Qaysi sharoitlarda huquqqa qarshi xarakatlar hisblanadi


Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish



Download 19.28 Kb.
bet4/4
Sana28.09.2021
Hajmi19.28 Kb.
1   2   3   4

Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish 


Jinoyat kodeksining 40-moddasida, shaxsning buyruq yoki boshqa, farmoyishni, shuningdek, mansab 
vazifalarini qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan bo'lsa, jinoyat, deb topilmaydi, deb ko'rsatilgan. 
Buyruq deganda, muayyan hokimiyat organi, tashkilot, korxona, idora boshlig'ining o'z vakolatlari doirasida 
muayyan bir harakatni bajarish yoki bajarmaslik to'g'risida (yozma yoki og'zaki) buyruq berishi tushuniladi. Buyruq 
vakolatli shaxsning ijro etish majburiyati yuklangan shaxsga bergan ma'lum bir harakat (harakatsizlik)ni bajarish 
haqidagi qonun va qonunosti aktlarga asoslangan talabidir. Aynan shu ta'rif buyruqni boshqa ta'sir choralari - iltimos
ishontirish, majburlovdan ajratib turadi. 
Buyruq bilan birga «tavsiyalar», «farmoyishlar» va «farmonlar» ham berilishi mumkin. Bular masalalarni hal 
qilish, ularni qabul qilish vakolatiga ega bo'lgan shaxsning huquqiy maqomi bo'yicha o'zaro farqlanadi. Bu aktlarning 
asosiy umumiy jihati - ularning ijro etish majburiyati yuklangan shaxs tomonidan bajarilishidir 
Qonun tomonidan buyruq yoki boshqa farmoyishlarning shakli aniq belgilanmagan bo'lib, ular yozma, og'zaki 
yoki namoyish-korona (konklyudent) shaklda bo'lishi, shuningdek, texnik aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin. 
Lekin ayrim hollarda buyruqning faqat yozma shaklda bo'lishi talab qilinadi. Bunday talablarga rioya etilmasligi uning 
haqiqiy emas, deb topilishiga sabab bo'ladi. 
Boshqa farmoyishlarga ta'rif berishda shuni inobatga olish lozimki, farmoyishlar berish usullari unchalik 
ahamiyat kasb etmaydi. Buyruq yoki boshqa farmoyishlar, agar ular boshliqning vakolati doirasidan chiqmagan bo'lsa, 
ijro etilishi majburiydir. 
Buyruq yoki boshqa farmoyishlardan farqli ravishda xizmat majburiyatlari mansab vakolatiga qarab 
hodimlardan bajarilishi talab qilinadigan funksional majburiyatlar doirasini o'zida aks etadi. O'zbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga ko'ra, xizmat majburiyatlari ish beruvchi va xodim o'rtasidagi mehnat shartnomasida belgilangan yozma 
shaklda bo'lishi kerak. Aks holda, ular g'ayri-qonuniy, deb hisoblanishi mumkin. Bundan tashqari, farmoyishlar va 
boshqaruv aktlari belgilangan mazmunda qabul qilinishi, ya'ni qonun talablariga mos holda tuzilishi kerak. 
Buyruq yoki boshqa farmoyishni ijro etish huquqiylik shartlariga mos kelgan taqdirda qilmishning jinoiyligini 
istisno qiluvchi holat, deb topilishi mumkin. Buyruq, farmoyish yoki boshqa xizmat majburiyatlari Jinoyat kodeksidagi 
talablarga zid bo'lmagan harakat yoki harakatsizlik orqali bajarilishi kerak. Aks holda, bunday harakat yoki 
harakatsizlik mustaqil jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinadi. 
Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat