Qosimova dilorom sobirovna menejment


  O peratsiyalar  tadqiqoti  va  m odellar



Download 8.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/364
Sana17.09.2021
Hajmi8.03 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   364
2.5.  O peratsiyalar  tadqiqoti  va  m odellar
2.6.  M enejm ent  n azariyasi  asosch ilari
2.1.  Q adim gi  am aliyot  —  yan gi  fan
Bu  bob  menejment  tafakkuri  evolyutsiyasining  ta ’rifini  o ‘z  ichi- 
ga  olgan:  menejment  tizimlangan  ilm-fan  va  kasb-hunar  sifatida  shakl- 
lanishidan  a w a i   u  qanday  rivojlanganligini  ko'rsatadigan.  Oldimiz- 
da  turgan  eng  muhim  masalalardan  biri  -   bu  menejmentni  samarali 
qilish  uchun  hech  qanday  universal  usullar  yoki  q a t ’iy  tamoyillar 
yo'qligini  bilishdan  iborat.  Ammo,  shunday  yondashuvlar  mavjud- 
ki,  ular  rahbarlarga  tashkilot  maqsadlarini  samarali  ravishda  amalga 
oshirish  ehtimolini  orttirishga  yordam  beryapti.  Keyinchalik  bayon 
qilingan  yondashuvlarning  har  biri  bizning  boshqaruv  va  tashkilotni 
tushunib  yetishimizga  sezilarli  darajada  hissa  qo'shgan.  S hunday 
qilib,  bu  bobni  keyinchalik  qator  masalalarni  ancha  jiddiy  va  batafsii 
ravishda  ko‘rib  chiqishning  kirish  qismi,  shuningdek,  boshqaruvga 
bo'lgan  qarashlarning  qisqacha  tushunchasi  deb  hisoblash  mumkin.
Agar  tashkilot  muvaffaqiyatga  erishmoqchi  bo‘lsa,  m enejm ent 
funksiyalari  bajarilishi  shart.  M en e jm e n t  amaliyoti  tashkilotlarga 
o 'x s h a sh   eski,  bu  unin g   haqiqatan  ham   qadimiyligini  anglatadi. 
Sanasi  eramizdan  avvalgi  uch  minginchi  yillarni  ko'rsatuvchi  loy- 
dan  qilingan  taxtachalarda  qadimgi  S hum erning  savdo-sotiqqa  oid 
bitimlari  va  qonunlari  t o ‘g ‘risida  m a ’lum otlar  yozilg^n,  bu  u  yerda 
m e n e j m e n t   a m a liy o ti  m a v ju d   b o ‘l g a n l i g i n i n g   an iq   isb o tid ir. 
Arxeologik  qazilmalarga  qarab  bundan  ham  qadimiyroq  tashkilot- 
lar  mavjud  bo'lganligini,  hatto  qadimda  insonlar  tashkillangan  gu- 
ruhlar  bo‘lib  yashaganligini  bilsa  bo'ladi.
21


Ammo,  qadimda  m enejm enti  mavjud  bo'lgan  tashkilotlar  maz- 
kur  kitobda  yoritilganlardan  katta  farq  qiiadi.  M en e jm e n t  faoliyat- 
ning  m ustaqil  sohasi  sifatida  faqatgina  yigirmanchi  asrda  tan  olin- 
gan.  Keyinroq,  biz  qisman  b o ‘lsa-da,  buning  sabablarini  yoritishga 
harakat  qilamiz.  Hozir  esa,  tashkilotlarning  rivojlanishi  va  ularni 
b o sh q a rish   tarixi  h aqida,  u iar  q ad im d a   q a n d a y   bo'lg an lik larin i 
ko'rsatish  uchun  qisqacha  t o ‘xtalib  o'tam iz.
Qadimda  yirik  tashkilotlarning  vujudga  kelishi  ular  m enejm ent 
darajalarini  a jra ta   olish  m u m k in   b o 'lg a n   ra sm iy   tu z i l m a g a   ega 
bo'lganliklarini  aniq  ko'rsatadi.  Bobil  osm a  bog'lari,  M a c h u   Pik- 
chu  ink  shahri  va  M isr  piramidalari  faqat  muvofiqlashtirilgan,  tash- 
killangan  boshqarish  natijasida  paydo  bo'lgan.
Iso  tu g 'ilis h id a n   an c h a   oldin  yirik  siyosiy  ta s h k ilo tla r  h am  
m avjud  bo'lgan.  B uyuk  Iskandar  davrida  ular  M akedoniya,  Fors, 
keyinroq  Rimdan  Osiyo  va  Yevropagacha  yoyilgan.  Bu  tashkilot­
lar  rahbarlari  -   qirollar  va  generallar  edi.  Albatta,  mavjud  bo ‘lgan 
tashkilotlar  faoliyatini  t a ’m inla shga  yordam   bergan  leytenantlar, 
g'alla  omborlari  asrovchilari,  podachilar va  ish  nazoratchilari,  hudud- 
lar  gubernatorlari  va  g ‘aznachilar  ham  bo'lgan.
Yillar  o ‘tdi,  b a ’zi  bir  tashkilotlarni  boshqarish  ancha  aniqlasha 
boshladi  va  m urakkablashdi,  tashkilotlarning  o ‘zi  esa,  borgan  sari 
kuchli  va  borgan  sari  barqaror  b o ‘la  boshladi.  B unga  yuzlab  yillar 
mavjud  bo ‘lgan  Rim  imperiyasi  yaxshi  misol  b o iadi.  General  va 
ofitserlardan  iborat  aniq  boshqaruv  tuzilmasiga,  armiyalarining  di- 
viziyalarga  bo'linishiga,  rejalashtirishga  va  intizomga  ega  bo'lgan 
Rim  legionlari,  yomon  tashkillangan  Yevropa  mamlakatlari,  0 ‘rta 
Sharq  davlatlari  ustidan  g'alabali  yurish  bilan  o'tdi.  Bosib  olingan 
hududlar  Rimga  bo'y singan  generallar  boshqaruviga  berilgan,  Rim 
bilan  aloqani  tezlashtirish  uchun  yo'llar  qurilgan.  Aloqa  (biz  buni 
keyinroq  batafsil  ko'rib  chiqamiz)  bu  tashkilot  muvaffaqiyatining 
en g   m uhim   tarkibiy  qismidir.  Hozir  ham   ayrim  joylarda  ishlatila- 
y o t g a n   m a s h h u r   y o i l a r   i m p e r a to r   foydasiga  soliq  va  to 'lo v la r 
yig‘ishga  yordam  bergan.  U ndan  ham   muhimi,  ag a r  mahalliy  aholi 
yoki  mahalliy  m a ’m uriyat  rim  boshqaruviga  qarshi  bosh  ko'tarsa, 
yaxshi  yo'llar  m am lakat  ichida  joylashgan  legionlarga  chetda  joy- 
lashgan  provinsiyalar  bilan  tezda  b o g ‘lanishga  imkon  bergan.
22


Zamonaviy  m enejm ent  ko'rinishlarining  deyarli  h am m a  turlari, 
shakllarini  ular  bilan  s h u g 'u lla n g a n   qadimgi  yirik  tashkilotlarda 
ko'rishimiz  mumkin,  ammo,  u m um an  olganda,  u  vaqtdagi  m enej­
m e ntning  xarakteri  va  tuzilmasi  bugungidan  farqlanadi.  Masalan, 
rahbarlar  va  norahbarlar  orasidagi  mutanosiblik,  o‘rta  bo‘g ‘indagi 
rahbarlar  kamroq  bo'lgan.  Oldingi  tashkilotlar  muhim  qarorlarning 
deyarli  barchasini  o‘zlari  qabul  qiladigan  yuqori  bo ‘g ‘indagi  rah- 
barlarning  kam  sonli  guruhlariga  ega  bo'lishiga  intilganlar.  Rah- 
barlik,  ko'pincha,  bir  odam  tomonidan  amalga  oshirilar  edi,  bu  bir 
aktyor  teatriga  o'x shar  edi.  Agar  m enejm entning  yuqori  darajasi- 
dagi  shaxs  (bu,  deyarli  ham m a  vaqtda,  erkak  kishi  bo'lgan)  Yuliy 
Sezar  yoki  Adrian  kabi  yaxshi  lider  va  hukm dor  bo‘lsa,  unda  h am ­
m a  narsa  birmuncha  silliq  o‘tar  edi.  Hokimiyatga  N eronga  o ‘xshash 
noshud  rahbar  kelganda,  hayot  zim-ziyoga  aylanishi  mumkin  edi.

Download 8.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat