Reja: " Barkamol avlod yili " davlat dasturi



Download 72,5 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi72,5 Kb.
#762874
Bog'liq
Fiziologiya mus ish


Mavzu: Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog’ligini himoya qilish yo’lida olib borayotgan ishlari.


REJA:


  1. “ Barkamol avlod yili ” davlat dasturi.

  2. Sog’lomlashtirish yo’lida olib borayotgan ishlari.

  3. Jismonan va aqlan sog’lom avlodni tarbiyalash.

Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan:


“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi tasdiqlansin. Unda quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilansin:
Bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularni barkamol rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga zamon talablariga mos o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
“Sog‘lom ona – sog‘lom bola” dasturini izchil amalga oshirish asosida sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, profilaktikaga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimini ustuvor rivojlantirish, tibbiy xizmat moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sog‘lom bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish hamda maslahat ishlarini kuchaytirish;
Tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi mavjud talabga alohida e’tibor qaratgan holda, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish;
Ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish;
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o‘zlashtirish;
Yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirish sohasida, yoshlarni, ayniqsa, qishloq qizlarini sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yangi sport majmualarini, stadionlar va inshootlarni qurish, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash, yuqori malakali ustoz va murabbiylar bilan mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil kuchaytirish;
Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishning muhim yo‘nalishi, aholi va o‘rta sinf mulkdorlari daromadlarini shakllantirish asosi bo‘lgan kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, bu sohadagi mavjud muammolarni hal etish, yoshlar, avvalambor, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, ayniqsa, qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun sharoit yaratish;
Ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
yosh oilalarga g‘amxo‘rlik qilish ishlarini kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash, jismonan va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan sog‘lom va mustahkam oilani shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2009 yil 9 dekabrdagi 3329-farmoyishiga binoan tuzilgan Respublika komissiyasiga “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi bajarilishini tashkil etish va uning ijrosi monitoringini amalga oshirish vazifasi yuklansin. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev):


ikki hafta muddatda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir vazirlik, idora, mintaqa, shahar, tuman va aholi punkti bo‘yicha hududlar hamda tarmoqlarga oid “Barkamol avlod yili” dasturlari ishlab chiqilishi va qabul qilinishini ta’minlasin;
Mazkur dasturning bo‘limlari va bandlarini davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar darajasida to‘liq va o‘z vaqtida bajarish ishlarini muvofiqlashtirsin, Dasturga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga har chorak yakuni bo‘yicha “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida tasdiqlangan tadbirlarning bajarilishi to‘g‘risida axborot taqdim etsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh.M. Mirziyoyev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar)da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlar hokimlari rahbarligida Dasturni amalga oshirish bo‘yicha tegishli komissiyalar tashkil etilishini ta’minlasin, ularning zimmasiga Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlarni so‘zsiz va to‘liq amalga oshirish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklasin.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari: aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining maqsad va vazifalarini keng tushuntirish;

Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risida muntazam axborot berib borish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, jamoat va nohukumat tashkilotlarning Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shgan amaliy hissasini yoritishni ta’minlasin.


Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Barkamol avlodni tarbiyalash xalqimiz uchun istiqlol yillarida eng ezgu maqsad, umummilliy vazifaga aylandi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqilligimizning dastlabki yillaridan jismonan va ma’nan sog‘lom, fikri tiniq, intellektual salohiyati yuqori avlodni voyaga yetkazish va tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilandi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yil 6 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida eng ulug‘, eng aziz bayramimizni ko‘tarinki ruhda, bunyodkor xalqimizning bugungi salohiyati, yurtimiz qudratiga hamohang tarzda nishonlashga alohida e’tibor qaratilgan. Bu jarayonda bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlarning ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, Vatanimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lining har bir dovoni yoshlar hayoti, barkamol avlod tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Buning ulkan samaralari istiqlolning yigirma yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarda o‘zining yanada yorqin ifodasini topmoqda. Yoshlarimiz hayoti, intilishlari, ulkan muvaffaqiyatlarida namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi Bahodir G‘aniyev bilan O‘zA muxbirining suhbati shular xususida bo‘ldi.
Jonajon Vatanimiz tom ma’noda yoshlar mamlakati, yurtimiz aholisining 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etadi, – deydi B.G‘aniyev. – Prezidentimiz qaroriga asosan istiqlolimizning 20 yilligi bayrami tadbirlarini vatandoshlarimiz, xususan, yosh avlod qalbida chuqur taassurot qoldiradigan yuqori saviyada o‘tkazish, mamlakatimiz yoshlari – umumiy o‘rta ta’lim, akademik litsey va
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan alohida tadbirlar rejasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Bu jarayonda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ham faol ishtirok etmoqda. Chunonchi, istiqlol yillarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarning ulkan samaralari har bir yigit-qiz hayotida o‘z in’ikosini topmoqda.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan istiqlolning dastlabki oylarida “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yoshlarga zamonaviy standartlar asosida ta’lim-tarbiya berish, iqtidori va iste’dodini yuzaga chiqarish, ularni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash imkonini bermoqda.
Bularning barchasi zamirida yagona – dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan avlodni tarbiyalash maqsadi mujassam. Zamonaviy kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash, shuningdek, maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha jahonda o‘xshashi yo‘q, xalqaro hamjamiyatning haqli e’tirofiga sazovor bo‘layotgan maqsadli dasturlar asosida yurtimizning barcha joylarida, chekka-chekka qishloqlarda zamonaviy ta’lim muassasalari qad rostladi. Xususan, 2005-2010 yillar davomida 7 ming 800 dan ortiq umumta’lim muassasasi, qariyb 1 ming 500 ta kasb-hunar kolleji va akademik litsey barpo etildi hamda rekonstruksiya qilindi. Faqat 2010 yilda maktablar, kasb-hunar kollejlari va litseylarda 2 ming 300 tadan ziyod kompyuter texnikasi va multimedia uskunasi o‘rnatildi. Yosh avlodni jismoniy tarbiyalash va bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan dasturning amalga oshirilishi samarasida o‘tgan yilning o‘zida 72 sport inshooti, 27 suzish havzasi, 46 musiqa va san’at maktablari qurilib, foydalanishga topshirildi.
Mustaqilligimizning yigirma yilligi munosabati bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida “Kamolot” tomonidan joriy yil boshidan bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot-tashqivot ishlari boshlab yuborildi.
Jumladan, qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 25 apreldan “Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!” shiori ostida yoshlar festivallari o‘tkazilmoqda. Ushbu loyiha o‘nlab ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega tadbirlarni o‘z ichiga oladi va har bir viloyatda o‘tkaziladi. Taniqli san’atkorlar, sportchilar, xalqaro miqyosda muvaffaqiyatlarga erishayotgan yigit-qizlarning yoshlar bilan uchrashuvlari o‘tkaziladi. Bunda 400 mingga yaqin yoshlarni qamrab olish ko‘zda tutilgan.
“Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan ham yurtimiz mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlab maxsus loyiha tayyorlangan. Uning doirasida Orol muammosi bo‘yicha bolalar konferensiyasi, “Qadriyatlarimizni qadrlaymiz” tadbiri, tasviriy va amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi, “BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari – mening nigohimda” insholar tanlovi, Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya va “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun asosida o‘quv-seminar, bolalar spartakiadasi, “Ekologiya va men” bolalar forumini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
“Kamolot” tashabbusi bilan davlat mukofotlari sovrindorlari, sportchi va san’atkorlar, siyosatchi va iqtisodchilar va boshqa sohada ishlayotgan iste’dodli yoshlarning istiqlol haqidagi fikrlari asosida “Vatan mening faxrim” risolasini nashr etish istiqlolimizning 20 yillik to‘yiga munosib tuhfa bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
– Bugun “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati yurtimiz yoshlari hayotiga qanchalik darajada kirib bordi?
– “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy vazifasi – yoshlarni birlashtirish, sog‘lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Yoshlarga amaliy yordam berish, ularning hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlab olishida tayanch va suyanch bo‘lish, ezgu maqsadlar yo‘lida ularni birlashtirish, iqtidorli yosh yetakchilarni tarbiyalash, qo‘llab-quvvatlash, yigit-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, yosh oilalarga ijtimoiy ko‘mak berish Harakat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridandir.

Ayni paytda “Kamolot” o‘z saflarida besh millionga yaqin yoshlarni birlashtirgan. Ularning orasida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari, jahon va Olimpiada chempionlari, yosh tadbirkorlar, iste’dodi va qobiliyati bilan xalqaro musiqa festivallari, fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari bo‘lgan yoshlarning ko‘pligi tashkilotimizning nufuzi tobora yuksalib borayotganidan dalolatdir.


Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugun “Kamolot” kirib bormagan soha yo‘q. Harakatning tashkiliy tuzilmasi bunda muhim o‘rin tutadi. Barcha o‘quv muassasalari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar ko‘plab korxonalar, xo‘jaliklar, davlat, jamoat va nodavlat tashkilot, muassasalarda 15 mingdan ziyod boshlang‘ich tashkilot yoshlarni o‘z safiga ixtiyoriy tarzda birlashtirgan. Harakat xalq ta’limi tizimida faoliyat olib boruvchi 9 ming 779, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi 1 ming 538 nafar, oliy ta’lim tizimida 72 nafar hamda korxona va tashkilotlarda 3 mingdan ziyod yetakchi orqali yoshlarimizning ko‘ngliga yo‘l topish, hamnafas bo‘lish, orzu umidlarini his etib, ularning haqiqiy yordamchisiga, maslakdoshiga aylanishga asosiy e’tiborni qaratmoqda.
Yoshlarni birlashtirishda yetakchilar muhim o‘rin tutadi. Shu bois yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bilimini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, zamonaviy yosh rahbar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, yoshlarga oid ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi olimlarga ko‘maklashish maqsadida Harakatning “Yetakchi” yoshlar o‘quv markazi tashkil etildi. Mazkur markaz tomonidan yetakchilar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va ularning yoshlarga ta’sir kuchini oshirishning zamonaviy mexanizmlarini yaratish bo‘yicha yangicha ish modellari qo‘llanilmoqda, turkum seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
Harakat turli loyihalar orqali yoshlarning keng qatlamiga kirib bormoqda. Buni yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Jumladan, “Kamolot” tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2010 yil davomida o‘tkazilgan mehnat yarmarkalarida 46 ming 607 nafar yigit-qiz ish bilan ta’minlandi. Shundan qariyb 3 ming nafari bevosita “Kamolot” ko‘magida ishga joylashdi.
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishda harakatning tuman, shahar kengashlari qoshida tashkil etilgan 95 ta “Yoshlar ijtimoiy xizmatlari” markazi faoliyatini alohida qayd etish o‘rinli. Ushbu markazlarda 360 nafar turli soha mutaxassislari faoliyat yuritib, 329 to‘garakda 2010 yilning o‘zida 65 ming nafardan ziyod yigit-qiz kasbga yo‘naltirildi. Eng muhimi, bu markazlar bepul xizmat ko‘rsatishi bilan birga, ichki ishlar bo‘limlarida profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlarning nazoratsizligini oldini olishga ham ko‘maklashmoqda.
“Kamolot”ning “Ommaviy tahdidlar va yoshlar” mavzuidagi mamlakat miqyosida o‘tkazilgan loyihasi ham yoshlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Yoshlarda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xuruj va tahdidlarga qarshi turish ko‘nikmalarini tarbiyalash, ularning asl maqsadini yoshlarga yetkazish borasidagi tadbirlarda minglab yigit- qizlar ishtirok etdi.
“Talabalar festivali”, “Yozni “Kamolot” bilan o‘tkaz” an’anaviy anjumanlari, “Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovi, “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” huquqiy targ‘ibot poyezdlari, “Kamolot” malikasi”, “Kamolot” kubogi”, “Kamolot” shaxmat taxtasi” kabi sport musobaqalarining ishtirokchilari doirasi yildan-yilga kengayib borayotgani mazkur loyihalarga yoshlarning qiziqishidan dalolatdir. Misol uchun, Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Talabalar festivali – 2010”da ikki mingdan ortiq yigit-qiz qatnashdi. Festival doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar, yetakchilar forumi, seminar, mahorat saboqlari, sport musobaqalari jami qirqdan ziyod tadbir va loyihalar amalga oshirildi.
Yoshlarni sport musobaqalariga keng jalb qilish va velosport turini ommaviylashtirish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Kamolot-Tur” yoshlar velomarafonida 2007-2010 yillarda jami 100 mingdan ortiq yoshlar qatnashdi.
“Shunqorlar” harbiy-sport musobaqalari, “Biz – giyohvandlikka qarshimiz!”, “Sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” oyliklari yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik, sog‘lom turmush tarzini mustahkam qaror toptirishga xizmat qilmoqda. Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iste’dodlarni rag‘batlantirish maqsadida turli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda qo‘shma qaror, dasturlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2005 yil 31 oktabrdagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan, “Kamolot” safida faol ishtirok etayotgan yoshlarning kontrakt summasining 35 foizi to‘lab berilmoqda. 2007-2010 yillar davomida jami 33 ming 370 nafar talaba ana shunday moddiy qo‘llab-quvvatlandi. O‘qish, ilm-fanda yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan oliy o‘quv yurti talabalarini taqdirlash, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati stipendiyasi, ta’lim granti va Yosh olimlar stipendiyasi ta’sis etilgan. Joriy yildan iqtidorli talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kichik grant loyihasi tashkil etildi. Ushbu loyiha doirasida yaqinda bir nechta oliy o‘quv yurtlari talabalari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bo‘yicha o‘zlarining yangi g‘oyalarini taqdim etdi.
Yurtboshimizning mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi chiqishlari, ma’ruza va nutqlarini yoshlar o‘rtasida chuqur o‘rganish, mazmun-mohiyatini ochib berish, qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar-treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarga nisbatan yoshlarda daxldorlik tuyg‘usini tarbiyalash imkonini bermoqda. 2010 yili Prezidentimiz Islom Karimovning BMT sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida yurtimizning barcha hududlarida “Mingyillik rivojlanish maqsadlari: mulohaza, munosabat va tahlil” loyihasi amalga oshirildi.
Ta’kidlash joizki, bunday uchrashuvlarda yoshlar muhim tashabbuslar bilan chiqmoqda, faolligini namoyish etmoqda.
– Davlatimiz rahbari tomonidan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida ilgari surilgan Konsepsiyani amalga oshirish yurtimiz yoshlari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Bu borada “Kamolot”ning ishtiroki qanday bo‘layotir?
– “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mazmun-mohiyatini, unda qo‘yilgan ustuvor vazifalarni yoshlarga yetkazish maqsadida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan “Konsepsiya – mamlakatimiz taraqqiyotining kafolati” loyihasi o‘tkazilmoqda. Birinchi navbatda, eng iqtidorli yoshlar tanlanib, Konsepsiyaning mazmuni bo‘yicha puxta o‘qitildi. Ayni paytda ular yurtimiz bo‘ylab tengdoshlari orasiga kirib bormoqda va olimlar, mutaxassislar, huquqshunoslar ishtirokida chekka-chekka qishloqlarda ham tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borayotir. Loyihaning birinchi bosqichida Konsepsiyaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlab jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalari va pedagogik jamoasi ishtirokida slaydlar, qo‘llanma va dastur tayyorlandi hamda 637 mahalla, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejida davra suhbatlari, konferensiyalar, seminarlar tashkil etildi.
Mazkur targ‘ibot tadbirlariga 55 ming nafarga yaqin aholi vakillari, xususan yoshlar jalb etildi.
Ikkinchi bosqichda oliy o‘quv yurtlarining magistratura bosqichi talabalari Konsepsiyaning har bir yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida yil oxirigacha yurtimizning barcha hududlarida yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadilar.
Aholi, birinchi navbatda, yoshlar siyosiy madaniyatini oshirish, ularda siyosiy tafakkurni rivojlantirish uchun “Kamolot” tomonidan 2011 yil 11 martdan 11 aprelga qadar “Konsepsiyani o‘rganish oyligi” e’lon qilindi. Oylikda uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazildi, yoshlar Konsepsiya doirasida ishlab chiqilgan yangi qonun loyihalari muhokamalarida faol ishtirok etib, o‘z takliflarini bildirdilar.
Misol uchun, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yoshlar o‘rtasida keng muhokama qilindi. Ushbu tadbirlarda yoshlar tomonidan bildirilgan o‘ttizga yaqin aniq, konstruktiv takliflar inobatga olindi.
– Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar haqida ham aytib o‘tsangiz.
– Birinchi Prezidentimizning 2011 yil 7 fevraldagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish va yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari ko‘lami tobora kengaymoqda. Jumladan, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinayotgan “Yosh tadbirkor kamoloti – qishloq taraqqiyoti kafolati” tanlovi doirasini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan. 2009 yildan buyon 13 nafar yosh tadbirkor mazkur tanlovning respublika bosqichi g‘olibi, deb topildi va “Agrobank”ning qariyb 200 million so‘mlik kreditini olishga muvaffaq bo‘ldi. Kredit foiz stavkalari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan to‘lab kelinmoqda.
2008-yildan buyon “Mikrokreditbank” bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Yosh tadbirkor – elga madadkor” loyihasi doirasida 2 ming 253 nafar yosh tadbirkorning 1 ming 398 nafariga imtiyozli mikrokreditlar ajratilgan. Shundan 55 nafarining kredit foiz stavkalari “Kamolot” tomonidan to‘lanmoqda.
Joriy yilda kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun sharoit yaratish maqsadida “Mening biznes g‘oyam” tanlovi o‘tkazilmoqda. Savdo-sanoat palatasi, “Mikrokreditbank”, “Agrobank” va “Ipotekabank” bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilarining biznes g‘oyalari ko‘rib chiqilib, yurtimiz bo‘ylab seminar-treninglar tashkil qilinadi va yoshlar tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kreditlar olishiga ko‘mak beriladi.
Bundan tashqari, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Harakatning hududiy hamda mahalliy bo‘limlari qoshidagi “Yoshlar ijtimoiy xizmatlari” markazlari negizida 20 “Yosh tadbirkor” maslahat markazlari tashkil qilindi. Yosh tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar yechimini va ularni qiynayotgan savollarga javob topishga ko‘maklashish hamda yosh tadbirkorlar bilan mutaxassislar o‘rtasida doimiy muloqotni ta’minlash maqsadida http://yoshtadbirkor.kamolot.uz maxsus internet sahifasi tashkil qilindi. Unda tadbirkorlik faoliyatiga oid qonun hujjatlari, uslubiy qo‘llanmalar, yangiliklar joylashtirilib, yosh tadbirkorlar uchun forum tashkil qilindi.
Bugun O‘zbekiston yoshlariga ko‘pchilik havas qiladi. Bu Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlod tarbiyasi, yoshlarning bilim olishi, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun yaratilgan ulkan shart-sharoit samarasidir. O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ana shu ezgu maqsad yo‘lida yoshlarimizning haqiqiy tayanchi va suyanchidir.



Download 72,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish