QO’shrabot tuman xtb ga qarashli 34-umumta’lim maktabining matematika fani o’qituvchisi erkaboyeva zavraning



Download 21,31 Kb.
Sana16.02.2020
Hajmi21,31 Kb.
#39889
Bog'liq
Kvadrat tenglama(dars ishlanma)

QO’SHRABOT TUMAN XTB GA QARASHLI

34-UMUMTA’LIM MAKTABINING

MATEMATIKA FANI O’QITUVCHISI

ERKABOYEVA ZAVRANING

1 SOATLIK

DARS ISHLANMASI

Mavzu: Kvadrat tenglamalaning ildizlarini topish formulalari. diskriminant.

O’qituvchi: Erkaboyeva Z.

SAMARQAND 2020.

Nazariy va amaliy mashg’ulotlar dars rejasi

Sinf

8

Sana

18.02.2020

O’quv fanining nomi: Algebra

Mavzu nomi: mavzu: Kvadrat tenglama mavzusiga doir masalalar yechish.

Darsning maqsadlari:

a) ta’limiy: Mavzu bo’yicha olingan nazariy bilimlarni misol va masalalar yechishga qo’llash.

b) tarbiyaviy: O’quvchilarni topqirlikka va hozirjavoblikka o’rgata borish.

v) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikr bildirish, xulosa qilish va muammolarni o’zlari hal qila olishga o’rgata borish.

Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:

1. Kvadrat tenglama haqida nazariy bilimlarga ega bo’lish;

2. Kvadrat tenglamalarga doir misol va masalalarni yecha bilish.

Ta’lim metodlari: Nazariy va amaliy.

Ta’lim vositalari:O’zaro savol javob.

Baholash mezonlari: 5 – ballik tizimda

Axborot manbalari va texnik vositalari: Vedioproektor, doska, 8-sinf algebra darsligi.

Dolzarblashtirish: Mavzuni dolzarbligi hozirgi vaqtda test tayyorgarligida o’tilgan mavzularni mustahkamlash, ularga doir yangi masalalarni yechishda qo’llash, mustaqil ishlarni bajarishda o’tilgan mavzulardan to’g’ri foydalanish.

Yangi tushuncha va hatti-harakat usullarini shakllantirish: oldindan mavjud tushunchalarni yanada mustahkamlash hamda yangi tushunchalarni rivojlantirish. Bunda asosiy muammo formulalarni farqlay olish va ularni test jarayonida to’g’ri foydalanish.

Darsga ajratilgan vaqt miqdori 40 minut

Uyga vazifa: O’tilgan mavzu yuzasidan misollar yechib kelish(375-misol).

O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchi

I bosqich

Tashkiliy qism (2 daq)

1.1 O’quvchilar bilan salomlashish

1.2 O’quvchilarning davomati, ularni va sinfni mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish

1.3 Darsning maqsadi, rejalashtirilgan o’quv natijalari e’lon qilinadi


Tinglaydilar

Tinglaydilar



2-bosqich

Asosiy bosqich

(35 daqiqa)

2.1 O’quvchilardan uyga vazifani og’zaki savol javoblar orqali so’rash.

2.2. O’tilgan mavzu yuzasidan misol va masalalar yechish.

2.3. Fan miqiyosida bajariladigan uslubiy va tashkiliy ishlar xususiyatlarini tushuntirish

2.4. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtirish



O’quvchilar bilimini faollashtirish

2.5. O’quvchilar bilimini tezkor-savol-javob yordamida faollashtiradi. Javoblarni qabul qiladi, ular asosida yechiladigan misol va masalalar bo’yicha ma’lumotlar berishga o’tadi



Yangi o’quv material bayoni

2.6.Slaydlarni Power point tartibida namoyish va sharhlash bilan mavzu bo’yicha asosiy bilimlarni o’rgatish

2.7. Jalb qiluvchi savollar beradi

2.8. Mavzu har bir qismi bo’yicha xulosalanadi

2.9. Ma’lumotlarini daftariga qayd etishni eslatadi


Individual tarzda og’zaki savollarga javob beradilar

Tinglaydilar va yozib oladilar

Yozib oladilar

Savollarga javob beradilar




3-bosqich

Yakuniy

(3 daq.)

Mashg’ulot yakuni:

3.1. Mavzu yakunlanadi, bajarilgan ishlarni kelgusida kasbiy faoliyatiga muhim ahamiyatga ega ekanligiga o’quvchilar e’tiborini qaratadilar



Uyga vazifa berilishi

24-paragraf bo’yicha berilgan masalalarni yechish.



Diqqat qiladilar

Topshiriqni yozadilar



Kvadrat tenglamalaning ildizlarini topish formulalari. Diskriminant.

Dastlab o’quvchilar bilan o’tilgan mavzu yuzasidan quyidagi savollar asosida og’zaki savol javob o’tkaziladi:



1. Kvadrat tenglama deb nimaga aytiladi?

2. kvadrat tenglamaning koeffitsiyentlarini toping.

3. Agar kvadrat tenglamaning koeffitsiyentlari berilgan bo’lsa, kvadrat tenglama ko’rinishini tuzing.

4. Chala kvadrat tenglamaning ko’rinishlarini ayting.

5. Kvadrat tenglamaning diskriminanti nimaga teng?

6. Kvadrat tenglamaning ildizlarini topish formulasini ayting.

7. Kvadrat tenglamaning haqiqiy ildizlari soni qanday shart bajarilganda bitta bo’ladi?

8. Kvadrat tenglamaning haqiqiy ildizlari soni qanday shart bajarilganda ikkita bo’ladi?

9. Qanday shart bajarilganda kvadrat tenglamaning haqiqiy ildizlari soni bo’lmaydi?

10. Kvadrat tenglamaning ildizlaridan biri qanday shart bajarilganda nolga teng bo’ladi?

11. Kvadrat tenglamaning ildizlari qanday shart bajarilganda qarama-qarshi sonlar bo’ladi?

Endi diqqatimizni quyidagi testlarga qaratamiz:



1. “Al-jabr” so’zining ma’nosi to’g’ri keltirilgan javobni belgilang.

A) “Ro’para qo’yish” B) “To’ldirish, tiklash” C) “Hisoblayman” D) “Muqobil”



2. Bir xil masofani o’quvchilardan biri soatda, ikkinchisi esa soatda bosib o’tdi. Ushbu masofani o’quvchilarning qaysi biri tezroq bosib o’tdi?

A) Birinchi o’quvchi B) Ikkinchi o’quvchi

C) Ikkalasi ham bir xil vaqtda bosib o’tgan D) Aniqlab bo’lmaydi

3. Quyidagilardan qaysi biri Al-Xorazmiyning asari hisoblanadi?

A) “Aylana haqida risola” B) “Hisob al-hind”

C) “Qonuni Ma’sudiy” D) “Arifmetika kaliti”

4. Olim 6 ta urinishdan 4 tasini, Kamol esa 12 ta urinishdan 8 tasini nishonga tekkizdi. Ularning qaysi biri merganroq?

A) Olim B) Kamol C) Ikkalasiniki bir xil D) Hisoblab bo’lmaydi



5. “Val-muqobala” so’zining ma’nosi to’g’ri keltirilgan javobni belgilang.

A) “Ro’para qo’yish” B) “To’ldirish, tiklash” C) “Hisoblayman” D) “Muqobil”



6. Anvar tug’ilgan kunida do’kondan kg konfet, kg pechenye va kg marmelad sotib oldi. U qaysi shirinlikni ko’proq yaxshi ko’radi?

A) Pechenyeni B) Konfetni C) Marmeladni D) Konfet va Marmeladni



Biz kvadrat tenglamaning diskriminanti va ildizlari quyidagi formula orqali topilishi bilan tanishgan edik:

Endi quyidagi misollar yechimi bilan tanishamiz:



365-misol. Kvadrat tenglamani yeching:



Yechimi.

1) Dastlab kvadrat tenglama koeffitsiyentlarini aniqlaymiz:

2) Kvadrat tenglama diskriminantini topamiz: .

3) Kvadrat tenglama diskriminanti musbat, demak, ushbu kvadrat tenglama 2 ta haqiqiy ildizga ega. Ularni topamiz:



Demak, bu tenglamaning ildizlari ga teng.



369-misol. Quyidagi tenglamalarni yechmasdan ularning nechta ildizga ega bo’lishini aniqlang:



Yechimi.

Berilgan kvadrat tenglamalar diskriminantlarini hisoblaymiz. Ma’lumki, agar bo’lsa, ikkita haqiqiy yechim, bo’lsa, ikkita o’zaro teng haqiqiy yechim mavjud, bo’lsa, haqiqiy yechimlarga ega bo’lmaydi.

  1. . Demak, ikkita haqiqiy yechimga ega.

  2. . Demak, ikkita o’zaro teng haqiqiy yechimlarga ega.

  3. Demak, kvadrat tenglama haqiqiy yechimlarga ega emas.

O’quvchilar mavsu yuzasidan doskada misollar ishlashadi.

Endi o’quvchilar bilan birgalikda quyidagi masalalar yechiladi:



1-masala. Shaxmat musobaqasida har bir ishtirokchi qolganlari bilan bir martadan o’ynadi. Hammasi bo’lib 91 ta o’yin o’ynalgan bo’lsa, musobaqada necha nafar o’quvchi qatnashgan?

Yechimi.

Agar musobaqada ta ishtirokchi qatnashgan bo’lsa, jami o’ynalgan o’yinlar soni quyidagi formula orqali topiladi: .

Masala shartiga ko’ra, jami o’yinlar soni 91 ta bo’lgani uchun:

Bundan esa kvadrat tenglamaga kelamiz. Ushbu kvadrat tenglama ildizlari 14 va -13 ga teng. musbat son bo’lganligi tufayli,



2-masala. Kema daryo oqimi bo’yicha 69 km masofaga borib, 34 km orqasiga qaytish uchun 5 soat vaqt sarfladi. Oqim tezligi soatiga 3 km bo’lsa, kemaning turg’un suvdagi tezligini toping.

Yechimi.

Kemaning turg’un suvdagi tezligini deb belgilab olsak, uning oqim bo’ylab tezligi , oqimga qarshi tezligi esa ga teng bo’ladi. U holda berilgan masalaga mos tenglama quyidagicha bo’ladi:





Ushbu tenglama esa kvadrat tenglamaga keladi. Ushbu kvadrat tenglama ildizlari 20 va ga teng. ildiz kvadrat tenglamani qanoatlantiradi, lekin bu holda kemaning oqimga qarshi tezligi manfiy qiymatga teng bo’ladi. Demak, ga teng.

O’quvchilarga uy vazifasi sifatida 367- va 368-misollar beriladi.
Download 21,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish