Qashqadaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi



Download 28.08 Kb.
Sana28.11.2020
Hajmi28.08 Kb.

Qashqadaryo vohasi shaharlari urbanizatsiyasi

1.     Kitob qaysi davrlarda poytaxt shahar bo‘lgan?

2.     Kesh tarixiga oid haqida arxeologik ma'lumotlar qayerlarda uchraydi?

3.     O‘rta asrlarda Shahrisabz shahri tuzilishi haqida ma’lumot bering.

4.     Qamaytepa qayerda joylashgan?

5.     Amir Temur va temuriylar davrida Shahrisabz shahri qanday mavqega ega bo‘lgan?

6.     Yerqo‘rg‘on me’moriy yodgorligi haqida ma’lumot bering.

7.     Shulluktepa qanday joy nomi va u qayerda joylashgan?

  Kesh Kish (Kitob)- Hozirgi Kitob shahridan g‘arbda, Zarafshon tizmasidan oqib keluvchi SHo‘robsoy bo‘yida Podayotoqtepa, Uzunqir va Sangirtepa nomli yirik arxeologik yodgorliklar majmuasi mavjud. Bu yodgorliklar mil.avv. VIII-VII asrlarda shakllangan qadimiy Keshning bizning kunlargacha yetib kelgan xarobalaridir.

Aleksandr Makedonskiyning tarixchilari Qashqadaryo vohasidagi Nautaka va Ksenippa nomi bilan atalgan viloyatlarni tilga olishgan. M.YE.Massonning fikricha Nautaka - bu Qarshi vohasida, Ksenippa esa yuqori Qashqadaryoda joylashgan. S.K.Kabanov va A.S.Sagdullayev esa M.YE.Masson fikriga qarama-qarshi fikrni bildiradi.

Yaqinda shimoliy Afg‘onistondan mol terisiga bitilgan maktub topilgan. Maktub mil.avv. 330-320 yillarda, Baqtr satrapi (hokimi) tomonidan uning o‘z qo‘li ostidagi Xulm (Baqtr (Balx)dan 50 km masofada joylashgan Toshqo‘rg‘on ) degan shaharcha boshqaruvchisi Bagavantaga yuborilgan. Unda Nikshapaya va Kishsh shaharlaridagi mudofaa inshootlari qurilishini nazorat qilish uchun askar yuborish buyurilgan . Xatda Nikshapaya (Naxshab) va Kish (Kesh) shaharlari nazarda tutilganligiga biron-bir shubha yo‘q.

Mil.avv. III-II asrlarda Kish (Kesh) tanazzulga uchraydi va shahar hozirgi Kitob shahridagi Qalandartepa o‘rnida qayta qad rostlaydi. Lekin dissertatsiyada bu shaharning qadimgi va ilk o‘rta asrlar davri tarixi to‘g‘risida chuqurroq to‘xtalishni lozim topmadik. Shahar bu yerda IX-X asrlargacha faoliyat ko‘rsatadi. Lekin u hozirgi Shahrisabz o‘rniga qaysi asrda ko‘chganligi masalasi uzoq yillar davomida tarix va arxeologiya fanlarida muammo bo‘lib keldi.

Х asrda Keshga tashrif buyurgan arab sayyohi Ibn Xavqalning shaharga bergan ta’rificha, «Kesh «kuhandiz», «hisna» va «rabod» dan tashkil topgan. Undan tashqari yana bir shahar «madina» rabod bilan tutashib ketgan. Ichki shahar va kuhandiz xaroba holatda. Aholi tashqi shaharda yashaydi. «Dar al Imara», ya’ni hukumat uyi shahar tashqarisida, rabod esa al Musalla degan joyda joylashgan. Zindon va jome’ masjidi xarobaga aylangan ichki shaharda, bozorlar esa rabodda. Shaharning barcha imoratlari loydan va yog‘ochdan qurilgan. Ichki shahar devorlarida «Bab al Hadid» - Temir darvoza, «Bab Ubaydulloh» - Ubaydulloh darvozasi, «Bab al Qassarin» - Tozalovchilar darvozasi, «Bab al Madina ad Dohila» - Ichki shahar darvozasi. Tashqi shahar devorlarida «Bab al Madina ad Dohila» -Tashqi madina darvozasi va «Bab Barknon» - Barknon darvozalari bor. Barknon Keshga yaqin masofada joylashgan qishloqlardan birining nomi.

Keshning shahar devorlari yaqinidan ikkita daryo oqib o‘tgan. Ulardan biri «Nahr al Qassarin» - Tozalovchilar daryosi nomi bilan atalgan va bu daryo Siyam tog‘laridan boshlanib, Keshning janubiy darvozasi yaqinidan oqib o‘tadi. Manbalarda tilga olingan Musallo masjidi mana shu daryoning narigi tomondagi hududda, «tashqi madina»da bo‘lgan va bu hudud orqali Kesh (Shahrisabz)ga yo‘l o‘tgan. Bu hududda hunarmandlarning mahallalari ham faoliyat ko‘rsatgan. Xullas, Kesh (Kitob) shahri o‘rta asrlarda to‘rt qismdan iborat bo‘lgan. Ikkinchi daryo «Nahr Asrud» nomi bilan ataladi va u Kashkrud rustoqi tomondan oqib keladi. Bu daryo Kitob shahrining shimoliy darvozasi yaqinidan oqib o‘tadi.

Kesh (Kitob) shahri xarobalari arxeologik jihatdan birinchi marta 1949-1950 yillarda S.K.Kabanov tomonidan tadqiqi etilgan va deyarli buzilib ketgan qadimiy shaharning qoldiqlari Qalandartepadan 100 metrlar chamasi g‘arbda joylashgan bo‘lib, o‘sha paytda uning maydoni 7-7,5 ga, shaharchaning umumiy maydoni esa 15 ga bo‘lgan. 1960-1970 yillarda Kitob shahri hududida KATE olimlari tomonidan solingan qirqdan ortiq shurflar ilk o‘rta asrlarga oid Kesh shahri keyingi asrlardagi Kitob bekligi qo‘rg‘oni hududida bo‘lganligini aniqlashga yordam berdi. Shaharning shimoli-g‘arbiy mudofaa devorlari N.I.Krasheninnikova tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, uning qalinligi 7,5 m, devor ichidagi koridorning eni esa 1,25 m bo‘lgan. Bu devorlar ilk antik davrda bunyod etilgan.

O‘rta asrlar sayyohlarining bu ma’lumotlarini to‘laligicha Kitob shahri hududidagi Qalandartepaning geografik xususiyatiga mos keladi. «Nahr al Qassarin» - hozirgi Oqsuv daryosi shaharning janubiy darvozasi yaqinidan, «Nahr Asrud» - Qashqadaryo esa shaharning shimoliy darvozasi yaqinidan oqib o‘tgan. Hozirda Kesh (Kitob) arki bo‘lgan Qalandartepadan Qashqadaryogacha bo‘lgan masofa 2,5 km ekanligini hisobga olsak, «Nahr Asrud» (Qashqadaryo) shaharning shimoliy darvozasidan anchagina nariroqdan oqqan. Yuqorida aytganimizdek, Ibn Havqal Kesh (Kitob) shahri darvozasi deganda daryo yaqinidan o‘tgan “Chim devori” dagi darvozani nazarda tutgan bo‘lsa kerak.

Hozirgi tarix fanidagi muammolardan biri - Kesh shahrining hozirgi Shahrisabz shahri joylashgan hududga qaysi davrda ko‘chganligi masalasidir. Ayrim olimlar Shahrisabz o‘rnidagi shahar - Kesh XI-XII asrlardan boshlab faoliyat ko‘rsatgan, degan fikr bildirsalar, boshqa olimlar fikricha, shahar XIV-asrda paydo bo‘lgan. M.YE.Masson va G.A.Pugachenkova Shahrisabz o‘rnidagi qishloq bu yerda XIII asrdan keyin paydo bo‘lgan, shahar devorlari qurilishi esa Amir Temurning buyrug‘iga asosan 1378-79 yillarda olib borilgan, degan fikrda bo‘lganlar. Kesh (Shahrisabz) shahri xarobalarida 1949-1950 yillarda arxeologik tadqiqotlar olib borgan S.K.Kabanovning ma’lumotiga ko‘ra, Shahrisabz qal’asi ichida o‘sha paytda bir nechta tepaliklar bo‘lgan. Qal’aning janubi-g‘arbiy qismida balandligi 4-5 m, kengligi 50-60 m bo‘lgan ko‘tarma (val) mavjud bo‘lgan va u shahar ichkarisiga, ya’ni shimol tomonga qarab 300 m cho‘zilgan va uning shimoliy qismi qabristonga aylanib ketgan. Undan sharq tomonda yana shunday val bo‘lib, uning balandligi 10 m va uzunligi 60 m bo‘lgan. S.K.Kabanovning xulosasiga ko‘ra, IX-X asrlarda Shahrisabz hududida maydoni 6-7 ga bo‘lgan shahar tipidagi yirik qishloq faoliyat ko‘rsatgan.

SH.S.Kamoliddinovning fikriga ko‘ra, Kesh (Shahrisabz)ning shahar devorlari XI-XII asrlarda, Qoraxoniylar davrida qurilgan bo‘lishi ham mumkin. Ma’lumki, Kesh (Kitob)ning janubi-g‘arbiy darvozalaridan biri Bob Barknon deb atalgan, undan Nasaf va Termizga qarab savdo yo‘li chiqqan. Shu yo‘l ustida shaharga yaqin masofada Barknon qishlog‘i joylashgan. Shahar darvozasi qishloq nomi bilan atalishi bu qishloqning ancha yirik bo‘lganligidan dalolat beradi. Sh.S.Kamoliddinovning fikriga ko‘ra, Barknon hozirgi Shahrisabz o‘rnidagi yirik qishloq bo‘lib, u dastlab Kesh (Kitob)ning «yo‘ldosh shaharchasi» sifatida faoliyat ko‘rsatgan va keyinchalik Shahrisabz Keshi mana shu qishloq asosida shakllangan. Kesh (Kitob)ning inqirozga uchray boshlashi jarayonida bu hududlar uchun kerak bo‘lgan markaz endi unga yaqin masofada, yirik savdo yo‘li ustida joylashgan Barknon qishlog‘iga ko‘cha boshlaydi va u rivojlanib yangi savdo va hunarmandchilik markaziga aylana boradi, XI-XII asrlarda u yerda jome’ masjidi qurilgan. M.YE.Massonning fikricha, IX asrda Shahrisabz shahrini shamoldan janubga qarab kesib o‘tgan bosh ko‘chasining ikki tomonida muntazam rivojlanayotgan o‘rta asr qishlog‘i faoliyat ko‘rsatgan. Bu yo‘l Samarqanddan Balxga ketuvchi yo‘lning muhim qismi bo‘lgan. Mana shu davrda Movarounnahrning yirik shaharlarida musallo - namozgohlar qurilishi boshlangan. Kesh (Kitob) musallosi shahriston va raboddan tashqarida, hokim saroyi yaqinida bo‘lgan.

Kesh-Shahrisabzda ham namozgoh bunyod etilgan. M.YE.Masson va G.A.Pugachenkovalarning fikrlaricha, u XIX asrda faoliyat ko‘rsatgan namozgoh o‘rnida, Kitob darvozasidan (Oqsaroyni qarshisida) 0,5 km shimolda joylashgan Balandtepa atrofida bo‘lgan. Balandtepada esa zardushtiylik ibodatxonasi izlari topilgan. Janubiy Sug‘d hududida dastlabki shaharlarning paydo bo‘lishi ilk temir davriga davriga borib taqaladi. Shundan boshlab o‘lkada shaharsozlik bosqichma-bosqich rivojlanib bordi, antik davrda yuksak darajaga ko‘tarildi. Ilk o‘rta asrlarda yirik shaharlar qatoriga yuzlab yangi-yangi shaharlar qo‘shilib bordi.

O‘rta Osiyoda islom dini to‘la joriy etilgandan so‘ng Janubiy Sug‘d shaharsozligi va qishloqlar me’morchiligi tubdan o‘zgara boshladi. Ilk o‘rta asrlarda asos solingan ko‘plab yirik qal’alar va qishloqlar kengayib shaharlarga aylana bordi. Shaharlarda harbiy va davlat boshqaruvining markazi sifatida yirik, hashamatli sharqona saroylar bunyod etildi. Arab halifalari tomonidan hokimiyatga tortilgan mahalliy tohiriylar sulolasi davrida qisman, somoniylar davrida esa to‘la mahalliy boshqaruv tizimi yaratildi. Bu sulolalar tomonidan tashkil etilgan markazlashgan yirik mustaqil davlat faoliyatida shaharsozlikda, qishloqlar qurilishida, hunarmandchilikda, ilmu-fan, ma’rifat va madaniyat sohalarida yuksak o‘zgarishlar ro‘y berdi. Aynan mana shu paytda ilm, fan va madaniyatning olamshumul taraqqiyotiga - O‘rta asrlar renessansiga tamal toshi qo‘yildi.

Qal’a devorlarida 1963-1964 yillarda ToshDU (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) O‘rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi Qashqadaryo arxeologik-topografik ekspeditsiyasi (KATE) Z.I.Usmanova boshchiligida ilk bora arxeologik qazishmalar olib borilgan. Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mudofaa devorlarining eng baland saqlangan joyi 11-metrni, qalinligi esa 3,5-9 metrni, mudofaa burjlar bilan birgalikdagi qalinligi esa 17,5 metrni tashkil etgan. Devorlarning umumiy uzunligi 5,6 kм bo‘lib, unda jami 70 ta mudofaa burjlari hisobga olingan. Shu davrda shaharning shimoliy Kitob darvozasi yaqinida tadqiqot olib borilgan va qal’a ilk qurilgan davrida uning devori 7-13 sm qalinlikdagi qatlamli paxsadan bunyod etilganligi aniqlangan.

1982 yilda qazishmalar yana davom ettirildi. Arxeolog A. Raimqulov tomonidan Oqsaroy bosh peshtoqining shimol tomonida, Kitob darvozasi yaqinida mudofaa devorlari ko‘ndalangiga kesib o‘rganildi. Kesma toza yer qatlamigacha qazib tushildi. Devorning yuqori qismida 2 m mana shu davrda Oqsaroyning bosh peshtoqidan 25 m janubi-sharqda 2x2 m kenglikda shurf solingan va bu yerda saroy hovlisi sathiga yotqizilgan mozaik pol hamda saroyning tashqi devorlari qoldiqlari aniqlangan.

A.S.Sagullayevning fikriga ko‘ra, IX-XII asrlarda Kesh ark va mustahkamlanmagan shahristondan iborat kichikroq shahar bo‘lib, uning markazi Shahrisabzning janubi-g‘arbiy chetida joylashgan Choshtepa o‘rnida bo‘lgan.

1996 yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan ushbu dissertatsiya muallifi rahbarligida Shahrisabz shahrining markaziy maydonida, Dorussaodat me’moriy majmuasi atrofida, Oqsaroy bosh peshtoqidan o‘rtacha 400 m janubda, bu yerda bunyod etilayotgan favvora va hovuz o‘rnida o‘tkazildi.

2006 yilda Oqsaroy peshtoqidan taxminan 50 m sharq tomonda 25x20 m maydonda qazishmalar o‘tkazildi va yerda solingan transheyada XVII-XVIII asrlarga oid madaniy qatlamlar ostida Qoraxoniylar davriga oid madaniy qatlamlar va kulolchilik idishlari parchalari topildi.

Bu qazishmalarda, 1996 yil qazishma o‘tkazilgan joydan 350-400 m shimolda qoraxoniylar davri oid madaniy qatlamlarining uchrashi bu yerda bu sulola davrida keng maydonni egallagan yirik aholi punkti bo‘lganligini ko‘rsatadi.

2014 yilda Shahrisabz shahrida qurilish va yer qazish, ishlari o‘tkazilayotgan davrdagi tadqiqotlarda shahar dehqon bozoridan 50-55 m sharqda XIV asrning birinchi yarmiga oid hammom qoldiqlari topildi. Inshoot Movarounnahr me’morchiligida X-XI asrlardan boshlab shakllangan.

Yerqo’rg’on ham mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan edi, ma'lum masofada kuzatish minoralari mavjud edi. Bu davrda shaharning 2 ta darvozasi bo‘lgan: birinchisi, shaharning shimoli-sharqida- bu yerdan Zarafshon vodiysiga chiqish mumkin bo‘lgan; ikkinchisi, shaharning janubi-sharqida - bu darvoza Sharqiy Kashkadaryo olib boradigan yulda joylashgan. Arxeologik tadqiqotlarning ma'lumot berishicha, Yerqo’rg’on aholisi asosan ziroatchilik, hunarmandchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. Shuningdek yuqorida tilgan olingan shaharlardan tashkari Marv, Balx, Kuzalikir, Kiziltepo kabi shaharlar bu davrda savdo va hunarmandchilikning muhim markazlari bo‘lgan. Bu davrda ularning hududlarida dastlabki ahamoniylar tangalari - dariklar paydo bo’ladi. Baqtriyada aholining asosiy mashg’uloti dehqonchilik bo‘lgan. Kvint Kursiy Ruf: «Baqtriya tabiati xilma-xildir: bu yerda uzum ko’p va katta hosil beradi, sersuv soylar suvsiz cho’llarni sug’oradi, eng hosildor yerlarda asosan bug’doy ekiladi, boshqalari esa chorva mollari uchun yaylovlarga aylantirilgan. Ammo yerning asosiy qismi- hosilsiz tekislikdir».Bu davrda Baqtriyada tasviriy san'atning rivojlanish darajasini aniqlash uchun Amudaryo xazinasiga kirgan buyumlarni bir bor ko’rish kifoya qiladi.

Shulluktepa Qarshi rayonidagi To‘qmang‘it qishlog‘i yaqinida, Qashqadaryoning so‘l qirg‘og‘ida joylashgan. Bu hududda daryoning keng maydonni egallagan yarim doira shaklidagi qayrilishi bo‘lib, mana shu qayrilish ichida Naxshab-Nasafning arki, shahristoni va rabodi joylashgan.

Shulluktepaning eng baland joyi uning ikki pog‘onali ulkan arki bo‘lib, maydoni 150x80 m va balandligi 28 m. Arkning shimoli-g‘arbiy tomonida uning keskin ko‘tarilgan qismi mavjud, u ham o‘ziga xos tepalik shaklida bo‘lib, arkning asosiy qismidan 13-14 m baland. Arkni hamma tomondan deyarli aylana shaklidagi shahriston o‘rab turadi, shahriston arkdan keng mudofaa xandaklari (rov) bilan ajratilgan. B.D.Kochnevning ma’lumotiga qaraganda, Shulluktepa shahristoni deyarli to‘rtburchak shakliga ega bo‘lib, maydoni 450x350 m (15,7 ga). Uning devorlari qoldiqlarida to‘rtta darvozaning o‘rnini kuzatish mumkin. Lekin hozirgi zamonaviy internet tizimi dasturlari orqali shahristonning uzunchoq aylana shakliga ega ekanligini kuzatish mumkin.

Shahristonni barcha tomondan ulkan rabod o‘rab olgan. Rabodning ustki relyefi asrlar davomida shu atrofda yashovchi aholi pishiq g‘isht kavlash bilan shug‘ullanganligi tamoman o‘zgarib ketgan. Rabod hududi 1980 yillarning o‘rtalarida tamoman tekislab yuborilgan.

Arxeologiya fanida Naxshab shahrining joylashgan o‘rni masalasiga turlicha munosabatlar bo‘lgan. M.Y.Massonning fikricha, qadimiy Naxshab hozirgi Qarshi shahrining janubiy qismida joylashgan Qal’ayi Zohaki Moron o‘rnida bo‘lgan. B .D.Kochnevning fikriga ko‘ra esa, Naxshab hozirgi Shulluktepa o‘rnida faoliyat ko‘rsatgan.

Shulluktepa arkida 1970 yillarda B.D.Kochnev tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalar asosan arkning asosiy tepaligining eng janubiy qismida va arkka sharq tomondan tutashib ketgan tepalikda o‘tkazilgan.

1987 yilda M.H.Isomiddinov boshchiligidagi guruh tomonidan Shulluktepa arkining yuqori pog‘onasi bo‘lmish tepalikda qazishmalar olib borildi.

O‘rta asrlar sayyohlari va jug‘rofiy olimlarining Naxshab-Nasaf to‘g‘risidagi esdaliklarida shahar buzilgan ark-kuhandiz, madina va raboddan iborat ekanligini aytilgan. Bizning Shulluktepa arkida olib borgan tadqiqotlarimiz o‘rta asrlar yozma manbalaridagi ma’lumotlarning to‘g‘ri ekanliklarini isbotlaydi. Ark o‘z faoliyatini ushbu sayyohlar tashrifidan oldinroq, eramizning VIII asri oxirlarida to‘xtatgan.

Sayyohlar o‘zlari ko‘rgan ko‘plab shaharlar arklarini “kuhandiz”, ya’ni buzilgan, vayrona ark mazmuniga ega bo‘lgan atama bilan ataganlar. Al-Muqaddasiy Keshning buzilgan arki to‘g‘risida shunday yozgan - “Kesh katta shahar, unda madina va rabod bor, boshqa, ya’ni rabodga qo‘shilib ketgan madina ichki kuhandizli madina bo‘lib, u buzilgan, tashqi madinada ham aholi yashaydi”.

Qashqadaryo vohasining eng yirik antik shahri Qal’ayi Zohaki Moron arki ham VII-VIII asrlarda kichikroq qasrga aylanib ketadi, X-XII asrlarda ark ustida va atroflarida oddiy aholining turar-joylari bo‘lgan.

Shulluktepa shahristonida olib borilgan arxeologik qazishmalar va qidiruvlar. Shulluktepada ilk qazishmalar 1946 yilda S.K.Kabanov tomonidan, arkning pastki maydonida va shimoliy qismida olib borilgan.

Yodgorlik 1965 yilda Kesh arxeologiya topografiya ekspeditsiyasi (KATE) tomonidan ham o‘rganilgan.

1972 yildan boshlab B.D.Kochnev vohaning o‘rta asrlar shaharlari xarobalari bo‘lgan - Shulluktepa, Tallisortepa, Kofirtepa, Oltintepada bir necha yil davomida arxeologik qazishma ishlari olib borgan. 1972 yilda Shulluktepa shahristonining to‘rtta joyida arxeologik qazishma ishlari o‘tkazilgan.

Shulluktepa shahristonidagi keyingi qazishmalar V.D.Pirin tomonidan amalga oshirilgan. Qazishma Shulluktepa arkidan 120 m sharqda joylashgan bo‘lib, bu yerda sakkizta xona ochib o‘rganilgan. Xonalar shahristondagi mahallalardan birida istiqomat qilgan oddiy aholi turar-joylari qoldiqlaridir. Bu qazishma materiallari ham Nasaf shahristonida aholi shahar hayotining eng so‘nggi damlarigacha, ya’ni mo‘g‘ullar shahar tomonidan vayron etilguniga qadar yashaganligini ko‘rsatadi.

1973 yilda B.D.Kochnev tomonidan shahristonning Qarshi bosh kanali yo‘nalishida arablar istilosiga qadar faoliyat ko‘rsatgan juda mahobatli binoning qoldiqlari topilgan. B.D.Kochnevning taxminiga ko‘ra, bu bino oldida pishiq g‘ishtlardan bunyod etilgan ustunlar va mahobatli ayvon mavjud bo‘lgan.

Shulluktepa shahristonida VIII asrning ikkinchi yarmi - IX asrga oid kulolchilik buyumlari kamroq uchrashi kuzatiladi. Bizning fikrimizcha, bu holat Nasafdan boshlangan Muqanna boshchiligidagi “Oq kiyimliklar” qo‘zg‘oloni davridagi beayov janglar, qo‘zg‘olonning bostirilishi davrida shahar aholisining qirg‘in qilinishi, aholining katta qismi Muqanna ortidan Qashqadaryoning yuqori oqimiga qarab yo‘l olishi oqibatida shahar aholisining keskin kamayishi va shaharning huvillab qolishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.

S.B.Luninaning tadqiqotlari xulosalariga ko‘ra, Kesh vohasi shaharlarining rabodlari hududi amorf holda bo‘lib, ularning aksariyati shahar qoldiqlari relyefida aniq ko‘zga tashlanmaydi va mudofaa devorlari bilan o‘ralmagan. Ayrim shaharlar rabodlari esa mudofaa devorlariga ega. Qamaytepada esa rabod devorlari chimdan ko‘tarilgan. Bizning fikrimizcha, mudofaa devorlari bilan o‘ralmagan rabodlar hududi shahar atrofidagi ekin maydonlari va bog‘-rog‘lar bilan, hatto ayrim qishloqlar bilan ham tutashib ketganlar. Bu holatni Kesh vohasidagi «Chim devori» misolida ham ko‘rish mumkin.

Qashqadaryo vohasida asrlar bo‘yi rivojlangan shahar madaniyati 1219-1220 yillarda O‘rta Osiyo Chingizxon boshliq mo‘g‘ul istilochilari tomonidan bosib olinishi bilan tanazzulga yuz tutdi. Mo‘g‘ullar tomonidan Movarounnahrning yuzlab shaharlari, minglab qishloqlari tamoman vayron etildi va aholining katta qismi qirib yuborildi. Chingizxon va uning avlodlarining istilochilik yurishlari natijasida Osiyo va Sharqiy Yevropada tashkil topgan bag‘oyat ulkan saltanat uning o‘g‘illari davrida to‘rtta ulusga - to‘rtta xonlikka bo‘linib ketdi. Shu tariqa Sharqiy Turkistondan to Buxorogacha bo‘lgan hududda jahongirning to‘ng‘ich o‘g‘li nomi bilan ataluvchi davlat Chig‘atoy ulusi tashkil topdi.

Mo‘g‘ullar bosqini natijasida huvillab qolgan vohalar, butunlay vayronaga aylangan shaharlar va qishloqlar, buzib tashlangan to‘g‘onlar, cho‘l va yaylovga aylangan ekinzorlar Chig‘atoy ulusi xonlari davrida ham deyarli qayta tiklanmadi. Chunki mo‘g‘ullar istilosi davrida Movarounnahr xalqlarining yarmidan ko‘prog‘i qirib yuborilgan, aholining hunarmand qismi Mo‘g‘ulistonga haydab ketilgan edi.

Chig‘atoy ulusining inqirozini to‘xtatishga birinchi marta chinakamiga amaliy ish bilan kirishgan xon Kepakxon ibn Duvoxon bo‘ldi. 1318 yilda taxtga o‘tirgan Kepakxon Chig‘atoy ulusining siyosiy va iqtisodiy inqirozini va uning sabablarini juda yaxshi anglab yetadi va uning oldini olish uchun kerak bo‘lgan ko‘plab islohotlarni, shu jumaladan o‘zining mashhur pul islohotini amalga oshiradi. Davr Kepakxonga siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, ularning natijalaridan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turish, qolaversa davlat miqyosidagi ko‘chmanchilikdan voz kechish uchun muqim qarorgoh kerakligini taqozo qilayotgan edi.

Kepakxon 1318 yildan boshlab o‘zining qarorgohi va Chig‘atoy ulusining yangi poytaxti - Qarshi qal’asini qurishga va unga ulus oliy hokimiyati - xon o‘rdasini joylashtirdi. Qarshi qal’asini qurilishi Kepakxon tomonidan mo‘g‘ullarning azaliy turmush tarzi bo‘lgan ko‘chmanchilikka qarshi chiqish edi.

Qarshi qal’asi - Chig‘atoy ulusi xoni Kepakxonning qarorgohi sifatida 1318-1326 yillar orasida qurilgan. Qal’a Nasaf shahri xarobalaridan 9 km janubi-sharqda, Qashqadaryoning so‘l sohilidan 2 km masofada joylashgan. Qarshi qal’asi xarobalari 1966 yilda M.YE.Masson boshliq Kesh arxeologik topografik ekspeditsiyasi (KATE) olimlari tomonidan mufassal tadqiq etilgan, shaharning qal’a sifatidagi tarxi tiklangan, mahalliy qariyalarning ma’lumotlari asosida qal’a atrofida mavjud bo‘lgan qadimgi ariqlarning yo‘nalishlari, xullas Qarshi qal’asining tarixiy topografiyasi aniqlangan. M.YE.Massonning ma’lumotlariga ko‘ra, qal’a 4,5 metr qalinlikda paxsadan urilgan mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, tomonlari 630x630 metrni, umumiy maydoni 40 gektarni tashkil etadi. Mudofaa devorlarining tashqi yuzalari burjlar bilan mustahkamlangan, lekin bu burjlar ko‘proq kontrfors vazifasini bajarganlar. To‘rt tomonida to‘rtta darvoza ham bunyod etilgan. Bu darvozalar keyingi davrlarda Tutak, Sharshara, Qarliqxona va Xiyobon kabi nomlar bilan yuritilgan.

Chig‘atoy ulusi faoliyati davrida Qarshi qal’asi ichida uning dastlabki qurilishlaridan tashqari biron-bir imorat qurilmagan bo‘lsa kerak, qolaversa ulus hokimiyati Zanjir Saroyga ko‘chgandan keyin Qarshiga e’tibor susaygan. Lekin Chig‘atoy ulusining so‘nggi yillaridagina Qarshi qal’asida ilk qurilishlar va ta’mirlash ishlari boshlanadi va ular yosh sarkarda Amir Temur tomonidan olib boriladi. Amir Temurning Movarounnahr hukmronligi uchun olib borgan harakatlarida Qarshi qal’asi katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Amir Temur hukmronlikka erishgandan keyin o‘zining tug‘ilgan maskani Kesh-Shahrisabzda jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan imoratlar barpo qilishi barobarida, Qarshiga ham e’tibor bilan qaragan. Bu davrda bu yerda jome’ masjidi, hammom va boshqa ko‘plab imoratlar bunyod etilgan. Mana shu davrdan boshlab Qarshi qal’asi ichida o‘troq aholining turar-joylari qurila boshlangan bo‘lsa kerak. Amir Temur davrida qurilgan masjid xarobalari biz tomonimizdan shahar markazidagi Odina masjidi tagidan topilgan.

Qarshi shahrining tarixiy topografiyasi Chig‘atoylar davrining boshqa bir yodgorligi, Qarshi qal’asidan o‘n yilcha keyin bunyod etilgan Zanjir Saroyga qiyoslangan holda A.A.Raimqulov va D.Sultonovalar tomonidan tadqiq qilingan. Qarshi qal’asining dastlabki me’moriy xususiyatlarini Zanjir Saroy planirovkasi misolida tasavvur qilishimiz mumkin.

Zanjir Saroy- Qozonxon Sulton tomonidan Zanjir Saroyga asos solinishi, uning bunyod etilishi tarixi juda qiziq va u to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chig‘atoy ulusi xonlarining siyosati va XIV asrning siyosiy voqealari bilan bog‘lanib ketadi. Qozonxon Sulton faoliyatining ahamiyatli tomoni shundaki, bu xon Ili daryosi vodiysiga olib ketilgan ulus o‘rdasini qaytadan Qashqadaryo vohasiga olib keladi va o‘rdaning yangi qarorgohi sifatida Zanjir Saroyni bunyod ettiradi.

Qozonxon Sulton o‘z shaxsiy tabiatiga ko‘ra o‘ta shavqatsiz va serg‘azab podshoh bo‘lganligi o‘sha davr tarixchilari tomonidan alohida ta’kidlangan. Qozonxon o‘z hukmronligi davrida juda ko‘plab amirlarni va saroy ayonlarini shafqatsiz ravishda o‘limga buyurgan va bu hol unga Chig‘atoy ulusida katta-katta dushman guruhlarining shakllanishiga olib keldi. Ulusining chuqur inqirozi ham Qozonxon Sultonga o‘ta qattiqqo‘llik bilan siyosat olib borishni taqozo qilgan bo‘lsa ajab emas. Xonning bu siyosati bu davrga kelib o‘zini o‘nglab olgan, katta boylikka va mahalliy aholining hayrhohligiga ega bo‘lgan turkiy aslzodalarning qattiq qarshiligiga sabab bo‘ldi. Ular Amir Qozag‘on boshchiligida xonga qarshi ikki marta isyon ko‘taradilar va shunday isyonlarning birida 1346-1347 yillarda Qozonxon Sulton o‘ldiriladi.

Zanjir Saroy Qashqadaryo viloyati Muborak rayoni markazidan 5-6 chaqirim masofada, Ko‘hna shahar qishlog‘ining g‘arb tomonida joylashgan. Yodgorlik dastlab qashqadaryolik olimlar Poyon Ravshanov va Jumaqul Qurbonovlar tomonidan topilgan.

Nushiravon Odil qal’asi - Zanjir Saroyning maydoni 16 gektar bo‘lib, kvadrat shaklida, tomonlari 400x400 m uzunlikdagi mahobatli mudofaa devori bilan o‘rab olingan. To‘rt tomonida to‘rtta darvozaning o‘rni bor. Qal’aning har bir tomonida sakkiztadan mudofaa burjlari mavjud. Lekin bu burjlar biron-bir harbiy yoki mudofaa xususiyatiga ega bo‘lmasdan, qal’aning mahobatini ko‘rsatuvchi va qal’a devorlarini mustahkamligini ushlab turuvchi kontrfors vazifasini bajargan. Qal’aning markazida tomonlari 75x70 m balandligi 2-2,5 m bo‘lgan tepalik mavjud.

1993-1995 yillarda Zanjir Saroy olib borilgan keng qamrovli arxeologik qazishmalar natijasida markaziy tepalik pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan mahobatli saroyning xarobalari ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shunisi qiziqki, Chingizxonning qarorgohi Qoraqurum (Xara-xorin) ham aynan Zanjir Saroy kabi kvadrat shaklda qurilgan, tomonlari 400x400 m bo‘lgan mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan, to‘rtta tomonida to‘rtta darvozasi va markazida xon saroyi qad rostlagan.

Naxshab, Nasaf nomlari Qashqadaryoning quyi oqimidagi viloyat nomini aks ettirsalarda, bu nomlar alohida olingan shaharlar nomlarini ham namoyon etadilar. Shu bilan birga, Naxshab, Nasaf nomlari quyi Qashqadaryo vohasining markaziy shaharlarida kechgan shaharsozlik madaniyatining ikkita bosqichini o‘zida mujassam etgan va bizning kunlargacha Yerqo‘rg‘on va Shulluktepa kabi yirik arxeologik yodgorliklarni ham aks ettiradilar.

Naxshab nomi Qarshi vohasining eng yirik va qadimgi markazi nomidir. Naxshab, shu bilan birga olimlar o‘rtasida Qashqadaryo vohasidagi qadimiy shaharlar nomlari to‘g‘risida turlicha fikrlar va qarashlar mavjud bo‘lib keldi. Bu shaharlar nomlari Aleksandr Makedonskiyning Sug‘dga yurishidan keyin paydo bo‘lgan. Aleksandr bilan birga kelgan yunon tarixchilari Qashqadaryo vohasidagi Nautaka va Ksenippa nomi bilan atalgan hududlarni tilga olishadi. Bu shaharlar nomimi, yoki viloyatlarmi? Bu to‘g‘rida fanda uzoq yillar davomida turlicha qarama-qarshi fikrlar, taxminlar, farazlar hukm surdi. M.YE.Massonning fikriga ko‘ra Nautaka - bu Qarshi vohasining yunon tarixchilari tomonidan nomlangan qadimgi nomi bo‘lsa, Ksenippa esa yuqori Qashqadaryoda joylashgan va keyinchalik Kesh viloyati nomini olgan tarixiy hudud nomi. Qashqadaryo vohasida uzoq yillar arxeologik qazishmalar olib borgan boshqa bir tadqiqotchi S.K.Kabanov M.YE.Masson fikriga qarama-qarshi fikrni oldinga suradi . Shuning barobarida shaharlar va vohalar nomlari yunon va xitoy manbalari ma’lumotlari bilan ham aralashib ketdi, ular olimlar tomonidan Ksenippa, Nautaka, Nashebo, Nashebolo, Bolo va hokazo nomlar bilan ataldilar. Yaqinda Afg‘onistonning shimoliy hududlaridan topilgan qadimiy bir hujjat mana shu tortishuvlarga nuqta qo‘ydi.

Bu shahar Nikshapaya (keyingi asrlarda uning nomi Nikshapa yoki Nikshap deb ozgina o‘zgargan bo‘lishi ham mumkin .) nomining sal o‘zgargan formasi nomi bilan Naxshab, arablar istilosidan keyin esa Nasaf deb yuritilgan. Lekin Naxshab nomi ham Nasaf nomi bilan bir necha asr davomida birga ishlatilib kelingan.

Naxshabda arablarga qarshi kayfiyat arablar istilosidan keyin ham ma’lum muddatgacha saqlanib turdi va u keyinroq 806 yilda Samarqandda boshlangan Rofi’ ibn Lays isyonida ayniqsa namoyon bo‘ldi Mana shu davrdan boshlab Naxshab nomi Nasaf nomi bilan almasha boshladi. IX asrning ikkinchi choragidan boshlangan osoyishtalik davri Movarounnahrning yirik shaharlaridan biri Nasafda ham hunarmand-chilik, savdo, madaniy aloqalarning keskin rivojlanishiga, qadimdanoq shakllangan va yuksak rivoj topgan shaharsozlik madaniyatining qayta jonlanishiga asos bo‘ldi. Bu yuksalish Nasafning xarobalari bo‘lgan Shulluktepada olib borilgan arxeologik tadqiqotlarda ham yorqin namoyon bo‘ladi.

Х asr oxirlariga kelib Nasaf shahrining umumiy maydoni 220 gektardan ham ortib Movarounnahrning eng yirik shaharlaridan biriga aylanadi. Daryo ortidagi rabodning sharqiy qismida Nasafning shahar qabristoni mavjud bo‘lgan. Sh.Kamoliddinov tomonidan yaqinda tarjima qilingan Abu Xafs an-Nasafiyning “Al-Qand fi zikr ‘ulama’ Samarqand» asarida Nasafning Kesh darvozasi yaqinidagi “Maqbara Darb Kiss”, ya’ni shahar rabodidagi Kesh darvozasi yaqinidagi qabriston tilga olinadi.

Kasba, Kasbi - Janubiy Sug‘dning eng yirik shaharlaridan biri. Ibn Havqal uning poytaxt Nasafdan ham kattaligini aytib, bu shaharni “Kasbi qishlog‘i” deb ta’riflagan va unda jome’ masjidi borligini ta’kidlagan.

Qadimiy Kasbi shahrining bizning kunlargacha yetib kelgan xarobalari hozirgi Qashqadaryo viloyati Kasbi rayoni Kasbi qishlog‘i atrofida joylashgan .

Hozirgi kunda uning ulkan markaziy arki saqlangan xolos. Ark shaharning markazida joylashgan bo‘lib maydoni 180 x120 m, balandligi 18 m. Arkning yuzasi juda notekis. Uning janubi-g‘arbiy qismida tomonlari 30x30 m bo‘lgan do‘nglik mavjud. Ark hududidan milodning boshlariga oid kulollik buyumlari parchalari topilgan. Arkning atrofini shahriston egallagan. Shahriston hududi deyarli to‘laligicha qabristonga aylanib ketgan. Shahristonining chegaralari,uning qanday ko‘rinishda bo‘lganligi, maydoni va boshqa jihatlari hozirda noma’lum.

S.K.Kabanov, R.X.Sulaymonov va Sh.S.Kamoliddinovlar ilk o‘rta asrlarga oid arman manbalarida tilga olingan Kazbion shahrini o‘rta asrlardagi Kasba shahri, hozirgi Kasbitepa bilan lokalizatsiya qiladilar. E.V.Rtveladze esa Kazbionni Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari chegarasidagi Temir Darvoza va G‘uzor oralig‘iga joylashtiradi. Tadqiqotchilarning fikrlaricha, Kasba nomi arman manbalarida “Gasbun-Kazbion” tarzida berilgan. Gasbun-Kazbionning joylashgan o‘rni haqida fanda turlicha fikrlar mavjud. Shunisi e’tiborga loyiqki, arman manbalaridagi Kazbion va Firdavsiyning “Shohnoma”sidagi Maymurg‘ to‘g‘risidagi ma’lumotlarni birgalikda olib qarasak, Kazbionning ham, Maymurg‘ning ham joylashgan o‘rinlari masalasi yanada oydinlashadi. Chunki Kazbion (Kasbitepa) va Maymurg‘ (Maymanoqtepa) bir-birlaridan 13 km masofada joylashganlar va shu tariqa ushbu ikkita alohida manba bir-birlarini to‘ldiradilar, hamda Baxrom Chubinning bu yerlarga kelganligi tarixiy haqiqat ekanligini isbotlaydilar. M.YE.Masson arman manbalaridagi bu ma’lumotdan Kushonlar davlatining shimoliy sarhadlari chegaralarini aniqlashda foydalanish lozimligini ko‘rsatadi.



Х-XII asrlarga oid yozma manbalarda Kasbining Nasafdan ham katta ekanligini aytiladi va bu shahar Somoniylar davridan boshlab, Buxoro - Balx yo‘li ustidagi eng yirik savdo markazlaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Pazdava- (Pazda, Bazda) - o‘rta asrlarda Nasafning eng yirik uchta shahridan biri bo‘lgan bu shahar Buxoro-Kelif yo‘li ustida joylashgan va Kasbidan keyingi manzil hisoblangan. Arab sayyohlari Pazdavani jome’ masjidiga ega bo‘lgan qishloq sifatida ta’riflaganlar. Bu shaharning rivojlanishi ham Somoniylar hukmronligi davriga to‘g‘ri keladi. Pazdava mo‘g‘ullar istilosi davrida vayronaga aylangan va qayta tiklanmagan. Bu shaharning xarobalari bizning kunlargacha Qo‘hna Fazli nomi bilan yuritiluvchi yirik arxeologik yodgorlik ko‘rinishida yetib kelgan. Ko‘hna Fazli Nasaf (Shulluktepa) dan 41 km, Qamashi qishlog‘idan 10 km janubi-g‘arbda joylashgan. Yodgorlik ark, shahriston va raboddan iborat bo‘lgan va bugungi kunda uning arki va shahristoni saqlanib qolgan. Rabodi esa ekin maydonlariga aylantirib yuborilgan, bugungi kunda uning maydonini aniqlashning iloji yo‘q. Shahriston to‘laligicha butun saqlangan. O‘rta asrlarga kelib, xususan IX-X asrlarda shahar favqulodda tezlik bilan rivojlanadi va kengayadi. Somoniylar davrida Pazdava va Kasbi shaharining rivojlanishi mutaxassislar tomonidan ularning Buxoro-Balx yo‘li ustida joylashganligi natijasi ekanligini qayd etiladi. Shahar mo‘g‘ullar bosqini natijasida tamoman vayronaga aylanadi va qayta tiklanmaydi. O‘rta asrlar yozma manbalarida O‘rta Osiyoning o‘rta asrlardagi deyarli barcha yirik shaharlari mahallalar jamlanmasidan tashkil topganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda ko‘p. Lekin shu paytgacha saqlanib qolgan yirik o‘rta asrlar shaharlari xarobalarining ustki relyefida o‘sha mahallalarning joylashuvi, ular orasidagi ko‘chalarning o‘rnilari va yo‘nalishlari deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Ko‘hna Fazli yodgorligining o‘ziga xos xususiyati va shundaki, yodgorlikning ustki topografik relyefi bizning kunlargacha deyarli buzilmasdan saqlanib qolgan va bu relyef o‘rta asr shahrining ichki tuzilishi to‘g‘risida juda qimmatli ma’lumot bera oladi.
Download 28.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat