Reja: Bilimlarga asoslangan, tushunchalarni tassavur qilish va tizimlarni ishlab chiqish



Download 25.47 Kb.
bet1/4
Sana07.09.2021
Hajmi25.47 Kb.
  1   2   3   4

Mavzu: O’qituvchi tizimlar

Reja:


  1. Bilimlarga asoslangan, tushunchalarni tassavur qilish va tizimlarni ishlab chiqish.

  2. О‘rganuvchi va о‘z-о‘zini о‘rganuvchi.

  3. Bilimlar va ularning xususiyatlari.

  4. Xulosa

Intellektual axborot tizimlari xayotimizning barcha soxalariga kirib kelmoqda, shuning uchun xam SI soxasida aniq bir yо‘nalishni siniflash bir muncha murakkabroqdir. Ulardan qisqacha bir nechasini kо‘rib chiqamiz.



 Bilimlarga asoslangan, tushunchalarni tassavur qilish va tizimlarni ishlab chiqish.

Bu Sun’iy intellektni о‘rganishdagi asosiy yо‘nalish xisoblanadi. Unga kо‘ra ekspert tizimlarini tasvirlaydigan yani bilimlarni tasvirlashni modelini tuzish, bilimlar bazasini tuzishlar kiradi. Oxirgi paytlarda bilimlarni chiqarib olishda о‘ziga modellar, chiqarib olish va bilimlarni shakillantirish usullari, bilimlar injeneriyasiga umumlashib ketadi. Tizimlarni loyxalashda ya’ni bilimlarga asoslangan xolda (BAT), bilimlardan foydalaniladi ekpertlar tomonidan aniq bir qoidalarga qaratilib u yoki bu amallarni bajarish tushuniladi. Bu yо‘nalish insonni yaratuvchanlik imitatsiyasini kuzatib boradi yani bunda tuzilmali va notuzilmali mummolar taxlil qilinadi. Ushbu yо‘nalishda izlanishlarda tasvirlash modellari tuzilib, bilimlarni chiqarib olish va qurish bundan tashqari bilimlar bazasini (BB) tuzish о‘rganiladi, ya’ni BAT ni yadrosi xosil qilinadi. BAT odatiy xollarda ekspert tizimlar xisoblanadi (ET).Birinchi robotlarni tо‘liq intellektual deb xisoblash notо‘g‘ri chunki 60-yillarda о‘zgacha xususiyatlarga ega bо‘lgan robotlar universal kompyuterlar orqali boshqarilgan. Misol uchun 1969 yilning boshlarida ELEKTROTEXNIK LABARATORIYAda (Yaponiya) “ishlab-chiqarish intellektual robotlari” degan loyxalash ishlari boshlangan. Bu loyxaning maqsadi – kengroq xususiyatga ega bо‘lgan manipulyatsion robotni yaratish, vizual kontrollerlardan sun’iy intellekt elementlariga ega bо‘lgan yig‘uv-montaj vazifalarini va ular bilan bog‘liq ishlari bajarishga mо‘ljallangan edi.Kichik EXM NEAC-3100 (operativ xotira miqdori 32000 sо‘zdan, magnit disklardagi xotira miqdori 273000 sо‘zdan iborat bо‘lgan) da boshqariluvchi robot monipulyator oltita darajadagi erkinlikka ega bо‘lib, talab etiladigan dasturiy xarakatlarni amalga oshirgan yani elektrogidravlik tizimda о‘z faoliyatini amalga oshirgan. Manipulyatorning vazifa bajarish (ushlash, kо‘tarish, kо‘chirish va aylantirib xarakatga keltirish) qobiliyati taktli datchiklar bilan ta’minlangan.Kо‘rish qobiliyatining tizimi sifatida ikkita video−televizion kameralardan foydalanib, detallarni anglash uchun qizil-yashil-kо‘k filtrlardan foydalanilgan. Televizion kamerani kо‘rish maydoni 64*64 yacheykalarga bо‘lingan. Natijada qabul qilingan ma’lumotlarni qayta ishlash qо‘pol ravishda faqat robotni qiziqtiradigan detallarni о‘z ichiga olgan. Bu detalni umumiy о‘rganish jarayonida yana 4096 yacheykaga qaytiladi. Bunda detal tanlangan “oynachaga” sig‘masligi avtomatik ravishda qо‘zg‘alishiga olib keladi, ya’ni inson nazaridagi detalning xarakatilanishiga olib keladi. Elektrotexnik laboratoriyadagi robot oddiy detallarni anglash xususiyatiga ega bо‘lib, ya’ni cheklangan tekislikka ega va silindrsimon yuzalarni maxsus yoritgichlar orqali anglagan. Ushbu ekperimental qurilmaning narxi 400 ming dollar bilan baxolangan.Sekin asta robotlarning tasnifi monoton ravishda kengayib borgan, ammo xali xam insonni tushunish qobilyatiga ega emas, lekin ba’zi bir operatsiyalarni aloxida boshqaruvchilar orqali amalga oshirmoqda. Misol uchun о‘tkir tig‘li moslamada stol tennisining koptogini о‘shlab turibdi.

Robototexnikani yaratilish tarixini shartli ravishda bir necha avlodlarga bо‘lish mumkin:




Download 25.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat