Referat mavzu: mafkuraviy tajovuz va unga qarshi milliy xavfsizlikni zarurati. Bajardi: Metinova Shaxnoza Tekshirdi: Yunusov X



Download 100,5 Kb.
Sana17.06.2021
Hajmi100,5 Kb.
#68639
TuriReferat
Bog'liq
Milliy G'oya 9



SAMARQAND DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI

ROMAN GERMAN TILLARI FAKULTETI

Referat

MAVZU:MAFKURAVIY TAJOVUZ VA UNGA QARSHI MILLIY XAVFSIZLIKNI ZARURATI.

Bajardi:Metinova Shaxnoza

Tekshirdi:Yunusov X

Mundarija:

Kirish........................................................................................................3

Asosiy qism..........................................................................................................4

I.XXI asrda mafkuraviy munosabatlar keskinlashuvining ijtimoiy, iqtisodiy,siyosiy sabablari....................................................................................................4

1.1.Mafkuraviy tajovuz................................................................................4

1.2.Terorizm..............................................................................................5

II.Buzg„unchilik g„oyalarining reaktsion mohiyati va ularga qarshi kurashning tarixiy zaruriyati.........................................................................................7

2.1.Mafkuraviy tahdidlar...............................................................................7

2.2.Mafkuraviy tahdid haqida allomalar fikri......................................................8

III.Mafkuradagi mutloq jamoaviy va mutloq individual yondashuvlarning salbiy oqibatlari...................................................................................................9

3.1.G'oyaviy yangilanish................................................................................9

IV.Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi...................................................11

4.1.Mafkuraviy tajovuz...............................................................................11

4.2.Axborot xavfsizligi................................................................................12

Xulosa......................................................................................................13

Foydalanilgan adabiyotlar............................................................................14

Foydalanilgan saytlarida. ............................................................................15

Kirish


XXI asrda mafkuraviy munosabatlar keskinlashuvining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sabablari mavjud. Mafkuraviy tahdidlar, ularning mazmun￾mohiyati va asosiy yo„nalishlari Prezident Islom Karimovning qator asarlarida, jumladan, “O„zbekiston XXI asrga intilmoqda, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari” hamda “Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch” asarida atroflicha yoritib berilgan.Insoniyat yangi yuz yillikka – XXI asrga va uchinchi ming yillikka qadam bosdi. Yangi asr axborot asri, yuqori texnologiya va avtomatlashtirish asri, kibernetika asri deb atalmoqda. XXI asrni inson salohiyati va aqliy qobiliyatlarining cheksiz imkoniyatlarini ochish va yanada oshirish asri deb atash bilan birga jahon ijtimoiy taraqqiyotida yangi davr – demokratik jarayonlarda keskin burilish davri desak ham to„g„ri bo„ladi.XX asr oxirida ro„y bergan «jahon sotsializm sistemasining» inqirozi natijasida Sharqiy Yevropada va Osiyo qit‟asidagi bir qancha mamlakatlarda, Sobiq SSSR o„rnida vujudga kelgan bir qancha mustaqil davlatlar taraqqiyotning demokratik yo„lini tanlab oldilar.Bugunga kelib dunyoning 160 dan ortiq davlatlarida demokratik tuzumlar umumbashariy va milliy qadriyat sifatida qaror topganligi e‟tirof etilmoqdaki, bular fikrimizning yorqin dalilidir.Hozirgi davrning yana bir xususiyati shundan iboratki, yer yuzida, insoniyat taqdiriga va kelajak istiqboliga jiddiy xavf solayotgan, huruj qilayotgan xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm o„zining manfur basharasini jahon afkor ommasiga tobora yaqqol ko„rsatmoqda, ular taraqqiyotning kushandasi bo„lgan jaholatning eng tuban ko„rinishlari sifatida begunoh kishilarning qonini to„kmoqda. Har yili xalqaro terrorizm huruji oqibatida yuz minglab kishilar qurbon bo„lmoqda. Moddiy boyliklar vayron qilinmoqda.Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik masalasi hozirgi davrda umumbashariy xavfsizlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega bo„lib turibdi.Mintaqada aholining nolegal migratsiyasi, yashirin va noqonuniy qurol savdosi, narkotik moddalarni yashirin olib o„tish, etnik – milliy nizolar diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmni vujudga kelishi va faoliyat yuritishiga sharoit yaratmoqda. Ular xalqaro terroristik va diniy ekstremistik tashkilotlar ko„magida faoliyat yuritmoqdalar.Prezidentimiz Islom Karimov O„zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 13 yilligiga bag„ishlangan tantanali marosimda so„zlagan «Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat» mavzusidagi ma‟ruzasida demokratik jamiyat qurish, oldimizga qo„ygan marralarga erishish yo„lidagi muammolarni ko„rsatib, ularni bartaraf etish sohasida quyidagi vazifalarni ilgari surdi:- Hayotimizda uchrayotgan loqaydlik va beparvolik asoratlaridan xalos bo„lish.- Mamlakatimiz va uning atrofida sodir bo„layotgan voqea-hodisalarga doimiy dahldorlik hissa bilan yashash.- Rivojlanish yo„limizda g„ov bo„lib turgan to„siqlarga qarshi qat‟iy kurash olib borish.

Asosiy qism

I.XXI asrda mafkuraviy munosabatlar keskinlashuvining ijtimoiy, iqtisodiy,siyosiy sabablari

1.1.Mafkuraviy tajovuz



Prezidentimiz o„z ma‟ruzalarida, inson jamiyatni yangilik va demokratlashtirish natijalarini belgilab beradigan asosiy omil ekanligini ta‟kidlab o„tdilar. Haqiqatan ham, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ham inson omili tufayli bajarilmoqda. Aksincha, har qanday g„alamislik terrorizm, diniy ekstremizm, jinoyatchilik kabi manfur ishlar ham inson qiyofasidagi yovuz kuchlar tomonidan amalga oshirilmoqda.Bugungi kunda terrorizm Yer yuzida insoniyatga, uning taraqqiyotiga dahshat solayotgan siyosiy voqealikka aylanib qoldi. Bu ijtimoiy-siyosiy ofatni shunchaki qoralash bilan bartaraf etib bo„lmaydi. Shu bois, bashariyat istiqboliga tahdid solayotgan terrorizmning asl tub mohiyatini o„rganish, uni yuzaga keltirib chiqarayotgan ijtimoiy￾iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma‟naviy omillarni chuqur tadqiq etib aniqlash, siyosiy￾falsafiy jihatdan tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.Terrorizm – o„zi nima? Uning siyosiy-falsafiy mohiyati nimadan iborat? Qanday ko„rinishlarga ega? Qanday ijtimoiy omillar uni yuzaga keltiradi? Undan batamom xalos bo„lish mumkinmi? Shu kabi savollarga javob topish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.Terror (lot. Terror – qo„rqitish, dahshat solish ma‟nosini anglatadi) – zo„ravonlik va kuch ishlatish yo„li bilan siyosiy muholifatni bostirish demakdir. Terrorizm odamlarning hayotiga chang solish, suiqasd qilish, ularni qo„rqitish, dahshat solish, tazyiq o„tkazish demakdir.Terrorizm aslida kecha yoki bugun paydo bo„lib qolgan ijtimoiy ofat emas. U insoniyat tarixida azaldan bor bo„lgan, bugungi kunda ham sodir bo„layotgan, jaholatga,buzg„unchi g„oyalarga asoslangan siyosiy faoliyat usuli, vositasi sifatida namoyonbo„lmoqda.Insoniyatning Qanday bir tarixiy rivojlanish bosqichini olib qaramaylik, barchasida jamiyat hayoti u yoki bu tarzda sodir bo„lgan bir guruh kishilarning boshqa bir guruhga nisbatan olib borgan zo„ravonligini ko„rishimiz mumkin. Tabiatda «terror», ya‟ni zo„ravonlik qonuniyat tarzida amal qiladi. Nisbatan kuchsiz, zaif bo„lgan jonzodlar, ularga nisbatan kuchli bo„lgan yirtqichlar uchun yemish bo„lib xizmat qiladi.Qur‟oni Karimning «Moida» surasida, jamiyat hayotida sodir bo„ladigan zo„ravonlik va bo„zg„unchilik jinoyatlari va ularning jazolari to„g„risida aytilgan bo„lib, quyidagicha bayon qilingan: Odam (alayhissalom) ning ikki farzandi – Qobil va Hobil o„rtasida bo„lib o„tgan mujodala – Qobil o„z birodari Hobilni nohaq o„ldirgani to„g„risida xabar berilib, bu qissa orqali yaxshilik bilan yomonlik o„rtasidagi doimiy kurash tasvirlangan. Bu fojea Yer yuzidagi nohaq qon to„kilish fojealarining birinchisi edi. Suraning 30-oyatida Qobil o„z birodari Hobilni nohaq o„ldirgini to„g„risida aytilib, 32-oyatda shunday deyiladi: «Ana o„sha ( fojea) sababli bani Isroil zimmasiga (shunday farmonni) yozib qo„ydik: kimki biron jonni o„ldirmagan va yerda buzg„unchilik qilib yurmagan odamni o„ldirsa, demak, go„yo barcha odamlarni o„ldiribdi va kimki unga hayot ato etsa (ya‟ni o„ldirishdan bosh tortsa), demak: go„yo barcha odamlarga hayot beribdi. Ularga (bani Isroilga) payg„ambarlarimiz menga shunday hujjatlar keltirdi. Shundan keyin ham ulardan ko„plari yer yuzida (qon to„kish bilan) haddan oshib yurguvchidirlar…». Mazkur oyatdan shuni anglash mumkinki, bir kishini halokatdan saqlab qolish esa butun jamiyatni asrab qolishdir.Insoniyat jamiyati tabiatdan ajralib chiqqandan buyon son-sanoqsiz terrorlarni boshidan kechirgan.

1.2.Terorizm



Terrorizmning asl mohiyatini siyosat falsafasi, siyosatshunoslik nuqtai nazaridan olib qarash, uni chuqur ilmiy-nazariy jihatdan o„rganish, jamiyat hayotida yuzaga kelish xususiyatlarini tadqiq etish va uni bartaraf etish usullari, vositalarini ishlab chiqishni talab etadi. Zero, terrorizm bugunda insoniyat ravnaqiga eng katta xavf solayotgan tahdid bo„lib qolmoqda. Xalqaro miqyosda faoliyat ko„rsatayotgan terrorizmga qarshi dunyo progressiv kuchlari birlashib kurash olib bormasa, bu ofat Yer yuzida insoniyat boshiga ko„z ko„rib, quloq eshitmagan kulfatlarni keltirishi mumkin. Hayot shuni ko„rsatmoqdaki, bunday ijtimoiy-siyosiy balodan hech bir davlat, jumladan, O„zbekiston ham chetda emas.Terrorizm qanday ko„rinishlarga ega? Terrorizm tushunchasi falsafiy, ijtimoiy va siyosiy mazmunga ega bo„lib, birinchisi – eng umumiy, ikkinchisi –kengroq ma‟noda, uchinchisi esa nibatan torroq ma‟noga ega.Falsafiy ma‟noda terror – tabiat, jamiyat va inson hayotida amal qiluvchizo„ravonlik, buzg„unchilikka asoslangan faoliyatni anglatadi. Terrorizm insoniyat tarixida sodir bo„lgan qonli urushlar, xalq isyonlari, harbiy fitnalar, g„alayonlar ko„rinishida ham amal qilib kelgan.Hozirda, terrorizm quyidagi: milliy ayirmachilik, etnik, diniy ekstremistik, siyosiy, iqtisodiy terrorizm, axborot terrorizmi kabi shakllarda namoyon bo„lmoqda.Milliy ayirmachilik, etnik xarakterdagi terrorizm nisbatan oz sonli etnik guruhlarning o„z manfaatlarini himoya qilish, o„zga millat hukmronligiga qarshi kurash usuli, vositasi sifatida qo„llanmoqda. Terrorizmning bunday ko„rinishi dunyoning juda ko„p mintaqalarida, mamlakatlarida avj olgan, azaliy davom etib kelayotgan ijtimoiy-siyosiy ofatdir. Qadimdan bir hududda yashab kelayotgan turli etnik guruhlarning o„zaro murosa qilib yashay olmayotganligi va geosiyosiy, diniy e‟tiqod jihatdan farqi kabi omillar oqibatida yuzaga kelayotgan bunday terroristik hurujlardan tinch aholi jabr ko„rmoqda va qurbon bo„lmoqda.Etnik xarakterdagi terrorizm diniy ekstremistik mazmundagi buzg„unchi g„oyalar bilan qorishib ketgan. Kichik Osiyoda Isroil va Falastin davlatlari o„rtasidagi, Hindistonda, Pokistonda, Turkiyada, Rossiyada, Buyuk Britaniyada, Bolqonda, Afrika va Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlarida sodir qilinayotgan terroristik hurujlar shular jumlasidandir.Xalqaro terrorizmning yana bir ko„rinishi diniy ekstremistik mazmundagi buzg„unchi g„oyalar asosida sodir bo„lmoqda. Ayniqsa, islom dini bayrog„i ostida uyushgan al-Qoida, vahhobiylik, «Hizbut-tahrir», «Hizbulloh», «Musulmon birodarlari», «Islom ozodlik partiyasi», «At-takfir val-Hijra», «Junud Alloh», «Jihod», «Turkiston islom harakati», kabi diniy – ekstremistik ruhdagi oqim va terroristik tashkilotlar dunyoning ko„plab mamlakatlarida qo„poruvchilik hurujlarini amalga oshirmoqdalar.Terrorizmning yana bir ko„rinishi siyosiy xarakterda bo„lib, bevosita, to„g„ridan￾to„g„ri siyosiy hokimiyatni egallashga qaratilgan bo„ladi. O„zlarining terroristik hurujlari bilan mavjud siyosiy hokimiyatga, tartibotga va alohida siyosiy yetakchi hamda siyosiy elita faoliyatiga qarshi qaratilgan bo„ladi.So„nggi yillarda, butun dunyoda, xususan, mintaqamizda ham ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, zamonaviy taraqqiyotga, demokratik rivojlanishga qarshi radikal muholifat sifatida shakllangan diniy ekstremizm huruji kuchaymoqda.Ekstremizm keskin fikr va choralarni yoqlash, keskin choralar tarafdori, ma‟nolarni anglatadi. Bunga siyosiy-ijtimoiy hayot tarzi mohiyatan qo„shilganda juda dahshatli tus oluvchi oqim vujudga kelar ekan. Ekstremizm lug„aviy ma‟nosiga nisbatan juda keng tushuncha bo„lib, yuqorida keltirilgan ma‟naviy talqinlar uni toraytirib qo„yadi, shuning uchun uning nafaqat mazmuni balki mohiyatiga muayyan tarzda yondashish kerak. Brinchidan, ekstremizm tarafdorlarining dunyoqarashlari, o„z davri va jamiyati qabul qilgan yashash qoidalariga, qadriyatlariga keskin qarshi chiqishdir. Masalan, bugungi islom ekstremizmi mohiyatan islomiylashishi fundamentalizm asoslariga qaratilgan. Ikkinchidan, ekstremizmning fe‟l-atvorida olamga «oq-qora nigoh» bilan qarash, hammani ikkiga bo„lish, ya‟ni «yaxshi va yomon», «ezgulik va razolat», «Kim biz bilan bo„lmasa, u bizga qarshidir» degan qat‟iy xulosalarga itoat etish mavjud. Natijada u jamiyatning past savodli, kambag„al, qoloq qismiga qattiq ta‟sir etadi. Shuningdek, uning yana bir atvoriga e‟tibor berish zarurki, bu faol harakat ko„p jihatdan tajovuzkorlikka asoslanadi.Yuqoridagi fikrlarni amaliy xolatga ko„rish uchun Prezident I.A.Karimovning quyidagi so„zlariga e‟tibor berish kifoya deb bilamiz: «Avvalambor, ular yoshlarni o„z ta‟siriga oladi, ongini zaharlaydi. Aql-hushuni yo„qotgan mana shunday odamlarni tayyorlab, keyin qo„liga qurol beradi. Ularni o„z Vataniga, o„zini odam qilib voyaga yetkazgan el-yurtiga qarshi qo„yadi».Diniy ekstremizmning bugungi kunda vujudga kelishi va o„sishining asosiy obektiv va subektiv omillari mavjud. Bular diniy va milliy o„zlikning keskin o„sishi, ma‟lum qatlamlar va guruhlarning kuch bilan siyosiy hokimiyatni ag„darib, davlat va jamiyatni islomiylashtirishga intilishiga borib taqaladi. Diniy ekstremizmning eng dahshatli xolati shundaki, u davlat, xalq chegarasini bilmaydi, g„araz niyatlarga to„siq bo„lmaganidek, bular ham o„rmalab tarqab boradi. «Ming afsuski, - deb ta‟kidlaydi I.A.Karimov, - biz bunday urinishlarning zararli afsona ekanini tushuntirib berishga ikkinchi darajali masala, deb qaraymiz»1.Markaziy Osiyo Mintaqasi strategik ahamiyatga ega bo„lib ko„plab: Rossiya, Xitoy, AQSH, Pokiston, Hindiston, Eron kabi mamlakatlar va BMT, NATO kabi xalqaro tashkilotlarning munosabatlarida, manfaatlar to„qnashuviga olib keluvchi 55 mln aholi, 4 mln kv. km hududga ega bo„lgan, 130 dan ortiq turli xalqlar va etnik guruhlar yashovchihamda dunyodagi 4 ta asosiy dunyo dinlariga e‟tiqod qiluvchi aholi yashaydigan yagona mintaqadir.Ko„pgina radikal kuchlar Markaziy Osiyo hududida, kelajakda vujudga keladigan arab xalifaligining tarkibiy qismi sifatida «FANO» islom davlatini tashkil etishni maqsad qilib faoliyat yuritmoqdalar. (FANO – Farg„ona, Andijon, Namangan, Osh viloyatlarini qisqartirilgan nomlari).Mintaqada faoliyat olib borayotgan asosiy diniy ekstremistik kuchlar –Qozog„iston, Tojikiston, O„zbekistonda faoliyatda yuritayotgan «Turkiston islom xarakati» hamda «Hizbut-Tahrir al-Islomi» (Islom ozodlik partiyasi) hisoblanadi. Shuningdek «Musulmon birodarlar» Qozog„istonda Osh shahrida «Islom taraqqiyot markazi», Farg„ona vodiysida «Akromiylar» islom diniy harakati tarafdorlari faoliyat yuritmoqdalar.Markaziy Osiyoda faoliyat olib borayotgan barcha diniy ekstremistik va terroristik harakatlar o„z faoliyatlarida nafaqat g„oyaviy tajovuz, balki faol amaliy harakat ham olib bormoqdalar.2005 yil 12-13 may kunlari Andijonda «Akromiylik» diniy ekstremistik tashkiloti qatnashchilari tashqi kuchlar yordamida Andijon shahrida Xarbiy qismga va ichki ishlar qismiga xujum qildilar. Andijon turmasini egalladilar. Viloyat hokimligi binosini ham egallab oldilar. Jangarilar o„z harakatlariga qamoqxonadan chiqarilgan ashaddiy jinoyatchilar va Qirg„iziston hududidan suqilib kirgan 70-80 nafar jangarilar bilan harakat qildilar. Ular oddiy xalqni ham o„zlarining saflariga qo„shishga harakat qildilar. Ammo xalqimiz ularning aldovlariga uchmadilar va aksincha ularning harakatlarini qoraladilar.Andijonda sodir etilgan qonli voqealarning mantiqiy tahlili shuni ko„rsatmoqdaki, uning ijrochilari xalqaro diniy ekstremistik oqim «Hizbut-Tahrir» ning Andijondagi ko„rinishi – «Akromiylar» guruhi vakillari bo„lsa-da, fojealar ssenariysi aslida mamlakatimizdan tashqarida ishlab chiqilgan. Uning «dirijyorlari» ham, g„oyaviy ilhomchilari ham, moliyaviy homiylari ham yurtimizdan ancha olisda bo„lgan siyosiy doiralar, xalqaro terroristik va diniy ekstremistik tashkilotlardir. Bu terroristik aktga hozirda xorijda «Turkiston islom harakati» nomi bilan faoliyat yuritayotgan vatangado kimsalar ham o„z «hissalarini» qo„shganlari turgan gap.«Andijon voqeasi» o„zining miqyosi va xunrezliklariga ko„ra terrorizm va diniy ekstremizm mintaqa tashqarisidan berilayotgan madadga tayanib mintaqada faollashayotganini ko„rsatmoqda.Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm Markaziy Osiyoda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan o„z maqsadlari yo„lidi foydalanishga urinib, faoliyatini yanada oshirishga intilmoqdalar.

1Каримов И.А. Ватанимизнинг тинчлиги ва хавфсизлиги ўз куч-қудратимизга, халқимизнинг ҳамжиҳатлиги ва букулмас иродасига боғлиқ. Тошкент, Ўзбекистон, 2004. Hozirgi davrning eng dolzarb muammosi, bizningcha mintaqadagi diniy ekstremistik tashkilotlarning asl mohiyatini hamda maqsadlarini keng aholi ommasiga, ayniqsa, yoshlarga tushuntirib borish va bu boradagi mafkuraviy ishlarni jonlantirish maqsadga muvofiq.

II.Buzg„unchilik g„oyalarining reaktsion mohiyati va ularga qarshi kurashning tarixiy zaruriyati

2.1.Mafkuraviy tahdidlar.

Jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‟minlashga hamisha e‟tibor bilan qarab kelinmoqda. Jamiyat hayotini o„zgartirishga urinayotgan shaxslarning yoshlar ongini zaharlashiga yo„l qo„ymaslik, ularning oldini olish ham siyosiy-mafkuraviy vazifalar sirasiga kiradi.Turli mafkuraviy tahdidlar: vahhobiylik, hizbut-tahrir kabi diniy ekstremistik oqimlarning zararli g„oyalarini yoshlar ongiga suqilib kirishiga yo„l qo„ymaslik, ulardan ogoh bo„lishlik mamlakatimizda tinchlikni saqlashning eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Bu vazifalarning bajarilishi o„z navbatida jamiyat yaxlitligini, ijtimoiy￾siyosiy barqarorlikni ta‟minlaydi. Ta‟kidlash lozimki, qo„shni mamlakatlarda xalqaro miqyosda sodir bo„layotgan siyosiy voqealardan, turli mafkuraviy tahdidlardan o„z vaqtida ogoh bo„lishlik, yoshlarni salbiy mohiyatga ega bo„lgan mafkuraviy ta‟sirlarga berilishining oldini olish o„ta muhim siyosiy ahamiyatga ega bo„lgan vazifadir. Mavjud mavkuraviy tahdid ko„rsatayotgan turli ekstremistik guruhlarning asl maqsadi tinch hayotimizni buzish, jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma‟naviy hayotida tarkib topgan munosabatlarni izdan chiqarish va shu orqali o„zlarining g„arazli maqsadlariga erishishdan iboratdir. 1999 yil 16 fevral voqealari, 2000 yil yoz oylarida mamlakatimizning janubiy sarhadlariga suqilib kirishga urinishlar, 2000 yilning sentabr oyida Andijon viloyati Izboskan tumanida sodir bo„lgan nohush voqealar, 2005 yil 12-13 may Andijonda sodir etilgan hunrezliklar fikrimizga misol bo„la oladi.O„zbekistonga huruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar va ularning asosiy turlari to„g„risida Prezidentimiz Islom Karimov o„zining «O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida keng to„xtalib o„tgan. Ularning ayrimlari xususida yuqorida to„xtalib o„tdik. Shuningdek, prezidentimiz o„z asarida buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik mafkuraviy tahdidi to„g„risida shunday fikr bildirdi: «tarixiy tajribaga asoslanib, bu hodisani muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo„ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik, deb yoki millatlararo va davlatlararo, mintakaviy munosabatlarda unga intilish deb ta‟riflash mumkin».1Uning o„ziga xos xususiyatlari sifatida, quyidagilarni ko„rsatib berdi:

1.Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni keltirib chiqarish.

2.Xalqaro-huquqiy ichki davlat suverenitetimizni ro„yobga chiqarishga qarshilik ko„rsatish.

3.O„zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ularni teng huquqli bo„lmagan sharoitga solib qo„yishga urinish.

4.Mafkuraviy tazyiq o„tkazish, jahon afkor ommasida O„zbekiston haqida noto„g„ri tasavvurlar tug„dirishga intilish.

5.Millatlar o„rtasida o„zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish.

6.Yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuv, hamma sohalardagi o„zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish xavfi.2

1 Ўша жойда. 52 бет.

2 Каримов И.А. . Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Тошкент, “Ўзбекистон”, 1997. 66- бет.Yoshlarning g„oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashi qanchalik yuksak bo„lsa, milliy g„oya kishilar dunyoqarashida qanchalik keng o„rin egallab borsa, jamiyatimizda ijtimoiy g„oyaviy muhit shunchalik musaffo bo„ladi. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash yo„li, Prezidentimiz Islom Karimov ko„rsatib berganlaridek: «Odamlarimiz, avvalam bor yoshlarimizning iymon-e‟tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o„z mustaqil fikriga ega bo„lgan barkamol insonlar etib tayyorlash, ularning tafakkurida o„zligini unutmaslik, ota￾bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish, ularning men o„zbek farzandiman, deb, g„urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir».

2.2.Mafkuraviy tahdid haqida allomalar fikri

Buyuk alloma, mutafakkir Abu Nasr Forobiy ko„rsatib o„tganidek: «Insonlik mohiyati haqiqiy baxt-saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni o„zining oliy g„oyasi va istagiga aylantirib, bu yo„lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt-saodatga erishadi»1. Milliy istiqlol g„oyasi birlashtirishga, jipslashtirishga yo„naltirilgan bo„lib, Lo„zida ko„p qirrali siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, milliy va boshqa manfaatlarni ifodalaydi hamda ularni umumdavlat, millat maqsadlari yo„lida yagona ijtimoiy-ma‟naviy oqimga birlashtiradi.«O„zingni va o„z uyingni asra» shiori jamiyatimizdagi barcha fuqarolarni ogohlikka da‟vat qilar ekan, turli mazmundagi mafkuraviy, ayniqsa, diniy-ekstremistik ruhdagi tahdidlarni o„z vaqtida payqash va ularga qarshi kurashish g„oyasini o„zida mujassamlashtirgandir. Millat, jamiyat va davlat bor ekan, uning mustaqilligiga tahdid soladigan harakatlar bo„lishi tabiiy. Mamlakatimizga kirib kelgan vahhobiylik, hizb-ut￾tahrir va shu kabi zararli oqimlar oddiy insonlarni, ayniqsa, g„o„r yoshlarni yo„ldan ozdira boshladi. Ahloqsizlik g„oyalarini yoyib, xalqni ma‟naviy jihatdan buzishga intilishlar hamda tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va dinni soxtalashtirishga urinishlar kabi tahdidlar insonlar ongini zabt etish va yurtimizni qaram qilib olishga qaratilgandir. Ana shunday tahdidlarning oldini olish uchun nima qilmog„imiz darkor?O„zbekiston xalqining, ayniqsa yoshlar ongi, dunyoqarashi, xatti-harakatlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish bugungi kundagi muhim vazifadir. Darhaqiqat, millati, tili va dinidan qat‟iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga muhabbat, sadoqat, yurt ravnaqi va osoyishtaligini qaror toptirishda mas‟uliyat tuyg„usi bilan yashamog„i darkor. Xalqni buyuk kelajak va ulug„vor maqsadlar sari birlashtirish, yuksak fazilati, komil insonlarni voyaga yetkazish, har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash, hozirda dolzarb mavzulardan biri bo„lgan milliy istiqlol g„oyasining bosh maqsadidir. Xulosa qilib aytganda, milliy istiqlol g„oyasi va ogohlik – jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga suqilib kirayotgan salbiy mohiyatga ega bo„lgan turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning eng kuchli va samarali vositalaridan, omillaridan hisoblanadi.

III.Mafkuradagi mutloq jamoaviy va mutloq individual yondashuvlarning salbiy oqibatlari



3.1.G'oyaviy yangilanish

XVII-XIX asrlarda umummilliy manfaatlar o„rniga tor va cheklangan, shaxsiy va sulolaviy manfaatlarning ustun qo„yilishi, jamiyat hayotida ma‟naviy-ahloqiy qadriyatlarning, ilm-ma‟rifatning qadrsizlanishi o„zbek davlatchiligining tanazzulga yana bir bor yuz tutishiga, mustaqillikning boy berilishiga, 3 Каримов И.А.. Миллий истиқлол мафкураси – халқ эътиқоди ва буюк кележакка ишончдир. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2000 й. 11-бет. 1 Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шахри.- Т.: Абдулла Кодирий номидаги халк мероси нашриёти.1993 йил, 188-бет.Turkistonda mustamlakachilik tuzumi o„rnatilib, pirovardida milliy davlatchilikning yana bir bor tugatilishiga olib keldi. Shunga qaramasdan, chuqur tarixiy ildizlarga ega bo„lgan milliy g„oyalar tamomila yo„q bo„lib ketmadi. Aksincha, mustamlakachilik sharoitida ular milliy davlatchilikni tiklash, millatning ijtimoiy taraqqiyoti va istiqboli uchun kurash bayorog„i sifatida yana ilgari surila boshladi.Bu intilishlar XIX asrda ma‟rifatparvarlik g„oyalari bilan chiqqan Ahmad Donishning ilg„or qarashlarida, XX asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik harakatining taraqqiyparvar namoyandalari – Behbudiy, Fitrat, Cho„lpon, Usmon Nosir, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy va boshqalarning ijodi va amaliy faoliyatida yana ham kuchaydi. Jadidlar Turkistondagi xalqlarni birlashtirish va butun o„lkaning milliy mustaqilligi uchun kurash g„oyasini ilgari surdilar. Turkistonda bosqinchi qizil armiya va sovet tuzumiga qarshi ko„tarilgan istiqlolchilik harakatining mafkurachilari ham aynan jadidchilar bo„ldilar. Biroq, mustabid sovet tuzumi bu g„oyalarga qarshi g„ayriinsoniy mafkurani ilgari surib, xalq manfaatlarini inkor etdi. Bu utopik, xayoliy g„oyalar real hayot talablariga javob bermas, xalqning an‟anaviy turmush tarziga, jamiyat taraqqiyoti qonunlariga mutlaqo zid edi. Ular milliy istiqlolni tan olmas, milliy qadriyatlarni toptar, diniy e‟tiqodga qarshi kurash asosiga qurilgan edi. Lekin, mustabid hukumat ularni xalqqa tan oldirish uchun jon-jahdi bilan kurashdi. Bu siyosat ayovsiz kurashlar, ta‟qib, tazyiq va zo„ravonliklardan iborat bo„lib, o„sha yillardagi mash‟um qatag„onlar bu kurashning fojealari ifodasi edi.Zo„ravonlik bilan o„rnatilgan bu g„oyalar jamiyatning yakkayu-yagona va hukmron mafkurasiga aylandi. Butun ommaviy axborot vositalari, madaniyat, adabiyot va san‟at, ijtimoiy fanlar shu mafkurani targ„ib qilish va singdirishga bo„ysundirildi, davlat tashkilotlari uning hukmronligini kuch va zo„rlik bilan ta‟minlab turdilar. Lekin, bu g„oyalar baribir xalq qalbidan chuqur joy olmadi, xalqimizning milliy g„oya va asriy qadriyatlarini yo„q qila olmadi. Xalqning asriy orzusi bo„lgan milliy g„oyalar davlatimiz rahbari I.Karimov tomonidan izchil va jasorat bilan yana kun tartibiga qo„yildi, Vatanimiz ozodligi va mustaqillikni qo„lga kiritishda muhim omil bo„ldi.G„oyalar va mafkuralar o„zgarishi ijtimoiy o„zgarishlar ifodasi sifatida qaraladigan bo„lsa, ularning o„zgarishi bilan bog„liq bo„lgan g„oyaviy inkor, g„oyaviy yangilanish, g„oyaviy vorislik kabi jihatlar muhim rol o„ynaydi. Yuqoridagi tarixiy misollarda ta‟kidlanganidek, muayyan g„oya va mafkuralarning inkor etilishi ikki omilga, ichki va tashqi, ya‟ni obektiv va subektiv omillardan iborat bo„ladi. G„oyalar hamma vaqt davomiylik xarakteriga ega bo„lmasligi mumkin, o„z ma‟no-mazmuniga ko„ra umrini o„tab bo„lgan, davr talablariga javob bera olmaydigan g„oyalar o„rnini yangi g„oyalarga bo„shatib beradi, bu g„oyaviy inkorning obektiv tomoni bo„lsa, uning subektiv tomoni muayyan g„oyalar sun‟iy yo„llar vositasida, ma‟lum manfaatlar ta‟sirida inkor etilishi mumkin. G„oyaviy yangilanish esa tarixiy, an‟anaviy ildizlarga ega bo„lgan milliy￾ijtimoiy, ilmiy g„oyalarning davr talablari asosida yangi mazmun bilan boyitilishi, yangi talablarga moslashtirilishini o„zida ifoda etadi. G„oyaviy vorislik o„z ma‟no-mazmuniga ko„ra hamma davrlarda ham birdek o„z dolzarbligini yo„qotmaydigan va o„zida muhim xususiyatlarni saqlab qola olgan g„oya va mafkuralarda o„z aksini topadi, bular ilmiy, diniy, ijtimoiy-siyosiy, milliy g„oyalardir. Masalan, Demokritning atomlar haqidagi ta‟limoti keyinchalik atomlar haqidagi nazariyani keltirib chiqargan bo„lsa, yakkaxudolik haqidagi dastlabki diniy qarashlar nasroniylik, iudaizm, islom kabi diniy ta‟limotlarga asos bo„ldi. Mustaqillik, ozodlik, adolatparvarlik, tinchlik kabi ustivor umuminsoniy g„oyalar o„z mohiyatiga ko„ra insoniyat tarixida hamma zamonlarda ham qanchalik ziddiyatli sharoitlarda bo„lsada, bezavol xalos bo„lib, yana ijtimoiy hayotning eng ustivor g„oyalari sifatida saqlanib qoladi, chunki ular bashariyatga daxldor bo„lgan, ularning tabiiy-ma‟naviy –ruhiy intilishlarini ifoda etadigan fenomendir. Poydevori baland va baquvvat bo„lgan bino girdob bo„lganda ham, buron turganda ham, dahshatli zilzilada ham qulamasdan mustahkam va sobit turganidek ma‟naviy, ahloqiy, falsafiy, ilmiy zamini mustahkam bo„lgan, fan qonunlari va ularning ilmiy xulosalariga, so„nggi yutuqlariga asoslangan mafkura ham umri boqiydir. Bizning milliy istiqlol mafkuramiz ana shunday mafkura bo„ladi. Uzoq tarixga va buyuk g„oyalarga ega bo„lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar O„zbekiston milliy istiqlol mafkurasining ma‟naviy, ilmiy poydevoridir.Hozirgi davrning nixoyatda murakkab va mas‟uliyatli vazifasi – O„zbekistonning milliy istiqlol mafkurasini yaratish juda katta aql-idrok va tafakkurni, ilmiy-nazariy bilimni, boy hayotiy tajribani, jamiyatning taraqqiyot qonunlarini bilishni, mamlakatimizning nafaqat o„tmishi va hozirgi davri, balki istiqbolini ham ilmiy fahmlashni taqozo etadi. Buning uchun ilmiy-nazariy, intellektual kuchlarning, siyosiy-ijtimoiy fanlari vakillari, davlat va jamoat arboblari, adabiyot ahli, xullas, jamiyatimizning turli tabaqalarining o„zaro hamkorlikdagi say-harakati darkor bo„ladi.

IV.Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi

4.1.Mafkuraviy tajovuz.

Ma‟lumki, o„tgan asrning so„nggi o„n yilligi va yangi asr boshlarida ro„y bergan yirik ijtimoiy-siyosiy o„zgarishlar dunyodagi ikki qarama-qarshi qutblar kurashiga barham bersada, dunyoda turli xil manfaatlarni ifoda etadigan mafkuralar kurashi to„xtagani yo„q.Bugungi kunda dunyoda mavjud bo„lgan ommaviy qirg„in qurollari yer kurramizni bir necha bor yakson qilish imkoniga ega. Ammo hozirgi kunda eng qattiq xavf insonlar qalbini va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda, Prezidentimiz I.A.Karimov ta‟kidlaganidek, yadro maydonlaridan ko„ra, mafkura maydonlaridagi kurashlar muhimroq ahamiyatga ega bo„lib, ko„p narsalarni hal qiladi.“Yangi siyosiy qarashlar fundamental asosi juda oddiy: sovuq urush yoki yadroviy qurollanish siyosiy, iqtisodiy, g‟oyaviy va boshqa maqsadlarga muvaffaqiyatli erishish yo‟li hisoblanmaydi. Ushbu xulosa aslida ham inqilobiy bo‟lib urush va tinchlikning asl mohiyatini o‟zgartira oldi. Sovuq urush mohiyatsiz va maqsadsiz. Global yadroviy urushda na g‟olib na mag‟lub bo‟ladi Bu shunchaki dunyo sivilizatsiyasini halokatga olib boradi. Bu esa o‟z o‟zini o‟ldirish deganidir.”

1“The Geopolotic Reader”, Georid O‟Tuathavl, Simon Dalby va Paul Routledge.Ona yurtimiz – O„zbekiston mustaqillik, demokratiya, zamonaviy taraqqiyotyo„lidan borib so„nggi yillar ichida iqtisodiyot, ma‟naviyat va siyosiy islohotlar sohasida ulkan muvaffaqiyatlarni qo„lga kiritmoqda, xalq farovonligi yil sayin o„sib bormoqda. Bugungi kunga kelib O„zbekiston jahon hamjamiyatidan o„zining nufuzli o„rnini egallamoqda.Biroq bizning yutuqlarimizni ko„ra olmaydigan qora niyatli kuchlar yo„q emas. Ularning niyati O„zbekistonda hukm surayotgan tinchlikni, osoyishtalikni, ijtimoiy barqarorlikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotni buzishdir. Halqimizning yuragiga vahima va qo„rquv solish hisobiga ularning kelajakka ishonchini yo„qotish millatlarni, turli dinlarga e‟tiqod 1Taylor & Francis e- library nashriyoti, 2003 97-bet, 1-abzas, 1-13 qatorlar, “Yangi siyosiy fikrlash” maqolasidan. (4- ma‟ruza matniga mos tushadi)qiluvchilarni bir-birlariga qarshi qo„yish yo„lida ular har qanday iflos usullardan foydalanishga urinmoqdalar.Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida so„zlagan nutqida: g„animlarimiz «o„z maqsadlariga erishish uchun odamlarni, avvalo, sodda, bilimli va hayot tajribasi past kishilarning ongi va tafakkurini chalg„itishga urinadi.»1, - deb bejiz aytmaganlar.O„zbekiston o„zining boy tabiiy resurslari, mehnatkash va sodda xalqi, bitmas￾tuganmas energiya manbalari bilan atrofdagi g„arazli maqsaddagi turli yovuz kuchlarni e‟tiborini tortmoqda. Bu yovuz kuchlar «bo„lib tashla va hukmronlik qil», - deb nomlangan eski, ammo hozir ham juda qo„l keladigan shior ostida Markaziy Osiyoda, jumladan O„zbekistonda turli siyosiy nayranglarni, o„yinlarni o„ylab, rejalashtirib ularga katta-katta mablag„lar sarf qilib, o„zlarining g„arazli maqsadlarini amalga oshirishga intilmoqdalar.

4.2.Axborot xavfsizligi.

XXI asr boshiga kelib dunyo mamlakatlari o„rtasidagi o„zaro ta‟sir shu qadar kuchayib ketdiki, sodir qilinayotgan axborot hurujidan to„la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo„q. Chunki bugunga kelib axborot almashinuvi juda katta tezlikda sodir bo„lmoqda. So„nggi 50 yil davomida dunyoda axborotlarni tarqatish tezligi 300 ming marta oshdi, narxi esa ming marta arzonlashdi.Har qanday axborot huruji shaxsga, jamiyatga, millat va davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan bo„ladi. Chetdan ko„rsatilayotgan axborot hurujlari yoshlar dunyoqarashiga, jamiyatdagi barqarlrlikka, tinchlik-osoyishtalikka, mamlakatimizning ma‟naviy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy yuksalishiga qarshi qaratilmoqda. Bugungi kunda O„zbekistonga nisbatan chetdan ko„rsatilayotgan axborot hurujlaridan asosiy maqsad: mamlakatimizda istiqomat qilayotgan aholining turli qatlamlari, ayniqsa, yoshlar ruhiyatiga salbiy ta‟sir ko„rsatish; jamiyatimizdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, millatlararo va dinlararo munosabatlarni, mavjud turmush tarzini izdan chiqarish; beqaror siyosiy vaziyat yuzaga kelgach esa, hukumatga milliy manfaatlarimizga zid bo„lgan siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy sohalar bilan bog„liq rejalarni, ularning manfaatlaridan iborat amaliy choralarni zirlab itkazishdir. Bugungi kunda mamlakatimizga qilinayotgan axborot hurujlari «demokratiya, erkinlik va farovonlikni ilgari surish» niqobi ostida turli geosiyosiy manfaatlarni ham o„zida mujassamlashtirgan. Bunday hurujlar esa turli xalqaro jamg„armalar, axborot vositalari (ayniqsa, internet) kabi usullar orqali amalga oshirilmoqda. Ularning oldi olinmasa, ularga qarshi kurashilmasa, oxir-oqibat, ularning ta‟sirida odamlarning turmushi, yashash tarzi butunlay o„zgarib ketishi mumkin.Axborot hurujining shaxs, oila, tashkilot, mahalla va jamiyatga ta‟siri dastlab unchalik ko„zga tashlanmasligi mumkin. Chunki ijobiy va salbiy mazmundagi axborotlarni hamma ham tezda farqlay olmaydi. Salbiy mazmundagi yot g„oyalarni o„zida mujassamlashtirgan axborotlar muayyan kishilar ongiga singib qolgandan so„ng esa, ularni «o„chirib» tashlash oson kechmaydi.O„zbekiston o„zining milliy mustaqilligiga erishgandan buyon o„tgan davr mobaynida, turli diniy-ekstremistik, xalqaro terrorchilik tashkilotlari, turli siyosiy doiralar, davlatlarning manfaatlarini o„zida ifodalagan, g„arazli maqsadlarni ko„zlagan axborot hurujlari muttasil ro„y berib kelmoqda.

1 Каримов И.А. Ватанимизнинг тинчлиги ва хавфсизлиги ўз куч-қудратимизга, халқимизнинг ҳамжиҳатлиги ва букилмас иродасига боғлиқ. Тошкент, Ўзбекистон, 2004. 11б



Xulosa:

Bugungi kunda ham diniy-ekstremistik va xalqaro terroristik tashkilotlar tomonidan yurtimizda, aholi, ayniqsa, yoshlar o„rtasida yashirincha turli varaqalar, adabiyotlarni tarqatilishi to„xtamayapti. Buning ustiga turli chet el axborot vositalari, radio to„lqinlarda, xatto internet saytlarida g„arazli maqsadlarni ko„zlovchi, O„zbekiston Respublikamsidagi tinch, rivojlanish yo„lini ko„ra olmayotgan g„alamislarning bo„xtondan iborat chiqishlari avj olmoqda.G„oyaviy dushmanlarimiz asosiy diqqat e‟tiborni ham hayotning achchiq￾chuchugini tatib ko„rmagan, g„o„r yoshlarga qaratadilar, chunki yoshlar shaxs sifatida shakllanib ulgurmagan, turmush tashvishlarini boshdan kechirmagan yoshlarni og„dirish oson. Shuni unutmaslik kerakki, g„oyaviy g„animlarimiz o„z saflariga jalb etishda har bir kishiga individual yondoshadilar. Kishilarni qiynayotgan muammolarni o„rganadilar, har bir kishining manfaatlaridan kelib chiqib, odamlarning his, tuyg„ulariga ta‟sir etadilar. O„zlarini ijtimoiy siyosiy-iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi kuch qilib ko„rsatadilar. Ular yoshlarni «buyuk» ishlarga, jalb etishadi. Natijada tajribasiz sodda yoshlar din himoyachisi, payg„ambar izdoshi, buyuk jihodchiga aylanib qoladilar. Shuning uchun yoshlarda mafkuraviy immunitetni hosil qilish dolzarb muammolardan biridir. So„nggi yillarda g„animlar bu borada intellektual va ommaviy axborot vositalaridan ham foydalanilmoqdalar. Muayyan mafkuraviy poligonlarning muttasil tarqatayotgan axborotlaridagi yovuz va zararli g„oyalar oqimi, jangari fil‟mlar, bolalarga mo„ljallangan buzg„unchi g„oyalar asosida ishlangan o„yinlar, kompyuter tarmoqlari dasturlarini ishdan chiqaradigan “virus” larni tarqatish bunga misol bo„la oladi. Shuningdek, hozirgi globallashuv sharoitida g„oyaviy qaramlikka solishning xilma-xil usullari qo„llanilmoqda, turli «ovoz”lar, ommaviy axborot vositalari, axborot texnologiyalari yordamida mafkuraviy tajovuzlar uyushtirilmoqda.Yoshlarni o„z mustaqil va erkin fikrga ega bo„lishini ta‟minlash kerak. Bu kurashda milliy g„oya asosiy qurol bo„lib xizmat qiladi. Milliy mafkura kishilarni begona g„oyalarning zararli ta‟siridan asrovchi qudratli kuchga ega. Milliy mafkurani targ„ib qilishda ko„r-ko„rona targ„ibotni tushunmaslik kerak. Prezidentimiz Islom Karimov: «Biz kishilarning dunyoqarashini boshqarish fikridan yiroqmiz, balki biz odamlarning tafakkurini boyitish, uni yagona ma‟no va mazmun bilan to„ldirish tarafdorimiz», - degan edilar. Buning uchun fuqarolarimiz bu murakkab vazifani bajarish borasidagi muayyan mo„ljal – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotning barpo etish erkinligini to„la va to„g„ri tushunib olishlari muhimdir.Milliy g„oyaning jamiyat ma‟naviy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy hayotida amal qilayotgan ta‟sir samaradorligini va uning ijtimoiy sohalari bilan o„zaro aloqadorligini oshirib borish orqali O„zbekistonning buyuk va porloq kelajagi barpo qilib boriladi.Talaba yoshlarga mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik, barqarorlik, bunyodkorlikka asoslangan jarayon mohiyatini, mazmunini anglatish, his qildirishda, dunyoda sodir bo„layotgan voqea-hodisalarni milliy g„oya mohiyatidan kelib chiqqan xolda tushuntirib borish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI

Rahbariy adabiyotlar:

1.Karimov I.A. Asarlar to‗plami. 1-19 jildlar. – Toshkent, ―O‗zbekiston‖, 1996-2011.

2.O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‗ishlangan Sammiti yalpi majlisidagi nutqi // Xalq so‗zi, 2010 yil 22 sentyabr.

3.Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisidagi ma‘ruza // Xalq so‗zi, 2010 yil 13 noyabr

4.Karimov I.A. O‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: ―O‗zbekiston‖, 2011. – 440 b.

Normativ-huquqiy hujjatlar:

1. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T. O‗zbekiston. 2015

2. O‗zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasi. – T.: 1997

3. Uzbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonuni «Kadrlar tayyorlash

milliy dasturi»1997.

4. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining "Milliy istiqdol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" fani bo‗yicha ta‘lim dasturlarini yaratish va respublika ta‘lim tizimiga joriy etish to‗g‗risida 1 yanvar 2001 yil Farmoni

5. Davlat tili haqida (yangi tahriri). O‗zbekiston Respublikasining Qonuni. – T.: O‗zbekiston, 1997. – 22 b.

Asosiy adabiyotlar:

1.Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: O‗zbekiston, 2001.

Qo„shimcha adabiyotlar:

1. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar T.:YAngi asr avlodi, 2001.

2. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqacha izohli tajribaviy lug‗at)..

T.:YAngi asr avlodi, 2002.

3. Milliy istiqlol g‗oyasi. –T.: Akademiya, 2005.

4. Milliy g‗oya nazariy manbalar. Xrestomatiya. T.: «Akademiya», 2007.

Elektron ta‟lim resurslari:

1. www.mfa.uz.

2. www.press-servise.uz.

3. www.literature.uz.

4. www. Ziyo net.uz.

5. www.gov.uz

6. www.press.uz

7. www.bilim.uz.

8. www.philosophy.ru.



9. www.history.ru


Download 100,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish