Quyoshli osmon va bulutlar



Download 0.51 Mb.
bet1/2
Sana16.04.2020
Hajmi0.51 Mb.
  1   2
QUYOSHLI OSMON VA BULUTLAR” MANZARASI TASVIRLANGAN SUJETLI KOMPOZITSIYA ISHLASH

Maqsad: bolalarning mayda qo‘l motorikalarini rivojlantirish. Plastilin bilan tasvirlash texnologiyasini o‘rgatish.
Kerakli jihozlar: plastilin, loy, stek, latta, salfetka, suv, namunali ish va ularning nusxalari, plyonka dasturxon.
Mashg‘ulotning borishi: plastilin va ular bilan ishlash texnologiyasi tushuntiriladi. Bolalarning ishlashi uchun stol ustiga plyonka dasturxon yoziladi. Namunali ish va ularning nusxalari ko‘rsatiladi. Kichkintoylarga mash­g‘ulotda kerak bo‘ladigan materiallar va asboblar tarqatib chiqiladi, so‘ngra o‘tiladigan mavzu haqida tushunchalar beriladi. “Quyoshli osmon va bulutlar” manzarasini ishlash texnologiyasini bosqichlar asosida tasvirlash jarayoni ko‘rsatiladi. Tarbiyachi qiynalgan bolalarga yordam berib boradi. Shunda ularning faolligi yanada oshadi.
“Quyoshli osmon va bulutlar” tabiat manzarasini plastilinda yaratish texnologiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqich. Bahor tabiati manzarasini tasvirlash uchun tekis karton bo‘lakchasini tanlab olamiz. Manzarani tasvirlash uchun kerakli rangdagi plastilin bo‘lakchalari tayyorlanadi. Bu tabiat manzarasini tasvirlash uchun karton bo‘lakchasi olinib, unga turli xil rangdagi plastilin bo‘lakchalaridan foydalaniladi. Jarayonning qanday kechishi tabiat manzarasining ishlash texnologiyasidagi bosqichlaridan aniq ko‘­rinib turibdi (8-9-rasm).





8-rasm. 
Karton bo‘­lakchasi. 

9-rasm. 
Karton va rangli plastilin bo‘lakchalari.

 

Ikkinchi bosqich. Osmonni tasvirlash uchun ko‘k yoki havo rangdagi plastilin bo‘lakchasini olib, karton ustiga surtib chiqiladi. Osmonni katta qilib ko‘rsatish lozim. So‘ngra quyoshni yasashda sariq plastilindan biroz olinib, uni kaft orasida yapaloqlab, yopishtirib chiqiladi (10-rasm).



10-rasm. Quyoshni tasvirlashning boshlang‘ich bosqichi.

Uchinchi bosqich. Quyosh ko‘zi oq plastilindan, burni va charaqlab turgan nurlari esa sariq plastilin bo‘lakchalaridan foydalangan holda yasalib, so‘ngra ularni namunada ko‘rsatilgan tasvirga qarab ketma-ket yopishtirib chi­qiladi (11-12-rasmlar).



11-rasm. Moviy osmon va charaqlagan quyoshning tasvirlanishi.



12-rasm. Quyoshning nur taratayotgan qismlari.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat