Referati. Reja: yangi o‘zbekiston yangicha boshqaruv



Download 193,3 Kb.
bet1/8
Sana18.01.2022
Hajmi193,3 Kb.
#391443
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DAVLAT INSON UCHUN - TAMOYILI DEMOKRATIK ISLOHOTLAR MEZONI





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Termız Davlat Universiteti

IQTISODIYOT VA TURIZM” FAKULTETI

IV-KURS
318-guruh talabasi

Narziyev Javohir O’ral o’g’lining
Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi

fanidan bajargan

Topshirdi: __________________

Qabul qildi: __________________

TERMIZ





REFERATI

.
REJA:


  1. YANGI O‘ZBEKISTON – YANGICHA BOSHQARUV

II. INSON HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA QONUNIY MANFAATLARI TA’MINLANGAN HUQUQIY DAVLAT

III. ERKIN VA RAQOBATBARDOSH IQTISODIYOT

IV. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISH

V. YANGI O‘ZBEKISTON: XAVFSIZ, TINCH VA BARQAROR MAMLAKAT

MAVZU: “DAVLAT INSON UCHUN” TAMOYILI DEMOKRATIK ISLOHOTLAR MEZONI

 I.YANGI O‘ZBEKISTON – YANGICHA BOSHQARUV

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini to‘liq amalga oshirish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan siyosiy kuchdir. Ushbu maqsad yo‘lida barcha imkoniyatlarni ishga solinmoqda

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, or-nomusi, ehtiyojlari va manfaatlariga qaratilganini alohida e’tirof etadi. Eng muhimi, biz bugun xalqimiz va davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va biznes hamjamiyati, hayotning barcha jabhalarini erkinlashtirish, Harakatlar strategiyasida belgilangan olijanob maqsadlarga erishish g‘oyalari atrofida jipslashayotganining guvohi bo‘lmoqda.

Rivojlanishning ushbu bosqichida jamiyat va davlat hayotida erishilgan marralar va yutuqlarni e’tirof etgan holda mamlakat o‘z oldiga quyidagi aniq vazifalarni qo‘yadi:

dunyoning 50 ta rivojlangan, iqtisodiyoti barqaror o‘sayotgan va inson kapitali yuqori bo‘lgan, demokratik davlatlari qatoriga O‘zbekistonning kirishini ta’minlash;

– dunyoning aksariyat mamlakatlari “To‘rtinchi sanoat inqilobi” arafasida turgan bir paytda O‘zbekistonning raqobatbardoshligini oshirish, mamlakatning innovatsion rivojlanish yo‘lidan jadal harakatlanishi, “bilimlar iqtisodiyoti” hamda “raqamli iqtisodiyot”, “axborot jamiyati” shakllantirilishiga erishish;

– O‘zbekistonning biznes yuritish va investitsiya kiritish uchun eng jozibador mamlakatlar qatoridan o‘rin olishini ta’minlash;

O‘zbekistonni urbanizatsiya ko‘rsatkichi 60 foizga yetgan, zamonaviy shaharlar, megapolislarga ega, yangi texnologiyalar yordamida butun mamlakat bo‘ylab turmushning bir xil yuqori darajasi ta’minlagan, erkin va baxtli odamlar yashaydigan qudratli va salohiyatli davlatga aylantirish.

Ushbu maqsadlarga shuningdek, “Jadal yangilanishdan – jamiyat taraqqiyoti va gullab-yashnashi tomon”, “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”, “Monopoliyaning hech qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik va raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash, shaxsiy mulkni hurmat qilish” kabi tamoyillar amalga oshirilgan ochiq va kuchli fuqarolik jamiyati, konstitutsiyaviy parlament demokratiyasi, erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagina erishish mumkin. Xalqimizning bosh qadriyatlari – erkinlik, mas’uliyat, halollik, adolatlilik, bag‘rikenglik va imkoniyatlar tengligi biz uchun dasturilamal bo‘lib qolaveradi.

Biz bugun mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga yuqori fuqarolik mas’uliyati va zamonaviy dunyoqarashga ega yoshlar kirib kelayotganini alohida e’tirof etamiz. Davlat xalqning farovonligi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor, yangi, raqobatbardosh va xalqaro hamjamiyat uchun ochiq mamlakatni barpo etish, uning barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini hal qilishga qodir, kelajagi porloq, ahil jamoaga tayanadi.

Biz ularga to‘la ishonamiz, bo‘lajak saylovlarda eng munosiblarining nomzodlarini ilgari suramiz, bor kuchimizni islohotlarning natijasi har bir inson va uning oilasi hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va bu ta’sirni ular bugungi kundayoq sezishiga yo‘naltiramiz.

Shaxs, biznes va xususiy sektorning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan professional parlament

Biz uchun yangi O‘zbekiston – kuchli parlamentarizm instituti faoliyat ko‘rsatayotgan va “Inson davlat uchun emas, davlat inson uchun” tamoyili amal qilayotgan mamlakatdir.

Davlatning bu boradagi ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat:

– xalq hokimiyatini yanada kuchaytirish. Hukumat tarkibini taklif etishi, saylovlarning proporsional tizimiga o‘tish, hokimiyat organlarining hisobdorligini va ochiqligini ta’minlash maqsadida jamoat va parlament nazorati to‘g‘risidagi qonunlarni zamon talablaridan kelib chiqib takomillashtirish kabi g‘oyalar tarafdorimiz;

– qonun ijodkorligi borasidagi faoliyat sifatini tubdan oshirish, qonunchilik bazasini tizimlashtirish va qonunosti hujjatlari sonini keskin qisqartirish, qonun ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modeli elementlarini qo‘llash. Partiyaning qat’iy pozitsiyasi – bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita ishlaydigan qonunlar kerak va qonunosti hujjatlari bilan umummajburiy normalar belgilashni to‘xtatish zarur;

– “qonunning yagona manbai va muallifi xalq ekan, qonunlar inson va jamiyat hayotini yaxshilash, erkinlashtirish uchun qabul qilinadi”, degan olijanob g‘oyani hayotga joriy etish. Partiya normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayonida keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash hamda jamoat tashkilotlarining bu boradagi huquq va majburiyatlarini aniq belgilab qo‘yish maqsadida “Normativ-huquqiy hujjatlarning jamoat muhokamasini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishni taklif etadi;

– xalq deputatlari kengashlari faoliyatini takomillashtirish, ularning vakolatlarini kengaytirish, eng muhimi, mazkur tuzilmalarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, real daromadlarning barqaror o‘sishi, turmush darajasi va sifatini oshirish, mahalliy budjetni shakllantirish hamda nazorat qilish bo‘yicha mas’uliyatini kuchaytirish. Biz xalq vakillik organlarining fuqarolar uchun ochiqligini ta’minlash, “Elektron parlament” va “Elektron xalq deputatlari kengashi” kabi konsepsiyalarni hayotga izchil tatbiq etish tarafdorimiz.

Davlat boshqaruvining samarali va barqaror tizimi

Maqsad – dunyoning davlat boshqaruvi sifati yuqori darajaga ega, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilgan 30 ta davlati qatoriga O‘zbekistonning kirishiga erishish. Davlatning qat’iy pozitsiyasi: davlat xizmati  bu – fuqarolarning professional xizmat faoliyati. Davlat xizmatida o‘z kasbining ustalari ishlashi shart. Bu – davlat boshqaruvi tizimining samarali va sifatli faoliyat yuritishi, jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlash garovidir!

Sohadagi ustuvor vazifalarimiz quyidagilarni nazarda tutadi:

– menejmentning zamonaviy usullarini va korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish, autsorsing dasturlarini amalga oshirish. Biz davlat xizmatiga zamonaviy fikrlaydigan, yangicha tafakkurga ega, boshqaruvning innovatsion, yanada moslashuvchan modellarini, jumladan, loyiha modelini (Agile, Scrum, Kanban, PRINCE2 va boshqalar) ishlab chiqish va joriy etishga layoqatli yetuk mutaxassislar, siyosiy partiyalar, xususiy sektor vakillarini, kuchli xorijiy ekspertlarni jalb qilishni ko‘zda tutuvchi yangi kadrlar siyosatini amalga oshirish tarafdorimiz. Partiya “Davlat xizmati to‘g‘risida”, shuningdek,  davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatiga volontyorlar (ko‘ngillilar)ni keng jalb etish, ularni kasbga yo‘naltirish borasida “Volontyorlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishni taklif etadi;

– ma’muriy islohotlar konsepsiyasi qoidalarining to‘liq va samarali amalga oshirilishi, hukumat, davlat institutlari hamda joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatining barqarorligi va samaradorligi, davlat xizmatlarining sifati va tezkorligini ta’minlash. Partiya, xususan, barcha davlat xizmatlarini BPR (Business process reengineering – biznes jarayonini qayta tashkil etish) tizimi asosida soddalashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishga zamonaviy axborot tizimlarini keng joriy etish, “bir oyna” tamoyili asosida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini kengaytirish;

– O‘zbekistonning izchil innovatsion va texnologik rivojlanishini ta’minlash maqsadida ushbu sohaning boshqaruv tizimini takomillashtirish g‘oyasini ilgari suramiz. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb etish, budjet mablag‘lari tasarruf qilinishining shaffofligi, davlat mulkidan foydalanishning samaradorligi va maqsadliligi kabi muhim ko‘rsatkichlar asosida baholaymiz.



Yangi O‘zbekiston: “raqamli” va axborot jamiyatiga ega mamlakat

Davlat hozirgi axborot jamiyati shakllanishi sharoitida, axborot va bilimlar taraqqiyotning strategik omiliga aylangan bir davrda mamlakat rivojlanishi va uning raqobatbardoshligini ta’minlash zamonaviy axborot-kommunikatsiya va “raqamli” texnologiyalar jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalariga qanchalik joriy etilgani bilan bog‘liq deb biladi. Ushbu yo‘nalishda biz quyidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni taklif qilamiz:

– “Raqamli O‘zbekiston 2030” dasturini joriy etish, “katta ma’lumotlar” (“Big data”), “blokcheyn”, “aqlli”, “xavfsiz” shahar, “internet buyumlar” texnologiyalarini keng joriy qilish, telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish. Ushbu asosda mamlakat YaIMning 30 foizga o‘sishi hamda yurtimizning “raqamli iqtisodiyotga tayyorlik” va “AKT rivojlanishi” xalqaro indekslari bo‘yicha ilg‘or davlatlar qatoriga kirishini ta’minlash;

– mamlakatdagi barcha aholi punktlari va ta’lim muassasalariga zamonaviy optik tolali internet aloqa tizimini olib kirish va internet xizmatlari narxini pasaytirish, tashqi internet kanallari orqali internet trafiklari sotib olish va mamlakatga tarqatish bo‘yicha monopollashuvga yo‘l qo‘ymaslik;

– aholi, tadbirkorlik sub’ektlari va davlat organlari o‘rtasida o‘zaro samarali muloqotni shakllantirish, ortiqcha sansalorlik va byurokratizmning oldini olishga qaratilgan “Elektron hukumat” konsepsiyasini izchil amalga oshirish;

– davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining axborot resurslari va texnologiyalarini yanada taraqqiy ettirish, sohada davlat-xususiy sherikchilik mexanizmini rivojlantirish. Xususan, davlat kadastri ishlarini yuritishning to‘liq raqamlashtirilishini ta’minlash va mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomilini soddalashtirish. 




Download 193,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish