Qunduz gulmanova erimmatovna



Download 51,47 Kb.
Sana04.06.2017
Hajmi51,47 Kb.
#10392
ONA TILI TA’LIMI: DASTUR, DARSLIK VA AMALIYOT

QUNDUZ GULMANOVA ERIMMATOVNA

Nukus davlat pedagogika instituti

Ilmiy rahbar: p.f.n. Sh.Sh.Yuldasheva
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi ona tili ta’limi maqsadi, mazmuni va ta’lim usullarini tubdan o‘zgartirdi. DTS 23 yil davomida qator o‘zgarishlarga uchradi. Nima sababdan umumta’lim maktablari uchun DTSlari va o‘quv dasturlariga o‘zgarishlar kiritilmoqda, degan haqli savol tug‘iladi. Mazkur savolning javobi ona tili ta’limi tarixiga murojaat qilish orqali oydinlashadi.

90-yillarda ona tili ta’limi Sho‘ro davridagi grammatizm hokimligidan xalos qilinishi uchun harakatlar kuchaytirildi. “O‘zbek tilining grammatik qurilishidagi “ruslashtirish” samarasi bo‘lgan juda ko‘p ilmiy-grammatik talqinlar turkona talqinlar bilan almashtirildi, o‘zbek tili grammatikasi bo‘yinturug‘idan ozod qilindi” [9:27]. Prezidentimiz tomonidan bildirilgan ta’lim samarasining mustaqil fikrlash bilan uzviyligi haqidagi dasturilamal fikrlari [1: 4-9] barcha umumta’lim fanlari kabi ona tili ta’limining bosh maqsadiga aylandi. 2010-2011 o‘quv yilidan uzviylashtirilgan o‘quv dasturlari amaliyotga joriy etildi. Buning natijasida amaliyotda o‘quv materiallarining ta’lim bosqichlarida noto‘g‘ri taqsimlanganligi aniqlanib, murakkab deb hisoblangan ayrim mavzular kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari yoshiga xosligi sababli umumiy o‘rta ta’lim dasturidan chiqarildi.

2013-yildan e’tiboran umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan DTSlari va o‘quv dasturlari loyihalari, ta’lim metod va usullari tajriba-sinovdan o‘tmoqda. Bu tajriba-sinovlardan davlat ta’lim standartlarini va o‘quv dasturlarini til kompetensiyalarining xalqaro darajalariga muvofiqlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Tajriba-sinovlar ona tili ta’limida kognitiv-pragmatik usul yetakchilik qilishini taqozo qilmoqda. Buning ham ijobiy, ham mulohazali jihatlari bor. Ijobiy jihati shundaki, kognitiv-pragmatik usul o‘quvchini ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi, mulohazali tomoni esa darsliklarga aloqadordir.

Ma’lumki, darsliklar asosiy uchta – ma’lumot berish, tizimlashtirish, transformatsion vazifalarni bajaradi: bilimlarni tizimli (tizimlashtirish) taqdim qiladi (ma’lumot berish), malaka va ko‘nikmalarni shakllantiradi (transformatsion vazifa) [4]. Darslik o‘quv dasturidagi asosiy tushunchalarni yoritib beradi, bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan mashqlar tizimidan iborat bo‘ladi. Bunga qo‘shimcha, nazariy ma’lumot jadvallar, sxemalar, algoritmlar vositasida taqdim qilinishi, eng muhimi, qoida va ta’riflar misollar bilan izohlanishi kerak. Vaholanki, amaldagi darsliklar induktiv ta’lim usuliga (kognitiv-pragmatik usul bilan ma’nodoshlik xususiyatiga ega) muvofiqlashgan. Tan olish kerak, “Bilib oling”, “Esda tuting” kabi ta’riflarga mos misollarning berilmasligi o‘quvchilarning mavzuni tez va osonlik bilan, ko‘p vaqt sarflamay tushunishlariga monelik qilmoqda.

Darslikda asosiy matnga qo‘shimcha ravishda lisoniy hodisalarning kelib chiqish tarixi, ayrim mashhur tilshunoslar haqidagi ma’lumotlar aks etishi o‘quvchi dunyoqarashini kengaytiradi. Amaldagi ona tili darsliklarida bu e’tiborga olinmagan.

Alohida ta’kidlash o‘rinliki, darsliklarni tahlil qilish asnosida ona tili ta’limida “nimani o‘qitish” masalasi hali to‘la hal qilinmaganligini kuzatish mumkin. Fikrimizni 6-sinf “Ona tili” darsligi yuzasidan tahlillarimiz misolida dalillaymiz.



  1. 17-dars. Yasama so‘zlar uchun berilgan izohda faqat sodda yasama so‘zlar nazarda tutilgan. Qo‘shma so‘zlarning ham yasama so‘zlar hisoblanishini e’tiborga olib qoidani mukammallashtirish zarur [5:21].

2. Ayrim mavzularni o‘zlashtirishda ta’riflardagi ba’zi nomutanosibliklar o‘quvchilarga biroz qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

26-dars. ,,Harakat va holat fe’llari” mavzusida ,,Fe’llar nimani atab kelishiga ko‘ra harakat fe’llari va holat fe’llariga ajratilishi ko‘rsatilgan [5:32] bo‘lsa, 66-darsda fe’llarning ma’noviy guruhlari nutqiy faoliyat, aqliy faoliyat, jismoniy faoliyat va holat fe’llari tarzida 4 guruhga bo‘lingan. Bizningcha, 26-dars va 66-dars uchun materiallar integratsiyalanishi ma’qul bo‘lar edi. Ya’ni fe’llarning harakatni yoki holatni atab kelishi tushuntirilishi jarayonida ularning ma’noviy guruhlari ajratilishi zarur. Masalaning yana bir tomoni shundaki, o‘rta maxsus ta’limda ,,Fe’l va uning uslubiy xususiyatlari” o‘rganilishi jarayonida esa fe’llar qanday harakat va holatni ifodalashiga ko‘ra 9 ta turga bo‘lingan: yumush, tafakkur, sezgi, ruhiy holat, nutq, ishora, jismoniy holat, tabiiy holat, ko‘rish fe’llari kabilar. Ta’limning ikki bosqichidagi nomuvofiqlikni bartaraf qilish zarur.

Fe’l so‘z turkumiga doir atamalarning, tasniflarning 6-sinf darsligida qo‘llanilishi va uning shu bo‘lim o‘rganiladigan o‘rta maxsus ta’lim amaliyotida bo‘lgan darsliklarda berilishi o‘rtasida keskin tafovutlar seziladi.



6-sinf ona tili darsligi

AL uchun “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi

Aniq nisbat

Bosh nisbat (191-b)

Mayl turlari 3 ta

Mayl turlari 4 ta (194-b)

Xuddi shunday chalkashliklar sifat darajalarining o‘rganilishi uchun berilgan materiallarda ham mavjud. 6-sinf “Ona tili” darsligining 124-darsida sifatning 4 xil darajasi (oddiy, qiyosiy, orttirma, ozaytirma darajalar) keltirilgan [5:139] bo‘lsa, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida sifatlarning 3 darajasi ajratiladi (oddiy, orttirma, ozaytirma darajalar) [3].

3. Mashq va topshiriqlarda kamchiliklar mavjud: 153-darsning


3-topshirig‘ida berilgan ravishlarni tub va yasama ravishlar nomi ostida
2 guruhga ajratish so‘ralgan bo‘lib, ravishlar qatorida aslo so‘zi mavjud. Aslo so‘zi 155-darsdagi topshiriqda yana ravishlar qatorida sanalgan [5: 172]. 7-sinf ona tili darsligida (76-dars) esa bu so‘z gap mazmunidagi inkor ma’nosini uqtiruvchi hech, sira, na...na kabi so‘zlar bilan birga keltirilib inkor yuklamalari hisoblanishi qayd etiladi [6:120]. ”O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ham bu so‘z yuklama sifatida izohlangan [9:107].

Nazariy ma’lumotlarning har xilligi o‘quvchilarda ikkilanish paydo qiladi. Shuning uchun amalda qo‘llanilayotgan darsliklardagi bunday nomutanosibliklarni qayta ko‘rib chiqish zaruriyati paydo bo‘lmoqda.

4. 6-sinfda grammatik tahlil tartibi va namunasi mavjud emas. Fan o‘qituvchilari ona tili darslarida grammatik tahlilning ahamiyati va ularning darsliklarga zaruriyatini alohida ta’kidlamoqdalar [8: 7-10].

5. Ilmiy-metodik jurnallarda 6-sinf darsligi yuzasidan tahlillar o‘rin olgan maqolalarda darsliklarda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llashda ilmiy jihatdan xatoliklar kelib chiqishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerakligi ta’kidlanmoqda [7: 8-12]. Darslikda ilmiy bilimlarga asoslangan ma’lumotlar- qoidalar, hukmlar, tasniflar keltirilishini inobatga olish va 6-sinfda morfologiyani o‘rganish jarayonida quyidagi qo‘shimchalar haqida aniq ilmiy xulosa, hukmlarlar chiqarilib o‘quvchiga taqdim qilinishi kerak:

- dek, - day (sifat yasovchi, ravish yasovchi, otlardagi lug‘aviy shakl yasovchi sifatida qarashlar mavjud ); - dagi (otga xos lug‘aviy shakl, yoki sifat yasovchi sifatida qaralmoqda). Barcha ona tili darsliklari matnida mazkur qo‘shimchali so‘zlar mavjud. Biroq ularning qo‘shimchalarning qaysi turiga mansub ekanligi aniqlashtirilmagan.

Tahlillarimizdan shunday xulosaga keldik:



  • 6-sinf darsligida “Bilib oling”, “Esda tuting” ta’riflarida mavzuning murakkabligi e’tiborga olinib, mazmunga mos misollar berilsa;

  • asosiy matnga qo‘shimcha ravishda lisoniy hodisalarning kelib chiqish tarixi, ayrim mashhur tilshunoslar haqidagi ma’lumotlar keltirilsa;

  • ona tili ta’limida “nimani o‘qitish” masalasi to‘la hal qilinib, nazariy talqinlardagi chalkashliklar bartaraf qilinsa;

  • 6-sinfda so‘z tarkibi, so‘z yasalishi, soz turkumlari o‘rganilishi jarayonida grammalik tahlilning ana shu turlari o‘rgatilsa, shuningdek, quyi sath bilan bog‘lanish ta’minlanishi uchun fonetik va leksik tahlil tartibiga ham murojaat qilib turilsa, o‘quvchi tahlillar yordamida egallagan bilimlarini bosqichma-bosqich takrorlab, mustahkamlab boradi.

Darslik o‘quvchi uchun bilim manbasi bo‘lsa, o‘qituvchi uchun o‘quv qo‘llanmasidir. Ijodkor o‘qituvchi darslikdagi mashq va topshiriqlarga o‘zgartirishlar kiritishi, shartlarini kengaytirishi mumkin. Biroq darsliklarda nazariy ma’lumotlar barcha uchun bir xilda taqdim qilinishi, ta’lim bosqichlari o‘rtasida uzviylik ta’minlanishi shart.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqi, 1997-yil 29-avgust // Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1997. – 4-9 b.

  2. Ona tilidan Davlat ta’lim standarti. Uzviylashtirilgan Davlat ta’limi standarti va o‘quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O‘zbek tili. (5-9-sinflar). – Toshkent, 2010.

  3. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 3-nashr (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta`limi o‘quv muassasalari o‘quvchilari uchun darslik)/Mual.: A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, Sh.Yusupova. –T.: Ilmziyo, 2014. -160 b.

  4. Litnevckaya E.I., Bagryanseva V.A. Metodika prepodavaniya russkogo yazika v sredney shkole. –M.: 2006.

  5. Mahmudov N,. Nurmonov A., Sobirov A., Qodirov V. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik. –T.: Ma’naviyat, 2013.

  6. Ona tili: Umumta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik / N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov va boshq. – T.: “Ma’naviyat”, 2013. –160 b.

  7. Mengliyev B., Bahriddinova B. Ona tili ta’limi: uzliksiz ta’lim bosqichlarida chalkashlikka uchramayaptimi? //Til va adabiyot ta’limi jurnali. – T., -2015. - № 2. - B.8-12.

  8. Toshmirzayeva Sh. Ona tili darslarida grammatik tahlilning o‘rni //Til va adabiyot ta’limi jurnali. – T., -2012. - № 3. - B.7-10.

  9. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – T.: "O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – 107 b

  10. G‘ulomov A., Qodirov M. Ona tili o‘qitish metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 2012. 291-b.

Download 51,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish