Reja : Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash. Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarning moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish. Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida



Download 74 Kb.
bet1/8
Sana29.12.2021
Hajmi74 Kb.
#78164
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Boshlang`ich maktab tabiatshunoslik fanining ta‘limiy va tarbiyaviy vazifalari


Boshlang`ich maktab tabiatshunoslik fanining ta‘limiy va tarbiyaviy vazifalari

R e j a :

1. Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash.

2.Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarning moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish.

3.Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash.

4.Ta‘lim jarayonida o’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash.



Tayanch iboralar: “bilish”, “kuzatuvchanlik”, “vatanparvarlik”, baynalmilalchilik”, “mantiqiy tafakkur”, “ijodiy faoliyat”, “moddiy dunyoqarash”, “amaliy faoliyat”, “ekologik tarbiya”, “axloqiy tarbiya”, “estetik tarbiya”.

Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o’rganib borishlariga asoslanib, kichik yoshdagi o’quvchilarda tabiat to’g’risida, o’z joyi va barcha mamlakatning tabiiy boyliklari to’g’risida bir butun tasavvur shakllantirish lozim. O’quvchilar Vatanimizning ta­biiy boyliklaridan odamlar o’zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari bilan tanishishlari kerak. Bunda bolalarga odamlar mehnati atrof tabiat bilan chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsatish g’oyat muhimdir.

Shu talablarga ko’ra kichik yoshdagi o’quvchilarga:

  • jonli va jonsiz tabiat to’g’risida aniq bilimlar berish, ularning o’zaro bog’liqligini ochib berish;

  • odam organizmi va uning salomatligini saqlash to’g’risida ma‘lumotlar berish;

  • tabiatda kuzatishlar o’tkazish uquvi va ko’nikmalari bilan qurollantirish;

  • tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyligini ko’paytirishga qaratilgan insonning mehnat faoliyati bilan tanishtirish;

  • jonajon tabiatga muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash.

Umumta‘lim va kasb-hunar ta’lim muassasalarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlariga muvofiq tabiatshunoslik dasturiga kiritilgan o’zgarishlar ko’rsatilgan vazifa­lar bilan bir qatorda tabiatshunoslik kursida o’quvchilarning ekologiya, mehnat va gigiyena tarbiyasiga e‘tiborni yanada kuchaytirishni, “har bir o’quvchi gi­giyena va tibbiyot sohalarida boshlang’ich bilimlarni egallash, yoshligidan o’z organizmini bilishi, uni tartibli saqlay olishi» uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.

Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go’zallikni tushunish darajasida tarbiyalash ke­rak.

Zamonaviy pedagogika ta‘lim-tarbiyaga tarbiyalovchi ta‘lim deb atalmish yagona jarayonning ikki tomoni deb qaraydi. Ta‘limning tarbiyalovchilik harakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni o’qitish o’qituvchiga o’quvchilar tafakkurini, ularning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. Tabiatshunoslik bo’yicha barcha mavzular majmuasi tarbiya masalarini aks ettiradi.

O’quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyaviy ahamiyatga ega, o’quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni o’zlashtirish jarayoni bilan bog’liqdir.

Shu munosabat bilan ham tabiatshunoslikni o’qitish o’qituvchi uchun tarbiyaviy ishlarga katta imkoniyatlar beradi. Tabiatshunoslikni o’qitishda og’zaki, ko’rgazmali, amaliy va boshqa zamoaviy metodlardan foydalaniladi. Bolalarning ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora ko’proq qo’llanilmoqda.

Tabiatshunoslik bo’yicha mashg’ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o’yinlar, o’lkashunoslik ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas bog’lamoq zarur.

Bularning hammasi o’qituvchiga tabiatshunoslik bo’yicha o’quvchilar bilan shug’ullana borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsini shakllanishiga ta‘sir ko’rsatishga ham imkon beradi. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishning maqsadi - botanika, zoologiya, ekologiya, anatomiya, fi­ziologiya, gigiyena, geografiya fanlarining elementar asoslarini berishdir.

Tabiatshunoslik darslari - bu mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Aniq misollarda o’quvchilarni odam mehnati - uning jismoniy va ma‘naviy jihatligining manbai ekanligiga ishontirib, o’qituvchi mehnatga muhabbatni, astoydil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatini tarbiyalaydi. Bu 1-sinfda “Kishilarning kuzdagi mehnati”, “Kishilarning bahordagi mehnati”, “Yozda kishilar mehnati” 2-sinfda “Ijtimoiy foydali mehnat”, “Gerbariy tayyorlash (Maktab hovlisida amaliy ish)”, “ Bahorda kishilar mehnati”. 3-sinfda “ Foydali qazilmalar”, “Yoqilg’I sifatida foydalaniladigan qazilmalar”, “Qurilishda foydalaniladigan qazilma boyliklar”. 4- sinfda “Cho’llar”, “Dashtlar”, “Yer osti boyliklari”, “Insonning tabiatga ta’siri”, “Qo’riqxonalar”, “O’lkamiz tabiatini asrang”mavzularidir. Shunday qilib mehnat mavzusi o’quvchilarning tarbiyasida katta o’rin egallaydi.

Tabiatshunoslik o’zining mazmuni va metodlari bi­lan o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.

Tabiiyot - dunyo fani va shuning uchun ham tabiat­shunoslik darslari o’quv materiali mazmunini yetkazishning o’ylab chiqilgan metodikasini talab qiladi, uning asosiy maqsadi bilimlar yig’indisini faqat esda qoldirish bo’lib qolmasdan, balki ularni ishonchga aylantirish hamdir. Ishonch insonlarga, atrof olamga bo’lgan munosabatda, odatlarda, ish tutishda, xulq-atvorda namoyon bo’lishi kerak. Bunda birinchi o’ringa tabiatshunoslikning turmush bilan aloqasi nazarda tutiladi.

Bu vazifalarni osonlashtirish uchun ko’rgazmali materiallardan, diafilmlardan, markaziy va mahalliy davriy matbuot materiallaridan, kino va telefilmlarni (ularning o’qituvchi bilan birga ko’rganlaridan keyin) muhokama qilishdan, Mehnat Veteranlari, mashhur fermerlar, chorvadorlar, ishlab chiqarish ilg’orlari to’g’risida hikoya qiluvchi kitoblardan, stendlardan keng ko’lamda foydalanmoq lozim.

Tabiatshunoslik vositasida amalga oshiriladigan majmuaviy tarbiya faqat darslardagina emas, balki o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari faoliyatlarida (ekskursiya, sinfdan tashqari mashg’ulot, maktaboldi maydonchasidagi ishlar va boshqalarda) ham muntazamlilik hamda rejalilikni talab qiladi.

Jonajon o’lka tabiati - daryolar, tog’lar, o’rmon massivlari to’g’risidagi matnlarni o’rgana turib, mamlakatning xalq xo’jaligi uchun ularning ahamiyatini ta‘kidlab o’tish zarur. Bunday ma‘lumotlar vatanparvarlik hissini, Vatan bilan iftixorlanishni tarbiyalaydi va o’quvchilar tarbiyasida muhim omil hisoblanadi.

Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish