Qisqacha annotatsiya



Download 21,66 Kb.
Sana22.09.2021
Hajmi21,66 Kb.
#181515
Bog'liq
Oltin Orda maqola


Oltin O`rda hunarmandchiligida Xorazm

madaniyatining elementlari


Qisqacha annotatsiya: Qadimgi Xorazm madaniyati judayam qadimiy bo`lib, hozirgacha undan judayam ko`plab davlatlar foydalanib kelishyapti. Uning madaniyatida ko`zga ko`ringan elementlar judayam kop bo`lib undan foydalanish xalqlar orasida deyarli odat tusiga kirib qolgan. Quyidagi maqolada Oltin O`rda xonligining hunarmandchiligida Xorazm xalqi madaniyatining qo`llanilishi haqida gap ketadi.
Kalit so`zlar: Xorazm xalqi, Oltin O`rda, hunarmandchilik, Botuxon, Jo`jixon.
Xorazm - O’rta Osiyo hududidagi eng qadimiy davlatlardan biri bo’lib, aholisi o’troq va ko’chmanchi qabilalardan iborat bo’lgan. Uning hududi Amudaryoning quyi qismidan janubga tomon Murg’ob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha cho’zilgan.

U haqdagi ilk ma’lumotlar “Avesto”, birinchi Doroning Bihistun tosh bitiklari, qadimgi yunon mualliflari, arab geograflarining asarlarida uchraydi. “Avesto”ning “Yasht” qismida Xorazm “Ming irmoqli daryo”, “Ko’llar va o’tloqlarga boy o’lka” sifatida madh etiladi.

Abu Rayhon Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida shunday yozadi: “Xorazmliklar Xorazmga odamlar joylasha boshlaganidan tarix olar edilar. Bu Iskandardan 980 yil ilgari bo’lgan edi. Undan keyin Siyovush ibn Kaykovusning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning naslining Xorazmga podshohlik qilishlaridan tarix oldilar. Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga ko’chib, turk podshohlari (ustidan) hukmronligini yurgizgan edi. Bu voqea Xorazmga odam joylashishidan 92 yil keyin bo’ldi”.

Demak, 3 ming yil oldin ham Xorazmda turkiy qabilalar yashagan va davlat tizimi bo’lgan. Miloddan avvalgi ming yillik boshlariga aloqador “Amirobod madaniyati”, quyi Amudaryo havzasidagi sun’iy sug’orish inshootlari tizimi (Gerodot qadimda Oks (Amu) daryosi bo’ylab 360 dan ziyod sun’iy sug’orish inshootlari barpo etilganligini yozadi) hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo’lgan shahar-qal’alar - Qal’aliqir, Ko’zaliqir, Jonbosqal’a va boshqalar Xorazm vohasidagi qadimiy davlatchilik belgilaridir.

Xorazm tarixini chuqur o’rgangan mashhur rus olimi S.P.Tolstov “Qadimgi Xorazm” kitobida antik Xorazm tarixini to’rt davrga bo’ladi:
1. Uy-joy devorlari bo’lgan shahriston madaniyati (miloddan avvalgi VI-IV asrlar)
2. Qanqa (Qang) madaniyati (miloddan avvalgi IV asr – milodiy asr)
3. Kushonlar madaniyati (milodiy II – II asrlar)
4. Kushon-Afrig’ o’tish madaniyati (milodiy IV-V asrlar)
Bu davrlarga oid Amudaryoning o’ng sohilida 250 dan ziyod, so’l sohilida 60 ta qadimiy shahar va qishloqlar o’rni topilgan. Qanqaqal’a, Qo’shqal’a, Tuproqqal’a, Jingilja, Toshxirmon singari qal’a va istehkomlar o’rni bunga misol bo’la oladi.
OLTIN OʻRDA, Joʻji ulusi — 13-asrning 40-yillari boshida Joʻjixonning oʻgʻli Botuxon (1238—1255) tomonidan asos solingan davlat. 1224-y. Joʻji ulusi Xorazm, Shimoliy Kavkazdan iborat edi. 1236—40 yillarlarda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulgʻorlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, Gʻarbiy Sibir, Oltin Oʻrdaga qoʻshib olindi. Rus knyazlari Oltin Oʻrdaga qaram boʻlib, xiroj toʻlab turganlar. Rus manbalarida bu davlat Oltin Oʻrda, Sharq manbalarida Joʻji ulusi deb atalgan. Oltin Oʻrda markazi Botuxon davrida Quyi Volgada, Saroy Botu edi. Berkaxon (1255—66) davrida Saroy Berkaga koʻchirildi. Oltin Oʻrda oldin moʻgʻul qooniga qaram boʻlib, Botuning inisi Berka davrida mustaqillikka erishdi. Saroy Botu, Saroy Berka, Urganch, Sudak, Qofa (Feodosiya), Azoq savdo markazlari edi.

Oltin O'rda tarixiy-geografik va etnik tamoyillarini belgilashda tarixiy adabiyotda mavjud bo'lgan terminologiyaga aniqlik kiritish kerak. "Mo'g'ul-tatarlar" iborasi rus tarixshunosligida XIX asrda paydo bo'lgan. Dastlab, "tatarlar" - XII-XIII asrlar oxirida birlashgan mo'g'ul tilida gaplashuvchi qabilalardan biri. Temujin (Temujin, keyinchalik Chingizxon). Chingizxonning bir qator yurishlaridan so'ng, XIII - XIV asrlarda xitoy, arab, fors, rus va g'arbiy Yevropa manbalarida "tatarlar" chaqirildi. U birlashtirgan va unga bo'ysundirgan barcha ko'chmanchi qabilalar (shu jumladan no'g'il bo'lmagan). Bu davrda Yevroosiyoda bir qancha davlatlar vujudga keldi, ularda mo'g'ullar tashkiliy va etakchi asosni tashkil etdilar. Ular o'zlarining ismlarini - mo'g'ullarni saqlab qoldilar, ammo atrofdagi xalqlar ularni tatar deb atashda davom etdilar. Oltin O'rda mavjud bo'lgan davrda uning etnik asosi - turkiyzabon Polovtsi tomonidan assimilyatsiya qilingan mo'g'ullar – rus xronikalarida faqat tatarlar deb atalgan. Bundan tashqari, uning hududida bir necha yangi turkiyzabon xalqlar paydo bo'ldi, ular vaqt o'tishi bilan "tatarlar" etnonimini o'z nomi sifatida qabul qildilar: Volga tatarlari, Qrim tatarlari, Sibir tatarlari.

"Uluchi Juchi" nomi bilan ("Batu ulusi", "Berke ulusi" va boshqalar) davlat sharqiy manbalarda ma'lum bo'lgan, ruslarda "O'rda" deb atalgan ("Oltin O'rda" atamasi yilnomalarda faqat ikkinchi asrda paydo bo'lgan). XVI asrning yarmi. davlat yo'qolgandan keyin). Jochixon Batning o'g'li ulusining hududini kengaytirishga muvaffaq bo'ldi. Fathlar natijasida, 1236-yil kuzidan – 1241-yil bahorigacha Polovtsiya ko'chmanchilari, Volga Bolgariyasi va rus knyazliklarining ko'p qismi zabt etildi va vayron qilindi. Shundan so'ng, mo'g'ullar Vengriya hududiga bostirib kirishdi va u yerda bir qator g'alabalarni qo'lga kiritishdi, mag'lub bo'lishdi va Adriatik dengizi sohillariga yetib kelishdi. Muvaffaqiyatlarga qaramay, hozirgi paytda Botuxonning qo'shinlari sezilarli darajada zaiflashdi, bu uning 1243-yilga kelib Qoradengiz cho'llariga qaytishining asosiy sababi edi. Shu paytdan boshlab yangi davlat paydo bo'ladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, barcha xalqlarning o`z hunarmandchilik an`analari o`z madaniyati bo`ladi. Bir xalqning an`analaridan boshqa bir xalqning foydalanishi esa ushbu xalq madaniyatini judayam yaxshi va hamma tan olganligidan dalolat beradi.




Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. O`zbekistonning yangi tarixi. 1-jild. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T., “Sharq”, 2000 yil.

  2. Shoniyozov K. O`zbek xalqining shakllanish jarayoni. T., 2001 yil

Download 21,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish