Referat " O’pka haqida ma’lumot" O’pkadan qon ketganda shoshilinch tibbiy yordam reja: kirish



Download 51,4 Kb.
bet1/7
Sana19.06.2021
Hajmi51,4 Kb.
#70664
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MATLUBA REFERAT



BAJARDI:___________

TEKSHIRDI:___________

BUXORO 2020

ABDURAXMONOVA MATLUBA

REFERAT

O’PKA HAQIDA MA’LUMOT”



O’PKADAN QON KETGANDA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM
REJA:

KIRISH
  1. O’pka kasalliklarida birinchi tibbiy yordam


  2. Bronxoektatik kasallik
  3. Plevritlar

  4. Quruq plevritlar
  5. Ekssudatli plevrit
  6. O’pka sili

XULOSA

ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH

O’pka yiringlash, o’pka to’qimasida o’choqli nekroz hamda yemirilish va bo’shliqlarning hosil bo’lishi bilan kechadigan og’ir kasallik.

Sabablari. Keyingi o’n yillik ichida antibiotik dorilar ta’siriga chidamli bo’lgan floraning paydo bo’lishi o’pka abssessi kelib chiqishida muhim o’rin tutadi. Ko’pincha o’pka abssessi streptokokklar, stafilokokklar, Fridlender tayoqchasi, ichak tayoqchasi, viruslar va bakteriyalar assotsiatsiyasi keltirib chiqargan o’choqli zotiljamdan keyin rivojlanadi. Sovuq qotish, tamaki chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish kasallik rivojlanishiga sabab bo’luvchi omil hisoblanadi.

Patogenezi. O’pkada yiringlash jarayonining rivojlanishi, bronxlar drenaj funksiyasining buzilishi, o’pka to’qimalarida qon aylanishining yomonlashuvi va nekroz, organizmning kasalliklarga qarshilik ko’rsatishining kamayishi, reinfeksiya o’tkir zotiljamdan so’ng o’pka abssessini keltirib chiqaradi.

Klinik belgilari. Kasallikning kechishini ikki bosqichga ajratish mumkin:


  1. Infiltratsiya.

  2. Yiringlash o’chog’ining bronx yo’liga yorilishi.

Infiltratsiya fazasi (I bosqich). O’pka abssessi zotiljamdan keyin rivojlanganda, infiltratsiya bosqichida bemor ahvolining to’satdan yomonlashuvi, tana haroratining ikkinchi marta juda baland 40°C bo’lishi, bemor og’zidan yoqimsiz hid kelishi, kulrang-yashil rangdagi balg’am ko’chishi (200—300 ml yoki 1—1,5 stakan), qattiq terlash, sovuq qotish, azobli yo’tal, ko’krak qafasida og’riq, adinamiya, artralgiya, taxikardiya kuzatiladi.

Infiltratsiya fazasida ko’krak qafasi perkussiya qilinganda o’pka tovushining bo’g’iqlashganligi, paypaslab ko’rilganda tovush tebranishining susayishi, auskultatsiyada bronxial nafas, quruq va mayda pufakchali nam xirillashlar eshitiladi.

Qon tekshirilganda: leykotsitoz (15 · 109/l), ECHT—50—60 mm/soat aniqlanadi, peshob (siydik) da oz miqdorda proteinuriya kuzatiladi.

Balg’am ko’chishining birdan ko’payishi (500—700—1000 ml gacha), tana haroratining normaga yaqinlashuvi, ko’krak qafasida og’riq, hansirash, qonda leykotsitlar miqdorining kamayishi yiringlash o’chog’ining bronx yo’liga yorilganligidan va bronxlar drenaj funksiyasining tiklanganligidan, kasallik II bosqichga o’tganligidan darak beradi.

Balg’am 2 yoki 3 qavatli bo’lib, 1- qavati ko’pikli, 2- qavati sariq yiringli, 3- qavati har xil mayda elementlardan iborat bo’ladi.

Kasallik II bosqichining klinik ko’rinishi kasallikning qanday kechishiga bog’liq bo’ladi. Kasallikning 15—20- kuniga kelib yo’tal va balg’am ko’chishi kamayib, zaharlanish belgilari yo’qolsa, bemor sog’aygan, bemor ahvoli sezilarli yaxhshilanib, o’pkada yupqa qobiq bilan o’ralgan kovak hosil bo’lsa, kasallik surunkali turga aylangan hisoblanadi.

Bemorni rentgenologik yo’l bilan tekshirish kasallikning infiltratsiya bosqichida o’pkaning zararlangan qismida qorayish borligini, ikkinchi bosqichda infiltratsiyaning kamayishi va o’pkada bir yoki bir nechta kovakchalar hosil bo’lganligini ko’rsatadi, kovakchalarda gorizontal holatdagi suyuqlik borligi ko’rinadi.

Kasallikning II bosqichida, agar bemor sog’aygan bo’lsa, o’pkada bo’shliqlarning yo’qolganligi ko’rinadi. O’pka abssessi plevraga yorilganda, piopnevmotoraks rivojlanishi, yurak va nafas yetishmovchiligi, ko’pincha shok holatlari kuzatilishi mumkin.

O’pka abssessi diagnozi kasallikning klinik manzarasi va rentgenogrammalar asosida qo’yiladi.

Davolash. O’pkadagi yiringli kasalliklarni davolash bronxlar drenaj xossasini tiklash va o’pkadagi yiringlash o’chog’ini yo’qotish, kasallik qo’zg’atgan mikroorganizmlarga ta’sir qilish, zaharlanish simptomlariga qarshi kurash, bemorning kasallikka chidamliligini oshirish tadbirlarini o’z ichiga oladi.

O’pkadagi yiringlash o’chog’i bronxoskopiya, ko’krak qafasini punksiya qilish, bemorni balg’am ko’chishini yengillashtiradigan holatda yotqizib qo’yish, aerozollar bilan davolash, davolash gimnastikasi kabi omillardan foydalanib yo’qotiladi.

O’pka kasalliklarida birinchi tibbiy yordam


Tez tibbiy yordam - inson hayoti hamda sogʻligʻi uchun xavfli holatlar roʻy berganda kechasiyu kunduzi shifohonagacha koʻrsatiladigan tibbiy yordam turi va tizimi. Ilk bor Tez tibbiy yordamyo. 1918 y. Toshkent shahrida punkt sifatida tashkil etilib, 1926 y. mustaqil Tez tibbiy yordamyo. stansiyasiga, 1974 y. Tez tibbiy yordamyo. klinik kasalxonasi bilan birlashtirilib, boʻlimga aylantirildi. 1983 y. kasalxonadan ajratilib, mustaqil shahar tez va shoshilinch tibbiy yordam stansiyasi deb ataldi. Oʻzbekiston Respublikasi Farmoni bilan №PF-2107 10.11.1998y. Shoshilinch Tibbiy Yordam Hizmati ta'sis etilib 2001 yildan shoshilinch tibbiy yordam va tez tibbiy yordam tushunchalari ikki xil ma'noga ega. Tez tibbiy yordamyo. ning vazifasi hodisa yuz bergan joyda, uyda, bemorni kasalxonaga olib keta turib shoshilinch, shu jumladan mutaxassis vrach tomonidan yordam koʻrsatish, lozim boʻlsa, bemorlarni kasalxonaga yetkazishni taʼminlashdan iborat. Bundan tashqari, Tez tibbiy yordamyo. xizmati koʻzi yoriydigan ayollarni yoki uyida koʻzi yoriganlarni vrach talabiga koʻra davolash muassasalariga olib boradi. Tez tibbiy yordamyo. xodimlarini chaqirish uchun yagona telefon indeksi (03) (Toshkent shahri uchun 103) joriy etilgan. Tez tibbiy yordamyo. stansiyalari xodimlari mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari, sudtibbiy eksperti xulosalari, shuningdek, bemorlarga yo ularning qarindoshlariga yozma maʼlumotnoma berish huquqiga ega emas. Qishloq joylarida kunning istagan paytida Tez tibbiy yordamyo. koʻrsatish vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklangan. Olis va borish qiyin boʻlgan joylarga sanitariya aviatsiyasi vositalari bilan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatiladi. Tez tibbiy yordamyo. mashinalari radiolashtirilgan boʻlib, ikki tomonlama telefon aloqasi bilan taʼminlangan, nafas va narkoz berish apparatlari, kislorod ingalyatorlar, elektrokardiograf va boshqa zaruriy asboblar bilan jihozlangan. Yirik shaharlar, jumladan Toshkentda ham ixtisoslashtirilgan maxsus reanimatsion, kardiologik, nevrologik, toksikologik, pediatriya, intensiv terapiya brigadalari va boshqa tashkil etilgan. Bu uyda va yoʻlda keta turib ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga imkon beradi.

Yuqori dozada antibiotiklar: penitsillin, ampitsillin, oksatsillin, klaforan, separin, dalatsin kabilarni bemorga ichirish, mushak orasiga, vena qon tomiriga, traxeyaga yuborish tavsiya qilinadi.

Zaharlanish belgilariga qarshi kurashish uchun 400 ml dan glukoza, gemodez vena qon tomiriga yuboriladi.

Agar abssessni stafilokokklar keltirib chiqargan bo’lsa, u holda stafilokokka qarshi anatoksin, gammaglobulin va stafilokokka qarshi plazma bilan davolash zarur bo’ladi. Bemor organizmining kasallikka qarshiligini oshirish uchun tarkibida oqsil bo’lgan dori-darmonlar: kazein, aminopeptid, plazmalar qo’llaniladi. O’tkir abssessning piopnevmotoraks, o’pka empiyemasi va o’pkadan qon ketishi kabi asoratlari xirurgik yo’l bilan davolanadi. Kasallikning oldini olish uchun o’tkir va surunkali zotiljam kasalliklarini o’z vaqtida aniqlash, to’g’ri va oxirigacha davolash kerak.

O’pkasida abssessi bor kasallar parvarish qilinar ekan, ulardan talaygina balg’am chiqib qolishi mumkinligini esda tutish kerak. Kasalni ko’pincha Kvinke holatida yotqizib qo’yish o’rinli bo’ladi, shunda balg’am chiqib turishi osonlashadi. Kasal Kvinke holatida yotganida balg’am tiqilib qolib, nafasni bo’g’ib qo’ymasligiga e’tibor berish, ayniqsa, kechasi qarab turish kerak. Buning uchun bemorning boshi yon tomonga burib qo’yilishi lozim. Tufdon har kuni bo’shatilishi, tozalab yuvilishi, ayrim hollarda qaynatilishi zarur. Tibbiyot hamshirasi muntazam ravishda bemor pulsini sanashi, arterial bosimni o’lchashi, nafas olishini kuzatishi va bemorning ahvoli yomonlashib qolsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi kerak.

Bronxoektatik kasallik


Bronxoektatik kasallik—bronx devori va atrofdagi to’qimaning chuqur destruktiv o’zgarishga uchrashi natijasida mayda bronxlarning kengayib ketishi hamda yiring to’planishi bilan kechadigan kasallik.

Bronxoektazlar deb, bronxlar cheklangan qismlarining kengayib qolishiga aytiladi. Ular tug’ma va ortirilgan bo’lishi mumkin. Tug’ma bronxoektazlar kam uchraydi, ortirilgan bronxoektazlar esa ko’pincha gripp, bronxit, zotiljam va bolalar kasalliklari (qizamiq, ko’kyo’tal) dan keyin ro’y beradi. Bronxoektazlarda bronxlarda balg’am to’planadi, shuningdek, bronxlar devori va o’pka to’qimasi yallig’lanadi. Bronxoektazlar uzoq vaqt davom etadi, ko’pincha avj olib boradi. Xronik bronxit natijasida bronx devorining muskul to’qimasi biriktiruvchi to’qima bilan almashinib, bronx devori yupqa tortib, cho’zilib qoladi, bronxning cheklangan joylari silindrlar ko’rinishida kengayadi. Bronx kengaygan joylarining shilliq pardasidagi yallig’lanish jarayoni ularda shilimshiq-yiring aralash suyuqlik to’planib borishiga olib keladi. Dastlabki davrida bronxoektazlar hech sezilmasligi mumkin. Kasallikda 3 davr farq qilinadi: I davrda bemor o’zini sog’lom deb hisoblaydi, ahyon-ahyonda yo’tal tutib, shilimshiqli balg’am tashlab turadi, odatda, buni shamollash yoki chekishdan ko’rishadi. Yilning sovuq va zax paytlarida kasallik og’ir o’tadi, odamning madori qurib, lanj bo’laveradi, yo’tal zo’rayadi. Bu davrda perkussiya va auskultatsiyaga xos belgilar kuzatiladi, faqat bronxografiya yoki bronxoskopiyada bronxoektazlar topilishi mumkin.



  1. davrda bronxoektaziyaga xos manzara kuzatiladi. Bemor ertalab yiringli balg’am tashlab, yo’talib turadi, balg’am miqdori asta-sekin ko’payib borib, bir kecha-kunduz davomida 0,5 l gacha yetadi. Bemor bir yonboshi bilan yotganida ikkinchi yonboshi bilan yotganiga qaraganda ko’proq balg’am tashlaydi. Rentgenologik tekshiruvda mayda uyalar ko’rinishidagi qorayib turgan joylar aniqlanadi. Bronxografiya kasallik xarakteri to’g’risida aniq tasavvur berib, unda kengaygan bronxlarning talaygina bo’shliqlari topiladi.

  2. davrda bronxlar bilan o’pkada sezilarli o’zgarishlar, o’pkayurak yetishmovchiligi, har xil asoratlar qayd etiladi. Bemorlarda tana harorati ko’tarilib turadi, doim bir talay (sutkasiga 1 l gacha) qo’lansa balg’am tushishi bilan o’tadigan yo’tal tutadi. Ko’krak qafasi bochkasimon shaklga kirib boradi. Tirnoq falangalari yo’g’onlashib, barmoqlar nog’ora cho’plari ko’rinishiga kiradi, tirnoqlar esa soat oynalari shaklini oladi. Perkussiya mahalida ba’zi joylarda bo’g’iqroq tovush chiqsa, boshqa joylarda “quticha tovushi” eshitiladi. Nafas susaygan, bir talay qattiq, quruq va nam xirillashlar bo’ladi. Qonda leykotsitoz kuzatiladi, eritrotsitlarning cho’kish tezligi kuchayadi.

Bronxoektazlarning III davrida yurak va nafas faoliyati buziladi, bunda ko’pincha anemiya qo’shiladi. Bemorlar mehnat qobiliyatini yo’qotib, ishga yaroqsiz bo’lib qoladilar. Bronxoektazlar bir qancha asoratlar berishi mumkin: o’pkadan takror-takror qon ketishi, pnevmoniyalarning tez-tez qo’zib turishi, sepsis, miya abssessi, buyrak kasalliklari (amilaidoz) shular jumlasidandir.

Davolash. Bronxoektazlari bor odamlar poliklinikada dispanser hisobiga olinishlari va shifokor buyurgan rejimga amal qilishlari kerak.

Kasalxonada karavotda bunday bemorlarning birmuncha boshqacharoq holati kuzatiladi: karavotning oyoq tomoni biroz yuqori (25—30 sm ga) bo’lishi kerak (Kvinke holati). Bu bronxoektazlarda to’planib qolgan balg’amning oson chiqib ketishiga yordam beradi. Karavotning oyoq tomonini, odatda, 3—4 soatga ko’tarib qo’yib, orada tanaffuslar qilib turiladi. Tibbiyot hamshirasi bemor shunday holatda yotganida o’zini qanday sezayotganini vaqt-vaqtida so’rab turishi kerak. Tana yuqori ko’tarilib qolgani munosabati bilan u o’zini yomon sezadigan bo’lsa, karavotni odatdagi holatga keltirib qo’yish va buni shifokorga ma’lum qilish lozim. Bronxoektatik kasallikda kundalik ratsionni tegishlicha pishirilgan go’sht va baliq mahsulotlariga boyitish yo’li bilan oqsilga mo’l qilib qo’yish kerak. Balg’amni chiqarib tashlash uchun balg’am ko’chiradigan vositalar, jumladan, termopsis o’ti buyuriladi. Hozirgi vaqtda balg’amni so’rib olib tashlab, bronxlarni yuvish va bronxlar ichiga antibiotiklar yuborish usuli qo’llaniladi. Antibiotiklar bronxlar ichiga yuborilishi (endobronxial yo’l bilan bir qatorda mushak ostiga m/o ham) yuborib turiladi. Kasallikning dastlabki davrlarida sanatoriya va kurortlarda davolanish yaxshi natija beradi.

Profilaktikasi: bronxit, pnevmoniyaga o’z vaqtida va qunt bilan davo qilish, organizmni chiniqtirib borishdan iborat.

Bunday kasallarni parvarish qilishda yuqorida aytilganidek, karavotning oyoq tomonini biroz yuqori (25—30 sm ga) ko’tarib qo’yish kerak (Kvinke holati). Karavotning oyoq tomonini 3—4 soatga ko’tarib qo’yib, orada tanaffuslar qilib turiladi. Tibbiyot hamshirasi bemor shunday holatda yotganida o’zini qanday sezayotganini vaqt-vaqtida so’rab turishi, tana yuqori ko’tarilgani sababli u o’zini yomon sezadigan bo’lsa, karavotni odatdagi holatga keltirib qo’yish va bu haqda shifokorga ma’lum qilish lozim. Har bir bemorning qopqog’i burab bekitiladigan o’z tufdoni bo’lishi zarurligi ustidan hamshira nazorat qilib borishi va ozoda saqlanishini kuzatishi kerak.

Plevritlar


Plevrit—plevra pardalarining yuzasida fibril yoki plevra bo’shlig’ida yallig’lanish suyuqligi—ekssudat to’planishi bilan kechadigan yallig’lanish kasalligidir.

Plevrit ko’pincha mustaqil kasallik bo’lmay, o’pka yoki, ba’zan plevra pardalariga qo’shni a’zolar kasalliklari asorati sifatida rivojlanadi.

Sabablari. Kasallik rivojlanishiga olib keluvchi sabablar turlichadir. Sabablariga ko’ra plevritlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: infeksion, ya’ni plevra pardalariga u yoki bu mikroblar ta’sir qilishi bilan bog’liq bo’lgan va mikroorganizmlar bilan bog’liq bo’lmagan (aseptik) plevrit.


Download 51,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish