Quyosh radiatsiyasining



Download 13,49 Kb.
Sana28.04.2022
Hajmi13,49 Kb.
#587662
Bog'liq
Quyosh radiatsiyasining


.Quyosh radiatsiyasining
Quyoshdan Yer sirtiga tushgan nurlanish oqimining uni o„rab turgan fazoga qaytarilgan qismiga Yer sirtining albedosi deyiladi va u o„rtacha 0,34 ga teng. Qaytgan nurlanishning spektri atmosfera massasi 1 ga teng bo„lganda Yer sirtiga tushuvchi quyosh nurlarining spektriga o„xshaydi. Sirt birligiga tushuvchi quyosh nurining quvvatiga uning intensivligi deyiladi (W/m2 ). Yer atmosferasining yuqori chegarasida quyosh energiyasi intensivligi 1365 W /m2 ga teng bo„lib, unga quyosh doimiysi deyiladi. Quyosh doimiysi va quyosh nurlanishi spektral taqsimotini chuqur o„rganish uchun Yer sharining barcha qit‟alarida tadqiqotlar olib borilgan. Bu boradagi asosiy ma‟lumotlar Smitsonian instituti va AQSh Havo Dengiz Flotining tadqiqot laboratoriyasida standartlar Milliy byurosi hamkorligida yig„ilgan. Tadqiqotlar Yer sirtidan turli balandliklarda va maxsus uchirilgan raketalarda o„rnatilgan asboblar yordamida amalga oshirilgan. O„lchovlar Quyosh doimiysining aniqlangan qiymati nazariy hisoblashlardagi natijalarni tasdiqlaydi. Perigeliy davrida (yanvar) nurlanish oqimining zichligi quyosh doimiysidan 3–4 foiz yuqori va afeliy davrida (iyul) 3–4 foiz past bo„lishi mumkinligi aniqlangan. Yer atmosferasining yuqorigi va pastki chegaralarida quyosh to„g„ri radiatsiyasining zichligi 2-rasmda keltirilgan. Qiyoslash uchun 6000 K temperaturada qora jismning nurlanish oqimi zichligi ham keltirilgan. Atmosfera tarkibiga kirib qoluvchi har xil aralashmalar uning tiniqligini pasaytiradi. Yer sirtiga yaqin qatlamlardagi quruq havo tarkibida azot 78,03 %, kislorod 20,94 %, argon 0,94 %, is gazi 0,03, vodorod 0,01 %, neon 0,0012 % va geliy 0,0004 % ni tashkil etadi. Shu bilan birga atmosfera tarkibida miqdori o„zgarib turadigan suv bug„lari, ozon (asosan yuqori qatlamlarda) va boshqa gazlar ham mavjud. Quyosh nurlari asosan suv bug„lari, ozon, is gazi va changlar tomonidan yutib qolinadi. 3-rasmda atmosfera orqali o„tib keluvchi quyosh nurlarining suv bug„larida yutilish egriligi tasvirlangan. Atmosferada (stratosferada) mavjud ozon quyosh nurlarining tanadagi tirik hujayralarni barbod qilish xususiyatiga ega bo„lgan qisqa to„lqinli qismini yutib qolishligi bilan nihoyatda muhim rol o„ynaydi. Ozon tomonidan uning atmosferadagi miqdori va Quyoshning turish balandligiga qarab quyosh radiatsiyasining taxminan 1,5 dan 3 % gacha qismi yutib qolinadi. Atmosfera tarkibida changlarning ko„payishi esa quyosh radiatsiyasini ko„proq sochilishi va yutilishiga va pirovard natijada uning Yer sirtiga tomon oqimini kamayishiga olib keladi. Gelioqurilmalarda qo„llaniladigan shaffof shishalar va polimer plyonkalar orqali 300 nm dan 2800 nm gacha to„lqin uzunlikli nurlar o„tadi.Tadqiqotlar to„g„ri, sochilgan va qaytgan quyosh radiatsiyasi oqimining amalda barcha energiyasi qisqa to„lqin uzunliklar sohasiga (200–5000 nm) va uning ham asosiy qismi spektrning ko„zga ko„rinuvchi va yaqin infraqizil qismiga to„g„ri kelishini ko„rsatadi. Demak, geliotexnik qurilmalar asosan qisqa to„lqinli quyosh nurlari hisobidan energiya oladi
Download 13,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish