Reja biosfera haqida tushuncha. Tirik organizmlarning biogeoximik funktsiyalari



Download 0,84 Mb.
Sana18.02.2022
Hajmi0,84 Mb.
#450264
Bog'liq
Doniyorova Mohidil ekologiya

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI


MAVZU: Biosfera. Biosferaning asosiy funksiyalari va tarkibi
Bajardi: Doniyorova Mohidil 5-19
REJA
Biosfera haqida tushuncha.
Tirik organizmlarning biogeoximik
funktsiyalari.
Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari.
BIOSFERA
Geografik qobiqdagi barcha tirik organizm (bakteriyalar, o’simliklar, hayvonlar va insonlar) tarqalgan hududlar

BIOSFERA


«Biosfera» atamasi birinchi bor 1875 yil nemis geologi Eduard Zyussning «Yer qiyofasi» kitobida qo’llanilgan.
Biosfera sayyoramizdagi hayot qobig`i hisoblanib, tirik organizmlarning o’zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuasini tashkil qiladi.
Biosferaga faqatgina yerning qobig`ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmasdan balki uning tarkibiga qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo’lgan litosferaning yuqori qismi ham kiradi.

Biosferada hayotning taqsimlanishi


Tirik organizmlarning biogeoximik funksiyalari
Yer po’stining yuqori qismidagi barcha gazlarni organizm vujudga keltirgandir: erkin kislorod fotosintez yo’li bilan vujudga kelgan bo’lsa, korbonat angidrid nafas chiqarish mahsuli
1
Kontsentratsion funktsiya. Organizmlar o’z tanasida juda ko’p kimyoviy elementlarni to’playdi
2
Oksidlanish-tiklash funktsiyasi. Juda ko’p ma’danlar- temir, oltingugurt, marganiets, mis, azot, uran, kobalt, vanadiy kabilar oksidlanib, tiklanishida tirik moddalarning, xususan mikroorganizmlarning ishtiroki bor.
3
Biokimyoviy funksiyasi- unga geologik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lgan tirik organizmlarning ko’payishi, o’sish va tarqalish hodisalari kiradi.
4
Mustaqil faktor hisoblangan insonning biogeokimyoviy faoliyatidir. Bugungi kunda texnika bilan qurollangan inson biosferada juda katta o’zgarishlarni amalga oshirib, ba’zi hollarda unda salbiy hodisalarni vujudga keltirmoqda
5
Biosfera massasi 2,24x1012 t
gidrosfera massasidan 600 marta kam
litosfera massasidan 1,5 ming marta kam
Tirik moddaning maxsus xususiyatlari quyidagilar:
  • Biosferaning tirik moddasi katta energiya zaxirasiga ega.
  • Tirik va o’lik moddalar o’rtasidagi keskin farq ularda boradigan kimyoviy reaktsiyalar tezligidadir (tirik moddada boradigan kimyoviy reaktsiyalar tezligi ming va million marta ortiq).
  • Tirik moddaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, undagi oqsillar, fermentlar va boshqa kimyoviy birikmalar faqat tirik organizmlarda barqaror bo’ladi.
  • Biosferada har qanday moddaning erkin harakati va ma’lum darajada o’z-o’zini idora etishi umumiy xususiyat hisoblanadi.
  • Tirik modda o’lik moddaga nisbatan morfologik va kimyoviy xilma-xilligi jihatidan ajralib turadi. Tirik modda tarkibiga kiradigan 2 mln.dan ortiq organik birikmalar ma’lum bo’lib, tabiiy minerallar esa ikki ming atrofida xolos.
  • Tirik modda biosferada ayrim organizmlar sifatida namoyon bo’lib, ularning o’lchami ham juda xilma-xil. eng kichik viruslar 20 nm.dan oshmaydi. eng yirik hayvon hisoblangan kitlarning uzunligi 33 m ga boradi. eng baland daraxt (evkalipt)ning bo’yi esa 100 m dan ortadi.

Tirik moddaning asosiy biogeokimyoviy xususiyatlari quyidagilar:
  • Energetik xususiyati. Fotosintez jarayoni orqali quyosh energiyasini to’plash va uni keyinchalik biosferaning ayrim tarkibiy qismlarga taqsimlanishi. Biosferada quyosh energiyasining to’planishi tufayli unda hayotning barcha ko’rinishlari mavjuddir.
  • Gazlar hosil qilish va ularning harakatini amalga oshirish xususiyati. Gazlarning aylanib yurishi, o’zgarishi orqali biosferaning gaz tarkibini ta’minlaydi. Mayyoramizdagi asosiy gazlar biogen yo’l bilan kelib chiqqan. Tirik modda faoliyati natijasida azot, kislorod, karbonat angidrid gazi, vodorod sulfid, metan va boshqa gazlar hosil bo’lgan.
  • Biogen moddalarni to’plash xususiyati. Tirik modda tarkibida engil elementlarning atomlari (H, C, N, O, Na, Mg, AI, Si, S, CI, K, Ca) ko’p miqdorda uchraydi. Ushbu elementlarning miqdori tirik organizmlar ta’sirida tashqi muhitga nisbatan yuz va ming barobar ortiq to’planadi.

  • Ana shu xususiyat tufayli biosferaning kimyoviy tarkibi xilma-xil ekanligi hamda o’lik moddalardan keskin farq qilishi namoyon bo’ladi
  • Oksidlanish-qaytarilish xususiyati. Ma’lum moddalar (atomlari o’zgaruvchan darajadagi oksidlanish xususiyatiga ega bo’lgan) domiy ravishda kimyoviy o’zgarishlardan iborat bo’lib, bunda Yer yuzasida biogen moddalarning oksidlanish-qaytarilish jarayonlari ustunlik qiladi.
  • Parchalanish xususiyati. Tirik organizmlarning nobud bo’lishidan keyin parchalanish, ya’ni organik moddalarning minerallashish jarayoni sodir bo’ladi. Natijada biosferada biogen va oraliq moddalar hosil bo’ladi.
  • Muhit hosil qilish xususiyati. Organizmlarning hayot faoliyati natijasida muhitning fizikkimyoviy ko’rsatkichlarini o’zgartirishdan iborat bo’lib, V.I.Vernadskiy “Organizmlar tashqi muhit bilan bog’langan, shuning uchun u tashqi muhitga nafaqat moslashib qolmay, balki unga moslashgan”, deb yozgan edi.
  • Transport xususiyati. Moddalarning Yerning tortish kuchiga qarshi gorizontal yo’nalishda tashib yurilishi.

Biosferada global muammolar
  • Ozon qatlami yemirilishi. ‘’Ozon to’ynugi’’
  • Atmosfera havosining zaharli gazlar bilan ifloslanishi.
  • Iqlim sharoiti o’zgarishi.
  • O’rmon yong’inlari
  • Dunyo okeani ifloslanishi

E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish