Ra havosi ifloslanishi oldini olish huquqiy -me’yoriy asoslari



Download 29.63 Kb.
bet1/4
Sana29.06.2021
Hajmi29.63 Kb.
  1   2   3   4

ATMOSFЕRA HAVOSI IFLOSLANISHI OLDINI OLISH HUQUQIY -ME’YORIY ASOSLARI.

Atmosfera deb — Yer kurrasini o‘rab olgan havo qatlamiga aytiladi. Atmosfera yerning himoya qatlami bo‘lib, tirik orga-nizmlarni turli ultrabinafsha nurlardan, turli zararli zarra-lardan saqlaydi. Ma’lumkiatmosfera havosihar hil mexanik gazlarning aralashmasidan iboratdir.

Atmosfera (yunoncha atmos— Bug va sfera — shar) – yer vaboshka fazoviy jismlarning gazsimon qobigi. Yer yuzasida u asosan azot (78,08%), kislorod (20,95%), argon (0,93%), suv bug‘i (0,2-2,6%), karbonat angidrid gazidan (0,03%) tashkil topgan.

Atmosfera tabiatning eng muhim elementlaridan biri hisob-lanadi. Chunki organizm, inson suvsiz, ovqatsiz bir necha kun yashashi mumkin, ammo havosiz 5 daqiqa ham yashay olmaydi. Inson bir bir sutkada 25 kg havoni yutadi.Shuning uchun yerda hayot insonning yashashitoza havoga bog‘liq. Aksincha havo ifloslanib, uning kimyoviy tarkibiva fizik xosslari o‘zgarishi bilan har bir organizmning fiziologik holati o‘zgaradi va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Respublikamizda atmosfera havosiayniqsa, aholisi Sanoat korxonalari va transport vositalari ko‘p bo‘lgan Metallurgiya, kimyovamashinasozlikmarkazlari bo‘lgan Toshkent, Farg‘ona Angren, Olmaliq, Bekobod, Navoiy, Andijon shaharlarida havosining iflos-lanishi ancha yuqoridir.

Shuni inobatga olgan holda Respublikamiz Mustaqillikka erishgandan so‘ngjamiyatda yashayotgan insonlar, barcha korxona, muas-sasa, tashkilotlar atmosfera havosi musaffoligini saqlash, uning ifloslanishining oldini olish borasidaqonunchilik talablarini bajarilishi qat’iy zarurligini belgilab qo‘ydi. Shulardan asosiylari O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 1993 y 29 yanvardan kuchga kiritilgan Qonuni va “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Konunidir.

“Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan. Mazkur qonun 30 moddadan iborat. Qonunda atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy kismi ekanligi, u umum-milliy boylik hisoblanishi va davlat tomonidan muhofaza qili-nishi belgilab qo‘yilgan.

Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash;

  • atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil ta’sir ko‘rsatilishining oldini olish hamda kamaytirish;

  • davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishdan iboratdir.

  • Ho‘jalik faoliyatida(XFU) Xlorftoruglerodlar, bromli metil, galonlar, erituvchilar kabi birikmalarning ishlatilishi ham ozonqatlamining siyraklashishiga olib keladi.

  • Kuchli texnologiyalarasri — 21 asr boshiga kelib, aviatsiya, kosmik raketalar ta’siri ham e’tiborga olina boshlandi. Tovushdan tez uchadigan samoletdan azot oksidi chiqishi stratosferaozoniga ta’sir ko‘rsatadi.

Qonunning 5-moddasiga asosan Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshirishi, shuningdek 28 moddasiga asosanAtmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘-liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazoratqilish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlari hisoblanishi belgilangan.

Atmosfera xavosini muhofaza qilish bo‘yicha davlat Boshqaruvi va davlat nazoratini olib boruvchi organlari bu — Atmosfera xavosini muxofaza kilish soxasida Davlat boshkaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, maxalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.

Atmosfera xavosini muxofaza kilish ustidan Davlat nazorati mahalliy xokimiyati organlari tomonidan shuningdek maxsus vakolat berilgan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza kilish Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi, O‘zbekistonRespublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazorat qilish davlat organlari tomonidan, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Shuningdek, Atmosfera xavosini muhofaza qilish ustida idoraviyishlab chiqarish va jamoat nazorati qonunchilikxujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Atmosfera havosiniasosiy ifloslantiruvchi omillar quyidagi tur va manbalarga bo‘linadi :

Tabiiy ifloslantiruvchilar : zilzila, vulqon, yong‘in, dovul, kuchli yomg‘irlar, sel va boshqa tabiiy va texnogentusdagi hodislar orqali vujudga keladigan omillar;

Antropogen, ya’ni inson faoliyati jarayonida kelib chiqadigan ifloslantiruvchi omillar .

Shuningdek manbalar turg‘un (statsionar)vaxarakatdagi manbalardan iboratdir.

Sanoat korxonalariningturg‘un (statsionar) manbalari,

Avtotransport vositalari yokiko‘chma(xarakatdagi ) manbalaridir.

Turg‘un(qo‘zg‘almas) manbalar – mahalliy hududiy tizimiga nisbatan fazoda o‘zgarmas o‘ringa ega bo‘lgan manbalardir. (Qozonhonalar mo‘rilari, sexlarning framugalari).

Bunday manbalar o‘z o‘rnida 2 guruxga bo‘linadi:

  • Tashkil etilgan manbalar -gaz chang moddalarni maxsus barpo qilingan qurilmalar orqali chiqariladigan (quvurlar, gaz yo‘naltiruvchi, ventilyatsiya shaxtalari v.x.k.) manbalar.

  • Tashkil qilinmagan manbaalar – gaz-chang oqimlari tartibsiz chiqaruvchi manba jihizlar berkligi buzulishi, mahsulotlar (yoqilg‘i)ni yuklash (tushurish) yoki saqlash joylarida gaz-chang so‘ruvchi tizimning ishlamasligi yoki samarasiz ishlashi, shuningdek chanlanuvchi uyumlar, ochiq sig‘imlar, transport saqlovchi joylar, bo‘yash ishlari amalga oshiriladigan maydonlar).

Atmosfera havosiga sanoat korxonalaritomonidanchiqarilayotgan tashlamalar kuyidagi usul va moslamalarorqali tozalanadi:

  • Quruq tozalash (siklonlar bilan);

  • Suvli tozalash (skrubberlar);

  • Filtrlab tozalash (rukavnoy filtr);

  • Elektr tozalash — elektromagnit maydonlari hosil qilish

  • Kimyoviy tozalash — kimyoviy moddalar va ularning reaksiya-

  • Termik va termokatalik — gazsimonmoddalarnikatalik reak-

  • torlarda yoqish yo‘li bilan;

  • Boshqa turdagi apparatlar orqali.

orqali;

lari orqali;


Download 29.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat