Referat mavzu: Sezgi va idrokning buzilishi Bajardi



Download 0,64 Mb.
Sana25.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#581179
TuriReferat
Bog'liq
Sezgi va idrokning buzilishi



O’zbekiston Respublikasi
Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi

REFERAT


Mavzu: Sezgi va idrokning buzilishi


Bajardi:____________________________


Tekshirdi:___________________________

Samarqand 2022
Sezgi va idrokning buzilishi

Sezgi buzilishlari xilma-xil bo'ladi. Sezgi analizatorlarining periferik qismidan tortib, to po'stloqdagi markaziy qismigacha bo‘lgan har qanday sohasining zararlanishi sezgi buzilishi bilan kechadi. Teri sezuvchanligining har xil o‘zgarishlari asab kasalliklarida juda ko‘p kuzatiladi. Teri sezuvchanligining (og‘riq, harorat va taktil) pasayishiga gipesteziya, kuchayishiga giperesteziya, yo'qolishiga esa anesteziya deb ataladi. Harorat sezgisining yo'qolishi bilan kechuvchi kasalliklarda, m asalan, siringomiyeliyada bemorning terisi qattiq kuysa ham og'riqni sezmaydi.


Taktil (tanani yengil silaganda paydo bo'ladigan) sezgi og'riq va harorat sezgisiga qaraganda kamroq buziladi. Tana sezuvchanligi kuchayishining keskin turlarida bemorning badaniga arzimagan narsa bilan tegilsa ham kuchli og'riq paydo bo'ladi. Bunga giperpatiya deyiladi. Giperpatiyada ta’sir etilgan joydan boshqa joylarda ham og'riq kuzatiladi va biroz vaqt saqlanib turadi.
Giperesteziya psixologiyada kengroq ma’no kasb etuvchi atamadir.
Giperesteziya tashqi qo'zg'aiishlami qabul qilishning me’vordan oshib ketishidir. Bunday bemorlar yorug'likka qaray olmaydi, arzimagan yorug'lik ham ularning ko'zini qamashtiradi. Boshqalar uchun oddiy bo'lgan tovushlar ularning qulog'iga jaranglab kiradi, hattoki eshikning g'ichirlagan tovushi, oqib turgan suvning jildirashi ham o'ta yoqimsiz tuyuladi. Ularning ba’zilarida bu tovushlardan qattiq bosh og'rig'i kuzatiladi. Birovning qo'li to'satdan ularning tanasiga tegib ketsa ham g'ashiga tegadi. Hatto o'z egnidagi kiyimlari ham tanasini ta ’sirlantirib turadi. Oddiy hidlar ham o'ta o'tkirdek tuyuladi. Bunday buzilishlar nevrozning ba’zi turlari, isteriya va psixozlar uchun xosdir. Uzoq davom etuvchi somatik kasalliklar ham giperesteziyalarga sabab bo'ladi.
Bolalarda giperesteziyalar ortiqcha yig'loqilik bilan ham kechadi.
Psixogen gipesteziyalar giperesteziyalardan farqli o'laroq, tashqi ta’sirlarni qabul qilishning pasayishi bilan kechadi. Atrof-muhitdagi tovushlarning jarangdorligini bemor anglamaydi, hamma narsa qorong'i tumandagidek ko'rinadi. Boshqa birovlarning ovoziaa jarangdorlik va joziba yo‘qdek tuyuladi.
Senestopatiyalarda esa bemor go‘yoki badanning turli sohalari va ichki a ’zolardan kelayotgan noxush sezgilarni his qiladi. Bu sezgilar xuddi kuydiruvchi, bosuvchi, siquvchi va guldirovchi xususiyatlarga ega boMadi.
Poliyesteziyalarda tananing bitta joyi ta’sirlantirilganda, go‘yoki uning ko‘p joylari ta’sirlantirilgandek tuyuladi. Biror-bir tashqi ta’sirning boshqa bir ta’sir kabi qabul qilinishiga dizesteziya deb ataladi. Masalan, bemor issiq ta ’simi sovuqdek, sovuqni issiqdek qabul qiladi.
Tananing yarmida sezgining yo‘qolishiga gemianesteziya, bitta oyoq yoki qoMda yo‘qolsa, monoanesteziya, og‘riq sezgisining yo'qolishi analgeziya va harorat sezgisining yo‘qolishiga termoanesteziya deb ataladi.
Hech qanday tashqi ta’sirlarsiz tanada nina sanchgandek, uvishgandek, teri tortishgandek, badanda chumoli yurgandek kabi turli xil sezgilaming paydo boMishiga paresteziyalar deyiladi. Tanada kuzatiladigan og‘riqlar teri sezuvchanligining buzilishida alohida o‘rin kasb etadi. Chunki og'riqlar odamga tanada paydo boMgan yoki qo‘zg‘algan kasallik haqida axborot yetkazuvchi omil hamdir. Demak, u himoya vazifasini ham bajaradi. Bu og'riqlar periferik nervlar, nerv chigallari, orqa miyaning orqa ildizchalari, vegetativ tugunlar, ko‘ruv do‘ngligi, orqa markaziy pushta zararlanganida yoki ortiqcha ta’sirlantirilganda kuzatiladi. Ko‘rib turganimizdek, teri sezuvchanligi buzilishlari turli-tuman bo'lib, ular asosan asab kasalliklarida ko'p kuzatiladi va nevrologiya darsliklarida batafsil yoritilgan. M u sh ak -b o 'g 'im sezgilarining buzilishi teri sezuvchanligining buzilishiga qaraganda kamroq kuzatiladi. Bunda bemor ko'zini yumgan holda bo'g'imlarda qilingan sust harakatlami sezmaydi.
Murakkab sezgining buzilishlaridan boMmish astereognoziyada bemor ko'zini yumgan holda qoMiga qo'yilgan narsalarni paypaslab aytib bera olmaydi, ko'zi ochiq holatda esa ularni bemalol ayta oladi.
Ko'ruv analizatorining buzilishlari haqida so'z yuritadigan bo'lsak, isteriyada kuzatiladigan ko'rishning to'satdan pasayib ketishini alohida t a ’kidlash zarur. Bunda k o 'ru v y o 'lla rid a organik buzilishlar kuzatilmaydi, lekin bemorning ko'zi ko'rmaydi yoki xira ko'radi. Bu holat qattiq hissiy zo'riqish oqibatida miya po'stlog'ining m a’lum qismlarida turg'un qo'zg'alishning paydo boMishi bilan tushuntiriladi.
Ko'ruv analizatorininj retseptor qismidan tortib to markaziy qismigacha bo'lgan zararlanishlar ko'rishning turli xil buzilishlari bilan kechadi.
Ko'ruv yoMlarining xiamiagacha bo'lgan qismi zararlansa, amavroz, xiazmaning ichki kesish£,an qismi zararlansa, bitemporal gemianopsiya, tashqi, ya’ni kesishmegan qismi zararlansa, binazal gemianopsiya kuzatiladi. Miyaning слар tomondagi ko'ruv trakti zararlansa, o'ng tom onlam a gem ianopsiya, o ‘ng tom ondagisi zararlansa, chap tomonlama gemianopsiya kuzatiladi. Ko'ruv markazlari zararlansa, kvadrant gemianopsiyalar, skotoma (ko'ruv maydonida qora dog‘) lar kuzatiladi.
Idrokning buzilishi ayrim asab va ruhiy kasalliklarda kuzatiladi.
Bularga gallyutsinatsiyalar, illyuziyalar va psixosensor buzilishlar kiradi.
Gallyutsinaisiyalar deb, aslida bemor oldida mavjud bo'lmagan obyekt va hodisalarni idrok qilishiga aytiladi. Gallyutsinatsiyalar bosh miya po'stlog'ida inert qo'zg'alishning paydo bo'lishi va uning dominantlik vazifasini bajarib turishi bilan tushuntiriladi. Inert qo'zg'alish bosh miya po'stlog'ining umumiy tormozlanishi oqibatida paydo bo'ladi. Bosh miyada moddalar almashinuvining buzilishi ham gallyutsinatsiyalarga olib kelishi mumkin. Ko'rish, eshitish, hid va ta’m bilish hamda umumiy sezgi bilan bog'liq bo'lgan gallyutsinatsiyalar farq qilinadi.
Gallyutsinatsiyalar soxta tasavvur hisoblanadi, chunki ular atrof- muhitda mavjud bo'lmasa ham bemor fikrida paydo bo'laveradi. Ba’zan bemorga o'zi idrok qilayotgan narsa, hodisalar haqiqatan ham bordek tuyuladi va o'zi ham bunga ishonadi. Gallyutsinatsiyalar shizofreniya kasalligida ko'p kuzatiladi. Nevroz bilan xastalangan va tez-tez affekt holatiga tushib turadigan bemorlarda ham gallyutsinasiyalar bo'lib turadi.
Gallyutsinatsiyalar sog'lom odamda ham kuzatilishi mumkin. Masalan, sahroda adashib qolib bir o'zi ketayotgan odamning ko'ziga suv, qishloq, daraxtzor yoki u tomonga yurib kelayotgan odam ko'rinadi. Ko'ruv gallyutsinatsiyalarida bemor ko'z oldida har xil narsalar ko'rinadi.
Narsalar yo katta (makropsiya), yo kichik (mikropsiya), bundan tashqari, bu narsalam ing shakli ham qiyshiq va noaniq bo'lib k o 'rin ad i.
Gallyutsinatsiyalar nafaqat psixoz yoki nevrozlarda, balki bosh miya po'stlog'ini ta’sirlantiruvchi organik kasalliklar (masalan, o'smalar) da ham kuzatilib, muhim diagnostik ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Eshitish gallyutsinatsiyalari turli-tuman bo'ladi. Tovushlar jarangdor, bo'g'iq, uzoq yo yaqindan, past yo tepadan kelgandek bo'lib tuyuladi.
Shunga yarasha bemor boshini ham tovush kelgan tomonga buradi yoki yurib boradi. Verbal gallyutsinatsiyalar, ayniqsa, bemor uchun xavflidir.
Har tomondan keluvchi ovozlar bemorga tahdid soluvchi, buyruq beruvchi tarzda bo'lib, yurib borayotgan avtomobil tagiga tashlash, tomdan sakrash, o'ziga yoki birovga pichoq sanchish, sevimli farzandini o'ldirish kabilarni buyuradi. Bular imperativ gallyutsinasiyalardir.
Ovozlaming eng xavflisi - ularning hadeb takrorlanaverishidir. Bu tanish yoki notanish odamning, ayol yoki erkak kishining ovozi bo'lishi mumkin.
Ovozlar bir marta paydo bo'lib, to'xtab ham qoladi. Bemoming qilgan ishlarini ma’qullovchi yoki tanqid qiluvchi ovozlar ham eshitiladi. Taktil
gallyutsinatsiyalarda bemor xuddi terisida biror narsa o'rmalab yurgandek ust-boshini qoqaveradi. Hid va ta’m bilish gallyutsinatsiyalarida bemor badbo'y narsalaming hidi va ta ’mini sezadi. Gipnogogik gallyutsi- natsiyalar bemor ko‘zini yumib uxlamoqchi bo'lganda kuzatiladi. Bunda □ning ko'z oldida har xil qo'rqinchli narsalar, hayvonlar, yomon odamlar namoyon bo'ladi. Ko'zini ochsa, ular yo'qoladi. Bu holat bolalarda ham tez-tez uchrab turadi.
Illyuziyalar deb, atrof-m uhitda aslida mavjud bo'lgan narsa va hodisalarni yanglish idrok qilishga aytiladi. Demak, gallyutsinatsiyalardan farqli o'laroq, illyuziyalarda idrok etilayotgan narsalar mavjuddir, iekin ular noto'g'ri qabul qilinadi. Masalan, yerga tushib yotgan qora chopon uzoqdan xuddi uxlab yotgan itdek, do'ppi esa mushukdek, qorong'i xonada mixga ilib qo'yilgan palto xuddi o'g'ri turgandek tuyuladi.
Illyuziyalar ham gallyutsinatsiyalar singari ko'ruv, eshituv, hid va ta’m bilish turlariga bo'linadi. Illyuziyalar sog'lom odamlarda ham uchrab turadi. Masalan, qurilish bo'layotgan joyda yog'ochlar uzoqdan xuddi egri joylashgandek, eshik va derazalar qiyshiq qo'yilgandek, devordagi chiziqlar egri chizilgandek bo'lib ko'rinadi. Ba’zan, quruvchi bularning to'g'riligini maxsus priborlar yoki dastgohlar bilan tekshirib ko'rib ishonch hosil qiladi. Illyuziyalar asosan ruhiy va asabiy buzilishlar, ayniqsa, toksik ensefalopatiyalar va psixozlarda ko'p kuzatiladi. Turli xil illyuziyalar 15-rasmda aks ettirilgan.
Verbal illyuziyalarda bir nech odamning suhbati bemorga uni g'iybat qilayotgandek yoki fitna uyushtirish uchun reja tuzilayotgandek eshitiladi.
Illyuziyalar shizofreniya kasalligi xuruj qilganda, delirioz va oneyroid holatlar bilan kechuvchi kasalliklarda ko'p kuzatiladi.
Psixosensor buzilishlar. Psixosensor buzilishlarga depersonalizatsiya, derealizatsiya, anozognoziyalar kiradi. Depersonalizatsiya sindromida bemor o'z shaxsini yanglish idrok etadi, ya’ni uning tanasi ikkiga bo'lingandek, biri o'ziga bo'ysunmayotgandek va boshqa odamning tanasidek his qiladi.
Ularda tana tuzilishini to'g'ri idrok qilish ham buziladi: qo'li yoki oyog'i kattalashib ketgandek, birovning qo'lidek, yotgan paytlari yonida qo'l emas, xuddi yog'och yotgandtL tuyuladi. Bemorga «Axir bu qo'Iingiz-ku, yog'och bunaqa bo'lmaydi-ku», deyishsa, «To'g'ri, lekin men qo'limni xuddi yog'ochdek his qilayapman», deydi. Demak, ularda tanqidiy fikr saclangan bo‘ladi. Depersonalizatsiya sindromi bosh miyaning o'ng yarim shari (o'naqaylarda) zararlanganda kuzatiladi.
Derealizatsiya - bemorlar borliqdagi narsalar va vaziyatni taniydilar, biroq bu vaziyat ularga boshqachadek tuyuladi. Atrof-muhitdagi hamma narsalar noaniq, begona, tushunarsiz, go'yoki parda bilan o'ralgandek iuyuijdi. o;zi yashayotgan joy va u yerdagi tanish odamlarni ham
begonadek his qiladi. Depersonalizatsiya va derealizatsiya shizofreniya hamda epilepsiya kasalliklarida, depressiv holatlarda kuzatiladi.
Auozognoziyalar. Anozognoziya o ‘zidagi kasalik belgilarini anglamaslik, degan ma’noni bildiradi. Bosh miya o‘ng yarim sharining pariyetal sohalari zararlanganda kuzatiladigan bu holatlarda bemor o'z tanasidagi kamchiliklarni idrok qilmaydi, ya’ni inkor qiladi. Chap tomoni ishlamay yotgan bo‘lsa-da, men hozir yurib keldim, deb uqtiradi.
Sezgi va idrok buziluvchi kasalliklar haqida nevrologiya va psixiatriya darsliklarida batafsil ma’lumot berilgan.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish