Quron sharq xalqlarning diniy ilmiy va manaviy merosi sifatida



Download 20,01 Kb.
Sana11.01.2020
Hajmi20,01 Kb.
#33278
Bog'liq
quron sharq xalqlarning diniy ilmiy va manaviy merosi sifatida

Quron sharq xalqlarning diniy ilmiy va manaviy merosi sifatida

Sharq mutafakkirlari, olim-u ulamolari tomonidan asrlar davomida odob-axloqqa oid minglab kitoblar, hikmatlar yaratilgan. Afsuski, totalitar tuzum tomonidan olib borilgan siyosat tufayli ulardan xalqimiz mahrum qilib qoʻyilgan edi.

Bugun, hurlik sharofati ila qanchadan-qancha ma’naviy, madaniy meroslarimiz qayta tiklanib, xalqimiz ma’naviy qiyofasini yanada boyitayotgani hamda mamlakatimizda keyingi yillarda mazkur masala boʻyicha oʻtmishda arab, fors va boshqa tillarda yozilgan diniy adabiyotlar bilan birga dunyoviy adabiyotlar ham oʻzbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarimizga havola etilayotgani hech kimga sir emas. Shu oʻrinda mutafakkir Mahmudxoʻja Behbudiyning “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir. Zamona ilmi fanidan bebahra millat boshqa milatlarga poymol boʻlur”.1 degan fikrlarini eslash joizdir. Tarjima adabiyotlardan tashqari, oʻzbek olimlari, shoirlari tomoni­dan ham odob-axloq, ilm-ma’rifat, ma’naviyat masalalariga bagʻishlangan koʻpgina asarlar nashr qilinmoqda.

Mazkur adabiyotlarda inson tugʻilganidan tortib to bandalikni bajo keltirganigacha amal qilishi ke­rak boʻlgan qoidalar, maslahatlar oʻz aksini topgan. Ma­salan, birgina shariat qoidalarining oʻzida musulmonlar amal qilishi zarur boʻlgan qanchadan-qancha talablar mavjud. Bular orasida insonparvarlik, insonni hurmat qilish va ulugʻlashga qaratilgan gʻoyalar alohida e’tiborga sazovordir.

“Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan koʻp asrlar mobaynida yaratib kelingan gʻoyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani nihoyatda muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy oʻzlikni anglashning oʻsishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz” 1 deb ta’kidlaydi yurtboshimiz.

Darhaqiqat, boy madaniy merosimizni chuqur oʻrganish, milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizda benihoyat katta ahamiyatga ega. Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, oʻz taraqqiyot va islohot yoʻlimizdan tezkorlik bilan ilgari siljishga kuchli ruhiy quvvat beradigan milliy madaniyatimiz, sharq falsafasining hayotbaxsh va teran buloqlaridan bahramand boʻlish muhimdir.

Istiqlol yillarida madaniy, diniy, axloqiy qadriyatlarga nisbatan munosabatning bu qadar ijobiy tarzda oʻzgarishini muayyan sabablari, oʻziga xos zaruriy jihatlari bor. Chunki, dunyodagi dinlardan birortasi ham xalqlar va millatlarni, odamlarni yomon yoʻlga boshlamaydi, urushu-janjallar chiqarib qon toʻkishlarga, vayronagarchilik va ocharchiliklarga sabab boʻlishga, millat ajratishga, boshqa diniy mazhabdagilarni kamsitishga da’vat etmaydi, yoʻl qoʻymaydi. Aksincha, mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli, oʻzaro izzat-e’tiborli, milliy hamkor-hamjihat boʻlishga undaydi, odamzotni ezgulik tomon boshlaydi. Muqaddas Islom dinining mustaqil Oʻzbekiston hayotidagi ahamiyati, uning odamlar ruhiy dunyosiga koʻrsatib kelayotgan ta’sirini Prezident Islom Karimovning “Turkiston-press” axborot agentligi muxbirining savollariga javoblaridan koʻrish mumkinki: “Aytmoqchimanki, biz oʻz millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz oʻzligimizni yoʻqotamiz. Xoh yosh boʻlsin, xoh keksa boʻlsin, har bir oʻzbek nimagaki munosabat bildirmasin, albatta uni Yaratguvchining nomi bilan bogʻlaydi. Har bir soʻzimizni, ishimizni “Bismilloh” aytib boshlaymiz, yaxshi-yomon kunlarimizda Xudoga shukrona keltiramiz, tavba qilamiz. “Shukur” degan kalomni bilmaydigan biror inson Oʻzbekistonda bormikan oʻzi! Bilsangiz kerak, paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom ham “shukur” va “tavba” degan soʻzlarni eng koʻp ishlatar ekanlar. Tugʻilganda qulogʻimizga azon aytiladi, oila qurganimizda shar’iy nikoh oʻqitiladi, dunyodan koʻz yumganimizda janoza oʻqitiladi. Hatto dindan chuqur xabardor boʻlmagan odam ham diniy urf-odatlarsiz, islomiy tuygʻusiz yashay olmaydi”.1

Tasavvuf ilmining yetuk namoyondalaridan Bahouddin Naqshband shunday degan edi: “Inson barkamol boʻlishi uchun, avvalo, imoni va e’tiqodi mustahkam boʻlishi kerak”.2

Darhaqiqat, diniy va dunyoviy ilmlarni oʻrganib, unga xolis amal qilib, tengdoshlariga, yor-u doʻstlariga, insonlarga ibrat boʻla olgan kishigina komil inson maqomiga erishishi mumkin. Komil inson tushunchasi ma’naviy barkamol inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ma’naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma’naviy barkamollikka intilish – bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchta tushuncha: sogʻlom avlod, ma’naviy barkamol, komil inson – darajama-daraja chuqur ma’no kasb etadi.

Alloma bobolarimiz qayd etganlaridek, “Inson oʻzini hirs, ta’ma, nafs, gʻaflat, nodonlik yovuzlik kabi illatlardan poklamasa, u hech qachon komil inson boʻla olmaydi”.3

Ulugʻ mutafakkir Nosir Xisrav: “inson asliy-ilohiy jihat borligʻi va u oʻz haqiqatini bilib olishga qodir. Buning uchun inson hayotini behuda oʻtmasligi, asliga yetish uchun sa’yi-harakat qilishi, ilm egallashi va moddiy ehtiyoj girdobiga tushmasligi kerak”4 degan edi.

Sharq falsafasi va Islom ta’limotida insonning ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqida juda koʻp qimmatli maslahatlar, fikr-mulohazalar mavjud. Muqaddas Qur’oni Karim va Hadisi Sharif insonning ma’naviy kamoloti uchun beqiyos manba ekanligi hammamizga ma’lum. Albatta, uni tushunish uchun esa ilm oʻrganish talab etilib, bu haqida Abu Dardo roziyallohu anhudan mana shunday hadis rivoyat qilinadi. “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shuni aytayotganlarini eshitdim”:

“Kim ilm talab qilish yoʻlida yursa, Alloh unga jannat yoʻlini oson qilib qoʻyadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qoʻyadi. Albatta, olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istigʻfor aytadilar. Olimning obiddan fazli huddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga oʻxshaydi. Albatta, olimlar anbiyolarning merosxoʻridirlar. Albatta, anbiyolar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim oʻshani olsa, ulugʻ nasibani olibdi”. Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Lafz Termiziyniki.

“Ilm” soʻzi lugʻatda bir narsani voqe’likdagidek idrok etishni bildiradi. Shar’iy istilohda esa ma’naviy ishlarda narsalarni teskarisi yoʻq darajada aniq bilish sifatiga “Ilm” deyiladi.

Islom dinichalik ilmni ulugʻlagan din, tuzum yoki falsafa yoʻq. Har bir shaxsga ilm talab etishni farz (majburiy) qilish ham faqat Islomda bor, holos.1

Ilmni va olimlarni Alloh taolo Qur’oni karimda madh etib, Mujodala surasida shunday marhamat qiladi: “Alloh sizlardan iymon keltirganlarini, xususan, ilmga berilganlarni darajalarga koʻtarur” (11-oyat). Ushbu oyati karimada bandalarning oliy darajalarga erishishlari uchun iymon va ilm shart qilib qoʻyilmoqda. Inson zotining Alloh taolo huzurida darajasi koʻtarilishi omili sifatida oldin iymon, keyin ilm zikr qilinmoqda. Bundan inson zotiga iymon bilan birga ilm ham zarurligi ayon boʻladi. Qushning uchishi uchun ikki qanot lozim boʻlganidek, insonning darajasi koʻtarilishi uchun ham ikki qanot-iymon va ilm kerak.2

Haqiqiy solih kishi boʻlish uchun avvolo shirinsoʻz boʻlish lozim. Alloh taolo bunday xitob qiladi: “…odamlarga shirinsoʻz boʻling…” (Baqara, 83) va “Bandalarimga ayting (shirk ahliga) goʻzal (soʻzlardan) soʻzlasinlar…” (Isro, 53), yana “Siz (yomonlikni) goʻzalroq (muomala) bilan daf eting! (Shunda) birdan siz bilan oʻrtalaringizda adovat boʻlgan kimsa qaynoq (qalin) doʻstdek boʻlib qolur” (Fussilat, 34). Bu borada bizga Rasulullohning (s.a.v) quyidagi hadislari kifoya qiladi: “Albatta, jannatda ichidan tashqarisi, tashqarisidan ichkarisi koʻrinib turadigan koʻshklar bor”. Sahobalar: “Ular kim uchun?” deb soʻrashdi. Rasululloh (s.a.v): “Ochlarni taomlantirgan, soʻzini shirin qilgan va odamlar uxlab yotganida namoz oʻqigan kishi uchun”, dedilar. (Taboroniy va Hokim rivoyati).1Ana shunday fazilatlardan rang olgan kishi ma’naviy barkamollik pillapoyalarini bosib, ma’naviyat qoʻrgʻoniga yetib boradi. Ma’naviyat qoʻrgʻonida ilm va amal ila “Komil inson” maqomiga erishadi.

Sharq falsafasi va islom ta’limotida rahm-shafqat, muruvvat, odamiylik kabi fazilatlar doimo ulugʻlanib, madh etilib kelingan. Odamiylik—bu kishining boshqa odamlarga, urugʻ-aymogʻiga mehr-shafqat koʻrsatishi, yaxshilik qilishini, insonparvarlik munosabatlarida boʻlishini taqozo etadigan fazilatdir.

Alisher Navoiy odamiylikning asl maqsadini shunday ta’riflaydi: -

Odami ersang demagil odami,

Onikim yoʻq xalq gʻamidin gʻami.

Kimki xalqqa qanday muomalada boʻlsa xalq ham unga shunday muomalada boʻladi, “sen xalqqa qancha aralashsang xalq ham senga shuncha yondashadi”, degan naqllar bejiz tugʻilmagan.

“Ey aziz,— deydi Muhammad Jabalrudiy, — xalqingga doimo yaxshilik qil, qilgan yaxshiliging ulardan senga qaytadi. Hech kimsaga qasddan yomonlik qilma, kimki yomonlik qilsa qilgan yomonligi, shubhasiz, oʻziga qaytadi”.2

Barhurdar ibn Mahmud aytganidek, arjumandlik bayrogʻini koʻtaruvchilar va sarbalandlik nogʻorasini chaluvchilar qanday kishilarki, ular xalqning tinchligini va osoyishtaligini oʻylaydilar va kecha-kunduz shu haqda fikr qiladilar, barcha kishilarni oʻz aka-ukalaridek koʻradilar, birovning lil shishasini gʻazab toshi bilan sindirmaydilar, adovat va jafo tikanini bechoralik sahrosida yurgan yalanoyoqlar oyogʻi ostiga tashlamaydilar.3

Xalq bilan hamnafas, hamdard boʻlish, unga yaxshi kunlarda ham, boshiga musibat tushgan qorongʻi kunlarda ham sadoqatli boʻlib, astoydil xizmat qilish moʻmin-musulmon farzandi uchun eng katta baxt hisoblanib, kelgan. “Yaxshi hayot va uzoq yashah uchun, xalqning duosi va shodligidan yaxshiroq posbon va qoʻriqlovchi yoʻq”4 deydi, Barxurdor ibn Mahmud.

Yozuvchilar, ziyolilar uchun xalqparvarlik oʻz asarlarida xalqning mehnati, hayoti, orzu-umidlarini badiiy obrazlarda aks ettirib, ularning ichki dunyosini boyitish, ma’naviy barkamolligi, dunyoqarashini shakllantirishga koʻmaklashishdan iborat, deb bilmogʻimiz lozim.

Olimlarimiz uchun xalqparvarlik xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun zarur boʻlgan narsalarni ishlab chiqarishni ilmiy asoslab berish, kishilarning ongi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish demakdir.

Davlat arboblari uchun xalqparvarlik-bu eng avvalo har bir insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning ehtiyojini qondirish, barcha ijtimoiy kafolatlarini ado etish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, osoyishtalik, milliy totuvlikni ta’minlash demakdir.

“Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib oʻz istiqbolini tasavvur eta olmaydi”.1

Jamiyatda yaxshi axloqiy sifatlarni egallab borgan odam komil inson martabasiga koʻtarila oladi. Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili, donosi. Komil insonlar odamlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan moʻtabar zotdir. Insonlar komillikka axloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida erishadilar.

Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon sharqi axloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qoʻllanma vazifasini oʻtagan koʻp pandnomalar, xalq kitoblari yaratilgan. Bu oʻrinda Prezidentimizning quyidagi soʻzini eslash oʻrinli: “...bizning ulugʻ ajdodlarimiz oʻz davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslashimiz kerak, deb bilaman. Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va andishga, sharm-u hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuygʻu va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi”.2

Komil inson fazilatlarini oʻzida ifoda etgan asarlar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Boʻston”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi muxsiniy” va boshqalar. Bu asarlarning koʻpchiligida odil shoh va adolat, halollik va soflik, poklik, toʻgʻrilik, insonparvarlik, ma’rifatli boʻlish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan.

Alisher Navoiyning “Nasoyim-ul muhabbat” asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab oʻtilgan. Bular qatoriga ulugʻ mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, oʻz kasbidan topib kun oʻtkazish, shariatga rioya etish, barchadan oʻzini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qoʻpollik qilmaslik, chuchuk tilli boʻlish – yaxshi, muloyim tilli boʻlish, rahmdil, sahiy, mard, halim, xushhulq, sabrli, sadoqatli, vafoli boʻlish, rozi-rizolik bilan kun oʻtkazish, riyozat chekishdan qoʻrqmaslik va boshqalar.

Shu tariqa oʻtmishda komil insonning oʻziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan boʻlib, bu sifatlarga ega boʻlish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Komil inson haqidagi gʻoyalar katta ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy ahamiyatga ega.

Komil inson iymon va e’tiqodlilik, halollik va poklikning oliy timsoli. Biz hammamiz shunga intilib yashamogʻimiz lozim. Mustaqil Oʻzbekistonning bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida iymonli boʻlish, halollik va poklik, vijdonli va diyonatli boʻlish nechogʻlik zarur ekanligi hammamizga ayon. Quyidagi ta’rifda komil insonning asosiy xususiyatlari har taraflama chuqur va teranlik bilan bayon qilingan: “Komil inson deganda, biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan oʻzgalarga ibrat boʻladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”.



Muxtasar qilib aytganda, sharq ma’naviy merosida ma’naviyat va ma’naviy barkamollik masalalariga katta e’tibor berilganligining asosiy sabablaridan biri inson va uning hayoti eng oliy qadriyat ekanligidadir. Sharq ma’naviyatida dunyodagi barcha ne’matlar insonning faqatgina yaxshi yashashi uchungina xizmat qilmogʻi shart ekanligi e’tirof etiladi. Chunki, bu ne’matlarning barchasi insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishi mumkin, halos. Shuning uchun bu birlamchi masala emas. Masalaning avvali, insonning ulugʻligi hamda yuksak kamolatga yetishish orqali Komil inson martabasiga erishish yoʻlidir. Moddiy va ma’naviy hayot uygʻunligi eng toʻgʻri yoʻl ekanligi va bu bilan avlod tarbiyasiga ijobiy ta’sir koʻrsatadigan ma’naviy merosning ahamiyati juda katta ekanligi asoslangan. Holbuki, oʻsib kelayotgan avlod, komil inson boʻlish, halollik, toʻgʻrilik, poklik va adolat bilan kun kechirish kabi koʻpdan-koʻp olijanob fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday xususiyatlarga ega boʻlish, ularga doimo amal qilib yashash-odamzotning ma’naviy boyligini, komilligini belgilab beradigan asosiy mezon sanaladi.
Download 20,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish