Qonun korrupsiyaga qarshi kurashishda eng samarali qurol Reja



Download 19,7 Kb.
Sana04.04.2022
Hajmi19,7 Kb.
#527047
Bog'liq
Men korrupsiyaga qarshiman, insho


Qonun korrupsiyaga qarshi kurashishda eng samarali qurol
Reja:

  1. Nafs g’olib yurakda insoniylik bo’lmaydi.

  2. Korrupsiya – kelajakka tahdid.

  3. “Korrupsiyasiz soha” – umidbaxsh yo’l.

  4. Gar qanoat birla bo’lsang barqaror,

Bo’lmagaysan dunyoda hech xor -u zor.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha a’zolari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, ta’bir joiz bo’lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o’z oldimizga qo’ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz”. ( Sh. M. Mirziyoyev)



Alloh odam naslidan ulug’roq bo’lgan farishtalarni nurdan yaratdi. Ularga aql va ilm berdi. Biroq nafs bermadi. Nafs lazzatini, ya’ni yemoq-ichmoq, oila qurmoq… kabilarni bermadi. Alloh Odam zotidan past jonivorlarga ham xuddi insondagiday ko’z-quloq, oyoq-qo’l, o’pka-jigar, yurak berdi. Bu jonivorlarga nafs ham berdi, ammo aql va ilm bermadi. Nafs uchun ularda javobgarlik yo’q. Nafs ular uchun faqat tiriklik manbai. Ulardagi nafs hukmronligi chegaralangan: sigir qo’yni burdalab tashlashga qodir kuchga ega bo’lsa-da, bu ishni qilmaydi, chunki uning nafsi go’sht talab qilmaydi. Insonning nafs borasida hayvonlardan ulug’ligi o’z nafsini idora va tarbiya qilish kuchiga ega bo’lishi bilan belgilanadi. Odam atrofini o’rab turgan tanishlari orasida dushmanim bor, degan shubhada yuradi. Holbuki, odamning eng zo’r dushmani – o’z nafsidir. Kishi tirik ekan, nafsi bilan kurashda mag’lub bo’lmasligi kerak. Nafs shunday g’animki, manmanlik va qaysarlik uning shioridir. Kibr-u havo uning doimiy hamrohidir.
Bu ikki ko’z odamzodga balodir,
Qo’ya bersang to’ydim, demay oladir.
Oxir borib tuproq bilan to’ladir,
Kel qo’y, debon nafsing tiysang bo’lmasmi?!
Insondagi nafs tuyg’usining amalda namoyon bo’luvchi turlaridan biri bu – korrupsiyadir. Korrupsiya jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to’sqinlik qiladi, hayot hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Ta’kidlab o’tish o’rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag’al bo’lishidan qat’i nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo’yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo’lsa-da, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Korrupsiya, birinchidan jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etmay qolmaydi. Ikkinchidan, fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi, o’z haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishini ko’paytiradi. Uchinchidan, siyosiy institutlar, jamoat tashkilotlari shaklan demokratik mezon, g’arb andozasiga o’xshasa-da, mazmun-mohiyatiga ko’ra zamon talabidan ortda qolmoqda, bu kamchilik esa oldinga siljishga xalaqit beradi.
Korrupsiayning tarixiy o’zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo’lish uchun qabila sardorlariga sovg’alar berish odatidan kelib chiqqan, deb taxmin qilinadi. O’sha davrlarda bu odatiy holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlatning markazlashuvi korrupsiyaning jamiyat rivojlanishiga katta to’siq ekanligini ko’rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarda, ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo’rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro’siga juda qattiq putur yetkazardi.
Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo’rligi qattiq qoralanadi. Jumladan, Qur’oni Karimda: “Boshqalarning mulkini nohaq yo’l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo’lgan narsalarni olish uchun o’z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar”, deyilgan. Aytish joizki, korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxo’rlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga minba’d chek qo’yish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarur. Korrupsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushungan, uni ongli ravishda idrok etgan odam bu jinoyatga qo’l urmaydi.
Korrupsiya global yechimlarni talab qiladigan global muammodir. Davlatimizda esa bu muammoni yechish uchun qaratilgan yana bir qadam oldinga tashlanmoqda. Ya’ni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning farmonlari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Ushbu agentlik davlat boshqaruvi organi sifatida faqatgina Prezidentga bo’ysunadi va Oliy Majlis oldida hisobot beradi. Hisobot berganda ham faoliyati bo’yicha emas, balki umuman O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish holati bo’yicha hisobot beradi. Shu ma’noda olib qaraganda, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini mustaqil soha deb ayta olamiz.
Ko’pchilik “korrupsiya” deganda faqat pul vositasida ishni bitirish, munosabatlarning moddiy manfaat asosida qurilganligini tushunadi. Bu, albatta, noto’g’ri yondashuv emas. Lekin atrofimizda, jamiyatimizda ko’zga ilg’anmas korrupsiya holatlari kuzatiladi. Masalan, tanish-bilishchilik, mahalliychilik qilib, o’z yaqinlarini ishga joylab qo’yish, hayotimizni saqlab qolgan shifokorlarga “hadya” berish, a’lo baholarga harakat qilish natijasida o’qituvchiga mulozamat ko’rsatish va boshqa shu kabi xatti-harakatlar ham korrupsiyadir. Chunki davlat hisobidan maosh oladigan mansabdor shaxslarning boshqa birovdan nimanidir, ya’ni moddiy narsa talab qilishi – qonunga zid holatdir. To’g’ri, yurtimizda korrupsiyadan xoli soha mavjud emas. Bunga qonundagi ayrim joylarning o’zi guvohlik berib turadi. Korrupsion holatlarni butkul yengib bo’lmasa ham ba’zi bir sohalarni bu kabi zararli illatlardan tozalash mumkin. Buning uchun dastlab, qonun va hujjatlarni qayta ko’zdan kechirish kerak, korrupsiyaga moyil sohalar doirasini tuzib, ularni o’zaro o’rganib, chiqish kerak hamda moliyaviy masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim. Avvalo, har qanday shaxs o’z ishiga mas’uliyat bilan yondashsa, berilgan vazifani o’z vaqtida bajarsa, qiladigan ishining natijasini o’ylasa hamda atrofdagi siyosiy jarayonlarga nisbatan irodasi kuchli bo’lsa, jamiyatimizda bu illatga qarshi sezilarli darajada kurashilgan bo’ladi. Har qanday muammoning yechimi kishining o’ziga bog’liq.
Jamiyatda ustuvor soha – ta’lim tizimida tahsil oladigan o’smirlar, yoshlar ongida bunday illatlarga qarshi immunitet hosil qilish muamosi dolzarbdir. “Jamiyatda poraxo’rlik illatini yengib bo’lmaydi”, degan fikr yoshlar ongida shakllanib qolgani eng katta kamchilik. Bu borada o’nglanish siljish qilmasak, millatimiz obro’siga korrupsiya illati soya solib turaveradi. Toki biz oilada, bog’chada, maktabda yosh avlod ongiga, ruhiyatiga tamagirlik, poraxo’rlik yomon illatgina emas, balki u jamiyatimiz tanazzuli, iqtisodiyotimiz orqaga ketishi sababi ekanligi haqida ko’proq tarbiyaviy va targ’ibot ishlarini olib bormasak, maqsad-muddaoga erisha olish qiyin kechadi.
Yoshlarni o’qitishdan maqsad – kelgusida ularni yetuk kadr qilib kamolga yetkazish, ularning g’ayrat-shijoati, fidoyiligi bilan jamiyatni tobora rivojlantirib borishdir. Xo’sh, ularning ong-u shuurini ta’lim muassasasidayoq korrupsiya balosi o’z domiga torta boshlasa… keyin nima bo’ladi? Halol-pok hayotni tasavvur etolmaydigan yoshlar bilan yangi O’zbekistonning rivojlanishini ta’minlab bo’lishi dargumon.
Ta’n olish kerak, bugun talabalarning aksariyati jamiyat hayotini porasiz tasavvur etolmaydigan darajada shakllanmoqda. Ochig’i, jamiyat kushandasi sanalmish bu illatni tag tomiri bilan sug’urib tashlashga qodirmiz. O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida”gi qonuni va davlatimiz rahbarining “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida oliy ta’lim tizimini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasidagi fikrlar o’rtaga tashlangani bejiz emas. Bugungi qalbi uyg’oq talaba-yoshlar ham bu sa’y-harakatlarga befarq emas. Ko’pdan quyon qochib qutulmas, deganlaridek, shu tariqa korrupsiya balosiga barham berilishiga umid qilsa bo’ladi.
Odamzodga sabr gar ko’ringay zahar,
Chidam nihoyasi jonga bo’lgay shakar.
Korrupsiya paydo bo’lishi va rivoji mazkur mamlakatning taraqqiyotiga zimdan to’sqinlik qiladi hamda davlatning olib borayotgan islohotlariga qarshilik ko’rsatadi. Korrupsiya illatiga qul bo’lgan amaldorlar davlatning, jamiyatning, xalqning bildirgan ishonchini suiiste’mol qilib, o’z manfaatlarini xalq va davlat manfaatlaridan ustun qo’yadilar. Bu esa davrlar siyosatining o’sha amaldorlar boshqarayotgan bo’g’inida ish sifatining buzilishiga olib keladi. Natijada, butun bir jamiyat zarar ko’radi. Korrupsiya davlatni nafaqat moddiy, balki ma’naviy-axloqiy jihatdan ham yemirib, xalq va davlat o’rtasida ishonchsizlik deya atalmish ulkan chegaraning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Bu esa xalq o’rtasida Vatanga daxldorlik va kelajakka ishonch tuyg’ularining so’nishiga olib keladi.
O’zbek xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor shunday degan edi: “O’g’ri kechasi yo’lingizni to’sib, cho’ntagingizga qo’l soladi, oladi-yu, qochib ketadi. Poraxo’r kuppa-kunduz kuni, yana hukumat idorasida o’tirib cho’ntagingizga qo’l soladi, pulingizni oladi-yu, jinoyatga sizni ham sherik qiladi”.
Muxtasar aytganda, korrupsiya – taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid soluvchi xavfli jinoyat. Bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi bo’lishi zarur. Korrupsiya illatini zanjir deb bilsak, bizning vazifamiz o'sha zanjirni nafaqat topish, balki uni uzib tashlashdir. Shundagina biz ushbu illatni bartaraf etgan bo’lamiz. Bu foniy dunyoda kimni ko’rdingizki, orttirgan boyligini o’zi bilan olib keta olgan?! Shunday ekan, o’zimizdan mansab, boylik, obro’ emas, balki yaxshi nom qoldiraylik!
Kel, ey asrdoshim, ko’zlaringni och,
G’aflatdan, razolatdan tezlik bilan qoch.
Tikanlarga burkamaylik shunday bo’stonni,
Korrupsiyasiz quraylik yangi O’zbekistonni!


Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili yo’nalishi 2-bosqich talabasi Laziza Boboxo’jayeva

Download 19,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish