasturlar va tadbirlarini ishlab chiqish;

  • biologik xilma-xillikni saqlash.

Qayd qilingan vazifalarni bajarishda quyidagi ekoturistik tamoyillarni ya’ni yekologik munosabatlarni turizm orqali tartibga solishga yo‘naltirilgan qoidalarga qattiq, ma’suliyat bilan rioya qilish talab qilinadi:

  • ekoturizmda tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalarining ustivorligi;

  • ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari bilan bog‘langanligi;

  • turizm va servis sohasi yo‘nalishidagi barcha ta’lim muassasalarida ekoturistik o‘quv kiritilishining maqsadga muvofiqligi;

  • mahalliy aholining yekologik ongi va madaniyatini o‘stirishda yekoturizmni jalb qilish zaruriyati;

  • tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning mazmunini ekoturistik marshrutlarda aks yettirish;

  • davlat, jamiyat, mahalliy boshqaruv idoralarining yekologik turizmdan manfaatdorligi;

  • ekoturizmda yekologik ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning yagonaligi;

  • ekoturizmda milliy g‘urur va iftixorni shakllantirishning zarurligi.

Qayd qilingan tamoyillarning bajarilishi O‘zbekistonda yekologik turizmni jadal rivojlantirishning asoslarini ta’minlaydi.
Yekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha «O‘zbekistonda yekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi» qabul qilingan. Ushbu konsepsiyaning 1.4. bandida – yekoturizmning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari yechimini topishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalari qayd qilingan. Ular quyidagilar:

  • ekoturizm ob’ektlarida aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy muhofaza qilish muammolarini hal qilish;

  • ekoturizm qadamjoylarida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, turistik infratuzilmalarni hosil qilish;

  • ekoturizmning jahon talablariga javob beraoladigan moddiy – texnik, axborot–tahliliy bazasini yaratish xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish;

  • ekoturizm maskanlarini yelektr yenergiyasi va issiq suv bilan ta’minlash maqsadida yekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil yenergiya qurilmalari yordamida foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish.


Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish