Qitish metodikasi fanidan ma



Download 114.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.11.2019
Hajmi114.11 Kb.

 

 

 

GIMNASTIKA  VA UNI   O”QITISH  METODIKASI  FANIDAN 

 

 

MA”RUZA   MATNI 

 

 

MAVZU :   :  

"

 

Gimnastika taraqqiyotining tarixiy tavsifi" 

 

 

TUZUVCHILAR   :        O”QITUVCHILAR         

 

T. HAMRAQULOV 

 

 I.  RO’ZIMATOV 

 

 

 

 

 

 

 

Qo’qon  -2010  yil 

 

 

 

 

 

  Ma'ruza : Gimnastika taraqqiyotining tarixiy tavsifi 

 

Reja : 1. Gimnastikaning  vujudga  kelishi. 



            2. Yangi  davr gimnastikasi. 

            3. Milliy gimnastika  tizimlarining  vujudga  kelishi.  : 

                a) Nemis gimnastika tizimi  ; 

                b) Shved   gimnastika tizimi ; 

                v)  Fransuz gimnastika tizimi  ; 

                g) Sokol ( lochinlar) gimnastika tizimi  ; 

            4. Gimnastikaning taraqqiyoti. 

  

 



 

Gimnastikaning  vujudga kelishi. 

 

                  Jismoniy  tarbiya  vositasi    sifatida  gimnastika    uzoq  vaqt  mabonida 



rivojlanib  kelgan.  Uning  qaror  topishi  ijtimoiy  tizim  o'zgarishi  bilan    odam  

xaqidagi     fanning  rivojlanishi  bilan.   

                  Shuningdek urish qilish usullarining  o'zgarishi  bilan  bog'lik bo'lgan. 

Bular  gimnastikaning  mazmunan  o'zgarishga  uning  o'qitish  metodikasi  xatto 

mashqlarni    bajarish  texnikasining  o'zgarishiga  xam  muxim  ta'sir  ko'rsatdi.XVIII-

XIX  asrlardan  gimnastika    tizimiga      kirgan  ayrim  mashqlar qadimgi Rimda xamda 

bir  qancha  G'arbiy  Yevropa  mamlakatlaridagi  o'rta  asrlar  davridayoq  xarbiy-

ijtimliy  tayyorgarlik  ko'rishda  qo'llanilgan  edi.  Yog'och  "ot"  (  kon)  da  parvonda 

xiylariga  xujum  qilishni  o'rgatishda  qo'llaniladigan  boshqa  inshotlardagi  mashqlar 

shular  jumlasiga  kiradi.    Akrobatik  mashqlar  va  arqon  ustidagi  mashqlarni 

darbadarlikda yurgan  artistlar  namoish qilardilar.  O'rgatish  davrdagi  gumanistlar   

yoshlarni  xar  yoqlama  tarbiyalashga  katta  axamiyat  bera  boshladilar.  Gimnastika 

mashg'ulotlarini  ular  insonning  sog'lig'ini  mustaxkamlash  va  jismoniy  kuchni 

rivojlantirishning  eng yaxshi vositasi deb bilardilar. 

 

Yangi davr gimnastikasi 

 

             Ya.A.Kamenskiyning    asarlari  va  uning    didaktik  prinsiplari  tizimi    XVIII 



asr    pedagogika  klassiklari  Jan-Jak  Russo  (1712-1778)  va  ayniqsa  Pestalossi  ( 

1746-1827)  dunyokarashlarining  taraqqiyotiga  yordam  berdi.  Bularning    jismoniy 

tarbiya  soxasidagi  xizmatlari  shundan  iboratki,  ular  gimnastikaning    chinakam 

tiklanishiga  turtki  berdilar.  Russo  jismoniy  mashqlar    inson  tanasining 

mustaxkamlaydi  va  tapoaydi,  kuch  va  xarakat  imkoniyatlarining  rivojlanishi  uchun 

kerakli  sharoit  yaratib  beradi,  yashash  uchun  tayyorlaydi,  aqliy  komol  topishga 

xamda  salomatligini  mustaxkamlashga    yordam  beradi  deb    xisoblagan  Russo, 

Pestalossi va boshqa o'ta zamon pedagogikasi arboblarining pedagogik g'oyalari   



G'arbiy    Yevropa    mamlakatlarining  burjua  ziyolilari  tomonidan  qo'lab-kuvvatlar 

edi.  XVIII    asrning  70  yillarida    ayrim    shaxarlarda  yangi  tipdagi  maktablar  - 

filantropinlar  tuzila  boshlandi,  bu  maktablarda  nemis  milliy  gimnastikasi  yuzaga 

kela  boshladi.  

                 Fit  (  1763-1836)  va  Guts-Mutslar  (  1759-1839  yillar)    filantropinlardagi 

gimnastikaning  eng  mashxur  raxbarlari  edilar.  Fit  "uch  tomlik  asarida  gimnastika 

xaqidagi"  nazariy  va  amaliy  ma'lumotlarni  bayon  qilib  bergan.  U  mashg'ulotlardan 

maqsad  salomatlikni  mustaxkamlash  kuch  va  xarakat  tezligini  rivojlantirish, 

komatining  chiroyli  bo'lishiga  erishish,  aqliy  rivojlanish    va  psixik  faoliyatiga 

ko'mak  berishdir  deb  xisoblar  edi.  Fit  o'z  asarida  bir    qancha  qimmatli  metodik 

ko'rsatmalar  berdiki,  ular  xanuzchaga  axamiyatini  yo'qotmagan.  XVIII  asr 

oxirlariga    kelib  yangi  zamon  gimnastikasining  nazariy  asoslari  ko'zga  tashlana 

boshladi. 

 

Milliy gimnastika tizimlarining vujudga kelishi 

 

                 Milliy  gimnastika  tizimlarining  yaratilishi  XIX    asr  boshlariga  to'g'ri 



keladi  bu  ijtimoiy  talablar  oqibati  edi.  Urush  qilish  usullari  bir  vaqtda  xarakat 

qilishni  buyruqlarning  aniq  bajarilishini,  jang    maydonida  saflanishlarni  va 

xaqozolarni  talab  qilar  edi.  Usha  vaqt  pedagoglari  va  vrachlariga  gimnastika 

yoshlarni  jismoniy  tarbiyalashning  birdan-bir to'g'ri metodi bo'lib ko'rinlar   

edi. 

                  XIX    asrlarning  birinchi  yarmiga  kelib  gimnastika  taraqqiyotida  uchta 



yo'nalish ko'zga tashlana  boshladi : 

-  gigienik  yo'nalish  (  gimnastika  odamning  salomatligini  mustaxkamlash  va 

jismoniy  kuchni  rivojlantirish  vositasi xisoblanadi)  ; 

-  atletik  yo'nalish  (  gimnastika  murakkab  mashqlari  shu  jumladan  gimnastika 

inshootlarida  bajariladigan  mashqlarni  qo'lanish  yo'li  bilan  odamning  xarakat 

imkoniyatini  rivojlantirish  vositasi deb xisoblanardi); 

-  amaliy  yo'nalish  (  gimnastika  urushda uchraydigan turli to'siqlardan oshib o'tishni 

soldatlarga  o'rgatish vositasi deb xisoblanardi ). 

 

                      Nemis  gimnastikka  tizimi    Napoleon  ko'shinlar  Prussiyani  egallab 



turgan  davrda tarkib topa boshladi. 

                    Fit  Yan  (  1778-1852)  gimnastikadan  mamlakatni  yuosqinchilardan 

ozod  qilish  maqsadida  yoshlarga  xarbiy  tayyorgarlik  berish  uchun  foydalanishiga 

intildi.  Gimnastika  inshoatidagi  mashqlar  va  xarbiy  o'yinlar  bu  tizimning  asosini 

tashkil  qilar  edi.  

                   A.Shpiss  (  1810-1858)    nemislar  turnirini      maktabda  o'qitishga 

moslashtirdi  va  dars  sxemasini  tuzib  chiqdi.Birok  bu  bolalar  tashabbusini  bug'ib 

qo'yar,  ularning  individual  qobiliyatlarining  o'sishiga  xalaqit  berar,  eng  muximi, 

o'sha  vaqtdagi tibbiy va pedagogik fanlardagi  ko'pgina fikirlarga  to'g'ri kelmas   

edi.  Ana  shu  kamchiliklar  juda  ko'p  e'tirozlarga  sabab  bo'ldi.  Bular    orasida  eng 

asosli e'tirozlardan  biri  P.F. Lesgaftning e'tirozlari  edi. 

 


  

 

Shved   gimnastika  tizimi 

 

                             Shved    gimnastika    tizimi  nemis  gimnastikasi  bilan  ketma-ket 



paydo  bo'lgan.  Unda  gigiena  yo'nalishi  yaxshi  ishlab  chiqilgan  edi.  P.Ling  (  1776-

1839)  gimnastikani  XIX    asrning  birinchi  yarmida  Daniyada  o'rgana  boshladi. 

Usha  vaqtlarda  gimnastika  yoyilganligi  jixatidan  Daniya  G'arbiy  Yevropadagi 

ilg'or  mamlakatlardan  biri  edi.  1813  yilda  P. Lingning tashabbusi bilan Stokgolmda 

maxsus  institut  ochildi.  P.Ling  u  yerda  o'zining  jismoniy  tarbiya  metod  va 

vositalarini  qo'lladi.  U  kishi  badaniy  mustaxkamlaydigan    va  komol  toptiradigan 

mashqlardan  foydalanish  kerak  deb  xisoblanardi.  Ammo  u gimnastikani pedagogik  

axamiyatini  xisobga  olmagan  edi.  Uning  o'g'li  Ya.Ling  (  1800-1886  yillar)  otasi 

boshlagan   ishni  davom etirib dars sxemasini ishlab  chiqdi. 

                     Shved gimnastika darsi ka'tiy tartibda biri-ketin keladigan 16-qismdan 

iborat sxemaga binoan tuzilgan  edi. 

                     Fransuz  gimnastika  tizimi  asosan  xarbiy  amaliy  yo'nalishida  bo'lib 

shved  tizimi  bilan  deyarli  bir  vaqtda  shakillandi.  Fransiyada  gimnastika  tizimini 

yaratgan  kishi  Amoros  (  1770-1848  yillar)  bo'ldi.  U  A.V  Suvorovning  xarbiy 

jismoniy  tayyorlov  tizimi  bilan  tanish  bo'lib  bundan  o'z  tizimini  yaratishda 

foydalandi.  Xayotda  va  xarbiy  jarayonida  zarur  bo'lgan  ko'nikmalar  orttirishga 

yordam  beradigan  mashqlar  to'siqlar  qo'yilgan  ochiq  joyda  yurish  va  yugurish, 

asloxa-anjomlar  bilan  turli  xolatlarda    sakrash,  yukni  yoki  "yaradorni"  joydan-

joyga  ko'tarib  o'tish  suzish  va    shung'ish,    kurash  tutish  uloqtirish  ,  o'q  otish, 

kilichbozlik  va govozdonlik mashqlarini  u eng yaxshi mashqlar deb xisoblar edi. 

                Dars  vaqtida  Amoros  muayan  sxemaga  rioya  kilmagan.  U  ko'yidagi 

umumiy  prinsiplarni  belgilab  olgan  edi  xolos  :  mashqlar  shug'ullanuvchilarga 

tushunarli  va  mumkin  qadar sodda bo'lishi kerak bo'lgan.  

               Ularni  birin-ketin  yengildan  qiyincha,  soddadan  murakkabga  o'ta  borib 

bajarish  kerak bo'lgan.  

               Mashg'ulotlarda 

o'quvuchilarning 

individual 

xususiyatlari 

xisobga 


olinishi  kerak  bo'lgan  Fransuz  gimnastikasi  mashqlari  rus  armiyasida  qo'llanilar 

edi. 


 

Sokol ( lochinlar) gimnastika tizimi 

 

                   Mazkur    tizim  Avstriya,  Vengriya  sostavida  bo'lgan  slavyan 



xalqlarining  milliy  ozodlik  kurashiga  aloqador  tarzda  XIX  asr  o'rtalarida  yuzaga 

keldi.  Chexiyada "lochinlar  xarakati"  paydo bo'lib.  

                 Lochinlar  gimnastika  sistemasi  tuzila  boshlandi.  O'z  vatanini  Avstriya 

zulmidan  ozod  qilishiga    natilgan.  Vatanparvarlik  kayfiyatidagi  liberal  burjuaziya 

vakili  Praga  universitetining  estetika  va  sa'nat  tarixi  professori  M.  Tirsh  (  1832-

1884 yillar)   bu tizimni  asoschisi bo'lib. 

                  Lochinlar  gimnastika  tizimi  mazmun  jixatidan  nemis  gimnastika 

tizimiga  yaqin edi, ammo uning  o'ziga xos xususiyatlari  bor edi. 



                      Tirsh 

barcha 


xolat 

va 


xarakatlar 

ijrochilarning 

xam 

tomoshabinlarning  xam  ruxini  ko'tarish,  quvonch  va  estetik  xavq  uyg'otadigan 



shaklda  bo'lishiga  intilgan  edi.  Lochinlar  bir  xildagi  mashqlarni  bexisob  takrorlash 

o'rniga  turt  xarakat  kombinasiyalarini  kiritdilar.  1862  yildan  boshlab  esa 

gimnastika  musobaqalari  maxsus  ishlab  chiqilgan  qoidalarga  binoan  o'tkaziladigan 

bo'ldi. 


 

Gimnastikaning taraqqiyoti 

 

           Zikir  etilgan  tizimlarda  sinfiy  xarakter  va  milliy  an'analar  aks  etilgan.  XIX 

asr  oxirlarida  ilmiy  asoslangan  qo'yidagi    dastlabki  tizimlar  rossiyada  P.F.  Lesgaft 

(  1837-1909  yillar)  tizimi  Fransiyada  J.Demsni  (  1850-1917  yy.)  fiziolog  va 

pedagog  tizimi  paydo  bo'la  boshladi.  J.Demsni  jismoniy  tarbiyaga  oid  asar  e'lon  

qildi.  U  mashqlar  statik  emas  balki    dinamik  bo'lishi,  to'la  amplitudada  bajarilishi, 

shaklan  nafis  bo'lishi  kerak  deb  xisoblar  edi.  Demsni  salomatlikni  mustaxkamlash 

gavda tuzilishi  va xarakatlarning  nafisligiga  erishishni,  kishining  chaqqonligi va   

irodaviy 

xislatlarini 

rivojlantirishni. 

Jismoniy 

tarbiyaning 

vazifasidir 

deb 

xisoblangan.XIX  asr  oxirlarida  va  XX    asr  boshlarida  gimnastikaning    yangi turlari 



paydo  bo'ldi,  jumladan  badiiy  va  ritmik  gimnastikaning  yangi  turlari  tashkil  topdi, 

tibbiyotning  soxalaridan  biri    bo'lib  qolgan  davolash gimnastikasi, ko'proq gigienik 

yo'nalishida  bo'lgan  individual  gimnastika  tizimi  (  Myullerning    "  Mening 

tizimim",  Saidovning  "Gantelli  gimnastikasi",  Porshekning,  Anoxining  "Individual 



gimnastika  tizimi  va xoqazo) keng qo'lanildi. 

 

Download 114.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati